Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning zaruriyati

Аннотация

Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning zaruriyati, uning foydali jihatlari va amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdukarimov , B. . ., Qahramonov, B. . ., Muhammadyunusova , M., & Muhtorova , Y. . . (2024). Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning zaruriyati. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(13(Special Issue), 160–162. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/57983
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning zaruriyati, uning foydali jihatlari va amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.


background image

160

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.


Bugungi kunda raqamli texnologiyalar zamonaviy jamiyat hayotining

barcha sohalariga, jumladan iqtisodiyot sohasiga ham faol kirib bormoqda.
Iqtisodiyotni raqamlashtirish global iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning muhim
omiliga aylanmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat
boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan elektron
davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini yanada

takomillashtirish maqsadida

“Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani
muvaffaqiyatli

amalga oshirish va

ko‘zlangan maqsadlarga erishishni ta’minlash

tahliliy va ilmiy­uslubiy tadqiqotlarni va innovatsion o‘zgarishlarni talab qiladi.
Bunday o‘zgarishlar

esa raqamli iqtisodiyotning mohiyati, tarkibi va rivojlanish

xususiyatlari to‘g‘risida nazariy va tahliliy bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi .

O‘zbekistonda qurilish sohasi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri

hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar va rakamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi
qurilish korxonalari uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli iqtisodiyot qurilish

Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning

zaruriyati

Abdukarimov Bobir

Gulmamatovich

AIQI “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi

Qahramonov Behruz

Bahtiyor oʻgʻli,

Muhammadyunusova

Mohidil Sharobiddin

qizi, Muhtorova

Yulduzxon

Moʻminjon qizi

AIQI talabalari

A

nno

ta

ts

iy

a

Qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning zaruriyati, uning foydali
jihatlari va amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, qurilishda raqamli iqtisodiyot, qurilish
jarayonlarini avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalarga o‘tish.


background image

161

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

sohasida samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va innovatsiyalarni joriy
qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli iqtisodiyot - bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT)

foydalanish orqali ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va tovarlar aylanmasini boshqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish hamda raqamlashtirishdir. U biznes modellar, faoliyat
jarayonlari va kompaniyalarning ichki tizimlarida innovatsiyalarni joriy etishga
qaratilgan.

Raqamli iqtisodiyot - bu mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni tezlatish,

turmush sifati va investitsion muhitni yaxshilash maqsadida raqamli texnologiyalar,
institutlar, nomativ-huquqiy baza, ko‘nikmalar va biznes yordamida onlayn rejimida
ma’lumotlar almashinish vositasida iqtisodiy rivojlanish paradigmasidir.

Raqamli iqtisodiyot - xo‘jalik yurituvchi faoliyati bo‘lib, unda asosiy ishlab

chiqarish omili ularni katta hajmda qayta ishlash va ularning tahlil natijalaridan
foydalanish an’anaviy xo‘jalik yuritish shakllari bilan taqqoslaganda turli ishlab chiqarish
turlari, texnologiyalar, asbobuskunalar, sotuv, saqlash, tovarlar va xizmatlar yetkazib
berish samaradorligini jiddiy oshirishga imkon beradigan raqamli ko‘rinishdagi
ma’lumotlar hisoblanadi .

Qurilish sohasida raqamli iqtisodiyotning ahamiyatini quyidagilardan iborat:
- Loyihalash va dastlabki bosqichlar samaradorligini oshirish.
Raqamli

iqtisodiyot

qurilish

loyihalarining

dastlabki

bosqichlarini

avtomatlashtirish va optimallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, BIM (Building
Information Modeling) texnologiyasini joriy etish orqali qurilish jarayonlarini to‘liq
raqamlashtirish mumkin. BIM qurilish materiallarini tanlash, hajmni hisoblash va
arxitektura modellarini ishlab chiqishda sezilarli darajada yordam beradi. O‘zbekistonda
qurilish kompaniyalari BIM kabi texnologiyalarning joriy etilishiga katta e’tibor
qaratishlari lozim, chunki bu qurilish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qiladi.

- Xarajatlarni nazorat qilish va samarali boshqarish. Raqamli iqtisodiyot qurilish

korxonalariga o‘z moliyaviy resurslarini yaxshiroq boshqarish imkonini beradi. Elektron
byudjetlashtirish va moliyaviy hisobotlar dasturlari yordamida qurilish materiallarining
xaridi, ishchi kuchining maoshlari va boshqa xarajatlar raqamli platforma orqali nazorat
qilinadi. Bu esa xarajatlarni tejash va moliyaviy jarayonlarni shaffof qilishga imkon
yaratadi.

- Amaliy samaradorlik va vaqtni tejash. O‘zbekistonda qurilish sohasida vaqt va

ish kuchi samaradorligini oshirish uchun raqamli texnologiyalar joriy etilishi zarur.
Masalan, dronlar yordamida qurilish maydonlarini nazorat qilish, 3D-printing
texnologiyalari orqali qurilish elementlarini yaratish, shuningdek, sun’iy intellekt
vositalari orqali prognozlashtirish, jarayonlarni nazorat qilish va tavakkalchiliklarni
kamaytirish mumkin.

- Loyiha boshqaruvini takomillashtirish. Raqamli iqtisodiyotning yana bir muhim

jihati bu loyiha boshqaruvini avtomatlashtirishdir. Zamonaviy ERP (Enterprise Resource
Planning) tizimlari qurilish kompaniyalariga biznes jarayonlarni yagona tizim orqali
boshqarish, logistika, resurslar va xodimlarning ish rejalari bilan birgalikda boshqarish
imkonini yaratadi. Bu esa ish jarayonini tezkorlashtiradi va xatolarning oldini olishga
yordam beradi.

Raqamli iqtisodiyot joriy etishning foydali tomonlari:


background image

162

https://eyib.uz

1-sho‘ba.

O‘zbekiston iqtisodiyoti va boshqa sohalarida raqamlashtirish jarayonlari.

- Innovatsiyalarni joriy qilish. Raqamli iqtisodiyot qurilish kompaniyalari uchun

innovatsiyalarni joriy qilish va yangi ish uslublarini qo‘llash imkonini beradi. Masalan,
sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish yordamida loyihalarning murakkabligini
kamaytirish

mumkin.

Shuningdek,

yangi

texnologiyalardan

foydalanish

raqobatbardoshlikni oshiradi.

- Ish joylarini yaxshilash. Raqamli iqtisodiyot joriy etilishi ishchi kuchi uchun

qulay shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi. Masalan, masofadan turib ishlash,
qurilish ob’ektlarini monitoring qilish va jamoaviy aloqa vositalari orqali ishlarni tashkil
etish ancha qulay bo‘ladi.

- Ekologik barqarorlik. Raqamli iqtisodiyotdan foydalanish qurilish jarayonlarida

kam uglerodli va ekologik toza materiallardan foydalanish imkonini yaratadi.
Shuningdek, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish ekologik ta’sirni kamaytiradi.

O‘zbekiston qurilish korxonalarida raqamli iqtisodiyotning joriy etilishi bugungi

kun talabidir. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish nafaqat qurilish jarayonlarini
samarali boshqarish, balki kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishda ham
muhim ahamiyatga ega . Qurilish kompaniyalari raqamli iqtisodiyotni amaliyotga tatbiq
etish orqali jadal rivojlanishga erishishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

S.S.Gulyamov , R.X.Ergashev, S.N.Xamraeva. Raqamli iqtisodiyot - (o‘quv

qo‘llanma),- T.: 2020.

Abdukarimov B. “O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va investitsion

jozibadorlikni oshirish yo‘llari”. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari
to‘plami. A.: AIQI 2023. 172-176

Abdukarimov

B.

(2024).

Makroiqtisodiy

barqarorlikni

taminlashda

investitsiyalarni oʻrni. Образование наука и инновatsiонные идеи в мире, 47(5), 102-
104.

Дадажонова, М.М., Абдукаримов Б.Г. (2020). Критерии успешного бизнеса.

Экономика и социум, (7), 637-640.

Umarov O.S. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari. “Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2018 yil.

Yusupov, N.S., 2024. Tadbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish

tendensiyalari va istiqbollari. PEDAGOGS, 59(1), pp.202-207.

Файзуллаев Ж.Н. Рақамли иқтисодиёт тушунчасининг моҳияти бўйича

илмий ёндашувлар таҳлили. ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И
ФИНАНСЫ 2022, 1(149).

Библиографические ссылки

S.S.Gulyamov , R.X.Ergashev, S.N.Xamraeva. Raqamli iqtisodiyot - (o‘quv

qo‘llanma),- T.: 2020.

Abdukarimov B. “O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va investitsion

jozibadorlikni oshirish yo‘llari”. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari

to‘plami. A.: AIQI 2023. 172-176

Abdukarimov B.

(2024).

Makroiqtisodiy barqarorlikni taminlashda

investitsiyalarni oʻrni. Образование наука и инновatsiонные идеи в мире, 47(5), 102

Дадажонова, М.М., Абдукаримов Б.Г. (2020). Критерии успешного бизнеса.

Экономика и социум, (7), 637-640.

Umarov O.S. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari. “Iqtisodiyot

va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2018 yil.

Yusupov, N.S., 2024. Tadbirkorlik faoliyatida loyixaviy boshqaruvni rivojlantirish

tendensiyalari va istiqbollari. PEDAGOGS, 59(1), pp.202-207.

Файзуллаев Ж.Н. Рақамли иқтисодиёт тушунчасининг моҳияти бўйича

илмий ёндашувлар таҳлили. ИҚТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И

ФИНАНСЫ 2022, 1(149).