19
https://eyib.uz
5-sho‘ba.
Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
KIRISH
Mamlakatimizning ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha asosiy hujjatlaridan biri
bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bozor
iqtisodiyoti talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida
o‘quv jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), internet va
kompyuter tarmoqlari negizida tashkil etish zarurligi alohida ta’kidlangan.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida ushbu vazifalar o‘z vaqtida hamda samarali amalga
oshirilmokda. Belgilangan maqsadga erishishda uzviy va izchil, o‘zaro uyg‘unlashgan
tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, o‘quv jarayoniga
keng formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish
maqsadida «Elektron ta’lim» milliy tarmog‘ini barpo etish hamda barcha oliy o‘quv
yurtlarini, keyinchalik esa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini yagona kompyuter
axborot tarmogiga ulashni ta’minlash vazifasi»... [2] belgilab berilib hozirgi davrda
mazkur tadbirlar kompleks tarzda muvaffaqiyatli amalga oshirilmokda.
Ushbu vazifalarni yanada muvaffaqiyatli bajarilishi uchun bu borada o‘z ijobiy
natijasini bera oladigan yangi innovatsion chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqilib
soha amaliyotiga joriy qilinishi zarur. Shunday tadbirlardan biri rivojlangan
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MASOFAVIY
(ONLINE) O‘QITISHNING AFZALLIKLARI
Atajanova Rohatoy
Dilmurod qizi
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti, Tarmoqlar
iqtisodiyoti kafedrasi assistenti
Tel:998906220970
A
nno
ta
ts
iy
a
Bugungi tobora globallashib borayotgan dunyoda zamondan ortda qolmaslik,
ta’lim tizimi tajribalari ko‘rsatmokdaki, o‘quv jarayonida internet tizimi va
AKTni yangi bilimlarni egallash, saklash, uzatish hamda amaliy qarorlar
qabul qilish vositasiga aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan
yaxshilashning imkoniyatlari tobora kengayib bormokda. Internet tizimi va
AKT imkoniyatlaridan MTda foydalanish avvalo ta’lim sifati, ijtimoiyligi,
ommabopligi hamda iqtisodiy jihatdan hammaga maqbul bo‘lishligini
ta’minlaydi.
Kalit so‘zlar:
globallashuv, iqtisodiyot, moliya, moliyaviy munosabatlar, byudjet,
boshqaruv, davlat, siyosat, soliq, kodeks, moliyaviy hisobot,
jamiyat, xalqaro munosabatlar, valyuta.
20
https://eyib.uz
5-sho‘ba.
Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
mamlakatlar ta’lim tizimida sifatli kadrlar tayyorlash uchun keng ko‘lamda samarali
qo‘llanilayotgan o‘qish jarayoni zamonaviy AKTlarga asoslangan masofaviy ta’lim
(MT) shaklidir.
Ta’lim tizimi tajribalari ko‘rsatmokdaki, o‘quv jarayonida internet tizimi va
AKTni yangi bilimlarni egallash, saklash, uzatish hamda amaliy qarorlar qabul qilish
vositasiga aylantirish hisobiga kadrlarning sifat darajasini tubdan yaxshilashning
imkoniyatlari tobora kengayib bormokda. Internet tizimi va AKT imkoniyatlaridan
MTda foydalanish avvalo ta’lim sifati, ijtimoiyligi, ommabopligi hamda iqtisodiy
jihatdan hammaga maqbul bo‘lishligini ta’minlaydi.
Bulardan tashqari MTni an’anaviy o‘qitish shakliga taqqoslaganda bir qator
afzalliklari hamda ijobiy jihatlari mavjud. Ta’kidlash kerakki, o‘qitishning zamonaviy
MT shaklini mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida samarali joriy etish uchun yetarli
imkoniyatlar mavjud.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) — bu, keng ko‘lamdagi
tushuncha bo‘lib, unga texnologik vositalar yordamida kommunikatsiyaga jalb etilgan
tizimlar, jarayonlar va shaxslar kiradi.
Masofali ta’lim — bu, zamonaviy AKT yordamida masofaviy o‘qitish jarayoni
qo‘llanadigan, ta’lim darajasini (ta’lim senzini) tasdikdovchi, ta’lim olishning
pedagogik tizimidir.
Masofaviy ta’lim — axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, masofadan
turib, o‘quv axborotlarining almashuvini ta’minlaydigan, o‘quv jarayonini olib borish
hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko‘nikmalarni egallash
jarayonidir.
Masofaviy ta’lim — bu, muayyan sohada mutaxassislar tayyorlash tizimidagi
barcha fanlarni kompleks tarzda masofaviy o‘qitishga asoslangan, biroq, kompleks
doirasida o‘qish jarayoni uchun qat’iy belgilangan joy va vaqt mezoni shartli
o‘rnatilmagan ta’lim shaklidir.
Bu ta’rif mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushunish uchun, uni yuqorida qayd etilgan
masofaviy o‘qitishning ta’rifi bilan birga keltirish kerak, albatta.
Masofaviy o‘qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib
borayotgan
shakli
sanaladi.
Zamonaviy
sharoitda
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan
foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy
mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan.
Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premer-ministri G.Vilson
tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo masofadan o‘qitish ancha
oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida
yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga
ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik
daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan.
1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab,
Masofaviy ta’lim bo‘yicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim
tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ochiq universitetlardagi o‘qish xarajatlari
an’anaviy institutlarda o‘qitishga qaraganda 8–10 marta arzon. M: Angliyada turg‘un
o‘qishga 3000, masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling
21
https://eyib.uz
5-sho‘ba.
Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
to‘lanadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun xarajatlar,
o‘qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim
oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter tarmog‘i orqali maslahatlar
beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni o‘z ichiga qamrab
oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega.
Masofaviy ta’lim AQShda o‘tgan asrning 60-yillarning o‘rtalaridan, Yevropada
esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana boshlandi. O‘qitishning bu shakli ta’lim
oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro
ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim
jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni,
metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, o‘quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy,
me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik
tizimda kechadi.
MT turli geografik mintaqalarda joylashgan o‘qituvchi va talabani bog‘lovchi
jarayon bo‘lib, o‘zaro aloqalar maxsus texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
O‘zaro aloqalarni amalga oshirishda turlicha usullar qo‘llaniladi: pochta yoki telefaks
orqali bosmaxona materiallarini almashish, audiokonferensiya, videokonferensiya,
kompyuter orqali virtual konferensiya kabilardir.
O‘quv yurtidan uzokda yashovchilar, qatnab o‘qish uchun sharoiti bo‘lmaganlar,
malakasini oshirishni xoxlovchilar, nogironlar va yana boshqa turli sabablarga ko‘ra,
bevosita oliy o‘quv yurtiga borib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlarning masofadan
turib bilim va ta’lim olishga bo‘lgan talablari ortib borishi tabiiydir.
Masofaviy ta’lim o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turg‘un
sharoitda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar
tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim
muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni
egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi. Ayniqsa, ish bilan
band bo‘lgan katta yoshdagi kishilar, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olishni
xoxdovchilar uchun MT juda kulay vositadir.
MTga quyidagi beshta asosiy holat bilan tavsiflanuvchi ta’lim sifatida qarash
mumkin:
− o‘qituvchi va o‘quvchining mavjudligi;
− ta’lim jarayonining ma’lum masofada amalga oshirilishi;
− o‘rgatuvchi va o‘quvchining o‘zaro ikkiyoqlama muloqoti;
− masofaviy o‘qish uchun mo‘ljallangan maxsus materiallar;
− mavjudligi;
− har ikki tomonning kompyuter va boshqa texnika va kommunikatsiya;
− vositalari bilan ta’minlanganligi.
Bizning fikrimizcha, oliy ta’limda, shu jumladan MTda AKT tizimni»
shakllantirish va rivojlantirishda quyidagilar muhim hisoblanadi: maqsadlarini amalga
oshirish uchun yuqori malakali kadrlarni qayta tayyorlash; − yangi ehtiyojlardan kelib
chikib mutaxassislar tayyorlash, ya’ni bozorni shakllantirish; − yangi kadrlarni
tayyorlashda sifatga bo‘lgan talablardni to‘g‘ri inobatga olish; sub’ektlar bilan
22
https://eyib.uz
5-sho‘ba.
Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
integratsiya asosida hamkorlik kilish; − faoliyat uchun zarur bo‘lgan yoki jalb kilingan
mexanizmlar; − tarmog‘ini tuzish va ular bilan birgalikda ishlash; − bozor unsurlarini
yaratish, o‘zgartirish va takomillashtirish; − Masalan, soliq qonunlari, tashqi muhit va
xavfsizlikni tartiblashtirish; bilimlarning tovarga aylanish jarayonini jadallashtirish,
ularni amaliyotga joriy etishga karatilgan innovatsion faoliyatlarni moliyalashtirish.
AKTni jamiyat va iqtisodiy sohalarda qo‘llash innovatsion rivojlanishini ta’minlaydi.
Uning sohalari: − AKT ta’lim tizimlarini boshqarishda qo‘llash; − AKT kutubxona va
axborot resurs markazlarini tashkil etishda; − qo‘llash hamda AKTni dars berish
jarayonida qo‘llash. Yuqorida ta’kidlanganidek, zarur bilimlarni sotish va sotib olish
uning tovarga aylanganligini bildiradi. Chunki, bilimlarning muntazam ravishda
yangilanib turilishi va ularni ish kuchi tomonidan qo‘llanilishi ijtimoiy — iqtisodiy
taraqqiyotning kalitidir. Bilim berishga ixtisoslashgan oliy ta’lim va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida innovatsiyalar keng ko‘lamda qo‘llanilishi zarur. Ya’ni, masofaviy o‘qitishni
maktab ta’limiga tatbiq etish, yangi fanlar va texnologiyalarni qo‘llash kabilar shular
jumlasidandir. Ushbu jarayonning ommaviylashishi natijasida, universitetlarning ishlab
chiqarish va bozor bilan alokasi yuzaga kelishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, ta’lim jarayoniga AKT ni qo‘llash quyidagilarga imkon beradi:
− shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga;
− jamiyatning har bir a’zosi o‘z malakasini oshirish va faoliyat sohasini o‘zgartira
olishga;
− qulay ta’lim uchun shart-sharoit yaratish va samarasini oshirishga;
− ta’lim resurslaridan samarali foydalanish asosida bir talabaga to‘g‘ri keluvchi
xarajatlarni pasaytirishga;
− oliy o‘quv yurtlarida an’anaviy ta’lim shaklida o‘qish imkoni bo‘lmagan
shaxslarga MT vositasida oliy ma’lumot olishga va shu kabilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ta’lim tizimida AKT ni qo‘llash, ham iqtisodiy,
ham ijtimoiy samara beradi. Shunig uchun bu boradagi nazariy, uslubiy va boshqa
jihatlarni davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
4. Sh, B. S., & Abdug'aniev, Y. J. (2024). Youth Entrepreneurship and its Socio-
Economic Advantages. EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND
OPEN SOCIETY, 4(4), 166-169.
5. Shukurullayevna, B. S. (2024). DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS
AND PRIVATE ENTREPRENEURIAL ACTIVITY IN UZBEKISTAN PROSPECTS
OF DIRECTIONS. Journal of new century innovations, 54(3), 114-117.
6. Қаҳҳоров, Ш., & Шаробиддинов, А. (2024). КОРПОРАЦИЯЛАРНИ
ИНВECТИЦИЯЛAШНИНГ ЖAҲOН AМAЛИЁТИ ТAҲЛИЛИ. Interpretation and
researches.
7. Qahhorov, S. (2023). SOLIQ SIYOSATINI IQTISODIY FAOLLIKKA YO
‘NALTIRILGAN MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Educational
Research in Universal Sciences, 2(14), 261-263.
8. Yusupov, N. S. (2024). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA LOYIXAVIY
BOSHQARUVNI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI.
PEDAGOGS, 59(1), 202-207.
23
https://eyib.uz
5-sho‘ba.
Fan va ta’limni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi
9. Давидова Д. Т. CУҒУРТАДА АХБОРОТ КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА УЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ МЕЗОНЛАРИ //MODELS
AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE
RESEARCH. – 2023. – Т. 2. – №. 23. – С. 56-62.
10. Mamayev B.N. RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN
HOLDA
RAQAMLI
MARKETING
ELEMENTIDAN
BIRI
INTERNET-
REKLAMADAN FOYDALANISHNING TENDENSIYALARI Vol. 1 No. 8 (2022):
O'ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI /
11.
Mamayev
B.N.
O‘ZBEKISTONDA
INVЕSTITSION
MUHIT
JОZIBАDОRLIGINI TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLATI International
scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 20 | ISSN: 2181-4163 |
UIF-2023: 8.2
Internet saytlari
1.
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, me’yoriy hujjatlari sayti
2.
www.xs.uz – Xalq so‘zi gazetasining rasmiy sayti
3.
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining rasmiy sayti
4.
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti
5.
www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
