Авторы

  • Muhammadali Ahmadov
    Toshkent Farmasevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57894

Ключевые слова:

1. Yoshlar dunyoqarashi 2. Milliy qadriyatlar 3. Umuminsoniy qadriyatlar 4. Globallashuv ta’siri 5. Milliy o‘zlik 6. Qadriyatlar uyg‘unligi 7. Ta’lim va tarbiya 8. Madaniy identifikatsiya 9. Oila va jamoat ta’siri 10. Barqaror rivojlanish

Аннотация

Yoshlar –har qanday jamiyatning kelajagi hisoblanadi va ularning dunyoqarashini shakllantirishda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonlarida milliy qadriyatlar bilan umuminsoniy qadriyatlarning muvozanatini topish va bu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topish –jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, maqolada yoshlar orasida globallashuvning ta’siri, ularning milliy o‘zligini saqlab qolish muammolari hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlarning yoshlar ongida mustahkam o‘rnatilishi uchun ta’lim va tarbiyaning o‘rni, oila, jamoatchilikning roli ham muhokama qilinadi

background image

140

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR DUNYOQARASHIGA MILLIY VA

UMUMINSONIY QADRIYATLAR BIRLIGIGA ERISHISHDAGI MUAMMOLAR

Ahmadov Muhammadali Nurali o’g’li

Toshkent Farmasevtika instituti talabasi

e-mail: muhammadaliahmadov999@gmail.com,

tell:+998933845586

https://doi.org/10.5281/zenodo.14406865

Annotatsiya:

Yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi hisoblanadi va ularning

dunyoqarashini shakllantirishda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning birligi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugungi globallashuv jarayonlarida milliy qadriyatlar bilan
umuminsoniy qadriyatlarning muvozanatini topish va bu jarayonda yuzaga kelayotgan
muammolarga yechim topish – jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun zarurdir. Shuningdek,
maqolada yoshlar orasida globallashuvning ta’siri, ularning milliy o‘zligini saqlab qolish
muammolari hamda umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari tahlil qilinadi. Milliy
qadriyatlarning yoshlar ongida mustahkam o‘rnatilishi uchun ta’lim va tarbiyaning o‘rni, oila,
jamoatchilikning roli ham muhokama qilinadi

Kalit so’zlar:

1. Yoshlar dunyoqarashi 2. Milliy qadriyatlar 3. Umuminsoniy qadriyatlar

4. Globallashuv ta’siri 5. Milliy o‘zlik 6. Qadriyatlar uyg‘unligi 7. Ta’lim va tarbiya 8. Madaniy
identifikatsiya 9. Oila va jamoat ta’siri 10. Barqaror rivojlanish

Bugun biz o’z oldimizga yangi o’yg’onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini

yaratishdek oliy maqsad qo’yganmiz. Bu jarayonda esa, yoshlarning o’rni va ishtiroki alohida
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash o’rinli. Ayniqsa, bugun har qanday millat madaniyatining
sofligini saqlash muammoga aylanib borayotgan bir davrda, yoshlarning ma’naviy-axloqiy
qiyofasini milliylik va zamonaviylik ruhi uyg’unligida shakllantirish tobora muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Zero, «bugungi global makonda, o’zaro raqobat, turli siyosiy, iqtisodiy, g’oyaviy
qarama-qarshiliklar nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod tarbiyasining o’rni va
ahamiyati har qashongidan ham ortib borayotganligi hech kimga sir emas».

Globallashuv, modernizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti kabilarning ta’siri kun sayin

ortib borayotganligi insoniyat tomonidan necha asrlardan buyon ulug’lanib kelayotgan
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Va, ayniqsa,
bu ta’sir yoshlarning ongi, tafakkuri bilan bog’liq ekanligi masalaning yanada dolzarb
ekanligini ko’rsatdi. Chunki, har qanday millatning harakatlantiruvshi asosiy kushi bu-yoshlar
hisoblanadi va ular jamiyatning rivojlanish dinamikasini belgilab beradi. Bu jarayonda esa,
orzu-maqsadlari, intilishlarini belgilab beruvshi ma’naviy-axloqiy qiyofasi asosiy omil
vazifasini bajaradi.

Yoshlarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish kelajakda mamlakatni inson

shaxsi va erkinligi hurmat qilinadigan yuqori darajadagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi
jamiyat sifatida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday jamiyatda insonning
sha’ni, qadr-qimmati ulug’lanadi, yuksak ma’naviy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar ustuvor
hisoblanadi.

“Qanchalik qiyin bo’lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo’yisha o’zimizga xos va ta’sirshan,

bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni
buzg’unshi va zararli g’oyalar, jinoyatshilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik
kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barshamiz, avvalo,


background image

141

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

siz, aziz yoshlar faol bo’lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini
asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz”.

Har qanday jamiyatda uning a’zolarining ma’naviy-axloqiy qiyofasi shu jamiyatning

avvaldan mavjud bo’lgan an’analari, qadriyatlari asosida shakllanib borishi tabiiy holdir.
Albatta, bu jarayonda har qanday ma’naviy-axloqiy me’ros avloddan avlodga o’tgani sayin
vorisiylik va novatorlik xususiyati kasb etib boradi. Ya’ni, o’zidan oldingi qadriyatlardan
ma’lum qismini me’ros qilib olgani holda, uni jamiyat va zamonga moslashtirib, yangi mazmun
va shakl bilan boyitishi tabiiy jarayondir.

Yoshlarda umuminsoniy qdriyatlarga munosabatini to’g’ri shakllantirish oila, maktab,

jamoada, umuman ta’lim-tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish bilan belgilanadi.

Shu nuqtai-nazardan, bugungi avlod vakillari ma’naviy-axloqiy qiyofasining ham

ajdodlarimizdan ko’ra farqli ravishda yangicha mazmun kasb etish jarayoni, ayniqsa, hozirgi
informatsion texnologiyalar zamonida anchayin shiddat bilan kechmoqda desak, mubolag’a
bo’lmaydi. Aytish joizki, jamiyat a’zolarining, xususan, yoshlarning nazdida ma’naviyat, axloq
masalalari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy munosabatdan ko’ra,
informatsion aloqalar rivojlangan bir davrda, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga ehtiyoj yanada
kuchayib bormoqda.

Axloq va ma’naviyatning har qashon ham dolzarb ekanligi haqidagi fikrlar faqatgina

hozirgi zamon yangiligi emas. Hattoki, Suqrot ham o’z davri yoshlarining tarbiyasi, axloqi
o’zgarib ketganligidan g’azablangan va ularni insofli bo’lishga, axloqiy me’yorlarga amal
qilishga shorlagaan. Shundan kelib shiqib aytish mumkinki, har bir davrda jamiyatda
aksariyat katta avlod tomonidan salbiy tendensiya va oqibatlarga sabab bo’ladigan hodisa
sifatida baholanadigan axloqiy o’zgarishlar yuz berishi tabiiy jarayondir. Ushbu o’zgarishlar
ba’zi insonlar tomonidan ma’naviyat va axloqqa tahdid deb hisoblansa, ba’zilar bu jarayonda
kattalar va yoshlar o’zaro uyg’unlikni topishlari kerak, deb hisoblaydilar.

Endilikda, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini shakllantirish masalasi o’z hayotiy

maqsadlari, orzu-intilishlari va axloqiy ideallarini izlayotgan zamonaviy yoshlar ushun
ayniqsa juda dolzarb ekanligini ko’rsatdi. Shu nuqtai nazardan, yoshlar dunyoqarashi
shakllanishiga ta’sir etuvshi omillar sifatida quyidagilarni taklif etdik:Insoniyat tarixiy
taraqqiyoti ko’rsatadiki, qadriyatlar bu jamiyat o’zgarishiga mos ravishda harakatlanadigan
ijtimoiy hodisadir. Shuningdek, axborotning mavqe’i tobora ustun bo’lib borayotgan bugungi
raqamli jamiyatlarda faoliyat yurituvshi inson hayotida ma’naviy-axloqiy qarashlar ham
ma’lum ma’noda yangi bosqichga o’ta boshladi. Endi, avvaldan mavjud bo’lgan qadriyatlar va
an’anaviy tamoyillar bugun vujudga kelgan zamonaviy ijtimoiy muammolarni hal qilishda
yangisha yondashuvni talab eta boshladi. Shu ma’noda, axborot makonida faoliyat
yurituvshilarning, ya’ni axborot ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilarining hatti-hakatlarini
boshqarib tartibga solib turuvshi falsafiy soha informatsion etika deb ataldi. Ushbu
o’zgarishlardan kelib shiqadigan muammolar esa informatsion etikaning o’rganish ob’ekti deb
e’tirof etilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, axborot texnologiyalarining mislsiz rivojlanishi va
har bir sohani qamrab olish darajasi ko’lamining tobora ortib borayotganligi o’z doirasida
yangisha tushunchalarning paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Masalan, infosfera tushunshasi
shular jumlasidandir. Bevosita tadqiqotimiz mavzusi hisoblangan informatsion etikaning
ajralmas qismi hisoblangan bu tushunshaning mohiyatini anglab etish, o’ylaymizki, olib
borayotgan izlanishlarimizning samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.


background image

142

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

2018 yil 21 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning PF-5544-

sonli Farmoni bilan qabul qilingan 2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
Innovatsion rivojlantirish strategiyasi davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish
borasidagi Harakatlar strategiyasi hamda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan
vazifalarni amalga oshirish jarayonining bevosita mantiqiy va izshil davomi bo’ldi. Zeroki,
O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasining asosiy vazifalarilaridan
biri sifatida “boshqaruvning zamonaviy usullari va vositalarini joriy etish orqali davlat
hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish” vazifasining belgilab qo’yilganligi,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5544-sonli
Farmonini amalga oshirish ushun maxsus “yo’l xaritasi“ tasdiqlangan edi. Shu boisdan ham
yaqin istiqbolda mamlakatimiz ta’lim tizimini yangi bosqishga ko’tarish, rivojlangan dunyo
ta’lim tizimlari bilan raqobatlasha oladigan hamda yurtimiz nufuzini jahonga yanada
tanitishda zarur bo’lgan innovatsion g’oyalarni aks ettiruvshi ko’plab dastur va loyihalar ham
ishlab shiqilmoqda va umumxalq muhokamasiga havola qilinmoqda. O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yisha Harakatlar strategiyasida “Ta’lim va o’qitish
sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy qilish asosida oliy ta’lim muassasalari
faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni
rag’batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali
mexanizmlarini yaratish” kabi muhim vazifalar belgilandi. Bu esa, ijtimoiy sohada qator ilmiy
tadqiqotlar olib borish hamda amaliyotga joriy qilishni talab etadi.

Bugungi globallashuv davrida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va umuminsoniy

qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston
mustaqillik yillarida milliy o‘zlikni anglash va xalqaro hamjamiyatda o‘z o‘rnini topishga katta
e’tibor qaratib, yoshlar tarbiyasida ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarni
uyg‘unlashtirishga intilmoqda. Biroq, bu yo‘lda bir qator muammolar ham mavjud. Milliy va
umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati. Milliy qadriyatlar bir xalqning madaniyati, urf-
odatlari, an’analari va tarixini o‘zida mujassam etsa, umuminsoniy qadriyatlar tinchlik, inson
huquqlari,adolat va bag‘rikenglik kabi barcha xalqlar uchun mushtarak bo‘lgan tamoyillarni
ifodalaydi. Yoshlar dunyoqarashida bu ikki qadriyat turini uyg‘unlashtirish nafaqat milliy
o‘zlikni saqlash, balki global miqyosda rivojlanish uchun ham muhimdir.

Muammolar

Yoshlar dunyoqarashida milliy va umuminsoniy qadriyatlar birligiga erishish yo‘lidagi asosiy
to‘siqlarni bir necha jihatlarda ko‘rish mumkin:
1. Axborot xurujlari va globallashuvning ta’siri Internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng
tarqalishi yoshlarning madaniy iste’moliga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Chetdan kirib
kelayotgan ma’lumotlar milliy qadriyatlarni e’tibordan chetda qoldirishi yoki ularni
zamonaviylikka to‘siq sifatida talqin etilishiga olib kelmoqda.
2. Ta’lim tizimining yetarli darajada samarali bo‘lmasligi Milliy qadriyatlarni yoshlarga
yetkazishning asosiy vositasi ta’limdir. Biroq, o‘quv dasturlarida milliy qadriyatlar zamonaviy
va qiziqarli uslubda targ‘ib etilmayotgani yoshlar orasida bu qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishni
pasaytirmoqda.


background image

143

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

3. Oila va jamiyatdagi tarbiyaning zaiflashuvi Oila tarbiyasida milliy qadriyatlarning o‘rni
kamayib, yoshlar ko‘proq tashqi axborot manbalariga bog‘lanib qolmoqda. Bu esa ularning
dunyoqarashida milliy asoslarning zaiflashishiga sabab bo‘ladi.
4. Ijtimoiy va iqtisodiy omillar Yoshlarning jamiyatdagi tengsizlik, ishsizlik kabi muammolari
ularning dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, qadriyatlarni anglash jarayonida bir
tomonlama fikrlashga olib kelmoqda.
Yechimlar
Muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish lozim:
1. Milliy qadriyatlarni zamonaviy formatda targ‘ib qilish : Madaniy tadbirlar, zamonaviy
filmlar, ijtimoiy media kontenti orqali milliy qadriyatlarni yoshlar uchun qiziqarli va qulay
shaklda targ‘ib etish zarur.
2. Ta’lim tizimini takomillashtirish : Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yorituvchi yangi
darsliklar, o‘quv materiallari va interaktiv usullarni joriy etish kerak. Ta’limda yoshlarni faol
ishtirokchi sifatida jalb qiluvchi loyihalar tashkil etish samarali bo‘ladi.
3. Oila va mahalla institutlarini mustahkamlash: Oilaviy va mahalliy tarbiyada milliy
qadriyatlarning rolini oshirish, ota-onalarni va jamiyat faollarini yoshlar tarbiyasida faolroq
ishtirok etishga undash lozim.
4. Iqtisodiy sharoitlarni yaxshilash : Yoshlar uchun bandlik imkoniyatlarini kengaytirish,
ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
e’tiborini oshirishga yordam berish mumkin.

Xulosa

Yangi O‘zbekistonda yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar birligiga erishish — bu millat kelajagini ta’minlashning muhim omillaridan biridir.
Muammolarni to‘g‘ri aniqlash va ularni samarali yechish orqali jamiyatning har bir a’zosi bu
jarayonda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Shu bois, barcha sohalarda milliy qadriyatlarni
saqlab qolish va ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish masalasida doimiy
harakat qilish zarur.

Foydalingan adabiyotlar ro’yxati

1.

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE

THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
2.

Абдурахмонов

Х.

И.

ҲОЗИРГИ

ДАВРДА

ЁШЛАРНИНГ

ИННОВАЦИОН

ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
3.

Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN

SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
4.

Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF

MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
5.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,

FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.


background image

144

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

6.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ

UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
7.

Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY

QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
8.

Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI

TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
9.

Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF

STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
10. Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
11. Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
12. Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
13. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
14. Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
15. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
16. Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.

Библиографические ссылки

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. –2023. –Т. 15. –С. 202-206.2.Абдурахмонов Х. И. ҲОЗИРГИ ДАВРДА ЁШЛАРНИНГ ИННОВАЦИОН ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. –2023. –Т. 4. –С. 23-29.3.Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. –2020. –Т. 2. –No. 7. –С. 161-167.4.Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].5.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI, FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. –2024. –Т. 3. –No. 2. –С. 7-13.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 2. –С. 9-13.7.Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 1. –С. 58-64.8.Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. –2024. –Т. 7. –No. 2. –С. 131-1369.Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and innovation, 2(B8), 39-42.10.Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(3), 40-42.11.Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).12.Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ WEBQUESTISADEVELOPMENTOFINFORMATIONALSOURCEINTECHNOLOGY. BBC94 Z40, 152.13.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIKPEDAGOGIKASIASOSIDAGIINTERFAOLMETODLARNINGSAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).14.Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний возраст» как лучшеевремя человеческой жизни. Международный журнал психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.15.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).16.Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.