Авторы

  • Aymurat Serjanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57651

Ключевые слова:

bank infratuzilmasi bank xizmatlari markazlari bank aktivlari va majburiyatlar kapital berilgan kreditlar aholi turmush darajasi.

Аннотация

Mazkur maqolada «Mikrokreditbank» Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining asosiy koʻrsatkichlari asosida bank tomonidan korsatilayotgan moliyaviy xizmatlari tahlil qilingan. Xususan, bank mijozlari, bank xizmatlari markazlari, bank aktivlari va majburiyatlari kabi koʻrsatkichlari holati oʻrganib chiqilgan. Muallif tomonidan «Mikrokreditbank» Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan tadbirkorliksub’yektlariga berilgan kreditlarning hududda aholi turmush darajasining oshishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi tadqiq qilingan.

background image

12

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining
“Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil
etilgan.

Bank missiyasi

bo‘lib asosan kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni

rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qo‘llab-
quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yo‘li bilan yangi ish
o‘rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy
xizmatlardan bahramand bo‘lishini taʼminlash uchun moliyaviy mablag‘lar berish
hisoblanadi.

Banklar o‘z faoliyatini mijozlar talablarini to‘liq qondirish, zamonaviy va

raqobatbardosh moliya muassasasiga aylanish, xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini
kengaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Banklarda zamonaviy xizmatlarni
rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

- mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi va sharoitlarini rivojlantirish;
- korporativ boshqaruvni takomillashtirish;
- moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish;
- HR funksiyalarini rivojlantirish;
- biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;
- sotuv tarmoqlari va bank mahsulotlarini rivojlantirish.

«

MIKROKREDITBANK

»

QORAQALPOG

ʻ

ISTON

RESPUBLIKASI FILIALI TOMONIDAN

KO

ʻ

RSATILAYOTGAN BANK XIZMATLARINING

UMUMIY IQTISODIY TAHLILI

Serjanov Aymurat

Medetbaevich

Qoraqalpoq davlat universiteti

mustaqil izlanuvchisi

A

nno

ta

ts

iy

a

Mazkur maqolada «Mikrokreditbank» Qoraqalpogʻiston Respublikasi
filialining asosiy koʻrsatkichlari asosida bank tomonidan korsatilayotgan
moliyaviy xizmatlari tahlil qilingan. Xususan, bank mijozlari, bank xizmatlari
markazlari, bank aktivlari va majburiyatlari kabi koʻrsatkichlari holati
oʻrganib chiqilgan. Muallif tomonidan «Mikrokreditbank» Qoraqalpogʻiston
Respublikasi filiali tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan
kreditlarning hududda aholi turmush darajasining oshishiga ijobiy ta’sir
koʻrsatishi tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar:

bank infratuzilmasi, bank xizmatlari markazlari, bank aktivlari va
majburiyatlar, kapital, berilgan kreditlar, aholi turmush darajasi.


background image

13

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

O‘zbekistonda bugungi kunda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki

mijozlari 1493982 nafardan iborat bo‘lib, umumiy kapitali 3666063 mln. so‘mni tashkil
etadi, jami 85 ta bank xizmatlari markazlari orqali 8061218 mln. so‘m milliy valyutada
kreditlar berilgan va bank foydasi 43,5 mlrd. so‘mni tashkil etadi

1

.

“Mikrokreditbank” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining infratuzilmasi

va asosiy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadigan boʻlsak, 01.01.2024 yil holatiga bank
filiali mijozlari 12466,0 nafarni tashkil etib, jami 11 ta bank xizmatlari markazlari
mavjud. Shu jumladan, Nukus shahrida 1 ta bank xizmatlari ofisi hamda 2 ta Jayxun va
Boʻzatov bank xizmatlari markazi, Toʻrtkoʻl tumanida 2 ta Toʻrtkoʻl va Bunyodkor
bank xizmatlari markazi, Amudaryo tumanida 2 ta Mangʻit va Qipchoq bank xizmatlari
markazi, shuningdek Ellikqal’a, Xojayli, Chimboy, Moʻynoq tumanlarida 1 tadan
hududiy bank xizmatlari markazlari faloiyat yuritmoqda. Shuni qayd etish kerakki,
yuqorida nomlari keltirilgan Jayxun, Boʻzatov, Chimboy, Bunyodkor, Qipchoq va
Moʻynoq kabi bank xizmatlari markazlari 2024-yildan boshlab alohida faoliyat
boshlamoqda. Bank xodimlari umumiy soni 236 nafarni tashkil etib, jami 120506 dona
plastik kartalar emissiya qilingan, shundan 55075 dona Uzcard va 65431 dona Humo
kartalaridir. Xizmat koʻrsatuvchi bankomatlar soni 54 ta boʻlib, savdo terminallari soni
2222 tani tashkil etadi (1-jadval).

1-jadval

“Mikrokreditbank” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining

infratuzilmasi va asosiy koʻrsatkichlari

2

Koʻrsatkichla

r

Oʻlcho

v

birligi

01.01.202

0

01.01.202

1

01.01.202

2

01.01.202

3

01.01.202

4

Bank infratuzilmasi

Filiallar

dona

5

5

5

5

0

Bank

xizmatlari

markazi

dona

0

1

3

4

10

Bank

xizmatlar ofisi

dona

0

0

0

0

1

Xodimlar

soni

176,0

191,0

203,0

210,0

236

Mijozlar

soni

9 596,0

10 787,0

11 696,0

12 183,0

12 466,0

Plastik

kartalar,
shundan

dona

79 856

85 624

92 038

93 036

120 506

Uzcard

dona

32 903

35 772

36 815

51 887

55 075

Humo

dona

46 953

49 852

55 223

41 149

65 431

Bankomatlar

soni

5

10

18

31

54

Savdo

dona

1 456,0

1 758,0

2 143,0

2 185,0

2 222,0

1

Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining

https://mkbank.uz

sayti ma’lumotlari asosida olingan.

2

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining

https://mkbank.uz

sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan

tuzilgan.


background image

14

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

terminallar

Balans koʻrsatkichlari

Aktivlar

mln.

soʻm

476 236,0 545 698,0 612 985,0 944 343,0

1 094
668,0

Majburiyatlar

mln.

soʻm

460 982,0 522 151,0 587 711,0 926 302,0

1 038
362,0

Kapital

mln.

soʻm

15 254,0

23 547,0

25 274,0

18 041,0

56 306,0

Daromad

mln.

soʻm

92 356,0

101 244,0 123 524,0 185 657,0 227 684,0

Xarajat

mln.

soʻm

87 551,0

90 509,0

101 325,0 170 638,0 224 930,0

Sof foyda

mln.

soʻm

4 825,0

10 735,0

22 199,0

15 019,0

2 753,9

Rentabellik

%

5,2

10,6

18,0

8,1

1,2


Balans koʻrsatkichlarida 01.01.2024 yil holatiga bank aktivlari 1094668,0 mln.

so‘mni, majburiyatlari 1038362,0 mln. so‘mni va kapitali 56306,0 mln. so‘mni tashkil
etib rentabellik darajasi 1,2 %ni tashkil etmoqda

3

.

“Mikrokreditbank” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan 2023

yilda jami berilgan kreditlar 534276,0 mln. soʻmni tashkil etib, shundan:

1. Kichik biznes subyektlariga “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi PQ-3777-sonli, “Har bir
oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori [1], O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori [2] hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
31.01.2023 yildagi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib
chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari [3] asosida jami
232418,0 mln. soʻm kreditlar berilgan.

2. Chakana biznes orqali berilgan kreditlar 132197,0 mln. soʻm.
3. Shuningdek, 169661,0 mln. soʻmlik ijtimoiy kreditlar, shu jumladan:
-

“Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 yildagi PQ-4862-sonli “Aholini tadbirkorlikka
jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori [4] asosida;

- “Hunarmandchilikni rivojlantirish” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 30.12.2021 yildagi PQ-77-sonli “Hunarmandchilik faoliyatini qollab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida”gi qarori asosida
kreditlar berilgan [5].

3

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining

https://mkbank.uz

sayti ma’lumotlari asosida olingan.


background image

15

https://eyib.uz

3-sho‘ba.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va biznes-tahlilni rivojlantirish

istiqbollari

Mijozlardan turli omonotlarga jami 279137,0 mln. soʻm qabul qilinib, bank

depozitlari 405,7 mlrd. soʻmni tashkil etadi, shundan 279,1 mlrd. soʻm jismoniy
shaxslarning depozitlari hamda 126,6 mlrd. soʻm yuridik shaxslarning depozitlaridir.

Aytish joizdir, bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish

uchun yangi tashkil etilayotgan korxonalarni texnologik jihozlash uchun va yuqorida
ta’kidlangan maqsadlarda imtiyozli kreditlarning ajratilishi o‘z navbatida,
ragʻbatlantiruvchi omillar boʻlib xizmat qilmoqda. Buning natijasida esa moliyaviy
bank xizmatlari koʻrsatishning yuqori sur’atlari ta’minlanib hududda yalpi ichki
mahsulot ulushi ham ortib bormoqda[6-7].

Xulosa qilib aytganimizda, samarali bank xizmatlarini koʻrsatishning barqaror

oʻsishi, oʻz navbatida, hududlarda aholi turmush darajasining oshishiga ijobiy ta’sir
koʻrsatadi. Demak fikrimizcha, bugungi kunda Oʻzbekiston hududlarida bank xizmatlari
va servisidan foydalanishni yanada jadal rivojlantirishni ta’minlash, zamonaviy bank
xizmatlari bozorini yaratish, xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va iste’mol
qilishning oqilona infratuzilmasini shakllantirish, mamlakatimizda aholi turmush
darajasi va sifatini oshirishni ta’minlashda davlat dasturlarining ustuvor yoʻnalishlari
boʻlib hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi PQ-3777-sonli,

“Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori.

https://www.lex.uz

.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-sonli

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

https://www.lex.uz

.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2023 yildagi PQ-39-sonli

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

https://www.lex.uz

.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 yildagi PQ-4862-sonli

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni
rivojlantirishga

doir

qo‘shimcha

chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

qarori.

https://www.lex.uz

.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi PQ-77-sonli

“Hunarmandchilik faoliyatini qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari togrisida”gi qarori.

https://www.lex.uz

.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2018 yildagi PQ-3777-sonli,

“Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.12.2021 yildagi PQ-55-sonli

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga

doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. https://www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2023 yildagi PQ-39-sonli

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes

tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. https://www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.10.2020 yildagi PQ-4862-sonli

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni

rivojlantirishga

doir

qo‘shimcha

chora-tadbirlar

to‘g‘risida”gi

qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2021 yildagi PQ-77-sonli

“Hunarmandchilik faoliyatini qollab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari togrisida”gi qarori. https://www.lex.uz.