39
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
HARBIY OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHNING
AHAMIYATI
S.Ya.Inagamov
F.M.Xojayev
Toshkent farmatsevtika instituti, t.f.d.professor, E-mail: sabitjan1957@mail.ru
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi,
E-mail: xodjayevfm@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14323205
Annotatsiya.
Mazkur maqolada harbiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan
metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirishning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor
qaratilgan. Shu jumladan, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanining
sohadagi tutgan o‘rnini ochib berish, hozirgi vaqtda shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy
qurilish sohasining takomillashgan jabhalariga standart talablarini hamda fan yutuqlarini
tatbiq etish, zamonaviy xorijiy ilg‘or tajribalarni fan va soha bilan bog‘liq jihatlarini
mukammal o‘rganish, zamonaviy metrologik o‘lchash asbob uskunalarini sohadagi
ahamiyatini, mazmun mohiyatini ochib berish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
tizimining tartib qoidalari va tegishli meyoriy hujjatlarni yaqindan bilish muhim ahamiyatga
ega.
Аннотация.
В данной статье основное внимание уделяется практическому
значению стандартизации и сертификации метрологии, преподаваемой в военных
вузах. В том числе, раскрывая роль науки метрологии, стандартизации и сертификации
в отрасли, применяя стандартные требования и научные достижения к
совершенствованию аспектов современной строительной отрасли, которая в
настоящее время стремительно развивается, совершенствуя современный зарубежный
передовой опыт, связанный с наукой и сферой. Важно научиться, раскрыть значение
современной метрологической измерительной техники в отрасли, раскрыть суть
содержания, ознакомиться с правилами процедуры системы стандартизации и
сертификации и соответствующими нормативными документами.
Annotation.
This article focuses on the practical importance of metrology,
standardization and certification, which is taught in military higher educational institutions.
In particular, it is important to reveal the place of metrology, standardization and certification
in the field, to apply standard requirements and scientific achievements to the advanced
aspects of the modern construction industry, which is currently developing rapidly, to
thoroughly study the aspects of modern foreign advanced practices related to science and the
field, to reveal the importance and essence of modern metrological measuring instruments in
the field, to familiarize yourself with the rules of procedure of the standardization and
certification system and relevant regulatory documents.
Kalit so‘zlar:
metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologik o‘lchashlar,
zamonaviy o‘lchash asbob-uskunalari, me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlar, milliy standartlar,
favqulodda vaziyat.
Ключевые слова:
метрология, стандартизация, сертификация, метрологические
измерения, современная измерительная техника, нормативные документы,
международные стандарты, национальные стандарты, чрезвычайная ситуация.
40
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
Keywords:
metrology, standardization, certification, metrological measurements, modern
measuring equipment, regulatory documents, international standards, national standards,
emergency situations.
Barchamizga
ma’lumki,
mamlakatimizda
O‘zbekiston
Respublikasining
“Metrologiya to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi “Texnik jihatdan tartibga solish
to‘g‘risida”gi qonunlari asosida zamonaviy metrologik o‘lchash asbob-anjomlari va
vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazilish talablari, davlat metrologiya tekshiruvi va
nazoratini, O‘zbekiston Respublikasidagi milliy davlat standartlarining ishlab chiqish
tartiblari va amaliyotdagi standartlashtirish faoliyatlari hamda sertifikatlashtirish
jarayonlarini milliy metrologiya instituti va “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi
tomonidan amalga oshiriladi.
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining birinchi
moddasida standartlashtirishning asosiy maqsadlari keltirilgan bo‘lib, unda aynan
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlar aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof
muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini
himoya qilishdan, tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga
kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini
ta’minlashdan, mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan, o‘lchovlarning
yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir deb belgilangani ham soha uchun qanchalik
dolzarbligini ko‘rsatadi.
Mazkur qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida
standartlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr ettirishlarini alohida qayd etilgan.
O‘z o‘rnida “Standartlar qanday qabul qilinadi?” degan savol tug‘ilishi tabiiy hol.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2019-yil
14-martdagi “Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy
mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi 220-son qarori
asosida amalga oshiriladi. Unda quyidagi talablar nazarda tutilgan:
-
hukumatning topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan rejalar, dasturlar
va tadbirlar;
-
“Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika
standartlashtirish yillik dasturi;
-
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning ish rejalari;
-
manfaatdor tomonlarning “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligiga
buyurtmanomalari (murojaatlari).
Yuqorida ko‘rsatilgan talablar asosida standartlashtirishga doir normativ hujjatlar ishlab
chiqiladi, ular quyidagilardan iboratdir:
-
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar.
-
O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari.
-
Tashkilotning standartlari.
Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash
tartibi “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi tomonidan belgilanadi.
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy
standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok
etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va
41
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi
va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar;
xalqaro standartlar va mintaqaviy standartlar O‘zbekistonning davlat standartlari
shaklida, davlat tilida va asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi, xorijiy mamlakatlarning
standartlari identifikatsiya raqamini davlat tilida hamda asli yozilgan tillardan birida saqlagan
holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llaniladi;
qabul qilinayotgan standartda O‘zbekistonda qabul qilinmagan boshqa standartlarga
havolalar mavjud bo‘lsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi bo‘yicha ishlar boshlanadi;
bunda havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligi hisobga olinadi: birinchi
navbatda qabul qilinayotgan standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan, uning talablari
bajarilishini ta’minlaydiganlari qabul qilinadi.
Standartlarni kelishish va qo‘llash mexanizmi quyidagicha amalga oshiriladi:
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda xorijiy
mamlakatlarning standartlarini qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun ularning
standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organlariga so‘rov yuboradi. Manfaatdor tomonlar bilan
kelishish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, ular bo‘lmagan taqdirda –
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti
tomonidan amalga oshiriladi;
qabul qilinayotgan standart manfaatdor tomonlar tomonidan 15 kundan ortiq
bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi, uning natijalariga ko‘ra uni qabul qilishning maqsadga
muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) to‘g‘risidagi takliflar shakllanadi. Ushbu masala
yuzasidan xulosa 5 kun muddatda “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligiga kiritiladi, u
huddi shuncha muddatda qaror qabul qiladi;
standartlar ularni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 3
oydan kechikmay kuchga kiradi. Amaldagi davlat standarti o‘rniga hujjat qabul qilingan
taqdirda o‘tish davri – 12 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat nazarda tutiladi;
qabul qilingan standartlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi, “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi
ularning reyestrini yuritadi. Qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumot “Texnik jihatdan
tartibga solish” agentligi va tegishli tashkilot va idoralarning rasmiy saytlarida ularni qo‘llash
haqidagi qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi.
Zamonaviy metrologik o‘lchash asbob-anjomlari va vositalarini O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida metrologiya
xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir chora – tadbirdlar to‘g‘risida”gi 528-
sonli qarori hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
bosh direktorining 2019-yil 12-iyuldagi “Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
o‘lchov vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 91-sonli buyrug‘iga
asosan bir yilda bir marotaba “Texnik jihatdan tartibga solish” agentligi O‘zbekiston Milliy
metrologiya instituti davlat unitar korxonasi xodimlarini tekshiruvi asosida,
mamlakatimizdagi barcha sohalarda ishlatiladigan metrologik o‘lchash asbob-anjomlari va
vositalarini tegishliligiga qarab, davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Jumladan, FVV tizimida yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalari, asbob anjomlarini va
vositalarini ham tegishli tartibda yuqori bosimdagi suyuqlik va gazlarni bosimini o‘lchaydigan
o‘lchash asboblari: manometr, orqali yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalarining datchiklari,
42
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
(manometr, vakuumetr, taxometr, spidometr, lazerli termometr)larni qutqaruvchilar kundalik
xizmat faoliyatida foydalanib, ayrimlari qancha vaqtda tekshirib, davlat qiyoslovidan qanday
o‘tkazish tartib-qoidalari aniq ko‘rsatilgan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yil 28-apreldagi “Majburiy sertifikatsiyalanishi lozim bo‘lgan mahsulot turlari ro‘yxatiga
kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida”gi 122-sonli qarori asosan, FVV
tizimidagi yong‘in o‘chirish va qutqaruv xizmatida foydalaniladigan quyidagi asbob-anjomlar
va vositalar keltirilgan.
Yong‘in o‘chirish kukunlari (bikarbonata natriya asosida)
Bo‘yoq va laklar (faqat yong‘indan saqlovchi)
Yong‘in o‘chirgichlar uchun tarkiblar va zaryadlar
Tabiiy teridan yong‘in o‘chirish qutqaruv belbog‘lar
Arqonlar (faqat yong‘in o‘chiruvchilarni xavfsizligi uchun foydalaniladigan)
Bosim ostida ishlovchi yong‘in o‘chirish yenglari
Yong‘in o‘chiruvchilar uchun kasbiy kiyimlar jamlamasi
Tekstil gazlamadan yong‘in o‘chirish qutqaruv belbog‘lar
Yong‘in o‘chirish kaska va dubulg‘alari
Yong‘in o‘chirish karabinlari
Yong‘in o‘chirish uskunalari uchun ulanish boshchalari
Portlovchi moddalar: alanga o‘tkazuvchi va detonatsiyalovchi shnurlar; elektr
detonatorlar; zarbli kapsulalar yoki detonatsiyalanuvchi zapallar, pirotexnika buyumlari;
gugurt.
Nafaqat standartlarning o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va o‘z o‘rnida FVV tizimida
foydalaniladigan yong‘in o‘chirish va birinchi navbatdagi avariya-qutqaruv ishlarini amalga
oshirishda foydalaniladigan texnikalarning eksplutatsiya jarayonini to‘g‘ri tashkillashtirilishi
ularning yaroqlilik muddatini uzaytiradi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur fanni o‘qitilishida, favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va uni bartaraf etishda, zamonaviy metrologik o‘lchash asboblari va vositalarini,
shuningdek, sohada keng foydalaniladigan yong‘in o‘chirish va qutqaruv asbob-anjomlarini
hamda vositalarini davlat qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazishda, ularni jahon standart talablari va
meyoriy qoidalarga mos tarzda ishlab chiqilishida, milliy davlat standartlarini belgilangan
tartibda tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan ishlab chiqish tartib qoidalarini
kursantlarning yaqindan o‘rganishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar roʻyxati
1.O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni. 7.04.2020-yil. ORQ-614-
son.
2.O‘zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 3.11.2022-yil. ORQ-
800-son.
3.O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
27.02.2023-yil. ORQ-819-son.
4.O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Qonuni.
5.Q.S.Abdurashidov. Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati.
Darslik.Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2011.
43
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
6.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni. 28.01.2022-yil.
7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5133-son Qarori. 2.06.2021-yil.
8.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat
boshqaruvini yanada takomillshtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41-son Farmoni.
27.02.2024-yil.
