Авторы

  • Feruza Ilxomova
    Toshkent farmatsevtika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57899

Ключевые слова:

данной статъе рассмотрены виды бронхитов верхних дыхателъных путей их причин методы профилактики а также структурный анализ препарадов применяемых при их лечении спасобах применения и сфере действия

Аннотация

В данной статъе рассмотрены виды бронхитов верхних дыхателъных путей, их причин, методы профилактики, а также структурный анализ препарадов, применяемых при их лечении,спасобах применения и сфере действия

background image

166

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

YUQORI NAFAS YO’LLARINING KASALLIKLARI VA ULARDA

QO’LLANILADIGAN DORI VOSITALARINING TARKIBIY TAHLILI.

Ilxomova Feruza Sherali qizi

Toshkent farmatsevtika instituti 2-bosqich

talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14435528

Annotatsiya:

Ushbu maqola yuqori nafas yo’llarida uchrovchi bronxitlar turlari,

ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish usullari va ularni davolashda ishlatiladigan dori
vositalarining tarkibiy tahlili, qo’llanish usullari va ta’sir doirasiga qaratilgan.

Kalit so’zlar:

bronxit, pulmonolog, pnevmoniya, simptom, bronxial astma, eufilin,

teofilin, salbutamol, suprastin.

Abstract

: This article focuses on the types of bronchitis in the upper respiratory tract,

their causes, methods of prevention, and structural analysis of drugs used in their treatment,
methods of use, and scope of action.

Keywords

: bronxitis, pulmonology, pneumonia, symptoms, bronchial asthma,

euphylline, theophylline, salbutamol, suprastin.

Аннотатция

: В данной статъе рассмотрены виды бронхитов верхних

дыхателъных путей, их причин, методы профилактики, а также структурный анализ
препарадов, применяемых при их лечении,спасобах применения и сфере действия.

Ключевые слова

: Бронхит, пулмонология, пневмония,симптомы, эуфиллин

теофилин, салъбутамол, супрастин.

Nafas olish organlari kasalliklaridan hayotida kamida bir marta yo’tal, burun oqishi va

tomoq og’rishi kabi muammolarga duch kelmagan odam bo’lmasa kerak. Bunday
patologiyalar mustaqil bo’lishi yoki boshqa kasalliklar, xususan, yuqumli kasalliklar ortida
rivojlanishi mumkin.

Tibbiyotning pulmonologiya sohasi nafas olish tizimining faoliyatini va ularning

patologiyalarini o’rganadi. Shu bilan birga, pulmonolog traxeya, o’pka, bronxlar, plevra,
halqum, diafragma, yaqin atrofdagi limfa tugunlari, asab to’plamlari kasalliklarini davolash va
oldini olish bilan shug’ullanadi.

Yuqori nafas kasalliklarining eng ko’p tarqalgani bronxitlardir. Bronxlarning yallig’lanishi

patofiziologik va klinik nuqatai nazardan yuqori nafas yo’llari kasalliklari tomoq-burun,
traxeya, traxeobronxit va o’pkaning chambarchas bog’lanishi bilan bog’liq.

O’tkir bronxit

O’tkir bronxitlar yuqori nafas yo’li yallig’lanishining eng ko’p uchraydigan kasalligi bo’lib,

virusli gripp, zaharlovchi moddalar ta’sirida hamda turli xil infeksiyalar ta’sirida yuzaga
chiqadi. Shuning uchun ham bunday bemorlarning balg’amida pnevmokokklar,
streptokokklar, kataral mikrokokklar, stafilakokklar va inflyun tayoqchalari mavjud bo’ladi.
Bronxitlar ko’pincha bahor va kuz oylarida ko’proq yuzaga keladi, hamda yoshi katta
qariyalarda, tinkasi qurigan insonlarda og’ir o’tadi. Bronxitlarning kelib chiqichida bronxlar
shilliq qavatidagi qon aylanishning reflektro buzilishi va ularning kimyoviy moddalar bilan
qitiqlanishi natijasidagi jarayonlari katta rol o’ynaydi. O’tkir nafas yo’li kasalliklari oddiy
shamollash bilan yuzaga keluvchi tumov va aldamchi gripp holatlaridan kelib chiqadi. Bu
kasallik yuqmasligi bilan haqiqiy grippdan ajralib turadi. Bunda tomoq yo’llarinig shilliq


background image

167

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

qavatida kuchli shish, tomirlarni qurishi bilan bog’liq tinka qurishi, terlash, bosh aylanishi va
subfebril harorat kuzatiladi.

Grippda nafas yo’llariga maxsus viruslar tushib, infeksion jarayon rivojlanadi, kasallik

epidemiya yoki pandemiya ko’rinishida ko’chishi mumkin. Bunda adinamiya, bosh og’rig’i,
yuqori harorat qayd etiladi, aksa urish burundan suv kelishi va mushaklarda og’riqlar yuzaga
keladi. Bunday kasalliklar asosida infeksiya bo’lsa, kimyoterapevtik davolash amalga
oshiriladi. Maxsus virusli gripp bo’lsa, polivalentli grippga qarshi zardoblar ishlatiladi hamda
kompleks, davo muolajalari: zardob, antibiotiklar va kimyoterapevtik moddalardan iborat
bo’lgan muolajalar o’tkaziladi. Shuningdek, nafas yo’lining o’tkir kasalliklarida nosulfazol,
penitsillin, biomitsin va boshqa preparatlar bilan birga terlatuvchi yig’malar, issiq vanna,
issiq ovqat, ichimliklar beriladi. Zarur hollarda kodein, dionin, fenazonlar va sodali 2% li
ingalatsiya qilinadi, termompip, apomarfon, gvayakol beriladi.

Surunkali bronxit

. Surunkali broxit bir omilning qayta-qayta tasiridan, shamollashdan

qolgan asoratlari surunkali bronxitning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Surunkali bronxitning
jadallashishiga nam, sovuq ob-havo, tashqi haroratlar o’rtasidagi farqlar, quyosh nuri
yetarlicha tushmasligi, changli mehnat faolyati, chekishga ruju qo’yish, alkogolizm, nafas
harakatining susayishi va boshqa omillar ham o’z hissasini qo’shadi. Bemorlarda xurujsimon
yo’tal, ayniqsa uyqudan turgan vaqtlarda bo’lib, ko’plab xirillash va yiringli balg’am, isitmani
biroz ko’tarilishi, hansirash, quruq va nam xirillashlar kuzatiladi. Surunkali bronxitda uni
keltirib chiqargan asosiy kasalliklarni davolash kerak bo’ladi. Bemorga chekish, ichish man
etiladi, toza havoda yurish, suvli muolajalardan foydalanish, zarur bo’lganda yotoq rejimi
tavsiya etiladi. Balg’am ko’chiruvchilar: kaliy yodid, soda, termopsislar va yo’talga qarshi
vositalar: efedrin, ammoniy xlorid, va boshqalar qo’llaniladi.

Yuqori nafas yo’llarida uchrovchi kasalliklarning kelib chiqishiga bugungi kunda atrof-

muhitning ifloslanishi, ekologiyaning yomonlasha borayotganligini, chiqindilarning
ko’payayotgani, ozon qatlamining yemirilayotganligi sababli turli zaharli moddalarning yer
yuzida tarqalishi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda bunday
kasalliklarning oldini olish maqsadida ko’p hollarda toza havoda sayr qilish va turli tog’li
hududlarga borish tavsiya etiladi.

Yuqori nafas yo’llarida uchrovchi kasalliklardan yana biri bu bronxial astma hisoblanadi.

Astma jiddiy yuqumli boʻlmagan kasalliklar sirasiga kiritilgan boʻlib, nafas

yoʻllarining yalligʻlanishi va torayishi bilan tavsiflangan surunkali oʻpka
xastaligidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tahlillariga koʻra, 2019 yilda butun
dunyoda astma bilan kasallanganlar soni 262 million nafarni tashkil etdi va ulardan
461 ming nafar kishida xastalik oʻlim holati bilan yakun topgan.

Astmaning eng ko’p uchraydigan simptomlari o’z ichiga quyidagilarni oladi: yo’tal va

xirillab nafas olish xurujlari oqibatida nafas olishning qiyinlashishi. Bu hurujlar ayniqsa tunda
va erta saharda ro’y beradi. Agar bemor astmaga qarshi davolansa, uning simptomlari
tamoman yoki qisman yo’q bo’lishi mumkin. Astma hurujlari allergen moddalar ta’sir qilganda
(chang, o’simlik gullari, hayvonlar juni, ayrim oziq-ovqat turlari), jismoniy kuch
ishlatilganda, sovuq havodan nafas olganda yoki nafas yo’llariga infeksiya yuqqanda ro’y
berishi mumkin. Astma kasalligiga moyil odamlar odatda ko’krak qafasi siqishi, me’yoridan
ortiq so’lak ajralib chiqishi, uyquning bezovtalanishi yoki nafas olishning tezlashishidan
shikoyat qiladilar.


background image

168

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Laboratoriya sinovlari astmatik bemorlarda va xavf guruhidagi insonlarda allergenlarga

sezuvchanlik yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi. Eng keng tarqalgan allergenlarga bu
maishiy allergenlar — uy va kitob changi, shuningdek, akvariumdagi baliqlar ozuqasi, uy
hayvonlari qazg’oqi, o’simlik tabiatli allergenlar va nutritiv deb ataluvchi oziq-ovqat
allergenlarni sanaladi. Bronxial astmadan aziyat chekuvchi bemorlarning 20-40 foizida dori-
darmonlarga, 2 foizida salbiy ta’sir qiluvchi ishlab chiqarish joylarida ishlash, masalan
parfyumeriya do’konlarda ishlash natijasida allergiya kuzatiladi. Statistika yana shuni
ta’kidlaydiki, ushbu kasallik yildan yilga yosharib bormoqda.

Kechimiga ko’ra bronxial astmaning turlari:

Yengil kechimi

- bo’g’ilish xuruji 1 haftada 1 martadan bir kunda 1 martagacha, kechki

xurujlar oyda 2 marta kuzatiladi.

O’rtacha kechimi

- bo’g’ilish xurujlari kunora, kechki xurujlar haftada 1 marta kuzatiladi.

Og’ir kechimi

- bo’g’ilish xurujlari doimiy, kechki xurujlar tez-tez takrorlanadi.

Asmatik status

- hayot uchun xavfli holat, oddiy preparatlar bilan bartaraf etilmaydi.

Bronxlarni kengaytiruvchi preparatlarga rezistentlik yaqqol namoyon bo’ladi.

Bronxial kasalliklarni davoalshda turli xil dori preparatlaridan foydalaniladi. Ular ta’sir

qilish doirasiga ko’ra qisqa muddatli ta’sir etuvchilar va uzoq muddatli ta’sir etuvchilarga
bo’linadi.

Bronxial astma kasalligida qo’llaniladigan bazi bir dori vositalari:

















Odatda astma kasalligi bor odamlar doimiy shifokor nazorati ostida bo’lishadi va odatda,

kun davomida yuzaga keladigan xurujlar uchun maxsus sprey yoki aerozollarni yonlarida olib
yurishadi. Bunday spreylarga misol qilib salbutamolni, beklametazol va boshqalarni
keltirishimiz mumkin.

Salbutamol

– kunlik ishlatiladigan, qisqa ta’sir etuvchi dori preparati hisoblanadi. Ushbu

aerozol har 12 soatda ishlatiladi, ba’zida bosh og’rig’i, titroq, ko’ngil aynishi kabi nojo’ya
ta’sirlarga ega. Shu sababli aerozolni shifokor nazorati va retsepti asosida qabul qilish tavsiya
etiladi.

Tuzilishi

Nomi

Qabul qilinishi

Tabletka

Teofil

Loratadin

200-300mg. 1 kunda 2

marta (kattalarga).

10 mg, kuniga 1 marta

Aerosol

Beklametazol
Flutikazon
Salbutamol

50-200 mkg har 12s
100-200 mkg har 12s
200 mkg har 6s (3s)

Ampula

Eufilin
Deksametazon

2.4% ....1ml
0.4% ....1ml


background image

169

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Flutimaks

– kapsula ko’rinishidagi, uzoq vaqt ta’sir etuvchi dori preparati hisoblanadi.

Davolovchi xossaga ega. Shifokor tayinlagan kurs (oy) davomida, retseptda belgilangan
dozalar asosida, kuniga 2 mahal qabul qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har qanday kasallikni davolagandan ko’ra uni oldini
olgan ma’qulroq. Bronxial astma kasalligini oldini olishning eng ma’qul yo’llari bu, turli xil
allergenlarning organizmga tushishini yo’qotish, jismoniy zo’riqishning oldini olish, uy
hayvonlarini yo’q qilish yoki allergiyaga moyilligi borlardan uzoqroq saqlash, xalq orasida
bronxial astmaning profilaktikasini olib borishdir. Sog’lom turmush tarziga amal qilish orqali
har qanaqangi kasalligning oldini olish yoki davolash mumkin.

Foydalingan adabiyotlar ro’yxati

1.

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE

THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
2.

Абдурахмонов

Х.

И.

ҲОЗИРГИ

ДАВРДА

ЁШЛАРНИНГ

ИННОВАЦИОН

ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
3.

Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN

SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
4.

Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF

MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
5.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,

FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.
6.

Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ

UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
7.

Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY

QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
8.

Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI

TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
9.

Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF

STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
10. Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
11. Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
12. Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ


background image

170

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
13. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
14. Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
15. Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
16. Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.

Библиографические ссылки

Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. –2023. –Т. 15. –С. 202-206.2.Абдурахмонов Х. И. ҲОЗИРГИ ДАВРДА ЁШЛАРНИНГ ИННОВАЦИОН ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. –2023. –Т. 4. –С. 23-29.3.Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. –2020. –Т. 2. –No. 7. –С. 161-167.4.Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].5.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI, FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY,PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. –2024. –Т. 3. –No. 2. –С. 7-13.6.Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 2. –С. 9-13.7.Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –2024. –Т. 4. –No. 1. –С. 58-64.8.Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. –2024. –Т. 7. –No. 2. –С. 131-1369.Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and innovation, 2(B8), 39-42.10.Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(3), 40-42.11.Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).12.Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИWEBQUESTISADEVELOPMENTOFINFORMATIONALSOURCEINTECHNOLOGY. BBC94 Z40, 152.13.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIKPEDAGOGIKASIASOSIDAGIINTERFAOLMETODLARNINGSAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).14.Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.15.Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).16.Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.