Авторы

  • Nurjamal Umirova
    CHDPU

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.57933

Ключевые слова:

компетенция педагогическая технология профессионализм методология метод школа

Аннотация

В данной статье изложены научные взгляды на компетентность учителя и развитие компетенций у учащегося.

background image

324

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

O‘QITUVCHINING KOMPETENTLIGI VA O‘QUVCHI UCHUN

KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH

Umirova Nurjamal Jarkurganovna

CHDPU Mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14473180

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘qituvchining kompetentligi va o‘quvchi uchun

kompetensiyani rivojlantirish haqida ilmiy qarashlar bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

kompetensiya, pedagogik texnologiya, professionallik, metadologiya, usul,

maktab.

Аннотация:

В данной статье изложены научные взгляды на компетентность

учителя и развитие компетенций у учащегося.

Ключевые слова:

компетенция, педагогическая технология, профессионализм,

методология, метод, школа.

Annotation:

This article presents scientific perspectives on teacher competence and the

development of student competencies.

Keywords:

competence, pedagogical technology, professionalism, methodology,

method, school.


Hozirgi kunda ta‘lim tizimida global o‘zgarishlar va innovatsiyalar, shu bilan bir qatorda

raqamli texnalogiyalar va yangi pedagogik metadologiyalar jadal rivojlanlanmoqda. Bu esa
o‘z navbatida ham o‘qituvchilardan, ham o‘quvchilardan muntazam ravishda izlanishni, yangi
bilim, malaka va ko‘nikmalarni talab qiladi. Ushbu maqolada o‘qituvchining kompetentligi va
o‘quvchi uchun kompetensiyani rivojlantirish tug‘risida so‘z boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026 yillarda

maktab ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134 – sonli
Farmonida maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shaklantirish, ularni milliy
hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi nufuzini va
pedagoglarning sifat tarkibini oshirish xamda Farmonning 7-bandida: Maktabgasha va
maktab ta‘limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalariga asoslangan va kasbiy
ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar bo‘yicha o‘qitish amaliyotini joriy qilish
to‘g ‘risidagi taklifi yuzasidan bir qator ustuvor vazifalar belgilandi.

Ta’limni tashkil etish - bu o‘qituvchi va oquvchining belgilangan tartibda, muayyan

maqsadga muvofiq ma‘lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi
ifodasidir. Kompetensiya - egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik va kasbiy
faoliyatda qo‘llay olish layoqati. [2. 63] Qadim zamonlardanoq kompetensiyaga katta e‘tibor
qaratilgan. O‘qituvchining kompetentligi - ta’lim tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun
asosiy omil hisoblanadi. Masalan, o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy (1878-1934-yillar) ana
shunday fikrni bildirgan. U o‘zining “Turkiy guliston yoxud axloq” nomli asarida “…bilim
bizning aqlimizni va bizning xotiramizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Bilim fanni egallash
taraqqiyot yo‘lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir…. Bilimsiz odam bu mevasiz
daraxtga o‘xshaidi”- deb yozadi. Ta‘lim tizimida o‘qituvchi faqat darslarni tayanch o‘quv
rejasi asosida o‘tish bilan cheklanib qolmasdan xar bir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy
kompetentligini oshirishga katta ahamiyat qaratishi zarur. Chunki o‘qituvchi kompetentligini
oshirish orqali, o‘quvchilar bilan samarali muloqotda bo‘lishlari, innovatsion pedagogik


background image

325

«UCHINCHI RENESSANS: TIBBIY VA FARMATSEVTIK TA’LIM

ISLOHOTLARI JARAYONIDA GUMANITAR FANLARNING VAZIFASI VA

ISTIQBOLLARI» MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

www.in-academy.uz

usullarni qo‘llashlari va ta’lim sifatini yanada yaxshilashlari mumkin. Zamonaviy pedagodik
texnologiyalardan foydalanishlari esa, o‘qituvchilarning kompetentligini oshirishda katta rol
o‘ynaydi. “Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o‘g‘itlar yig‘indisi bo‘lib, shakllar,
metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning mazsus to‘plamidir. Ayni zamonda
u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi” (b.Lixachev). [3. 66] Onlayn
ta’lim platformalari, ta’lim texnologiyalari va ilovalar, virtual va aumentatsiya qilingan
haqiqat, pedagogik analitika, blended learning metodlari va rivojlanish platformalari orqali
o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tarzda boshqarishlari, yangi metodlarni o‘rganishlari
va o‘z bilimlarini kengaytirishlari mumkin.

O‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida turli darajadagi faollikni namoyon

etishadi. Ana shu sababli o‘quvchilarga, bilimlarni sust ravishda qabul qiladi, kabi nuqtai
nazardan qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. O‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki va faolligining
namoyon bo‘lishi - bu rivojlanib boruvchi o‘zgaruvchan jarayon bo‘lib, o‘qituvchi yordamida
o‘quvchilarning bilish faolligi quyi darajadan faol ijrochilikka o‘tib borishidir.

O‘qituvchining o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda va o‘quvchilarda kompetensiyani

rivojlantirishda darslarni pedagodik texnologiyalardan foydalangan xolda, ko‘rgazmalar
asosida o‘qitishi ta‘lim tizimida katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘rgazmalik tamoyil ta‘lim
jarayonini tashkil etuvshi muhim qoidalardan biri hisoblanadi. Ya.A.Komenskiy uni
didaktikaning “Oltin qoidasi” deb atagan. “Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar
paydo qilishni istasak, unda biz umuman katta narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan
ta‘limga intilishimiz kerak – deb ta‘kidlaidi, u- agarda qandaydir predmetni baravariga bir
necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha
sezgilar bilan o‘rganilsin” [4. 99]

Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan

ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul
qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.

Demak, umumiy o‘rta ta’limning malaka talablariga qo‘yilgan ta’lim mazmunining

majburiy minimumi va yakuniy maqsadlari bo‘yicha o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy va
pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari o‘quvchilari ushun kompetensiyalarini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb
etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda

maktab ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida’’gi PF-134 – sonli
Farmoni
2.

Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti Toshkent-2017 [2. 63]

3.

Azizxojayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat Toshkent-2002 [3.

66]
4.

Xoliqov A. Pedagogik mahorat Toshkent “Iqtisod-moliya”-2011 [4. 99]

5.

Raxmanova M. Q. Individual o‘qitish texnologiyasi asosida o‘quvchilarning faolligni

rivojlantirish // Mug‘allim hәm үzliksiz bilimlendirio‘ 2023 y.№6/3 246-252

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida’’gi PF-134 –sonli Farmoni2.Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotiToshkent-2017 [2. 63]3.Azizxojayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahoratToshkent-2002 [3. 66]4.Xoliqov A. Pedagogik mahorat Toshkent “Iqtisod-moliya”-2011 [4. 99]5.Raxmanova M. Q. Individual o‘qitish texnologiyasi asosida o‘quvchilarning faolligni rivojlantirish // Mug‘allim hәm үzliksiz bilimlendirio‘ 2023 y.No6/3 246-252