178
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
INSULT XASTALIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA REABILITATSIYA
DAVRIDA HAYOT SIFATI VA NUTQ BUZILISHLARINING O’ZARO
ALOQADORLIGI
Mahkamova L.M.
O’zMU o’qituvchisi
+998946321730
https://doi.org/10.5281/zenodo.14435638
Annotatsiya:
Maqolada insultdan keyingi davrda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
hamda bemorlarga psixologik xizmat ko’rsatish muhim omil ekanligi yoritib berilgan. Bundan
tashqari bemorlarda hayot sifati ko’rsatkichlari va nutq tiklanish jarayonining bevosita bog’liq
ekanligi asoslangan.
Kalit so’zlar:
Reabilitatsiya, insult, afaziya, motor afaziya, sensor afaziya, korreksiya,
hayot sifati.
Insult hastaligi bugungi kunda jahonda keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, aholi
o’rtasida tarqalish ko’rsatkichlariga ko’ra ikkinchi o’rinda turadi. Dunyoda insult bilan
xastalangan bemorlarni hayotga qaytarish, ularning nafaqat jismoniy, balki ruhiy va ijtimoiy
salomatligini tiklash, kasallik asoratlarini bartaraf etish va kasallik takrorlanishining oldini
olish, bemorning sog‘ayib ketishi uchun qulay ijtimoiy-psixologik muhit va psixologik iqlimni
yaratish, bemor va uning yaqinlarida hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, kasallik va
nogironlikka nisbatan negativ reaksiyalarni yumshatish yo‘llarini ishlab chiqish, insult bilan
xastalangan bemorlarda malakali psixoterapevtik yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qator
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga insult bilan xastalangan shaxslar reabilitatsiyasi
jarayoniga ta’sir etuvchi psixosotsial omillarni aniqlash, psixokorreksion tadbirlarni tashkil
etish, insultdan keyingi davrda bemorning muvaffaqiyatli moslashuvida oilaning ahamiyatini
o‘rganish, kasallikni yengish strategiyasining kognitiv, emotsional va xulq-atvor
komponentlarini tadqiq etish dolzarb vazifa sifatida ilgari suriladi. Insult bilan xastalangan
bemorlarning uchdan bir qismida nutq buzilishlari va boshqa odamlarning nutqini
tushunmaslik insultning keng tarqalgan asoratlaridan hisoblanib, insonlarni normal
muloqotdan mahrum qilishi va uning hayotini chegaralab qo‘yishi o‘z vaqtida malakali
psixologik yordam ko‘rsatish zarurligini taqozo etmoqda.
Insult hastaligidan keyingi davrda nutq buzilishlarini ijobiy tomonga o’zgarishi
bemorning hayot sifati darajasiga bevosita bog’liq sanaladi. Bemorlarda kasallikdan keyingi
davrda sotsial adaptatsiya jarayoni qanchalik yaxshi kechsa, nutq tiklanish jarayoni ham
birmuncha yengil kichadi.Buning sababi nutq bu asosiy kammunikatsiya vositasi sanalib u
faqatgina jamiyat bilan aloqadorlikda rivojlanadi.
Tadqiqotimizda ishemik insult bilan xastalangan 100 nafar bemor ishtirok etdi. Ularda
nutq buzilishlarining motor va sensor afaziya turlari mavjud ekanligi aniqlandi.
Sinaluvchilarning 50 nafariga maxsus korreksion dastur asosida maxsus psixologik xizmat
ko’rsatildi.
Korreksion davr davomida bemorlardagi nutq tiklanish jarayoni va hayot sifatining
yaxshilanib borishi son va sifat jixatdan tahlil etib borildi.
Reabilitatsiya davr mobaynida olingan natijalarni bosqichma bosqichlikda tahlil etar
ekanmiz bemorlarimizda hayot sifati ko’rsatkichlarida ijobiy o’zgarishlar yuzaga kelganini
179
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
guvohi bo’ldik.
Xususan Energiya shkalasida reabilitatsiya davrining birinchi, uchinchi va oltinchi
oylarida dinamik jihatdan yahshilanish yaqqol namoyon bo’ldi.
Bundan tashqari oiladagi ro’l, mobillik va bemor kayfiyati shkalalarida ham ijobiy
tomonlama o’sish ko’rsatkichlari qayd etilgan.
1-rasm. Reabilitasiya davrida bemorlarda hayot sifatining yaxshilanishi
Energiya shkalasi bo’yicha bemorlarning kun davomida tetiklik darajasi baholanib
borilib, bemor qanchalik kunini aktiv tarzda tashkil etilsa shunchalik yuqori natijani qayd
etadi. Bu esa bosh miya faoliyatining aktivlashishi va o’z o’rnida nutq hosil bo’lish
jarayonining birmuncha yengillashishiga olib kelishi mumkun.
1-
Jadval. Nutq tiklanish jarayoni va bemorlarning hayot
sifati ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari.
Oiladagi
ro’l
Sotsial
muxit
O‘z o‘ziga
xizmat
ko‘rsata
olish.
Mehnat
faoliyati
Motorika
jarayonlari
Dialogik nutq
-,267*
-,143*
-,050
-,231*
-,432
Monologik nutq
-,317*
,129
,195
,122
,128
Hikoya tuzish
-,168
,165
-,080
,132
,143
Aggrammatizm
,232
,654
,228
-,125
-,167
Takrorlash
-,121
-,089
-,396**
-,133*
-,423
Nutq qatorlarini
takrorlash.
-,213
-,080
-,166
-,254
-,124
Izoh: *p<0,05; **p<0,01
Dialogik nutq shkalasi hamda oiladagi ro‘l shkalari o‘rtasida teskari bog‘liqlik qayd
etildi. (r= - 0,267 ; r<0,05) Unga ko‘ra sinaluvchilarimizda oilaviy munosabatlarning
yaxshilanishi ularning boshqalar bilan muloqotga kirisha olishlariga ijobiy ta’sir etar ekan.
Dialogik nutq shkalasi va sotsial muxit shkalalari o‘rtasida ham teskari korrelyatsion
aloqadorlik mavjud ekanligi aniqlandi (r= - 0,143 ; r<0,05). Sinaluvchilarning sotsial muxit
bilan aloqadorligining oshishishi natijasida ularda dialogik nutqda xatoliklarga yo‘l qo‘yish
xolatining pasayishi ro‘y berar ekan.
5,89
3,34
9,89
8,44
10,987
9,78
13,77
12,76
12,88
12,86
20,08
18,04
0
5
10
15
20
25
Energiya
Oiladagi rol
Mobillik
Bemor kayfiyati
Kasallikdan keyingi 1 oy
3 oydan keyin
6 oydan keyin
180
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
Tadqiqot davomida olingan natijalarni tahlil etar ekanmiz reabilitatsiya davrida
bemorlarda hayot sifatining yaxshilanishi nutq tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir
ko’rsatganligini guvohi bo’ldik. Sinaluvchilarda korreksion davrning turli bosqichlarida
diagnostika jarayonini amalga oshirishda qayd etilgan ko’rsatkichlarni umumiy jihatdan tahlil
etar ekanmiz, bemorning kasallikdan keyingi davrda adaptatsiya jarayoning faol tarzda
amalga oshishi bosh miyada ijobiy o’zgarishlarni taqazo etishi bilan izohlanishi mumkin
degan xulosaga keldik. Ko’pgina o’tkazilgan tadqiqotlarda insonning kundalik turmush
faoliyati bosh miya rivojlanishi bilan bevosita bog’liq ekanligi haqidagi qarashlar ilgari
surilgan bo’lib, inson kundalik mehnat faoliyatinini o’zgarishlarga sabab bo’lishi, avvalgi
ko’nikmalarini yangi turdagi xatti harakatlarga aylantirilishi bosh miyada ijobiy o’zgarishlarga
sabab bo’lishi aniqlangan.
3-rasm. Hayot sifati va nutq buzilishi darajalari ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar
Bundan tashqari nutq tiklanish jarayonining korreksiyadan avvalgi va keyingi
ko’rsatkichlari tahlilini amalga oshirdik bunga ko’ra ishonch darajasida farq mavjud ekanligini
guvohi bo’ldik.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlab o’tishimiz lozimki, insultdan keyingi davrda hayot
sifatining yaxshilanib borishi bemorlarda nutq tiklanish jarayoniga ijobiy ta’sir etib biri
ikkinchisini taqazo etadi. Buning sababi nutq tiklanishi bemorlarda muloqot jarayonida faol
tarzda sodir bo’ladi. Shu sababdan reabilitatsiya davrida bemorlarda nafaqat korreksion
chora tadbirlar balki hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan sayi harakatlar bemorlarda
tiklanish jarayonining samaradorligini oshirib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Бейн.Э.С Реабилитация больных с афазией, возникшей вследствие мозгового
инсульта. М.2009
2.Визел Т.Г. Основы нейропсихологии: учеб. для студентов вузов. М.: Астрел, 2005. 384
с. 5
3.Лурия А.Р. Высшие корковые функции человека и их нарушения при локальных
поражениях мозга. М.:, 2000. 456 с.
4.Лурия А.Р. Основы нейропсихологии. — М., 2013. — 374 с.
5.Оппел Е.В. Восстановление речи после инсульта. Л.: Медицина, 2002.
42,61
41,72
29,99
20,67
112,8
122,33
192,11
201,51
05,07,2022
13.10.2022
21.04.2023
15.11.2023
Nutq buzilishlari darajasi
Xayot sifati
181
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
6.Цветкова Л.С. Афазиология: современные проблемы и пути их решения. Воронеж,
2002. - 640 с.
7.Цветкова
Л.С.
Нейропсихологическая
реабилитация
больных.
Речь
и
интеллектуальная деятельност: учебное пособие. М.: МПСИ, 2004. 424 с.
8.Шкловский В.М., Визел Т.Ф. Восстановление речи у болных с афазией. — М., 2007. 108
с.
