Авторы

  • Baxadir Isakov
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57900

Ключевые слова:

Новый Узбекистан Третий Ренессанс Эпоха возрождения Президентские школы творческие школы образование наука

Аннотация

В данной статье рассматривается процесс становления основ Третьего Ренессанса и реформы, реализуемые в этом направлении в Новом Узбекистане

background image

171

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

O‘ZBЕKISTONDA UCHINCHI RЕNЕSSANS POYDЕVORINING YARATILISHI

Isakov Baxadir Nigmatullayevich

tarix fanlari nomzodi,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent

+998903473888, E-mail: b.isakov76@uzswlu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.14435594

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda Uchinchi Renessans

poydevorini barpo etish jarayoni va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar. Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans, Uyg‘onish davri, Prezident
maktablari, ijod maktablari, ta’lim, ilm-fan.

Аннотация.

В данной статье рассматривается процесс становления основ

Третьего Ренессанса и реформы, реализуемые в этом направлении в Новом
Узбекистане.

Ключевые слова

. Новый Узбекистан, Третий Ренессанс, Эпоха возрождения,

Президентские школы, творческие школы, образование, наука.
Annotation. This article examines the process of formation of the foundations of the Third
Renaissance and the reforms implemented in this direction in New Uzbekistan.

Keywords.

New Uzbekistan, Third Renaissance, Renaissance, Presidential schools,

creative schools, education, science.
Mustaqil taraqqiyot yo‘lida ildam borayotgan O‘zbekiston bugun jadal islohotlar va ulkan
o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Mazkur islohotlar samarasi o‘laroq, jahon
miqyosida yurtimizga nisbatan “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans” iboralari keng
qo‘llanilmoqda hamda e’tirof etilmoqda.

Vatanimiz tarixida yuz bergan ikkita renessans azaldan yurtimizda ilm-fan qadrlanib

kelganligining yorqin ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, bugun mamlakatimizda ta’lim sohasini
isloh qilish va takomillashtirishga katta e’tibor qaratilishi bejiz emas.
Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, dunyoni doimo g‘oyalar boshqargan. G‘oyalar esa
bilim, tafakkur va aql kuchiga suyangan. Bugungi globallashuv sharoitida, ayniqsa, axborot
texnologiyalari taraqqiy etgan davrda inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini
belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda yoshlarni bir g‘oya atrofida
birlashtirish va yangi yuksak marralar sari ilhomlantirish har qachongidan ham muhimdir.
Shu ma’noda, bugun yangi O‘zbekiston tarixi zarvaraqlariga bitilayotgan “Uchinchi Renessans”
jumlasida ana shunday ulug‘ bir ezgulikni, buyuk bir kuchni anglash mumkin.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugun biz ulug‘
niyatlar bilan poydevor qo‘yayotgan yangi Uyg‘onish davri mamlakatimizda... ulkan boylik
yaratishga, xalqimizning hayotini farovon qilishga va kelgusi avlodlarga o‘zimizdan munosib
meros qoldirishga xizmat qiladi”[1].
G‘oyalar haqida so‘z ketar ekan, ularning hayotiyligi jozibasiga bog‘liqligini ta’kidlash kerak.
Shu ma’noda, bugun mamlakat ertasini, millat istiqbolini ilmu ma’rifatda deb bilgan Uchinchi
Renessans g‘oyasi nihoyatda jozibali va eng to‘g‘ri yo‘ldir.
Mazkur g‘oyadan ko‘zlangan maqsad haqida to‘xtalar ekan Prezident Sh.M.Mirziyoyev: “Biz
keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi


background image

172

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad
qilib belgiladik”, – deb ta’kidladi[2].
Bu haqda so‘z borar ekan, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini chuqur
anglashimiz kerak. “Renessans” (renaitre) – fransuzcha so‘z bo‘lib, qayta tug‘ilish, uyg‘onish
degan ma’noni anglatadi hamda o‘zbek tilidagi “uyg‘onish davri” tushunchasiga hamohang
hisoblanadi. Uyg‘onish davrining asosini tafakkur va fanda aqidaparastlik, jaholat va
mutaassiblikdan voz kechish, insonni ulug‘lash, iste’dod va aqliy faoliyat imkoniyatlarini
ochishda namoyon bo‘ladi. Natijada bunyodkorlik va tafakkur qudratini namoyon etuvchi
muhtasham san’at asarlari yaratilib, muhtasham me’moriy inshootlar barpo etilib, ilm-fan
ravnaq topadi.
Ajdodlarimizning dunyoda tan olingan yetuk alloma va mutafakkir, ma’rifatparvar bo‘lib
yetishganligining sababi, birinchi navbatda, ular o‘z aql-idroki va kuchlarini ta’limga, ilm-
fanga bag‘ishlaganlaridadir.
Tarixdan ma’lumki, ajdodlarimiz yaratgan har ikki Uyg‘onish davrida dunyo ilmi bizga juda
katta turtki bo‘lgan. IX-XII asrlarda yuz bergan Sharq Renessansining birinchi davrida buyuk
allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlar paydo bo‘ldi. Muhammad
Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr Roziy, Abu Rayxon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy aniq fanlar
rivojiga ulkan va bebaho hissa qo‘shdilar. Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Burxoniddin
Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Bakr ash-Shoshiy, Mahmud Zamaxshariy va boshqa
dunyo tan olgan ajdodlarimizning buyuk asarlari insoniyat tafakkur xazinasini nihoyatda
boyitdi.
Ikkinchi Renessans hisoblangan Temuriylar yaratgan ilm maktablari ham ayni shu yo‘ldan
bordi. Bu davrda, ya’ni XIV-XVI asrlarda Samarqandda dunyoning turli mintaqalaridan
olimlar, yozuvchilar, me’mor va hunarmandlar to‘plandi. Atoqli matematik, astronom,
qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek rasadxonaga asos soldi, boy kutubxona to‘pladi, Samarqand
olimlar maktabini yaratdi. Uning mashhur asari “Ziji Ko‘ragoniy” butun insoniyatning asariga
aylandi. U Samarqand, G‘ijduvon va Buxoroda bir qancha madrasalar qurdirib, kishilarni ilm
o‘rganishga chorladi, madrasalarda matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya,
farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot kabi fanlar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘ydi. Bu
davrda yashab, ijod qilgan Alisher Navoiy, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, Muin ad-Din, Mansur
Koshiy, Muhammad Birjandiy kabi ko‘plab mutafakkirlarning boy merosi nafaqat
mintaqamizning ma’naviy rivojlanishiga, balki jahon sivilizatsiyasiga ham munosib hissa
bo‘ldi.
Sharqning har ikkala Uyg‘onish davri – butun insoniyat tarixidagi o‘ziga xos hodisa bo‘lib,
ulug‘ ajdodlarning ilm-fan, ma’rifat, diniy bag‘rikenglik, insonparvarlik haqidagi ezgu g‘oyalari
bilan singib ketgan.
Bugun biz Uchinchi Renessans poydevorini yaratmoqdamiz. So‘nggi yillarda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga
oid qonun, farmon va qarorlar, tasdiqlangan Davlat dasturlari, ilgari surilayotgan yangi
tashabbuslarning mazmun-mohiyatida O‘zbekiston o‘z oldiga yuksak marralarni qo‘yganini
ko‘rish mumkin.
Shu ma’noda, taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizga bilimli, tajribali, har
tomonlama yetuk kadrlar kerak. Buning uchun mustahkam zamin yaratilmoqda, maktabgacha
ta’lim, umumiy va oliy ta’lim tizimi yangilanmoqda. Sh.M.Mirziyoyevning Prezident sifatida


background image

173

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

jamoatchilik bilan ilk uchrashuvi 2016-yil 30-dekabr kuni akademiklar, mamlakatimiz ilm-
fani namoyandalari ishtirokida bo‘lib o‘tgani chuqur ramziy ma’noga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil sentyabr oyida Islom
hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida so‘zlagan nutqida
musulmon dunyosining ko‘plab mamlakatlari ilm-fan va texnologiyalar sohasida rivojlangan
mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolayotganligini ta’kidlab, tashkilotning 2016-
2025-yillarga mo‘ljallangan o‘n yillik harakat dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi va
bu borada qator tashabbuslarni, xususan, musulmon dunyosi ilm-fan yutuqlarini munosib
taqdirlash va ularni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish uchun Islom hamkorlik tashkilotining
maxsus mukofotini ta’sis etish fikrini ilgari surdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro
ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi tashkil etildi.
Mamlakatimizda 2020-yil 23-sentyabrda yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va ta’lim sohasiga oid boshqa muhim huquqiy hujjatlarda ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirishga jiddiy ahamiyat berildi. Shu bilan birga, asosiy maqsad – mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq kadrlar tayyorlash
mazmunini qayta ko‘rib chiqish, xalqaro andozalar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash belgilandi. Natijada, hozirgi kunga kelib,
mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 210 tadan oshdi. So‘nggi yillarda tashkil
etilgan Prezident maktablari va turli ijod maktablari, jumladan, Nukusda Ibroyim Yusupov,
Qarshida Abdulla Oripov, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya, Andijonda Muhammad Yusuf,
To‘raqo‘rg‘onda Is’hoqxon Ibrat, Marg‘ilonda Erkin Vohidov, Toshkentda Abdulla Qodiriy,
Xivada Muhammad Ogahiy hamda Gulistonda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod
maktablari yangi avlod kadrlarini tayyorlashda muhim bazaga aylanishi shubhasiz.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev yoshlarga ishonch bildirib, “Bugun mustaqilligimizning birinchi
yilida tug‘ilgan bolalar o‘ttiz yoshga – ayni kamolot yoshiga yetdi. Men mana shu navqiron
yoshlarimizga, aziz o‘g‘il-qizlarimga murojaat qilib aytmoqchiman. Siz istiqlol farzandlari,
ozod va erkin, hur fikrli insonlar sifatida hayotga dadil kirib kelayotganingiz biz uchun eng
katta baxt, katta davlatdir. Men ishonaman, sizlar zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini
puxta egallab, biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirasiz. Yuksak g‘ayrat-shijoatingiz va
fidokorona mehnatingiz bilan yurtimizda Yangi O‘zbekistonni – Uchinchi Renessansni bunyod
etishga albatta qodir bo‘lasiz”, – deb ta’kidladi[3].
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, farzandlarimizning iste’dod va qobiliyatini, ezgu
intilishlarini har tomonlama ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib
o‘rin topishi uchun zarur shart-sharoit yaratish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning asosiy
maqsadi bo‘lib qoladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar
kuniga

bag‘ishlangan

tantanali

marosimdagi

nutqi.

30.09.2020

https://president.uz/uz/lists/view/3864
[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar
kuniga

bag‘ishlangan

tantanali

marosimdagi

nutqi.

30.09.2020

https://president.uz/uz/lists/view/3864


background image

174

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

[3] Vatanimiz mustaqilligi – biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik
asosi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30
yillik

bayramiga

bag‘ishlangan

tantanali

marosimdagi

nutqi.

31.08.2021

https://president.uz/uz/lists/view/4596

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30.09.2020 https://president.uz/uz/lists/view/3864 [2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 30.09.2020 https://president.uz/uz/lists/view/3864

Vatanimiz mustaqilligi –biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 31.08.2021 https://president.uz/uz/lists/view/4596