Авторы

  • Kusharbay Suyarov
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57928

Ключевые слова:

Tabiiy fanlar funksional savodxonlik tabiiy-ilmiy savodxonlik ilmiy bilishning nazariy va empirik darajasi o‘quv maqsadlari kompetensiya

Аннотация

Maqolada talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojllantirishga oido‘quv maqsadlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.

background image

300

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

TALABALARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLLANTIRISH – ILMIY

PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Suyarov Kusharbay Tashbayevich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.14472875

Annotatsiya:

Maqolada talabalarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojllantirishga oid

o‘quv maqsadlarini yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar

. Tabiiy fanlar, funksional savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik, ilmiy

bilishning nazariy va empirik darajasi, o‘quv maqsadlari, kompetensiya.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi «Kimyo va biologiya

yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-4805-son qarorida umumiy o‘rta ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitishni
takomillashtirish maqsadida “Tabiiy fanlar”ni yagona fan sifatida tajriba-sinov tariqasida
o‘qitishni bosqichma-bosqich joriy etish hamda tabiiy fanlar uchun darsliklar, metodik
qo‘llanmalarni yaratish zaruriyati ta’kidlanilgan [1].

XXI asrning birinchi choragi fan, texnika va sonoat sohalarida ulkan innovatsiyalarga

boy bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mikro zarralarning xususiyatlari singari hozirda nano
zarralar xususiyatlari ham jadal o‘rganilmoqda hamda fanda erishilgan muhim natijalar
amalyot(sanoatlashtirish)ga tatbiq qilinmoqda. Sanoat va ishlab chiqarish oliy ta’lim
muassasalarida berilayotgan kasbiy bilimlarga nisbatan ilgarilab ketmoqda. Bugun oliy ta’lim
bitiruvchilari oldida o‘z kasbi bo‘yicha ish o‘rinlarini egallashda muammolar yuzaga
kelmoqda.

Endilikda shaxsda qanday ko‘nikmalarni egallashi lozimligi ko‘plab pedagogik,

psixologik va sotsial tadqiqot ishlarida keng muhokama qilinmoqda. Ana shulardan biri
shaxs(maktab o‘quvchi, oliy ta’lim talabasi yoki pedagog bo‘lishidan qa’tiy nazar ular)da
funksional savodxonlikni rivojlantirish masalasi ilmiy pedagogik muammo sifatida tadqiqot
maydonida keng o‘rganilmoqda.

Funksional savodxonlik nima? Funktsional savodxonlik bu – inson o‘zidagi bilim va

ko‘nikmalaridan haqiqiy (real) hayotiy vaziyatlarda qanchalik foydalanishi mumkinligini
ko‘rsatadi va bu shaxsning o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tayyorlik
darajasini belgilaydi. Funktsional savodxonlik insonning hayotiy muammolarini hal qilish, o ‘z
oldiga maqsadlar qo‘yish va ularga erishish, o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalash, tanqidiy va
kreativ fikrlash, muloqot qilish va jamiyat ravnaqi yo‘lida muvaffaqiatli ishtirok etish
qobiliyatini oshiradi. Boshqacha so‘z bilan aytiganda funktsional savodxonlik – bu “umr
davomida ta’lim olish” asosidir.

Funktsional savodxonlik o‘z ichiga o‘qish savodxonlik (matnlarni o‘qish, tushunish va

ularga asoslangan holda fikrlash qobiliyati), matematik savodxonlik(matematik
tushunchalarni bilish va tushinish), tabiiy-ilmiy savodxonlik(tabiiy hodisalarni tushunish,
ilmiy dalillarni tahlil qilish va ilmiy yondashuvlarni tushuntirishda qo‘llash qobiliyati),
moliyaviy savodxonlik(moliyaviy tushunchalarni tushunish, moliyaviy xavflarni baholash),
kreativ fikrlash(muammolarni ijobiy hal qilish, yangi g‘oyalani berish, muammoli
vaziyatlardan chiqish qobiliyati), global kompetensiyalar(atrof olam va regional
muammolarni, xususan, ekologik muammolarni hal etishga qatnashish)ni o‘z ichiga oladi.


background image

301

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

Biz, ushbu maqola funksional savodxonlikning tarkibiy elementi bo‘lgan tabiiy ilmiy

savodxonlikni ta’lim oluvchilarda shakllantirishning metodologik asosini yoritishni maqsad
qildik. Darhaqiqat, bugungi kunda talabada, bo‘lg‘usi mutaxasisda tabiiy ilmiy savodxonlikni
shakllantirish

bir tomondan

davlatimiz ijtimoiy buyurtmasi bo‘lsa,

ikkinchi tomondan

biz

pedagoglar uchun dolzarb ilmiy pedagogik muammolardan biri bo‘lib turibdi.

Inson qaysi bir davrda (zamonda) yashayotgan bo‘lsa, unga shu davrning o‘ziga xos

talablari javob qidiradi. Atrof borliqni, jumladan, unda kechayotgan hodisa va jarayonlarni
bilishning metodologik asosini, bir – birini to‘ldiruvchi ilmiy bilishning nazariy va empirik
metodlarining birligini tashkil etadi [2].

Ilmiy bilishning

nazariy darajasi

, haqiqiy borliqning ob’ektiv qonunlari haqidagi

bilimlarning mantiqiy tizimi bo‘lgan ilmiy nazariya yaratilishini ta’minlovchi metodlarni o‘z
ichiga oladi. Bunday metodlarga ilmiy abstraksiya, ideallashtirish, fikriy modellar, ilmiy
g‘oyalar va gipotezalar kiradi.

Ilmiy bilishning

empirik darajasi

bevosita tabiat hodisalari va jarayonlardagi reallik bilan

bog‘liq bo‘lgan va ilmiy bilish predmeti sanalgan amaliyot bilan bog‘liq. Bunday metodlarga
kuzatish, eksperiment o‘tkazish, ilmiy faktlar asosida olingan natijalarning bayoni, tahlil va
umumlashtirishlar kiradi.

Ta’lim muasasalarida DTS va fanning o‘quv dasturiga ko‘ra, ta’lim oluvchilar egallashlari

lozim bo‘lgan nazariy bilimlar bilan birgalikda, ularda bilishning empirik uslubiga tayangan
amaliy va umum o‘quv ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qiladi. Tabiatdagi turli
hodisalarni o‘rganish va mohiyatini anglash, ularga oid kattaliklarni o‘lchash, bu kattaliklar
orasidagi bog‘lanishlarni aniqlash maqsadida eksperimental o‘quv tadqiqot ishlarida
(laboratoriya ishlari, ijodiy eksperimental masalalar va boshqalar) erishilgan nazariy
bilimlarni qo‘llash asosida olingan muhim natijalar, talim oluvchilarda tabiat qonuniyatlarini,
dunyoni shu yo‘l bilan bilish mumkinligiga e’tiqodni shakllantirish orqali fan olamiga katta
qiziqish o‘yg‘otiladi.

Yuqoridagilarga e’tiboran aytilgan “Inson borliq haqidagi bilimlarga qanday erishadi?” –

degan savol falsafada uning “tug‘ilgan” vaqtidan buyon mavjud. Tabiiy fanlarni o‘qitish
nazariyasi va amaliyoti uchun bu savol bugun o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Shuningdek,
tabiatni bilishda kuzatish va eksperiment funksiyalari haqida ikki xil o‘zaro qarama – qarshi
mushohada mavjud bo‘lib, bularning birinchisiga ko‘ra, har qanday eksperiment bevosita
bilim manbai deb qaralgani holda, ikkinchisi eksperiment paytida yangi bilimlarni olishning
bilvosita imkoni mavjudligi qat’iy ta’kidlanadi.

Ta’lim oluvchida tabiiy ilmiy savodxonlikni shakllantirishda quyidagi uchta

kompetensiya belgilangan. Bular: hodisalarni ilmiy tushuntirish; tabiy-ilmiy tadqiqotning
xususiyatlarini tushunish va natijalarni qayta ishlash; xulosa chiqarishda ilmiy dalillardan
foydalanish [3, 12-b.].

Tabbiy ilmiy savodxonlik quyidagi elementlardan iborat:

kognitiv-mazmunli

(tabiiy ilmiy tushunchalar, dalillar, qonunlarni bilish va ularni o‘z

faoliyatida samarali qo‘llay olish);

kompetentli

(tabiiy ilmiy bilish metodlarining muhim jihatlarini tushunish, tabiiy ilmiy

eksperiment asoslarini o‘zlashtirish va eksperimentda olingan natijalarni tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‘lish);


background image

302

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

konteksli

(kundalik faoliyat davomida (yuzaga kelgan) uchragan muammolarning tabiiy

ilmiy mohiyatini tushuntirish qobiliyatiga ega bo‘lish);

motivatsion-qiymatli

(tabiiy-ilmiy muammolarni og‘zaki yoki yozma ravishda hal qilish

qobiliyati: taqdim qilingan ma’lumot va dalillarga ko‘ra baholaydi) [4, 104-b.].

Shunday qilib, shaxsda shakllanadigan “tabiiy-ilmiy savodxonlik”ni biz shaxs faoliyati

davomida yuzaga keladigan turli nazariy va amaliy muammolarni hal qilish uchun mavjud
tabiiy ilmiy bilim va ko‘nikmalardan foydalanish qobiliyati deb izohlaymiz. Tabiiy ilmiy
savodxonlik shaxsga atrof olam va unda yuz berayotgan tuli tabiiy jarayonlar haqidagi bilim
va tushunchalarni kengaytirish, muammolarni tanqidiy tahlil qilish hamda ularga samarali
yechimlar topish qobiliyatini rivojlantirishda muhim sanaladi.

Olib borilgan tadqiqot ishlari va ilmiy va pedagogik amalyotlar asosida talabalarda

tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:

- tabiy-ilmiy savodxonlikni shaklantirish va rivojlantirish uchun pedagogik shart

sharoitlarni yaratish (tashkiliy, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tabiiy fanlarni o‘qitish
bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, tabiiy-ilmiy yo‘nalishdagi fanlarni
o‘qitishga yondashuvlarni, ya’ni o‘qituvchilarning ilmiy-nazariy va kasbiy uslubiy darajasini
doimiy ravishda oshirish orqali o‘qitishning amaliy qismini kuchaytirish, tabiiy fanlarni
o‘qitish metodikasini ta’minlash);

- jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy-huquqiy bazani oydinlashtirib

olish (normativ-huquqiy xujjatlarda, dasturiy metodik, moddiy texnik va boshq);

tabiiy fanlarni o‘qitishda laboratoriya maydonchalarining muhimligini inobatga

olish(dala laboratoriyasi unda biologiya oid tatqiqotlar, ekologiyaga oid tadqiqotlar, atrof
olamni o‘rganish, kimyo laboratoriyasi, fizika laboratoriyasi, STEM laboratoriyasi);

shaxsda tabiy ilmiy savodxonlikni rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot

ishlarini jadallashtirish.

Jamiyatning rivojlanish darajasi davlatda olib borilayotgan islohatlarning, xususan

ta’lim, fan, texnikaning rivoji hamda innovatsion g‘oyalarning samarali qo‘llanilishi bilan
belgilanadi. Shu o‘rinda davlat tomonidan(ijtimoiy buyurtma sifatida) ta’lim muassasalariga
tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirish bo‘yicha alohida talablar qo‘yilishi va uning
bajarilishi nazoratda bo‘lishi lozim. Shaxsda “Tabiiy ilmiy savodxonlik”ning rivojlanganligi
unda ilg‘or g‘oyalarga qiziqishi va innovatsion ilmiy kashfiyotlarga tayyorgarligi bilan
belgilanadi. Buning natjada shaxs ijodkor va faol fuqoralik pozitsiyasini egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi «Kimyo va biologiya

yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-4805-son Qarori.

https://lex.uz/docs/494547

.

2.

Djoraev M. Fizika o‘qitish metodikasi. – T. Abu matbuot-konsalt, 2015. – 280 b.

3.

Галина С.К. Что необходимо знать каждому учителю о функциональной

грамотности. России. Естественнонаучная грамотность. 2019. – 70 с.
4.

Шимко Е.А. Условия формирования и диагностики отдельных компонентов

естественнонаучной грамотности учащихся. Школьные технологии. 2019, №2. – С.102-
112.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi «Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4805-son Qarori. https://lex.uz/docs/494547.2.Djoraev M. Fizika o‘qitish metodikasi. –T. Abu matbuot-konsalt, 2015.–280 b.3.Галина С.К. Что необходимо знать каждому учителю о функциональной грамотности. России. Естественнонаучная грамотность. 2019. –70 с.4.ШимкоЕ.А. Условия формирования и диагностики отдельных компонентов естественнонаучной грамотности учащихся. Школьные технологии. 2019, No2. –С.102-112.