224
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
O‘ZBEKISTONDA UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINING YARATILISHIDA
GUMANITAR FANLARNING AHAMIYATI
Narziqulova Mehribon Ma’rufjon qizi
Toshkent farmatsevtika instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti talabasi
e-mail: narziqulovamehribon@gmail.com,
tel: +99893120-86-41
https://doi.org/10.5281/zenodo.14436243
Dolzarbligi
: Sobiq Sovet tuzumi davri va hozirgi zamon farmatsevtikasi orasidagi
masofa qanchalar olis? Hozirgi kunda, Sobiq Ittifoq davr mukammalligini “olqishlab”
kelayotgan ayrim insonlar, o‘sha paytdagi sog‘liqni saqlash tizimi ommaga ko‘rsatmagan
ma’lumotlardan qay darajada bilganliklari bizga qorong‘u. Ming afsuski, biz ularning
ko‘zlaridan SSSR davrini “yaltiratib” ko‘rsatgan ko‘zoynaklarini hali-hanuz yecha olmadik.
Aslida o‘sha paytda siyosatchilarga nafaqat farmatsevtika sohasi, balki odamlarning
sog‘lig‘idagi muammolarni ham qizig‘i yo‘q edi. Kasalliklarni davolash, uni oldini olishdek
masalalar ularni tashvishga solmas, fikr-u hayoli odamlarni manqurt qilish, o’zlarining
g’oyalarini ilgari surgan holda siyosatiga hammani birdek bo‘ysundirib, soddagina xalqimizni
ketlaridan ergashtirish edi. Bolsheviklarning bong urib aytib kelgan yolg‘onlari Usmon Nosir,
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi qatag‘onchilik yillarida qurbon bo‘lganlarning “achchiq”
qoniga botirilgan qizil tasma bilan qattiq bog‘langan edi. Shu sababli, “olqishlar”ga chek qo‘yib
“qozon qopqog‘ini ochish”ning ayni payti kelgandir. Ushbu maqola orqali yuqoridagi masalaga
biroz to’xtalib, ilmiy taxlil qilish dolzarb hisoblanadi.
Maqsadi:
Ma’lumki, Markaziy Osiyoda ilk renessans tomon qo‘yilgan qadamlar IX-XII
aslarni qamrab olib, madaniyat ravnaq topgan davr sifatida tarix sahnasidan joy oldi.
Renessans o‘zi nima? Uning yuzaga chiqishiga nima turtki bo‘ldi? Kabi savollar barchani
birdek qiziqtirishi tabiiy. Renessans fransuzcha so‘z bo‘lib - “qayta yuzaga kelmoq”, “yangidan
tug‘ilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Madaniyat, ilm-fan, san’at, ta’lim-tarbiya, umuman,
jamiyat hayotida uzoq muddatli bir xillikdan keyin qayta rivojlanish, ijtimoiy ong, tafakkur va
qadriyatlar tizimining yangilanish jarayonida namoyon bo‘ladi. Birinchi renessans Markaziy
Osiyoda IX-XII asrlarda ro‘y berdi. Bu davrda odamlar orasida turli xil o‘simliklardan
tayyorlanadigan dorilarni qo‘llash ayni avj olgan davr edi. “Hozirgi kunda, tibbiyot vazirligida
farmatsevtika sohasi dunyo miqyosida shiddat bilan rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri” –
deb, baralla ayta olamiz. Odamzod tug‘ilishi bilan yurib ketmaganidek, bu soha ham
osonlikcha rivojlangani yo‘q, albatta. Uning poydevorini mustahkamlagan asos ildiziga razm
soladigan bo‘lsak, shubhasiz, u yerda IX-XII asrga to‘g‘ri keladigan birinchi renessans tibbiyot
namayondalari bo‘lgan – Abu Saxl Masixiy “Tibbiyot haqida kitob”, “Tib haqida yuz savol”, Abu
Mansur Qamariy “Mansur tibbiyoti”, “Oddiy dorilar haqida katta jamlanma”, Abu Abdulloh
Iloqiy – “Tibbiyot haqida jamlanma”, “Qonunlarni qisqartirish”, “Tibbiyotdan chiqarib
olingan”, “Kasallik sabablari va belgilari” va yana boshqa olimlarni shu qatorga kiritish joizdir.
Ayniqsa, Abu Rayhon Berunining tibbiyot sohasiga oid “Saydana” kitobi dunyo tan olgan
asarlar sirasidandir. Bu kitob oddiy va murakkab dorilar bo‘limlariga bo‘lingan, tibbiyot
qonun qoidalari farmokologiya yo‘nalishlarida ish olib brogan olimlar xulosalari keltirilgan.
Unda organizmga foydali ta’sir etuvchi murakkab dorilar bo‘limi, sanitar-gigienik normalarga
tegishli, zaharga bag‘ishlangan bo‘limlar mavjud. Abu Ali ibn Sino murakkab dorilardan
foydalangan va “bitta komponent ikkinchi komponentning ishini yo kuchaytiradi yo
225
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
susaytiradi” - degan fikrni ilgari surgan. Ibn Sino simobni tajribasida ko‘p ishlatgan, simob
zaxmni davolashda hidlab yoki surtib, bundan simobli stomatit kelib chiqishini ham aytib
o‘tgan edi. Abu Abdulloh Iloqiy diniy va dunyoviy ilmlardan birdek habari bo‘lgan. Urganchda
“Ma’mun akademiyasi”da o‘z faoliyatini olib borgan. “Kasallik sabablari va belgilari haqida”,
“Tibbiyotdan chiqarib olish”, “Qonunlarni qisqartirish” kabi asarlari tibbiyot rivojlanishiga
sababchi bo‘lgan qo‘llanmalar sirasidandir. Abu Mansur Qamariy qadimgi Gretsiya, Rim,
Vizantiyadagi ilmiy asarlarni yaxshi bilgan va shu sababli uning ko‘plab asarlari shu haqida
yozilgan. Ko‘plab davolash va tashxis qo‘yish usullarini ustozi ibn Sinodan o‘rgangan. “Kasallik
va kasallar”, “Ko‘krak kasalliklarini davolash”, “Mansurning tibbiyoti”, “Oddiy dorilar haqida
katta jamlanma” kabi asarlar muallifidir. Umar Chag‘miniy o‘sha davrdagi mashhur tibbiyot
olimlaridan biri bo‘lgan. Uning “Kichik qonun” kitobini odamlar ibn Sinoning “Tib
qonunlari”ning qisqartmasi deb hisoblashgan. Shu kabi birinchi renessans olimlari
qurilayotgan devorning negiz qismidir. Negiz qancha baquvvat bo‘lsa, shuncha ko‘p umr
ko‘radi.
Usul va uslublar
: O‘zi renessans nima? Renessans qachon va nima sababli vujudga
kelgani haqidagi tamoyillarni asoslashda umumiy ma’lumotlardan kelib chiqsak, bunda
xolisiylik metodi bilan alohida yondashildi. Umumiy manbalar yig‘ilib, undan chiqarilgan
xulosalar ushbu maqolaga joylandi. Va albatta, uyg‘onish davrining IX-XII asr namoyondalari
Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdulloh Iloqiy, Mansur Qamariy, Umar Chag‘miniy
kabi allomalarimizning hayot yo‘llari, “Tib qonunlari”, “Saydana”, “Tibbiyotdan chiqarib olish”,
“Mansurning tibbiyoti”, “Kichik qonun” va boshqa bir necha kitob va qo‘llanmalar o‘rganib
chiqilib tarixiylik metodi asosida yoritildi.
Natijalar:
Birinchi renessans dunyoning ilk sivilizatsiya bosqichini uyg‘otdi. Ilm-fan
(matematika, astronomiya, huquq, kimyo, tibbiyot va dunyo tuzilishi haqidagi ilm) kabi
sohalar jadal rivojlandi, natijada odamlarning hayoti bundanda yaxshiroq ravnaq topishiga
umid uyg‘ondi. Bemorlarning shifo topib, hayotda yashash uchun dalda bergan asr desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, shu allomalarimiz olib borgan izlanishlar natijasida kasallik
sababini aniqlab, ularni oldini olish va davolay olishlari bemor kishilarni qaytadan hayotga
qaytardi. Lekin afsuski, shu aniq faktlar asosida yoritilgan kitoblarning asosiy qismi yo‘qolib
ketganligi sababli hozirda O‘zbekiston tibbiyoti davolash tajribalaridagi kemtiklarini
to‘g‘irlashda, allomalar kitoblaridan foydalanmaydi. Bunga bir qancha sabablar keltirishimiz
mumkin. Biz ikkinchi jahon urushi natijasida ma’naviy merosimizdan ayrildik. Keng ko‘lamli
fikrlar va mafkuraviy g‘oyalarni qamrab olib, renessansimizga sababchi bo‘lgan kitoblarimiz
josuslar tomonidan yashirin yo‘llar orqali olib ketildi. Natijada, Yevropa xalqlari
kitoblarimizdan foydalanib, osongina o‘z tibbiyotini rivojlantirishga muyassar bo‘ldi.
Kutubxonalar va nashriyotlar mamalakatdagi notinchliklar tufayli vayronaga aylantirildi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng, davlat iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushganligi
sababli, kitoblar qayta nashrdan chiqarilmadi. O‘zbekistonni qamal qilgan, bizning
tafakkurimizni anglashimizga hamisha qarshi turgan bolsheviklar nafaqat kelajagimizga, balki
tariximizga ham rahna solishda davom etgan. Ittifoqchilar “unayotgan niholimizni
parvarishlash”ga ham imkon berishmadi. Rennesans rivojlanishiga doir eski kitoblar yangi
texnologiyalarning paydo bo’lishi tufayli arxaik ahamiyatsiz kitoblar sifatida hech qayerda
saqlanmadi ham. Ittifoqchilarning no‘tog‘ri talqinlari tufayli bir qancha ilm maskanlariga
226
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
barham berildi. Natijada, xalqimizning dunyoviy ilm-fan borasida ham ortda qolishiga sabab
bo‘ldi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, SSSR bizni birinchi o‘rinda allomalarimizdan qolgan
noyob merosdan mahrum qildi, o‘zligimizni tanimaslikka majburladi, tariximizni noto‘g‘ri
talqin qildi. Qanchadan-qancha qalamlarni sindirib, kitob varaqlarini birma-bir yirtib, yonib
turgan alangaga tashladi. Dunyoni tiriltirgan mafkuraviy g‘oyalar ustidan tuproq tortdi.
Birinchi renessans davridagi fikr mulohazalarni yakunlar ekanmiz, nihoyat, keying qadamni
o‘rta asr yevropa olimlari tili bilan aytganda, “Tamerlan” - oqsoq, Amir Temur davriga
yo‘naltiramiz. Nahotki, ug‘onish davrini oqsoqlar davom ettirsa… Ilm-fan rivojlanishi uchun
butun millat oqsoqlantirilishi shartmikan?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.A.Odilov, A.A.Ermetov, A.Insopov, D.Iymanova, D.To‘xtaboyeva, J.N.Polvonov,
H.Holiqulova, J.Karimjonov, K.D.Saipova, M.Topildiyeva, M.M.Xaydarov, O.Alimardonov,
R.H.Murtazayeva, R.Xomitov, S.M.Atadjanova, T.I.Doroshenko – O‘zbekistonning eng yangi
tarixi oliy o‘quv yurtlarning nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun darslik. 234 bet.
2.
B.X.Boltayeva, R.K.O‘dayev – O‘zbekistonning eng yangi tarixi modulidan uslubiy
qo‘llanma. 71 bet.
3.
I.A.Karimov – Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 48 bet.
4.
N.K.Stojarova, Q.Ch.Nurmamatova, X.E.Rustamova, Sh.A.Abdurashitova – Tibbiyot tarixi
o‘quv qo‘llanma. 242 bet.
5.
Sh.M.Mirziyoyev – Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. 32 bet.
6.
Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE
THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
7.
Абдурахмонов
Х.
И.
ҲОЗИРГИ
ДАВРДА
ЁШЛАРНИНГ
ИННОВАЦИОН
ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
8.
Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN
SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
9.
Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF
MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
10.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,
FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.
11.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ
UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
12.
Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY
QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
227
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
13.
Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI
TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
14.
Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF
STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
15.
Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
16.
Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
17.
Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
18.
Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
19.
Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
20.
Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
21.
Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.
