94
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Kirish.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida
tashqi muhitning tez o’zgarishi va korxonalar bozor faoliyatining murakkablashishi
bilan biznes jarayonlari, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish, har bir jabhada xizmat
ko’rsatish sifatini oshirish shu jumladan marketing xizmati samaradorligini doimiy
ravishda kuzatib borish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar faoliyatida marketing samaradorligini baholash qiyin vazifa bo’lib
kelmoqda, marketing bo’limi xizmati orqali iste’molchilarga ko’rsatilgan xizmat
ta’sirini har doim ham o’lchab bo’lmaydi va yaratilgan qiymat aniq natija bermaydi.
Marketing bo’yicha mutaxassislar korxona samaradorligi, marketing xizmati
samaradorligi muammolariga yetarlicha e’tibor qaratganiga qaramay, hozirgacha
marketing faoliyatini baholashga imkon beradigan aniq tuzilgan modellar, usullar va
ko’rsatkichlar tizimi mavjud emas.
Adabiyotlar
tahlili.
Izlanishlarimiz
natijasida,
marketing
faoliyati
samaradorligini baholashni hisobga olgan holda Piter Doyl quyidagicha xulosaga
kelgan: “Samaradorlik natijalarini xarajatlar bilan bog’laydi, bu ichki ko’rsatkich
hisoblanadi, agar kerak bo’lsa uni o’lchash oson va yaxshilash imkoniyati mavjud.
Samaradorlik tushunchasi iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq
hamda tashqi ko’rsatkich bo’lib, uni o’lchash qiyin va uni amalga oshirish uchun uzoq
vaqt talab etiladi” [1]. Bundan tashqari iqtisodchi olimlardan biri Piter Druker
samaradorlik tushunchasini tahlil qilib, mahsuldorlik va samaradorlikni taqqoslaydi,
MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI
BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI VA
AMALIY IFODASI
Nosirov Khusanboy
Bakhodir ugli
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi assistenti
hnbaxodir95@gmail.com +998979919393
A
nno
ta
ts
iy
a
Mazkur maqolada marketing faoliyati samaradorligini baholash orqali
marketing xizmati samaradorligini oshirish, qolaversa, marketing xizmati
samaradorligini baholashning usullari, nazariy va amaliy jihatlari ochib
berilgan.
Bundan tashqari maqolada korxonaning iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil
qilingan holda marketing faoliyati samaradorligini baholash imkoniyatlari
ko’ib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
marketing, marketing faoliyati, marketing xizmati samaradorligi,
marketingni boshqarish, marketing faoliyati samaradorligini
baholash usullari.
95
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
ularning mohiyatini quyidagicha talqin qiladi: “Mahsuldorlik sizga kerak bo’lgan
hamma narsani bajarish imkonini beradi, samaradorlik esa sizga kerakli narsani izlab
topishdir” [2].
Marketing sohasi olimlaridan biri Filipp Kotler o’zining ilmiy izlanishlarida
marketing faoliyatining samaradorligiga e’tibor qaratib, quyidagi fikrni ilgari suradi:
“Samaradorlikni doimiy kuzatib borish, har qanday firma uchun juda muhim jarayon
ekanligini taklif qiladi” [3].
Marketing faoliyati samaradorligi nazariyasi asosida marketing xizmati
samaradorligini baholash jarayonida bir nechta usullarga bo’lib tahlil qilinadi.
Marketing faoliyati samaradorligi va marketing xizmati samaradorligini baholash
tushunchalarini qoida tariqasida, quyidagicha belgilash mumkin: baholash qanday
maqsadda amalga oshiriladi?; natijalar kim uchun mo’ljallangan?; natijalarni qayerda
va qanday ishlatish kerak? va boshqalar. Yuqorida aytib o’tilgan ushbu tushunchalar
bir-biriga yaqin tushuncha bo’lib, biri ikkinchisini to’ldiradi. Tadqiqotlarimiz va
o’rganishlarimiz natijasida, olimlar va tadqiqotchilar tomonidan bugungi kungacha
marketing faoliyati samaradorligini aniqlashning quyidagi usullari tavsiya etilgan:
1-chizma. Marketing faoliyati samaradorligini baholash usullarining
metodogik asosi
Sifat usuli,
marketing nazorati va auditidan foydalanishni o’z ichiga olib, uning
davomida tashkilotning tashqi muhitini, shuningdek ichki muhiti SWOT tahlili
natijalari orqali barcha tahdid va imkoniyatlarni har tomonlama tahlil qilish
hisoblanadi [4]. Natijaga yo’naltirilgan marketing nazorati va auditi, tashkilot
faoliyatining sifat tomonlarini tahlil qilish yoritilgan.
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning
miqdoriy usuli
marketing
xarajatlari qilingandan so’ng olingan yalpi foydadan marketing va reklama
xarajatlarini olib tashlash bilan solishtirishni talab qiladi, ular tashkilot faoliyatining
yakuniy moliyaviy natijalarini ifodalaydi [5].
Marketing
faoliyati
samarador
-
ligini
baholash
usullari
Sifat
usuli
Miqdoriy
usul
Sotsiolo
-
gik usul
Balli
usul
Regressiv
va
korrelyat
-
sion usul
Ko'p
omilli
usul
Statistik
nazariya
usuli
96
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning
sotsiologik usuli
amaliy
sotsiologiya vositalaridan foydalanishga - sotsiologik tadqiqot dasturini ishlab
chiqishga va shunga muvofiq tadqiqotni o’zini o’tkazishga qaratilgan bo’ladi [6].
Marketing faoliyati samaradorligini baholashning
balli usuli
mezonlar
ro’yxatiga rioya etilishini, tuzilmalar va jarayonlarning marketing konsepsiyasiga
mosligini hisobga olgan holda har bir hodisa bo’yicha samaradorlikni har bir mezon
uchun ma’lum bir ball qo’yish yo’li bilan aniqlash imkonini beradi [7].
Regressiv
va
korrelyatsion
usul,
marketing
faoliyatini
tavsiflovchi
o’zgaruvchilar guruhlari o’rtasida munosabatlarni o’rnatish uchun ishlatiladi.
Ko’p omilli usul,
faktorial va klasterli tahlillar o’zaro bog’liq bo’lgan ko’plab
parametrlarga asoslangan marketing qarorlarini asoslash uchun ishlatiladi, masalan,
yangi mahsulotni sotish hajmini uning texnik darajasiga, narxiga, reklama xarajatlariga
va marketing elementlariga qarab aniqlash [8].
Statistik nazariya usuli,
iste’molchilarning bozor kon’yunkturasining
o’zgarishiga munosabatini stoxastik tarzda tavsiflash uchun ishlatiladi [9].
Biz yuqorida marketing faoliyati samaradorligini baholash usullari bila
tanishdik, ularning nazariy jihatdan asoslanishini o’rgandik. Bundan tashqari,
marketing faoliyati samaradorligini baholashda axborot usullari marketing faoliyati
samaradorligini Sales Expert 2, Success va boshqalar dasturiy ta’minotlari yordamida
baholash imkonini beradi, ularning maqsadi marketing ma’lumotlarini yig’ish vositasi
hisoblanadi. Shuningdek, axborot marketing xizmati uchun kerakli manba hisoblanib,
pochta jo’natmalari, nashrlar, reklama, seminar-treninglar va mijozlarga ta’sir
darajasini tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Tahlil va natijalar.
Marketing faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va
ko’rsatkichlarini shakllantirishga bir nechta yondashuvlar mavjud. Ba’zi ekspertlar
marketing boshqaruvi tushunchasini samaradorlikni baholash mezonining asosi qilib
olishadi.
Tadqiqotlarim natijasida shuni aytish mumkinki, agar tashqi marketing
muhitining ta’siri va korxona ichki muhiti faoliyatining nomuvofiqligini hisobga olsak,
bunday yondashuvni qo’llash va marketing samaradorligiga baho berish qiyin.
Marketingni boshqarish harakatlarining o’ziga muvofiq marketing faoliyatining
mavjudligini va samaradorligini baholash imkoniyatiga ega[10-13]. Ushbu yondashuv
bilan baholash ko’rsatkichlari ro’yxati kompaniya hal qilishi kerak bo’lgan maqsad va
vazifalarga qarab tuziladi.
1-jadval Marketingni boshqarish yondashuviga muvofiq marketing
faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatkichlari
№
Marketingni boshqarish
yondashuvi
Baholash ko’rsatkichlar
1
.
Ishlab chiqarishni
takomillashtirish
Imkoniyatlardan foydalanish, ishlab chiqarish
tannarxini, ishlab chiqarish xarajatlari hajmini,
mahsulot tannarxini kamaytirish
97
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
2
.
Biznesni faollashtirish
Sotish hajmi, bozorni keng qamrovli qamrab
olish
3
.
Marketing umumiy
yondashuvi
Mijozlar ehtiyojlari, mijozlar ehtiyojlari,
mijozlarning sodiqligi, mahsulot sifati, narxi,
xizmati
4
.
Ijtimoiy-axloqiy marketing
sohasini jadallashtirish
Jamiyat farovonligi, mijozlar ehtiyojini
qondirish, inson, tabiiy, xom ashyo, energiya
resurslaridan foydalanish samaradorligi,
kompaniyaning rentabelligi.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan shuni bilish mumkinki,
marketingni boshqarish yondashuvi asosida marketing faoliyati samaradorligini
baholashda birlamchi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, ishlab chiqarishni
takomillashtirish, biznesni faollashtirish, marketing umumiy yondashuvi va
ijtimoiyaxloqiy marketing sohasini jadallashtirish orqali marketing faoliyati
samaradorligini baholash korxonaning kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini belgilashga
asos bo’ladi.
Marketing faoliyati samaradorligini baholashda marketing strategiyalarining
shakllanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda samaradorlik ko’rsatkichlarini
belgilash mumkin.
2-jadval Marketing strategiyasiga muvofiq marketing
faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatkichlari
Marketing
strategiyasi
Baholash ko’rsatkichlar
Strategik
Bozor ulushi, brend imidji, mijozning korxona mahsulotlari
haridining o’rtacha qiymati
Taktik
Sotish hajmi, marketing kommunikatsiyalari samaradorligi,
savdo vakilining xizmat ko’rsatish imkoniyatlari
Operativ
Daromad, foyda, bozor ulushi, bozor kon’ynukturasi,
reklama xarajatlarining ayni vaqtdagi qiymati
Marketing
faoliyati
samaradorligini
baholash
va
marketing
xizmati
strategiyasini shakllantirish uchun ichki va tashqi muhitni hisobga olgan holda
samaradorlik ko’rsatkichlarini taqqoslash tavsiya etiladi.
3-jadval Marketing faoliyati samaradorligini baholash ko’rsatkichlari
Marketing muhiti
Vaqt nuqtai nazari
Joriy ko’rsatkichlar
Yakuniy ko’rsatkichlar
98
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Ichki muhit
Nosoz tovarlar
Kechiktirilgan
jo’natmalar
Debitor qarzdorlik
Inventarizatsiya
aylanmasi
Sof foyda / daromad
Sotishdan tushgan
daromad
Bir birlik mahsulot
tannarxi
Aktivlarning
daromadliligi
Aktivlar aylanmasi
Tashqi muhit
Mijozlarni qondirish
Bozor ulushi
Mahsulot sifati
Sadoqat
Mahsulot haqida
xabardorlik
Xaridorni ushlab turish
Yangi mahsulotlarni
qiyosiy sotish
Bir mijoz daromadi
Bozor o’sish sur’ati
1.
Ko’rib turganimizdek, turli xil yondashuvlarning mavjudligi marketing
faoliyatini intuitiv yoki falsafiy emas, balki iqtisodiy jihatdan baholashga imkon
beradi, ayniqsa bu sanoat korxonalari nuqtai nazaridan bo’lsa. Korxonaning marketing
xizmati samaradorligini baholashda funksional baholash usulining ahamiyati katta
bo’lib, “Jomboy don mahsulotlari” AJ misolida ko’rib chiqamiz.
4-jadval
“Jomboy don mahsulotlari” AJ ning marketing xizmati faoliyati
samaradorligining integral ko’rsatkichlari
Korxona marketing xizmati
faoliyati samaradorligini
baholash yo’nalishi
Baholash ko’rsatkichlar
“Jomboy don mahsulotlari” AJ
ishlab chiqarayotgan tovarlari
brendining rivojlanishi
Tovarni ishlab chiqish xarajatlari bilan
taqqoslaganda o’sish ko’rsatkichlarini
hisoblash
Korxonaning marketing axborot
tizimi
Rivojlanish samaradorligi va marketing
axborot oqimlarining shaffofligi
ko’rsatkichlari
Korxona tovar siyosatini
takomillashtirish
Tovarlarning moliyaviy ko’rsatkichlari va
natural ko’rsatkichlari tahlili, sifat
ko’rsatkichlari
Sotishni tashkil etish bo’yicha
operatsion marketing faoliyati
Yangi mijozlarni jalb qilish va mavjud
mijozlarni saqlab qolish uchun tashkilotning
xarajatlari va ularning nisbati, operatsion
marketing xarajatlarining mijozning o’rtacha
tovar hayotiylik davri qiymatidagi ulushi
99
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Korxona marketing xizmatini
ko’rsatuvchilarning funksiyalar
vazifalarini to’liq bajarishi
Bo’lim xodimlarining ishga layoqati,
ko’rsatilayotgan xizmatdan mijozning qoniqish
hissi(so’rovnoma asosida), rahbariyat
tomonidan bo’lim xodimlarini qulay ish
faoliyati bilan ta’minlanganlik darajasi
5-jadval “Jomboy don mahsulotlari” AJ ning iqtisodiy ko’rsatkichlari
Ko’rsatkichlar
Ifodalanish
i
Bozor hajmi, ming so’m
1 080 250
Prognoz qilingan bozor ulushi, %
3,1
Savdodan tushgan tushum, ming so’m
33 488
To’g’ridan -to’g’ri xarajatlar, ming so’m
24 307
Qo’shimcha xarajatlar, ming so’m
278
Marketing xarajatlari, shu jumladan, ming so’m
157
Sotishdan olingan foyda (soliqdan oldin), ming so’m
2485
Joriy daromad solig’i, ming so’m
609
Sof foyda (soliqdan keyin), ming so’m
1816
Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ming so’m
844
Aylanma mablag’lar, ming so’m
7833
Kapital amortizatsiyasi, ming so’m (20%)
1735
Nomoddiy aktivlardan tushgan daromad, ming so’m
81
Ushbu ma’lumotlar bizga korxonaning ancha muvaffaqiyatli faoliyatini
baholashga imkon beradi va umuman olganda, marketing faoliyati ko’rsatkichi
ijobiydir, ammo uning samaradorligini baholash qiyinroq vazifa sifatida qolmoqda.
Fikrimizcha, marketing faoliyati samaradorligini baholashga imkon beradigan
har bir ko’rsatkichlarni tahlil qilib chiqamiz. Axborot oqimlarining samaradorligi 2020
yilda marketingga investitsiyalarning qo’shimcha xarajatlardagi ulushi asosida
hisoblanadi.
Operatsion marketingning harakatini inobatga olib, sotuv hajmini oshirish
bo’yicha harakatlarning faollashtirilganligidan dalolat beradi. Ko’rsatkichlardagi
bunday nomuvofiqliklarga asoslanib, korxonaning marketing strategiyasi to’liq
ifodalanmaganligini asoslash mumkin.
Tovar siyosatini boshqarish jarayonining samaradorligini baholash uchun
quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:
yil davomida tovarlarning o’zgarishlar darajasi va
hajmi;
tovar
rentabelligining
o’zgarish
tendensiyasi;
mahsulotning sotishdagi ulushi.
100
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
Tovar siyosati samaradorligining integral ko’rsatkichi (88%) tovar uchun
o’zgarishlar hajmini hisobga olgan holda assortiment bo’yicha ko’rsatkichlarning
o’rtacha og’irligi hisoblanadi.
Binobarin, mavjud iste’mol bozori doirasidagi zamonaviy bozor sharoitlari
korxonalardan biznesni tashkil etishga - intuitiv asosda emas, balki marketing
faoliyatini doimiy, har tomonlama baholash asosida yaxshiroq yondashishni talab
qiladi.
6-jadval 2020 yilda “Jomboy don mahsulotlari”
AJ brendini boshqarish samaradorligini hisoblash
Ko’rsatkichlar
Ifodalanishi
Brend qiymati (2019), ming so’m
22 263
Brend qiymati (2020), ming so’m
24 446
Brendni rivojlantirish xarajatlari (2020), ming
so’m
2 790
Brendlash samaradorligi, %
78,2
7-
jadval
Operatsion marketing faoliyati samaradorligini baholash
Ko’rsatkichlar
Ifodalani
shi
1. Operatsion faoliyat va sotish xarajatlari, ming so’m
24 585
Jumladan: - marketing
157
- sotish
24 307
- xizmat ko’rsatish
278
2. Mijozlar bazasining hayotiylik sikli, so’m
983 360
3. Mijozlar soni
65
4. Mijozlarning hayotiy sikl, ming so’m
15 100,9
5. Mijozlarning o’rtacha iste’moli, %
20
6. Oyiga bitta mijozdan o’rtacha daromad, ming so’m
117,1
7. Mijozlarning hayotiy siklida operatsion marketing va
sotish xarajatlarining ulushi, %
162,8
8. Marketing xarajatlarining mijozlarning hayotiy siklidagi
ulushi,%
1,04
9. Tashkilot daromadidagi qo’shimcha xarajatlar ulushi,%
0,83
10. Mijozlarning hayotiy siklida sotish bo’yicha xarajatlar
ulushi,%
161,00
11. Mijozlarning hayotiy siklida xizmat ko’rsatish
xarajatlarining ulushi, %
1,84
Xulosa.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, amaliy hisob-kitob ishlari natijasi
o’laroq shunday xulosa qilish mumkinki, korxona marketing faoliyati samaradorligini
baholashda turli xil ko’rsatkichlarni inobatga olish, qolaversa, har bir ko’rsatkich
bo’yicha alohida ishlarni bajarish muhim hisoblanadi. “Jomboy don mahsulotlari” AJ
da marketing faoliyati samaradorligini baholashda qilingan hisob-kitob va tahlil
101
https://eyib.uz
2-sho‘ba.
Biznesni qo’llab-quvvatlash jarayonlarida boshqaruv va marketing
usullaridan samarali foydalanish
natijalariga tayangan holatda korxonaning marketing faoliyatini qoniqarli faoliyat olib
bormoqda deb xulosa qilishimiz mumkin. Qoniqarli holatni keying ish faoliyatida
oshirib borish va uning samaradorligini oshirish bo’yicha qilinishi lozim bo’lgan
ishlarni rejalashtirib olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
2.
Дойль П. Маркетинг-менеджмент и стратегии. 3-е изд. / пер с англ. под
ред. Ю.Н. Каптуревского. Санкт-Петербург, 2002. c 538, c. 42.
3.
Yuqoridagi asar 43-beti.
4.
Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг менеджмент: Экспресс-курс. 3-е
изд. / пер с англ. под науч. ред. С.Г. Жильцова. Санкт-Петербург, 2007. С. 475.
5.
Ковалев А.И., Войленко В.В. Маркетинговый анализ. 2-е изд., перераб.
и доп. Москва, 2000, c. 109.
6.
Yuqoridagi asar 110-beti.
7.
Голубков Е.П. Основы маркетинга. М., 2003, c. 58.
8.
Завгородняя А.В., Ямпольская Д.О. Маркетинговое планирование.
СанктПетербург, 2002, c. 68.
9.
Юдакова О.В. Методы оценки эффективности маркетинговых решений
// Экономические науки. 2011. c. 82.
10.
Михайлов А.М. Проблемы выбора маркетинговых стратегий на
корпоративном уровне // Экономические науки. 2014, c. 92.
11.
Yusupov, N. S. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA LOYIXAVIY
BOSHQARUVNI
RIVOJLANTIRISH
TENDENSIYALARI
VA
ISTIQBOLLARI. PEDAGOGS, 59(1), 202-207.
12.
Алматаев Т. О., Давидова Д. Т., Султанов А. А. ПУТИ
ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРАЦИИ СОТРУДНИЧЕСТВА
ВЫСШЕГО
ОБРАЗОВАНИЯ
И
ПРОМЫШЛЕННОСТИ
//Universum:
технические науки. – 2023. – №. 9-2 (114). – С. 38-41.
13.
Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
ВА
УЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШ
МЕЗОНЛАРИ
//MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF
INNOVATIVE RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
14.
Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN
HOLDA
RAQAMLI
MARKETING
ELEMENTIDAN
BIRI
INTERNET-
REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):
O'ZBEKISTONDA
