INCLUSIVE EDUCATION: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TA’LIMI

Аннотация

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limga jalb qilinishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, uslublar va texnologiyalar ko‘rsatilgan. Maqola, shuningdek, inkluziv ta'limni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash, pedagogik yondashuvlarni moslashtirish, maxsus texnologiyalar va yordamchi vositalardan foydalanish kabi jihatlarni ham muhokama qiladi. Bunda ta'limda texnologiyalarning roli, maxsus dasturlar va ilovalar yordamida o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish muhimligi ta'kidlanadi. Maqola umumiy ta'lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘zgarishlarni amalga oshirish va inkluziv ta'limni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
36-39
21

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Toshpo‘lotova, J., & Ahmatov, R. . (2025). INCLUSIVE EDUCATION: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TA’LIMI. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(2), 36–39. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdpp/article/view/65023
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limga jalb qilinishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, uslublar va texnologiyalar ko‘rsatilgan. Maqola, shuningdek, inkluziv ta'limni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash, pedagogik yondashuvlarni moslashtirish, maxsus texnologiyalar va yordamchi vositalardan foydalanish kabi jihatlarni ham muhokama qiladi. Bunda ta'limda texnologiyalarning roli, maxsus dasturlar va ilovalar yordamida o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish muhimligi ta'kidlanadi. Maqola umumiy ta'lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘zgarishlarni amalga oshirish va inkluziv ta'limni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.


background image

36

INCLUSIVE EDUCATION: IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR TA’LIMI

Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“Matematika va informatika” yo‘nalishi talabasi

jasminatoshpulotova06@.com (97) 389-83-78

Ahmatov Rustam Ahmat o‘g‘li

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

rustamaxmatov708@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14776567

Annotatsiya:

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limga jalb qilinishi uchun

zarur bo‘lgan sharoitlar, uslublar va texnologiyalar ko‘rsatilgan. Maqola, shuningdek, inkluziv
ta'limni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni tayyorlash, pedagogik
yondashuvlarni moslashtirish, maxsus texnologiyalar va yordamchi vositalardan foydalanish
kabi jihatlarni ham muhokama qiladi. Bunda ta'limda texnologiyalarning roli, maxsus dasturlar
va ilovalar yordamida o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashish muhimligi ta'kidlanadi. Maqola
umumiy ta'lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar uchun o‘zgarishlarni amalga oshirish va
inkluziv ta'limni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Аннотация

. В статье обозначены условия, методы и технологии, необходимые для

вовлечения детей с ограниченными возможностями в процесс образования. В статье
также рассматриваются аспекты, важные при реализации инклюзивного образования,
такие как подготовка учителей, адаптация педагогических подходов, использование
специальных технологий и вспомогательных устройств. Это подчеркивает роль
технологий в образовании и важность адаптации к потребностям учащихся с помощью
специальных программ и приложений. В статье даны практические рекомендации по
внедрению изменений и расширению инклюзивного образования детей с
ограниченными возможностями в систему общего образования.

Annotation

. The article outlines the conditions, methods and technologies necessary for

the inclusion of children with disabilities in education. The article also discusses aspects that are
important in implementing inclusive education, such as teacher training, adaptation of
pedagogical approaches, and the use of special technologies and assistive devices. The role of
technologies in education, the importance of adapting to the needs of students using special
programs and applications, is emphasized. The article provides practical recommendations for
implementing changes in the general education system for children with disabilities and
expanding inclusive education.

Kalit so‘zlar

. Inkluziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar, pedagogik yondashuv, ta'lim

tizimi, jamiyatda tenglik, individual ehtiyojlar.

Ключевые

слова

.

Инклюзивное

образование,

дети

с

ограниченными

возможностями, педагогический подход, система образования, равенство в обществе,
индивидуальные потребности.

Keywords

. Inclusive education, children with disabilities, pedagogical approach, education

system, equality in society, individual needs.


Inkluziv ta'lim – bu barcha bolalar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan va boshqa o‘ziga xos

ehtiyojlari bor bolalarni, teng imkoniyatlar yaratish orqali umumiy ta’lim tizimiga jalb etish va


background image

37

ularning to‘laqonli rivojlanishini ta'minlashni maqsad qilgan ta'lim uslubidir. Inkluziv ta'lim
jamiyatda ijtimoiy tenglikni, odamlar o‘rtasida hurmat va bag‘rikenglikni rivojlantirishga yordam
beradi. Bunday ta’limda har bir bolaga uning individual ehtiyojlariga moslashgan o‘qitish va
o‘rganish imkoniyatlari taqdim etiladi. Bu masalan, maxsus yordamchi vositalar, o‘qitish
strategiyalari va moslashtirilgan o‘quv dasturlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Inkluziv ta’limning
asosiy maqsadi bolalar o‘rtasida farqni kamaytirish, ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini
oshirish va ular uchun o‘qish va o‘rganishning ijobiy muhitini yaratishdir. Inklyuziv ta’lim tizimi
imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy ta'lim muassasalarida o‘qishini ta'minlashga
qaratilgan bo‘lsa-da, amalda bir qancha muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu muammolar
ta'limning sifatini va inkluziv tizimning samaradorligiga ta’sir qiladi. Inkluziv ta’limda emg katta
muammolardan biri bu mutaxassislar yetishmasligi, malakaning kamligi, resurslarning
yetishmasligidir. Pedagogik tayyorgarlikning yetishmasligi bu o‘qituvchilar ko‘pincha
imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun maxsus pedagogik bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lmaydi. Ularning inklyuziv ta’lim metodikalariga oid tayyorgarligi, maxsus ehtiyojlarga
moslashish va individual yondoshuvlarni qo‘llashda cheklangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchilarga
doimiy ravishda professional rivojlanish va treninglar taqdim etish muhim.Inklyuziv ta’lim
uchun zarur bo‘lgan texnologik vositalar, maxsus o‘quv materiallari, yordamchi qurilmalar va
sharoitlar ba’zan yetarli bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, ko‘rish yoki eshitish qobiliyati
cheklangan bolalar uchun maxsus o‘quv vositalari yoki texnologiyalar taqdim etilmasligi
mumkin. Sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi va o‘qituvchilarning o‘quvchilarga individual
yondoshuvni amalga oshirish uchun kerakli vaqtning yetishmasligi ham muammolarni keltirib
chiqaradi. Inklyuziv ta’lim sinflarida turli ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar (masalan, psixologik,
jismoniy yoki aqliy cheklovlari bo‘lgan bolalar) birga o‘qishadi. Bu esa o‘qituvchilardan sinfdagi
barcha bolalarga individual yondoshuvni talab qiladi. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘ziga xos
ehtiyojlarini qondirish uchun o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida turli darajadagi o‘quvchilarga
samarali ta'lim berishga harakat qilishi kerak, bu esa qiyinchiliklarga olib keladi. Ayni shunday
vaziyatda pedagogdan malaka va mahorat talab etiladi. Imkoniyati cheklangan bolalarda ruhiy
hastaliklar, ijtimoiy va psixologik muammolar, pedagogik yaxlit jarayonga moslasholmaslik
jarayonlari kuzatiladi.

Ijtimoiy va psixologik muammolar - imkoniyati cheklangan bolalar ko‘pincha jamiyatdagi

boshqalar tomonidan ijtimoiy izolyatsiya yoki kamsitishga duch kelishadi. Bu ularning o‘qishdagi
ishtirokiga va ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchilarda o‘ziga
bo‘lgan ishonchning pasayishi, kamchilikni his qilish yoki do‘stlar o‘rtasidagi jamiyatdan ajralish
kabi psixologik muammolar yuzaga kelishi mumkin. Inklyuziv ta'limda ota-onalar va
o‘qituvchilar o‘rtasida samarali hamkorlik bo‘lishi kerak. Biroq, ko‘p hollarda ota-onalar
o‘quvchilarning maxsus ehtiyojlari haqida yetarlicha ma'lumotga ega emaslar, yoki o‘qituvchilar
ota-onalar bilan muntazam muloqotda bo‘lmaydi. Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida aloqani
yaxshilash, ma'lumot almashishni va o‘quvchilarning ehtiyojlariga mos yondashuvni joriy etish
zarur.

Jamiyatda inklyuziv ta’limning tushunilmasligi - inklyuziv ta’limning mohiyati va ahamiyati

ba’zi hollarda jamiyat tomonidan to‘liq tushunilmaydi. Bu esa imkoniyati cheklangan bolalarning
ta’lim olishiga nisbatan salbiy qarashlar yoki diskriminatsiya va kamsitishga olib kelishi mumkin.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun jamiyatda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida
inklyuziv yondoshuvlar haqida tushuncha yaratish zarur. Jamiyat nazarida imkoniyati


background image

38

cheklangan bolalar keraksiz inson go‘yoki borligi va yo‘qligi bir xildek tushuniladi. Ba’zi ta'lim
muassasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun zarur bo‘lgan jismoniy sharoitlar yetarli
emas. Masalan, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun sinflarga kirish imkoniyatlari, maxsus jihozlar
(o‘rindiqlar, eshiklar va boshqalar) mavjud bo‘lmasligi mumkin. Inklyuziv ta’limni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan resurslar, uskunalar va qo‘shimcha o‘qituvchilarni moliyalashtirish
uchun ko‘p hollarda moliyaviy manbalar yetishmasligi mumkin. Bu ta’lim sifatining pasayishiga
olib kelishi mumkin. Inkluziv ta’lim jarayonida texnologik va informatik vositalardan
foydalanish ta'lim olishda muammolarga duch kelayotgan bolalar uchun katta ahamiyatga ega.
Bu vositalar o‘quvchilarning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini qondirish, o‘quv jarayonini
individualizatsiya qilish va o‘quvchilarning samarali rivojlanishiga yordam beradi.

O‘qish va yozishni qo‘llab-quvvatlovchi dasturlar - nogironligi bo‘lgan bolalar uchun

maxsus dasturlar, masalan, ovozli o‘qish (screen readers) yoki yozuvni osonlashtirish (dictation
software), o‘qish va yozish jarayonini soddalashtiradi.

Matnni tasvirga aylantirish va aksincha - matnni tasvirga aylantirish dasturlari yoki

aksincha (O‘zbek tilidagi OCR (Optical Character Recognition) dasturlari) maxsus ehtiyojlarga
ega bolalar uchun matnlarni tushunishni osonlashtiradi.

Auditoriyaga moslashtirilgan eshitish vositalari - eshitish qobiliyati cheklangan bolalar

uchun ovozli texnologiyalar yoki eshitish apparatlari (masalan, magnit induksion tizimlar) ta'lim
jarayonini qulaylashtiradi.

Ko‘rish imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun braille displeylari,

katta ekranli telefonlar va planshetlar, ranglarni sezish tizimlari kabi vositalar mavjud.
O‘quvchilarning bir-birlari bilan va o‘qituvchi bilan muloqot qilishini ta’minlash uchun
platformalar (Zoom, Google Meet, Skype) yordamida inkluziv ta'lim jarayoniga qo‘shilish va
ishtirok etish mumkin. Inkluziv ta’limda texnologiyalar yordamida har bir bola o‘z ehtiyojlariga
mos ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa ta’lim jarayonini yanada samarali va adolatli
qiladi. Inklyuziv ta’lim tizimi imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim olishda teng imkoniyatlar
yaratish uchun muhim imkoniyatlar taqdim etadi. Biroq, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur. Ushbu muammolarni hal etish, inklyuziv ta’lim
tizimini yaxshilash va barcha o‘quvchilarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam
beradi.

References:

1.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida

iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning transformatsiyasi." Nashrlar (2024): 38-41.
2.

Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING COMPUTER

TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION." Наука и технология в современном мире 3.3
(2024): 90-92.
3.

Musirmonov, Shohboz, and Jasmina Toshpo'lotova. "Moliya bozorini rivojlantirishda yashil

iqtisodiyotga o'tishining muammolari va yechimlari." Nashrlar (2024): 374-377.
4.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "SHAXSLARDA TAVAKKALCHILIK BILAN

BOG ‘LIQ VIRTUAL O ‘YINLARGA MOYILLIGINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI." Universal xalqaro
ilmiy jurnal 1.4 (2024): 776-777.
5.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "XXI ASR YOSHLARINING AXBOROT

PSIXOLOGIK XAFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4


background image

39

(2024): 445-447.
6.

Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "CURRENT ISSUES OF TEACHING UZBEK

AND RUSSIAN LANGUAGES IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION." Models and methods in
modern science 3.6 (2024): 187-191.
7.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "TEXNIKA OLIY TA'LIM

MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O ‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI." Прикладные
науки в современном мире: проблемы и решения 3.3 (2024): 10-12.
8.

Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "TA’LIM TIZIMIGA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA INTEGRATSIYALASH MASALALARI." Общественные
науки в современном мире: теоретические и практические исследования 3.3 (2024): 46-
49.
9.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO‘LLASH. PEDAGOGS, 50(2), 51-55.
10.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
11.

Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING COMPUTER

TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION." Наука и технология в современном мире 3.3
(2024): 90-92.
12.

Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG‘ICH SINF

O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH
DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI." Молодые ученые 2.10 (2024): 85-90.
13.

Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."." TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50 (2024): 51-55.
14.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI."
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические
исследования 3.10 (2024): 39-41.
15.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Umida Nurmaxmatova, and Durdona Turayeva. "INFORMATIKA

VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TAʼLIM JARAYONIDAGI OʻRNI." Science and innovation in
the education system 3.4 (2024): 102-105.
16.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Durdona Turayeva. "GLOBAL IQLIM

O‘ZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI SAQLASHNING ZAMONAVIY,
INNOVATSION USULLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика 3.3 (2024): 103-106.

Библиографические ссылки

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy jarayonlar va moliyaviy munosabatlarning transformatsiyasi." Nashrlar (2024): 38-41.

Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION." Наука и технология в современном мире 3.3 (2024): 90-92.

Musirmonov, Shohboz, and Jasmina Toshpo'lotova. "Moliya bozorini rivojlantirishda yashil iqtisodiyotga o'tishining muammolari va yechimlari." Nashrlar (2024): 374-377.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "SHAXSLARDA TAVAKKALCHILIK BILAN BOG ‘LIQ VIRTUAL O ‘YINLARGA MOYILLIGINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4 (2024): 776-777.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "XXI ASR YOSHLARINING AXBOROT PSIXOLOGIK XAFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4 (2024): 445-447.

Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "CURRENT ISSUES OF TEACHING UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES IN THE PROCESS OF GLOBALIZATION." Models and methods in modern science 3.6 (2024): 187-191.

Musurmanova, Yayra, and Jasmina Toshpo‘lotova. "TEXNIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O ‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI." Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.3 (2024): 10-12.

Toshpo‘lotova, Jasmina, and Yayra Musurmanova. "TA’LIM TIZIMIGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH VA INTEGRATSIYALASH MASALALARI." Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 3.3 (2024): 46-49.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH. PEDAGOGS, 50(2), 51-55.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

Muhammadiyev, Alijon, and Shukurullo Aliqulov. "PROSPECTS OF USING COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION." Наука и технология в современном мире 3.3 (2024): 90-92.

Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI." Молодые ученые 2.10 (2024): 85-90.

Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."." TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Umida Nurmaxmatova, and Durdona Turayeva. "INFORMATIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TAʼLIM JARAYONIDAGI OʻRNI." Science and innovation in the education system 3.4 (2024): 102-105.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Durdona Turayeva. "GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI SAQLASHNING ZAMONAVIY, INNOVATSION USULLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.3 (2024): 103-106.