49
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
CHORVACHILIK TARMOG‘INI BOSHQARISHDA
RIVOJLANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Tillayeva Muhayyo
Abdumutalibjon qizi
O‘zbekiston, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
instituti, Agrobiznes va marketing kafedrasi assistenti,
tayanch doktorant
A
nn
o
ta
ts
iy
a
Mamlakatda bugungi kunda ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash xususan
sifatli tarzda qayta ishlangan chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni
takomillashtirish borasida tizmimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan, bu essa mamlakat
aholisini
sifatli
oziq-ovqat
bilan
ta’minlash
tizimi
boshqaruvini
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Chorvachilik tarmog‘i rivojlanish
davrlarida boshqaruv jarayonlariga nazar solsak, ushbu yo‘nalishda amlga
oshirilgan va oshirilayotgan ishlar nechog‘li ahamiyatli ekanini ko‘rish
mumkin
Even today, in the country, systematic work has been carried out to ensure
food safety, in particular, to improve the supply of quality processed livestock
products, which requires the improvement of the management of the system
of providing quality food to the population of the country. If we look at the
management processes during the development of the livestock sector, it is
possible to see how important the work has been and is being increased in this
direction.
Уже сегодня в стране ведется планомерная работа по обеспечению
продовольственной безопасности, в частности, по улучшению поставок
качественной переработанной продукции животноводства, что требует
совершенствования управления системой обеспечения населения
качественными продуктами питания. страна. Если мы посмотрим на
процессы управления в ходе развития животноводческой отрасли, то
можно увидеть, насколько важной была и увеличивается работа в этом
направлении.
Kalit so‘zlar:
Qishloq
xo‘jaligi,
chorvachilik,
chorvachilik
mahsulotlari,
chorvachilik rivojlanishi, oziq-ovqat xavfsizligi, islohotlar, qayta
ishlangan chorva mahsulotlari.
Agriculture, livestock, livestock products, livestock development,
food security, reforms, processed livestock products.
50
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Chorvachilik – qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biri. Chorvachilik
mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan
shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari (ot, hoʻkiz, tuya, bugʻu), oziq-ovqat mahsulotlari
(sut, qatiq, goʻsht, yogʻ, tuxum va boshqalar), yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri,
moʻyna va hokazo), dehqonchilik organik oʻgʻit bilan taʼminlaydi. Chorvachilik
mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut, goʻshtsuyak uni,
suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh zardoblar,
gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va
mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan
chambarchas bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: qoramolchilik, qoʻychilik,
echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, parrandachilik, asalarichshshk, choʻchqachilik,
quyonchilik, darrandachilik, bugʻuchilik, itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida
tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra Chorvachilik rivoji oʻziga xos
xususiyatlarga ega.
Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni
xonakilashtirish maqsadida qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar
hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh davrida – neolitda bundan 15—10 ming yil
avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam takomillashgan tosh qurollarga ega
boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng avval it, soʻngra
choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari)
xonakilashtirilgan. Osiyoning janubiy gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari
hayvonlarni
xonakilashtirishning
asosiy
markazlari
hisoblanadi.
Yevropada
qoramollar, ot, qoʻy, echki, choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar,
Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy,
choʻchqa, ot, it, quyon, tovuq, oʻrdak, gʻoz va tovuslar xonakilashtirilgan. Afrikada
qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka tovuqlar, qoʻy va
echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi – lama va alpaka,
dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson
tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nasl
olish, sekin asta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo
hududi ham Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
Chorvachilik koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl
va togʻ oldi, koʻl atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning
madaniyatlari rivojlanib borgan sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan,
Xorazm hududida Amudaryoning quyi havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati
miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar va balikchilar jamoasi
madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Сельское
хозяйство,
животноводство,
продукция
животноводства, развитие животноводства, продовольственная
безопасность,
реформы,
переработанная
продукция
животноводства.
51
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va
yilqichilik yuksak darajada rivojlangan. Arxeologlar keltirilgan maʼlumotlarga koʻra,
sut va goʻsht beradigan qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht
mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan soha sifatida bundan 3000-yil oldin
shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda koʻchmanchilik bilan uzviy
bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek, vohalarda
qoramolchilik koʻproq rivojlandi.Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342
ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481 ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming
boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
20-asrning 20-yillaridan boshlab Chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish,
hududlarning tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar
boʻyicha rivojlantirish ishlari boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi
xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, parrandachilik va
choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va Orol boʻyi
qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi,
yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni
chatishtirish va respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida
qoramollarning qoraola, qizil choʻl, shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor
podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning rnlashtirilgan hududlari belgilandi.
Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ixtisoslashtirilgan yirik
qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33 yillardan boshlab
chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va korxonalarining
tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.
1932-yil Chorvachilik tajriba stansiyasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq
qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot
institutlarining tashkil etilishi Chorvachilikda ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazish,
Chorvachilik fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash, xoʻjaliklarda yangi
texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul
podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat
xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik
fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Chorvachilik yoʻnalishidagi fermer xo‘jaliklari
tashkil etila boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-fevralda
“Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer)
xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari
toʻgʻrisida”, 1995-yil 24-martdagi “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish
va xususiy tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida” qarorlariga
koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari
xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75%
ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 25 dekabrda
qabul qilingan “Naslchilik toʻgʻrisida” qonuni Chorvachilikni rivojlantirishda muhim
ahamiyatga ega boʻldi. 1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi
xoʻjaliklarida qoramollar soni 28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga,
52
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Chorvachilik
mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer xo‘jaliklari hissasiga toʻgʻri keladi
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa,
Yevropa mamlakatlari (Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada,
Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya, Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa
mamlakatlarida
jadal
rivojlandi.
Sutchilik
yoʻnalishidagi
qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va
boshqalar) sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari
bilan taʼminlanishning eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi
Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa
Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri keladi. Jahon mshyosida
Chorvachilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal rivojlanmoqda. Sermahsul
zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Chorvachilikka keng joriy qilinmoqda.
Istiqbolda global iqlimning o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabning keskin darajada o‘sishi va cheklangan tabiiy resurslar uchun
raqobat kurashining avj olishi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar
boshqaruv tizimini mazkur o‘zgarishlariga moslashishini talab etmoqda. Hududlarda
oziq-ovqat
mahsulotlarini
ishlab
chiqarishni
rivojlantirishning
boshqaruv
mexanizmlari va uslubiy jihatlarini takomillashtirish, ushbu tarmoq istiqbollarini
belgilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.
Mamlakatda bugungi kunda ham oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash xususan
sifatli tarzda qayta ishlangan chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berishni
takomillashtirish borasida tizmimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi PQ-120 –sonli “O‘zbekiston respublikasida
chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2002-2026 yillarga
mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ushbu sohadagi ushbu sohani
yanada rivojlantirishda dasturil amal bo‘ldi. 2026-yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari
hajmini 7,4 mln tonnaga, qayta ishlash darajasini sut bo‘yicha 32 foiz, go‘sht - 25 foiz,
meva- sabzavot - 28 foizga yetkazish, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish va
ichki bozorda intervensiya qilish hajmlari ko‘rsatkichlari, hududiy hokimliklarning
ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash borasidagi vazifalarini aniq belgilash,
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish zaxiralarni
shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha choralarni
nazarda tutish” alohida vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni bajarilishi oziq-
ovqat sanoati korxonalari faoliyatining boshqaruv mexanizmlarini yanada
takomillashtirish, soha faoliyatidagi mavjud muammolarni boshqaruv tizimi orqali
bartaraf etish asosida amalga oshirish belgilanadi.
Adabiyotlar
1. Shchekin V. A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.
Ubaydulla Nosirov, Izzatulla Eshmatov.
2. https://globalhealth.org/the-state-of-global-food-security-in-2023/
3. https://lex.uz/ru/docs/-5841063
