278
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
TA’LIM MUASSASALARIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH
VA YOSHLAR MA’NAVIY DUNYOQARASHINI OSHIRISHDA IJTIMOIY-
GUMANITAR FANLARNING O‘RNI
Tohirova Aziza Tolibjon qizi
Toshkent farmatsevtika instituti
Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1-bosqich (bakalavr) talabasi
E.mail: tkhrvs845@gmail.com. Tel: +998339524414
tel:+998941645505
https://doi.org/10.5281/zenodo.14472727
Dolzarbligi.
Jamiyat va davlatchilik ildiziga bolta urayotgan illat bu – korrupsiyadir.
Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini, qolaversa,
O‘zbekistonni ham qamrab olgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur illat demokratiya va
huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, hayot
sifatini yomonlashtiradi, bilimli, yetuk kadrlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, ilmsizlik,
manqurtlik va shaxsiy rivojlanmaslikning ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ushbu illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar
amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz
joiz. Jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlarning yo‘lga
qo‘yilishi qay darajada oqilonaligi allaqachon isbotlangan. Shu sababli biz korrupsiyani
yo‘qotish uchun avvalambor, uning kelib chiqish ildizi qayerdaligini bilishimiz kerak. Sifatsiz
kadrlarning yetishib chiqishi tibbiyot sohasida yetarli darajada insonlar hayotiga xavf
silmoqda. Bu ham bejiz emas, albatta, ta’lim sohasida korrupsiyaning ko‘zga ko‘rinarli
darajada gurkirab rivojlanayotganligining belgisidir. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan
holatda oliy ta’lim va tibbiyot sohasidagi korrupsion holatlarni jahon tajribasi asosida
yo‘qotishning ba’zi usullari tahlil qilinadi.
Tadqiqotning maqsadi.
Korrupsiya bu – mansab mavqeyidan shaxsiy maqsadlarda
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona
iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat
xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan
pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman
olganda, davlat tashkilotlarida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora pul emas, balki boshqa narsa evaziga ma’lum
xizmatni amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya - ildizlari davlat xizmatini
tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarning o‘ziga xos psixologiyasiga borib
taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo, ma’muriy-huquqiy va tashkiliy
boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishi zarurligidan darak beradi. Korrupsiyaga qarshi
kurashish doirasida Adliya vazirligi tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab
chiqilib, unda adliya tizimiga kiruvchi idoralar va muassasalar faol ishtirok etib kelmoqda.
Xususan, Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazida ham
korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. 2018-2019 - o‘quv
yilida dotsent G‘iyosiddin Alimovning “Yuridik shaxlarning korrupsion huquqbuzarliklari
uchun javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi” mavzusidagi monografiyasi
tayyorlanib, chop etildi. Professor B.Isroilov tomonidan 2021 - yilda Sankt-Peterburg
politexnika universiteti olimlari bilan hammualliflikda “Современная система
279
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
противодействия отмыванию терроризма” va “Экономическая безопасност” o‘quv
qo‘llanmalari chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi
(Innovatsion rivojlanish vazirligi) granti doirasida G‘iyosiddin Alimov va B.Isroilov
hammuallifligida “Теневая экономика, коррупция, взяточничество: уголовноправовая
оценка” nomli monografiya tayyorlanib, chop etishga topshirildi. Shuningdek, Yuristlar
malakasini oshirish markaziga muntazam ravishda tahsil olishga kelgan barcha toifadagi
tinglovchilar guruhlari uchun markaz Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan
“O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, Xalqaro huquq va inson
huquqlari kafedrasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslari va
xorijiy mamlakatlar tajribasi” mavzularida ma’ruzalar o‘qib kelinmoqda. Bundan tashqari,
O‘zbekistonda yana “Korrupsiya bo‘yicha yagona statistika bo‘lishi kerak”, - deya ma’lumot
berib o‘tgan edi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining 1-o‘rinbosari Akmal Saidov 5-
aprel kuni Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy
kengashining navbatdagi majlisida. Shunga o‘xshagan bir qator tadqiqotlar butun jahon,
xususan O‘zbekistonda bir guruh rahbarlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Korrupsiyaga
oid masalalar, murojaatnomalar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan
o‘rganiladi va oldini olish choralari ko‘riladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2020-yil
29-iyunda tashkil topgan. Agentlikka 2023-yilda jami 3545 ta murojaatnoma kelib tushgan.
Ulardan 91 tasi ijobiy hal qilingan (2.56%), 27 tasi anonim deb topilgan (0.76%), 1022 ta
murojaatnomaga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berib, qanoatlantirilgan (28.83%), 302
tasi takroriy ko‘rib chiqish uchun to‘xtatilgan (8.52%), 8tasi ma’lumotnoma uchun qabul
qilingan (0.23%), 2063 tasi tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan (58.2%), 32 tasi ko‘rib
chiqilmoqda (0.9%) deyilgan edi 2023-yil ma’lumotlariga ko‘ra. Ushbu murojaatnomalarning
aksariyat qismi (51.95%) jismoniy shaxslardan kelib tushgan. Bu raqamlar ko‘rsatkichi yildan
yilga ortib bormoqda. 2022- yil ma’lumotlariga ko‘ra agentlikka jami 2234 ta murojaatnoma
kelib tushgan bo‘lsa, 2023-yilda 3545 tani tashkil etgan. Ya’ni 1 yil ichida ko‘rsatkich 58.7% ga
oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Qachonki, butun el, mamlakat, barcha-barchamiz jipslashib,
ushbu illatga qarshi turmas ekanmiz, yuqoridagi ko‘zga ravshan bo‘lib ko‘rinayotgan bu
ko‘rsatkichlar yildan yilga faqat ortib boraveradi. “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni
muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz
bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu illatga qarshi samarali
kurashni tashkil eta olmaymiz. Jamiyatda poraxo‘rlikka qarshi kurash keng qamrovli ishlarni
o‘z ichiga oladi. Birgina sababga qarshi kurashib, bu illatni yo‘qotib bo‘lmaydi, albatta. Barcha
sabablar chuqur o‘rganilishi, poraxo‘rlik ya’ni oqibat emas, balki unga olib boruvchi yo‘llar,
uni vujudga keltiruvchi sabablar yo‘qotilishi kerak”, - degan edi O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev. O‘qituvchi pora olmaydi, “Yuqori minbar”dagi rahbarlar hammani
teng ko‘radi, u o‘z mansabi va vakolatini hech qachon suiste’mol qilmaydi, biz pora berib
o‘qimaymiz, ta’limda tenglik, qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik bo‘lishi shart, qabilidagi
tushunchalar odamlarning qon-qoniga singib, qadriyat darajasiga ko‘tarilmas ekan,
korrupsiya biz bilan yonma-yon yashayveradi.
Usul va uslublar.
Ushbu maqolani yozishda, asosan xolislik, ilmiylik, taqqoslash
metodlaridan foydalanildi. Dotsent G‘iyosiddin Alimov, Professor B.Isroilov va Akmal
Saidovning monografiya, o‘quv qo‘llanmalari “anticorruption.uz” sayti orqali olindi.
Agentlikka kelib tushgan murojaatnomalarning miqdor ko‘rsatkichlari “Korrupsiyaga qarshi
280
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
kurashish agentligining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risida”gi ma’lumotnomadan olindi. Foiz
ko‘rsatkichlari esa shu ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, keltirib chiqarildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini
olish uchun yo‘lga qo‘yilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlar
videoroliklardan oldindi.
Natijalar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan
biri hisoblanadi. Uni oldini olish chora-tadbirlarining yo‘lga qo‘yilishi bevosita ta’lim sohasida
ham sifatli, yetuk kadrlarning yetishib chiqishiga asos bo‘ladi. Nafaqat oliy ta’lim, balki boshqa
sohalarda ham “tanish-bilishchilik” orqali o‘z ishini hal qilayotgan insonlar talaygina. Aynan
shu masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan
“Manfaatlar to’qnashuvi” to‘g‘risidagi qonun imzolandi. “Manfaatlar to‘qnashuvi” - shaxsning
shaxsiy manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada
bajarishga ta’sir ko‘rsatayotgan, yoxud, ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy
manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari,
qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan vaziyat. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-okyabrda
qabul qilingan. Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda ma’qullangan. Qonun 2024-yil 5-iyunda
931-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qarorida rasmiy e’lon qilingan. Shu kundan boshlab 6 oy
o‘tgach kuchga kirishi, ya’ni 2024-yil 5-dekabrda kuchga kirishi kutilmoqda.
Xulosa.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kundagi eng muhim ijtimoiy va siyosiy
masalalardan biri hisoblanadi. Korrupsiya davlatning rivojlanish samaradorligini pasaytiradi,
ijtimoiy tengsizlikni kuchaytiradi va iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladi. U jamiyatda
ishonchsizlikni kuchaytiradi va fuqarolarning davlat institutlariga bo‘lgan ishonchini
pasaytiradi. Yuqori lavozimli shaxslarning korrupsiyasini qanday isbotlash mumkin? Katta
lavozimdagi mansabdor shaxslar ko‘pincha o‘z harakatlarini qonuniylashtiradilar, bu esa
ularning korrupsiyaga aloqadorligini isbotlashni qiyinlashtiradi. Balki, korrupsiyaning
gurkirab rivojlanayotganligining asosiy sabablari shundan boshlansachi? Ba’zi jamiyatlarda
korrupsiya, jumladan, pora berish yoki tanish-bilishchilik madaniy normalar sifatida qabul
qilingan. Bunday ma’daniyat ildiz otgan jamiyatlarda korrupsiyani qanday yo‘qotish mumkin?
Har bir mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun turli tizimlar va qonunlar qabul
qilingan, ammo ularning hammasi ham samarali emas. Shunday tizimni qanday yaratish
mumkin, u barcha jamiyatlar uchun universal bo‘lishi kerakmi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alimov G‘iyosiddin “Yuridik shaxslarning korrupsion huquqbuzarliklari uchun
javobgarligini tartibga soluvchi xalqaro standartlar tizimi” monografiyasi 2018-2019-yilda
“Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi” nashriyoti. 191 betli
2.
Alimov G‘iyosiddin va Isroilov B. hammuallifligida “Теневая экономика, коррупция,
взяточничество: уголовноправовая оценка” monografiyasi 2020-yilda “Uzmarkaz”
nashriyoti. 201 betli.
3.
Isroilov B. va Sankt-Peterburg olimlari hammuallifligida 2018-yilda “Современная
система противодействия отмиванию преступных доходов и финансированию
терроризма” va 2021-yilda “Экономическая безопасност” o‘quv qo‘llanmalari Sankt-
Peterburg davlat politexnika universitetining “ПОЛИТЕХ-ПРЕСС” nashriyoti.
281
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli Qonuni tahririda –
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (03.01.2017) - yil.
5.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi kitob. 2017-yilda O‘zbekison Respublikasi
Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
6.
anticorruption.uz.
7.
A.A.Odilov, A.A.Ermetov, A.Insopov, D.Iymanova, D.To‘xtaboyeva, J.N.Polvonov,
H.Holiqulova, J.Karimjonov, K.D.Saipova, M.Topildiyeva, M.M.Xaydarov, O.Alimardonov,
R.H.Murtazayeva, R.Xomitov, S.M.Atadjanova, T.I.Doroshenko – O‘zbekistonning eng yangi
tarixi oliy o‘quv yurtlarning nomutaxassis ta’lim yo’nalishlari uchun darslik. 234 bet.
8.
B.X.Boltayeva, R.K.O‘dayev – O‘zbekistonning eng yangi tarixi modulidan uslubiy
qo‘llanma. 71 bet.
9.
Ibrohimovich A. H. MODERN FACTORS FOR RAISING STUDENT-YOUTH INNOVATIVE
THINKING IN THE HIGHER EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational
Research. – 2023. – Т. 15. – С. 202-206.
10.
Абдурахмонов
Х.
И.
ҲОЗИРГИ
ДАВРДА
ЁШЛАРНИНГ
ИННОВАЦИОН
ПОТЕНЦИАЛИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ МОДЕЛЛАРИ //Tafakkur manzili. – 2023. – Т. 4. – С.
23-29.
11.
Abdurahmonov H. I. CHARACTERISTICS OF FORMATION OF INNOVATIVE THINKING IN
SOCIETY //Scientific Bulletin of Namangan State University. – 2020. – Т. 2. – №. 7. – С. 161-
167.
12.
Ibroximovich A. K. INNOVATIVE THINKING AND ITS FORMS AND TYPES OF
MANIFESTATIONS. European Scholar Journal, 3 (5), 38-41 [Электронный ресурс].
13.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNI,
FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI //PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY
TADQIQOTLAR| JOURNAL OF PEDAGOGY, PSYCHOLOGY AND SOCIAL RESEARCH. – 2024. – Т.
3. – №. 2. – С. 7-13.
14.
Anvarovich P. A. et al. SUN’IY INTELEKKTNING KUNDALIK HAYOTIMIZGA TA’SIRI, BIZ
UCHUN BU HODISA IJOBOYMI? //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY
JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 9-13.
15.
Ibroximovich A. X. et al. “O ‘ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINING AMALIYOTDA JORIY
QILINISHI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №.
1. – С. 58-64.
16.
Kenjaboy o‘g O. R. et al. SOHIBQIRON AMIR TEMUR HARBIY BOSHQARUV TIZIMI
TARIXSHUNOSLIGI //SO ‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI. – 2024. – Т. 7. – №. 2. – С.
131-136
17.
Boltayeva, B. (2023). DEVELOPMENT OF COMPETENCIES FOR SELF-STUDY OF
STUDENTS IN A CREDIT-MODULAR SYSTEM AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Science and
innovation, 2(B8), 39-42.
18.
Boltaboyeva, B. (2023). KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNI MUSTAQIL BILISH
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных
наук, 3(3), 40-42.
19.
Болтаева, Б. Х., & Абдукодиров, П. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(2).
282
«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM
ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA
ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
www.in-academy.uz
20.
Болтаева, Б. Х., Султонова, Л. Б., & Юсупова, Н. О. ВЕБ-КВЕСТ КАК СРЕДСТВО
РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ИНФОРМАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ
WEB QUEST IS A DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL SOURCE IN TECHNOLOGY. BBC 94 Z
40, 152.
21.
Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2022). HAMKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDAGI
INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ,
5(2).
22.
Хусанова, К., Султанова, Л., Хусанбаева, Ю. и Абдурахимова, Д. (2020). «Средний
возраст» как лучшее время человеческой жизни. Международный журнал
психосоциальной реабилитации , 24 (2), 332-337.
23.
Хашимова, Г. Ф., & Султанова, Л. Б. (2021). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СОЦИАЛЬНОЙ
СФЕРЫ В РАМКАХ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЯ. ЖУРНАЛ
СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).
24.
Болтаева, Б. Х., Султанова Л. Б. ПРИМЕНЕНИЕ МЕТОДА ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ
В ВЫСШЕМ УЧЕБНОМ ЗАВЕДЕНИИ. Збиор артыкулов наукович рецензованич. , 186.
