AYOLLAR BANDLIGI MASALASINI HAL ETISHDA DASTURIY VOSITALAR ISHLAB CHIQISH

Annotasiya

Ushbu maqolada nodavlat yoki davlat korxonalarida, xususiy korxonalarda, fermer xoʻjaliklarda, xonadonlarda doimiy, mavzumiy va kunlik ishga takliflarini berish hamda imkoniyati boʻyicha ish topishga koʻmak beruvchi sodda intefeysli dasturiy ta'minot yaratish asosiy maqsad qilib olingan. Asosan ayollarni mavjud ish oʻrinlaridan va taklif etilayotgan ish turlaridan doimiy xabardor qilib borishni, ayollar sharoitiga qarab mos ish tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutuvchi dasturiy ta'minot yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirzayeva , M. . ., & Yangiboyeva , R. . . (2024). AYOLLAR BANDLIGI MASALASINI HAL ETISHDA DASTURIY VOSITALAR ISHLAB CHIQISH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 3(13(Special Issue), 13–18. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/58064
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada nodavlat yoki davlat korxonalarida, xususiy korxonalarda, fermer xoʻjaliklarda, xonadonlarda doimiy, mavzumiy va kunlik ishga takliflarini berish hamda imkoniyati boʻyicha ish topishga koʻmak beruvchi sodda intefeysli dasturiy ta'minot yaratish asosiy maqsad qilib olingan. Asosan ayollarni mavjud ish oʻrinlaridan va taklif etilayotgan ish turlaridan doimiy xabardor qilib borishni, ayollar sharoitiga qarab mos ish tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutuvchi dasturiy ta'minot yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan


background image

13

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

Kirish.
Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida aks ettirilgan asosiy gʻoyalardan biri

barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan
oʻrin olish hamda aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan
ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilishga qaratilgandir.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va
sohalarda, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Axborot texnologiyalari va
kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar,
biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida
ishlab chiqilgan «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron
xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi belgilangan. Bunga javoban joriy
etilgan dasturiy vositalardan biri, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining
yagona ochiq portali(vacancy.argos.uz). U mamlakatimiz boʻyicha davlat idoralarida

AYOLLAR BANDLIGI MASALASINI HAL ETISHDA

DASTURIY VOSITALAR ISHLAB CHIQISH

Mirzayeva Manzura

Maxmudovna

AIQI “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti

mirzayeva_m@mail.ru

Yangiboyeva

Raxbaroy

Mashrabboy qizi

AndMI “Mashinasozlk ishlab chiqarishini

avtomatlashtirish”

kafedrasi asistenti

A

nno

ta

ts

iy

a

Ushbu maqolada nodavlat yoki davlat korxonalarida, xususiy korxonalarda,
fermer xoʻjaliklarda, xonadonlarda doimiy, mavzumiy va kunlik ishga
takliflarini berish hamda imkoniyati boʻyicha ish topishga koʻmak beruvchi
sodda intefeysli dasturiy ta'minot yaratish asosiy maqsad qilib olingan.
Asosan ayollarni mavjud ish oʻrinlaridan va taklif etilayotgan ish turlaridan
doimiy xabardor qilib borishni, ayollar sharoitiga qarab mos ish tanlash
imkoniyatini berishni nazarda tutuvchi dasturiy ta'minot yaratish bo‘yicha
amalga oshirilayotgan ishlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Ayollar bandligi, dasturiy vosita, ishga taklif, dialogli rejim,
sahifali rejim


background image

14

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

mavjud vakant ish joylari haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Ushbu portalning
oʻzida boʻsh ish oʻrinlari uchun oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etishga hujjatlarni
topshirish mumkin. Ushbu axborot tizimiga 4 mingdan ortiq davlat idoralari ulangan.
Biroq mamlakatimiz axolisining toʻla bandligini davlat korxonalari taminlab bera
olmaydi. Davlat korxonalaridan tashqari mamlakatimizda nodavlat xususiy korxonalar,
fermer xoʻjaliklar faoliyat olib bormoqda. Ulardan tashqari axolimiz turli tadbirkorlik
sub'ektlarida ish bilan band. Bu kabi ishlar xaqida ma'lumot beruvchi ommalashgan
dasturiy ta'minot yoʻq. Nodavlat xususiy korxonalarda, fermer xoʻjaliklarda,
xonadonlarda doimiy, mavzumiy va kunlik ishga takliflarini berish hamda imkoniyati
boʻyicha ish topishga koʻmak beruvchi sodda intefeysli dasturiy ta'minot yaratish biroz
muddat uyda oʻtirib qolgan ayollarni ishga joylashishida katta koʻmak berishi mumkin.

Asosiy qism. “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub'ektlari bilan oʻzaro

manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi 2023 yil 12
iyun, PF-93-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida «hamkorlik
shartnomalari» asosida tadbirkorlik sub'ektlariga yangi ish oʻrni yaratish boʻyicha
imkoniyatlar belgilangan. Kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha, axoli
daromadini oshirish boʻyicha turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning
natijasida aholi bandligini ta'minlash masalasining yechimi oydinlashmoqda. Ayollar
bandligini taminlash oʻziga xos xususiyatlarga ega, negaki oilaviy sharoit har doim ham
ularning ishxonaga borib ishlashiga imkon beravermaydi.

Ayollar oʻrtasida ishsizlik darajasi 13.3% ( taqqoslash uchun –dunyo boʻyicha

6.1 %) tashkil etdi. Bu erkaklar oʻrtasidagi ishsizlik darajasidan 2 barobar yuqori. Ishsiz
ayollarning asosiy qismini oʻrta maxsus (65.8%) va oʻrta (28.5%) ma'lumotga ega
shuningdek, qisman oliy ma'lumotli xotin-qizlar(3.4%) tashkil etadi. Ishsiz ayollarning
44 foizdan ortigʻi 15−30 yosh oraligʻida. Xotin-qizlar oʻrtasida ishsizlikning eng yuqori
koʻrsatkichi Qashqadaryo (15,5 foiz), Surxondaryo (15,0 foiz) va Sirdaryo (4,7%)
viloyatlarida kuzatilmoqda.

Koʻp ayollar bola parvarishi va uy ishlari bilan bogʻliq holda uyda oʻtirishga

qaror qiladi. Bu esa kasbiy mahoratning yoʻqolishiga olib keladi. 2021 yilda
maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan 3−6 yoshli bolalar ulushi 62 foizni tashkil
etgan boʻlsa, 1−6 yoshli bolalar orasida bu koʻrsatkich 30 foizga ham etmagan, ya'ni,
bolalarning taxminan 40−70 foizi uyda onalari tomonidan tarbiyalanadi. Bugungi kunda
xotin-qizlar bandligini ta'minlash, barcha sohalarda gender tengligiga erishish, mehnat
bozorida kamsitishlarga barham berish va ish haqi tengligini ta'minlash butun dunyoda
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. XMT hisob-kitoblariga koʻra, 2023 yilda
mehnatga layoqatli aholining mehnat bozorida ishtirok etish darajasi 60% ni tashkil
etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich erkaklar oʻrtasida 71,9% ni, ayollar orasida esa 46,6% ni
tashkil qilgan. Umuman olganda, ayollarning iqtisodiy faolligi erkaklarning iqtisodiy
faolligidan 1,5% kam.

Turli ijtimoiy tarmoqlarda ishga taklif beruvchi koʻplab e'lonlar

berilmoqda, shuningdek ishga qabul qilish boʻyicha bir necha saytlar ham faoliyat
koʻrsatmoqda. Ushbu maqola ham aynan ayollar sharoitini, imkoniyat darajasini
e'tiborgan olgan holda ish topishga koʻmak beruvchi dastur ta'minot yaratish borasida
qilinayotgan ishlarni tavsiflashga qaratilgandir.


background image

15

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

Hozirda “Ayollarga ish darchasi” deb nomlanuvchi dasturiy ta'minot ustida

tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Dastur ish beruvchilar va ishlash istagini bildirganlar,
viloyat va tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari hamda shu
sohadagi mutaxassislar oʻrtasida oʻzaro yaqin munosabat oʻrnatishni nazarda tutadi.
Ushbu tabqiqot ishi oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir
ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-
son Farmonining 5.2-bandiga asosan ilmiy-tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlari
doirasida tashkil qilingan “Olima ayollar” tanlovi 86-turi tanloviga “Ayollar bandligi
masalasini hal etish uchun “Ayollarga ish darchasi” dasturiy taʼminotini ishlab chiqish”
mavzusida taqdim qilingan

Ushbu “Ayollarga ish darchasi” deb nomlanadigan dastur quyidagi

imkoniyatlarni taqdim etadi:

-

axolini respublika boʻyicha ish joylari, turlari va sharoiti boʻyicha axborot

bilan taminlash;

-

nodavlat xususiy korxonalar, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik sub'ektlari,

xonadonlar oʻzlarida mavjud ish turlarini ma'lumotlar bazasiga kiritish va shu boʻyicha
ishchilar qabul qilish;

-

ishlashni xoxlovchilar oʻzlarining imkoniyatlarini ma'lumotlar bazasiga kiritib,

shu boʻyicha ish berishlarini soʻrash;

-

ish beruvchilar va ishchilarga ish yakunida jarayon boʻyicha fikr qoldirish;

-

ma'lumot kiritgan har bir foydalanuvchi oʻz ma'lumotini taxrirlash.

Dastur quyidagi ikki toifadagi foydalanuvchilarga oʻz imkoniyatlarini taqdim

etadi: 1-toifa roʻyhatga olingan foydalanuvchilar, 2-toifa mehmon sifatida tashrif
buyuradigan foydalanuvchilar. Roʻyhatga olingan foydalanuvchilarga yuqorida
keltirilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishga ruhsat etiladi. Mehmon sifatida
tashrif buyurgan foydalanuvchilar esa faqat ma'lumot olish imkoniyatiga ega, ular
bazaga ma'lumot joylash, taxrirlash va oʻchirish imkoniyatlariga ega boʻlmaydilar.
Mehmon sifatida tashrif buyurgan foydalanuvchilar dastur orqali olgan ma'lumoti
boʻyicha ish beruvchi yoki ishlash istagini bildirganlar bilan bogʻlanishi uchun telefon
raqamlaridan foydalanishi mumkin boʻladi xolos, dasturning bazasida ma'lumot qoldira
olmaydi.

Roʻyhatga olingan foydalanuvchilar, bular maxsus muloqot oynasi orqali oʻzlari

haqida ma'lumotni bazaga kiritadigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir. Jismoniy
shaxslar ismi-sharifi va tugʻilgan sanasi, yuridik shaxslar nomi va manzili boʻyicha
roʻyxatga olinadi. Foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlar login va parol orqali
ximoyalanadi.

Dasturiy ta'minot oʻz tarkibidagi ma'lumotlar bazasini boshqarish bilan faoliyat

koʻrsatadi. Ish beruvchilar uchun va ishlash istagini bildirganlar uchun aloxida muloqot
oynalari orqali ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Dastur mutloqo erkin, biror tashkilot
orqali boshqarilmaydi va hech kimga hech qanday majburiyat yuklamaydigan shaklda
internet tarmog’iga joylanadi. Faqat kiritilayotgan ma'lumotlar fuqorolik axloq
normalariga javob berish-bermasligi administrator orqali nazorat qilinadi. Nomaqbul
kiritilgan ma'lumot bazadan oʻchirib yuboriladi.


background image

16

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

Muammoning ilmiy echimini ta'minlash yaratiladigan axborot tizimining

strukturasini aniqlash ya'ni tizim tarkibiga kiritiladigan ma'lumotlar bazasi jadvallari,
ularni shakllantirish uchun ma'lumotlarni saralash, jadvallar oʻrtasidagi bogʻlanishlarni
belgilash usullari bilan hal etiladi. Loyihadagi axborot tizimi HTML, CSS, Java Script,
MySQL, PHP kodlaridan foydalanilgan holda yaratiladi. Lokal server orqali
dasturning ishlashi tekshirilib sozlab boriladi. Dastur toʻla yaratilganda institut serveriga
joylash koʻzda tutilgan. Buning uchun institut serveri imkoniyatini oshirish zarur
boʻladi. Hozirgi holati faqat kichik tajriba oʻtkazishga imkon beradi xolos.

Dastur ikki xil rejimda ishlashga moslashtiriladi: dialogli rejim va sahifali rejim.

Dialogli rejim sodda dialoglar bilan ma'lumotlar bazasini boshqarishga moʻljallanadi.
Sahifali rejim menyular orqali muloqat oynalariga kirib ma'lumotlar kiritish va koʻrish
imkoniyatini beradi. Bu ikki rejim loyihada belgilangan ayollar bilim darajasiga qarab
foydalanishini tashkil etish maqsadini amalga oshiradi.

Dastur orqali foydalanuvchi doimiy ish joyi, mavsumiy ish joyi, kunlik ish

joylarini taqdim etish, uyga ish olish boʻyicha takliflar berish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ishlash istagini bildirganlar oʻzining imkoniyati va sharoitlarini toʻla toʻkis kiritib
shunga qarab mos ish beruvchi bilan aloqa bogʻlashi mumkin boʻladi.

Dasturning yana bir ahamiyatli jixati shundaki ish beruvchilar va ishchilar ish

yakunida jarayon boʻyicha fikr qoldirishi mumkin. Qoldirilgan fikr oʻzgartirilmaydi va
keyingi murojatlarda ularni koʻrish mumkin boʻladi. Bu talabgorning qaror qabul
qilishida axamiyatga ega boʻladi. Oʻzlari xaqida salbiy fikr boʻlmasligi uchun ish
beruvchilar va ishchilar oʻz ishiga e'tibor bilan yondoshishga, madaniyatli munosabatda
boʻlishiga undaydi.

«Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida Elektron hukumatni rivojlantirish

maqsadida iste'molchilar talabidan kelib chiqqan holda ochiq davlat ma'lumotlarini
ishlab chiqish, shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish,
shuningdek, «ochiq ma'lumotlar»ga asoslangan davlat mobil ilovalari va dasturlari
ulushini oshirish hamda davlat ma'lumotlarini boshqarishning yagona tizimini
shakllantirish orqali davlat boshqaruvida ma'lumotlarni toʻplash va raqamlashtirish
uchun kerak boʻlgan barcha resurslarni yaratish orqali asoslangan qarorlarni qabul
qilishni avtomatik ravishda shakllantirish belgilangan.

Xal etilishi koʻzda tutilgan muammo - axoli bandligiga koʻmaklashish bu davlat

miqyosidagi muammo boʻlib uni oʻrganish va xal etish boʻyicha qator chora-tadbirlar
ishlab chiqilgan. «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasida koʻrsatilgan geografik
joylashuvidan qat'iy nazar, fuqarolarning oʻsib borayotgan axborotga ehtiyojlarini
qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil texnologiyalarni yanada
rivojlantirish masalasining qoʻyilganligi bandlikka koʻmaklashish kambagʻallikni
qisqartirish muammolarini xal etishda raqamli texnologiyalarni qoʻllashga keng
imkoniyat yaratdi.

Ilgʻor mamlakatlar ilm-fanidagi ilmiy-tadqiqotning barcha yoʻnalishlari raqamli

texnologiyalar asosida rivojlanmoqda. Ishlab chiqarish va xizmatlar sohasi deyarli
raqamlashtirilgan. Hozirda sun'iy intellektga asoslangan texologiyalar keng
ommalashmoqda. Loyixada koʻrilayotgan masala rivojlangan mamlakatlarda yuqori
darajada xal etilgan.


background image

17

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

Xususan, axoli bandligiga koʻmaklashish maqsadida bir necha ish qidirish veb-

saytlari

mavjud,

masalan,

AQShda

INDEED,

LINKEDIN,

Glassdoor,

CAREERBUILDER,

MONSTER,

Evropada

LINKEDIN,

YAXSHI,

XING,

GLASSDOOR Osiyo mamlakatlarida Zhaopin, 51job, Boss Zhipin, Lagou, Liepin.
Zhaopin ish qidirish vositalari keng qoʻllaniladi. Har bir platforma oʻz mamlakatlari
yoki mintaqalaridagi hukmron sanoat va mehnat bozori tendenssiyalariga qarab turli
yoʻnalishlarga ega. Har bir platformaning foydalanuvchi bazasi va geografik qamrovi
har xil. Ularda qoʻllaniladigan dasturiy ta'minotni bizning mamlakatimizga shunday olib
kelib qoʻllash imkonsiz. Oʻzbekistonda Headhunter.uz, Uzjobs.uz, Mehnat.uz,
Uzautojobs.uz, Flagma.uz, vacancy.argos.uz nomlar bilan tanilgan ish qidirish
platformalari mavjud. Ular mamlakatimiz boʻyicha davlat idoralarida mavjud vakant
ish joylari haqida ma'lumot olish imkonini beradi

Ma'lumki, axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish hozirgi

zamonning dolzarb masalasidir. Bu masalani axoli turmush tarzini va ehtiyojini
e'tiborga olgan holda xal etish muximdir. Maxalliy xalq talabiga mos tushinarli boʻlgan
axborot texnologiyalari, xususan dasturiy ta'minot yaratish yoki majudlarini
moslashtirish faqt mahaliy mutaxassislar zimmasidadir.

Nodavlat yoki davlat korxonalarida, xususiy korxonalarda, fermer xoʻjaliklarda,

xonadonlarda doimiy, mavzumiy va kunlik ishga takliflarini berish hamda imkoniyati
boʻyicha ish topishga koʻmak beruvchi sodda intefeysli dasturiy ta'minot yaratish
tadqiqotning asosiy maqsadi qilib olingan. Asosan ayollarni mavjud ish oʻrinlaridan va
taklif etilayotgan ish turlaridan doimiy xabardor qilib borishni, ayollar sharoitiga qarab
mos ish tanlash imkoniyatini berishni nazarda tutuvchi dasturiy ta'minot yaratish
rejalashtirilgan.

Ushbu tadqiqot pirovard natijasida taqdim etiladigan dasturiy ta'minot orqali

ayollar orasida ishsizlikni maksimal darajada qisqartirishga erishish mumkin boʻladi.
Mumkin qadar soddalashtirilgan interfeysga ega boʻlgan ushbu dastur ish beruvchilar va
ishga kiruvchilar uchun birday axamiyatga ega. Dastur respublika miqyosida axborot
berish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa mamlakat boʻylab ishchi kuchini
taqsimlanishiga ham yordam beradi

Tadqiqotning ilmiy yangiligi, bandlikka koʻmaklashish maqsadida, butun

mamlakat boʻyicha ma'lumot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va amaliy qoʻllash uchun
sodda dialogli ochiq axborot tizimi yaratilishi bilan belgilanadi. Qoʻyilgan vazifani hal
etish va rejalashtirilgan natijalarni olish imkoniyatlari simsiz va mobil texnologiyalarni
yanada rivojlantirish va mamlakatni tezkor internet tarmogʻi bilan taminlash masalalari
bilan bogʻliq.

Bugungi kunda mamlakatni internet tarmogʻi bilan taminlash boʻyicha keng

qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mobil qurilmalaridan foydalanmaydigan axoli
punktlari yoʻq. Rejalashtirilayotgan dasturiy ta'minot yaratilganda uning ommalashuvi
uchun etaralicha imkoniyat mavjud

Ishsiz ayollarning asosiy qismi oʻrta maxsus va oʻrta ma'lumotga ega. Ularni ish

bilan bandligini oshirish uchun koʻmak beradigan raqamli axborot tizimi aynan shularni
bilim darajasi bilan tushina oladigan koʻrinishda boʻlishi muximdir. Ishsiz ayollar
ijtimoiy holatini, bilim darajasini oʻrganish va shu asosda ularning bandligiga koʻmak
beradigan axborot tizimini ishlab chiqish loyixaning vazifasidir. Ishsiz ayollarni


background image

18

https://eyib.uz

5-sho‘ba.

Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi

raqamli texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim darajasini oʻrganishda oilalarni
mobil qurilmalari bilan ta'minlanganligi koʻrib chiqiladi. Rejalashtirilgan natijaga
erishish simsiz va mobil texnologiyalarning har bir xonadonga kirib borishi imkoniyati
orqali amalga oshadi

Oʻzbekistonda aholi soni 37 milliondan oshdi. Ayollar soni 18 milliondan

ortiqdir. Ular orasida ishlashga muxtoj, lekin doimiy ish joyida ishlashga sharoiti yoʻq
ayollar bor. Biror bir kasbni egallamagan ayollar ham borki, ular oʻzlari uchun ish
tanlashiga biror dastak yoʻq. Bu toifadagi ayollar soni juda oʻzgaruvchan. Shu kabi
ishsiz ayollar sharoitini aniqlash va ularga mos ish turlarini yaratish zaruratiga baho
berish va ish bilan taminlashga koʻmaklashish masalasidagi muammolarni hal etilishi
tadqiqotda koʻzda tutilgan.

Xulosa va takliflar. Ushbu tadqiqot natijasida axolining turli qatlamlari va turli

maqomdagi korxonalar oʻrtasida ish topish va ish berish boʻyicha yaqin aloqa
oʻrnatuvchi dasturiy ta'minot yaratiladi. Bu bilan Veb texnologiyalar asosida ijtimoiy
munosabatlar sohasida raqamlashtirish masalasi amalga oshiriladi. Natija iqtisodiyot
tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli
rivojlantirishning «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi boʻyicha amalga
oshirilayotgan ishlarga muvofiq keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar royhati

.

1. “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni.

2. Aripov М. WEB texnologiyalari: o‘quv qo‘llanma / М .Aripov, S.D ottoyev,

M.Fayziyeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. —
Toshkent:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. — 280 b.

3. Кузнецова, Л. В. Лекции по современным веб-технологиям / Л. В.

Кузнецова. – Москва : Интернет-Университет Информационных Технологий
(ИНТУИТ), 2010. – 165 с

Bibliografik manbalar

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali

amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmoni.

Aripov М. WEB texnologiyalari: o‘quv qo‘llanma / М .Aripov, S.D ottoyev,

M.Fayziyeva; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. —

Toshkent:O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. — 280 b.

Кузнецова, Л. В. Лекции по современным веб-технологиям / Л. В.

Кузнецова. – Москва : Интернет-Университет Информационных Технологий

(ИНТУИТ), 2010. – 165 с