Авторы

  • Dildora G‘ulomova
    Xalqaro Nordik universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.65794

Ключевые слова:

maktabgacha ta’lim o‘rta guruh bolalari nutq madaniyati pedagogik texnologiyalar interaktiv usullar rolli o‘yinlar portfolioga asoslangan baholash.

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida o‘rta guruh bolalarida nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar tahlil etiladi. Bolalarning lingvistik kompetensiyasi, shaxsiy ehtiyojlari va yosh xususiyatlari inobatga olingan holda, interaktiv mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, multimediya resurslari, portfolioga asoslangan baholash kabi zamonaviy metodikalar qo‘llanilishi muhim ekani asoslab beriladi. Nutq faolligini oshirish, ijodiy fikrlash va tinglash ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali o‘rta guruh bolalarining nutq madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlik, individual yondashuv hamda ijtimoiy va emotsional muhit omillari jarayon samaradorligini belgilashi alohida ta’kidlanadi.


background image

74

MAKTABGACHA O‘RTA GURUH BOLALARIDA NUTQ MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI

G‘ulomova Dildora Shoirovna

Xalqaro Nordik universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14874249

Annotatsiya:

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida o‘rta guruh bolalarida nutq

madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar tahlil etiladi. Bolalarning
lingvistik kompetensiyasi, shaxsiy ehtiyojlari va yosh xususiyatlari inobatga olingan holda,
interaktiv mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, multimediya resurslari, portfolioga asoslangan baholash
kabi zamonaviy metodikalar qo‘llanilishi muhim ekani asoslab beriladi. Nutq faolligini oshirish,
ijodiy fikrlash va tinglash ko‘nikmalarini takomillashtirish orqali o‘rta guruh bolalarining nutq
madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, ota-onalar bilan
hamkorlik, individual yondashuv hamda ijtimoiy va emotsional muhit omillari jarayon
samaradorligini belgilashi alohida ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar

: maktabgacha ta’lim, o‘rta guruh bolalari, nutq madaniyati, pedagogik

texnologiyalar, interaktiv usullar, rolli o‘yinlar, portfolioga asoslangan baholash.


Maktabgacha ta’lim tizimida o‘rta guruh bolalarining nutq madaniyatini shakllantirish

bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan shu bosqichda bolalar nutqiy
faollikning birlamchi tamoyillarini o‘zlashtiradi, tilning tovush tarkibini aniq idrok etishni
o‘rganadi va keyinchalik maktabda samarali o‘qish-o‘rganish uchun zarur bo‘lgan lingvistik
ko‘nikmalarni o‘zida mustahkamlaydi. Nutq madaniyati nafaqat bolalarning o‘zaro muloqot
qilish darajasini yaxshilaydi, balki ularga ma’naviy-estetik didni rivojlantirish, nutq orqali fikrni
ifoda etish malakasini boyitish, mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash
imkoniyatini ham yaratadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi tarbiyachi-pedagoglar nutq
madaniyati shakllantirishda samarali metod va yondashuvlar, ayniqsa zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni izlashga alohida e’tibor qaratishlari lozim.

Nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida avvalo bola lingvistik kompetensiyasining bir

necha muhim tarkibiy qismlariga e’tibor berish zarur. Bular, birinchidan, til tovushlarini to‘g‘ri
talaffuz qilish; ikkinchidan, lug‘at boyligini rivojlantirish; uchinchidan, nutqiy konstruktsiyalarni
to‘g‘ri shakllantirish; to‘rtinchidan, fikrni ifoda etishda mantiqan izchillikka rioya qilish;
beshinchidan esa tinglash madaniyatini egallashdir. Ushbu har bir omil, o‘z navbatida,
maktabgacha ta’lim muassasasida kuzatuv, suhbat, ertak tinglash, ijodiy rolli o‘yinlar va mustaqil
kitobxonlik kabilar orqali shakllantiriladi. Ammo so‘nggi yillarda ilm-fan va texnologiyalarning
rivojlanishi bilan bir qatorda, an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, xususan interaktiv usullar, elektron resurslardan foydalanish va o‘quv jarayonini
shaxsga yo‘naltirilgan tarzda tashkillashtirish ham keskin ahamiyat kasb etdi.

Shu ma’noda, o‘rta guruhdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirishda “dialogik

yondashuv” juda samarali bo‘lib, unda tarbiyachi bolalarni erkin suhbatga jalb etish orqali
tinglash va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Dialogik yondashuv nafaqat so‘z
boyligining ko‘payishiga, balki bolalarning muloqot mobaynida tilning turli ko‘rinishlari –
ijtimoiy nutq, adabiy nutq, emotsional nutqni farqlay olishiga ham xizmat qiladi. Shu tariqa,


background image

75

dialogik mashg‘ulotlar bolalarda nutqiy faoliyatning turli shakllarini ongli ravishda idrok etish,
fikrlash jarayonini tezlashtirish va to‘g‘ri ifoda etish malakasini rivojlantiradi. Bu, albatta,
innovatsion texnologiyalar yordamida yanada boyitilishi mumkin: masalan, interaktiv elektron
o‘yinlar, bolalarning qiziqishlariga mos audio yoki video materiallar, rang-barang didaktik
platformalar orqali ularning ishtiyoqini yanada kuchaytirish hamda ko‘rgazmalilik ta’sirini
oshirishga erishish mumkin.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan yana biri bu “portfolioga asoslangan baholash”

bo‘lib, bolalarning individual yutuqlarini muntazam kuzatib borish, ularni rag‘batlantirish va o‘z-
o‘zini baholash ko‘nikmasini rivojlantirish imkonini beradi. Mazkur jarayon nutq madaniyatini
shakllantirishda ham qo‘l keladi, chunki bola biror ertakni ifoda etish, suhbatda qatnashish yoki
she’r o‘qish davomida o‘ziga xos bir ijodiy tajriba orttiradi. Bu ijodiy namunaning
hujjatlashtirilishi orqali esa tarbiyachi bolaning nutqiy rivojlanishi dinamikasini yaxshiroq tahlil
qiladi va har bir bola uchun individual yondashuv tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda,
albatta, oila va maktabgacha ta’lim muassasasi o‘rtasida muntazam aloqa, hamkorlik muhim rol
o‘ynaydi. Bola uyda ertakni takroran hikoya qilish, rasmlar chizish yoki o‘z fikrini og‘zaki
ifodalash asnosida mustaqil mashq qiladi, shu bilan birga, tarbiyachi uning nutqiy malakasidagi
o‘zgarishlarni kuzatib boradi, kerakli tavsiyalarni beradi, zarur bo‘lsa korreksion mashg‘ulotlar
tashkil qiladi.

Nutq madaniyatini shakllantirishning yana bir muhim yo‘nalishi bu “bolaning qiziqishlari

bilan bog‘liq rolli o‘yinlar”ni yo‘lga qo‘yishdir. Ma’lumki, o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun bosh faoliyat turidir va ular eng faol bilim hamda ko‘nikmalarni o‘yin jarayonida
o‘zlashtiradilar. Shuning uchun o‘yin kontekstida nutq madaniyatiga doir talablarga ham erishish
osonlashadi. Masalan, “Do‘koncha”, “Kasb-hunarlar dunyosi”, “Transport” kabi rolli o‘yinlar
chog‘ida bolalar mahsulotlarni xarid qilish, kasb vakili sifatida gapirish, bog‘cha va atrof-muhitni
tasvirlab berish kabi mavzularda o‘zaro suhbatlashadilar, savollarga javob beradilar va shu
orqali lug‘at boyliklarini oshiradilar. Bunda tarbiyachi bolalarning talaffuzidagi nuqsonlarni
to‘g‘rilab, ba’zan ohang, pauza va boshqa nutqiy xususiyatlarni nazorat qiladi. O‘yin jarayonidagi
ishtiyoq va erkinlik bolalarga psixologik qulaylik yaratadi, bu esa o‘z navbatida bola nutqiga
ijobiy ta’sir o‘tkazib, so‘zlashish jarayonida spontane ravishda rivojlanishni ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rta guruh bolalarining psixofiziologik o‘ziga

xosliklarini hisobga olish ham muhimdir. Chunki shu yoshda e’tiborning beqarorligi, xotiraning
tez o‘zgaruvchanligi, emotsional ta’sirchanlik kabi xususiyatlar ustun turadi. Shu sababli dars
yoki tarbiyaviy mashg‘ulotlarda bolalarni bir maromda ushlab turish, ularda doimiy qiziqish
uyg‘otish va nutqiy faoliyatga yo‘naltirish uchun turli xil uslubiy vositalardan foydalanish talab
etiladi. Masalan, har bir mashg‘ulotni kichik “motivatsion qism” bilan boshlash: ertak
qahramonlari bilan tanishtirish, ovozli ifodalash, rang-barang kartochkalar ko‘rsatish yoki turli
emotsional ifodalar bilan dramatizatsiya qilish bolalarning diqqat-e’tiborini jalb etadi va nutqiy
faollikni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, bolalarning xotirasini mustahkamlash uchun kichik
jismoniy mashqlar yoki musiqali tanaffuslar bilan darsni o‘zgartirish ham muhim. Bularning
barchasi nutqiy rivojlanishni ko‘p qirrali tarzda qo‘llab-quvvatlaydi, sababi bolalar nutqni o‘zi his
qilgan emotsiya va harakatlar bilan bog‘lab olishlari oson kechadi.

Pedagogik jarayonda nutq madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir

ahamiyatli masala – bolalarga kitob mutolaasini sevdirish va mustaqil hikoya qilish
ko‘nikmalarini targ‘ib etishdir. Bolalar ertak yoki kichik hikoyalarni tinglar ekan, undagi so‘z


background image

76

boyligi, g‘oya, mavzu, qahramonlar fe’l-atvori haqida tushuncha hosil qiladi, muhokama
jarayonida esa o‘z nutqiy ifodasini topishga intiladi. Tarbiyachi bolalarga savollar berish, gapni
davom ettirishni taklif qilish, muallifning yoki qahramonning o‘rniga o‘z fikrlarini ifodalashni
so‘rash orqali ularning nutqiy faolligini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, ertakdagi yoki
hikoyadagi voqealarni sahnalashtirish usuli juda foydali. Dramatizatsiya jarayonida bola
so‘zlarni talaffuz qilish, hissiyot va harakatlarni uyg‘unlashtirish orqali og‘zaki nutqni
takomillashtiradi, ayni paytda ijodiy fikrlash ham rivojlanadi. Bunda albatta, ishtirokchilarning
qiziqishi yuqori bo‘lishi uchun maxsus jihozlar, liboslar, handalak vositalar yoki multimedia
texnologiyalari bilan boyitilgan muhitdan foydalanish mumkin.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning barchasi, aslida, shaxsga yo‘naltirilgan

yondashuvga asoslanadi. Shu bois o‘rta guruh bolalarining nutq madaniyatini shakllantirishda
ham har bir bolaning individual ehtiyojlari, qobiliyatlari va qiziqishlarini inobatga olish g‘oyat
muhim. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, boladagi nutq faoliyatining rivojlanishiga ko‘plab
omillar ta’sir ko‘rsatadi: oilaviy muhit, ota-onaning nutqiy saviyasi, bolaga berilayotgan
psixologik-emotsional ko‘mak, bola bilan olib boriladigan muloqotning sifati va miqdori. Shu bois
tarbiyachilar ota-onalar bilan doimiy ravishda hamkorlik qilish, “nutqiy muhit”ni boyitish
bo‘yicha ularga tavsiyalar berish, oilada bolaga kitob o‘qib berish yoki multimedia vositalaridan
maqsadli foydalanish kabi masalalarda qo‘llab-quvvatlashlari zarur. Agar bolada ayrim
artikulyatsion muammolar yoki talaffuzdagi nuqsonlar aniqlandi, mazkur holat bo‘yicha logoped
yoki defektolog bilan o‘zaro kelishgan holda, erta bosqichda tuzatish ishlari olib borish tavsiya
etiladi.

Bolalarni nutqiy ijodkorlikka yo‘naltirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalardan

yana biri bu “klasterlash”, “aqliy hujum”, “assotsiativ bog‘lanish” usullari bo‘lib, ular
maktabgacha yoshdagi bolalar orasida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Albatta, bu
usullarni qo‘llashda ularning yosh xususiyatlari e’tiborga olinadi. Misol uchun, “aqliy hujum”ni
o‘yinga moslashtirilgan ko‘rinishda o‘tkazish mumkin, bunda bolalar qiziqarli mavzu doirasida
o‘z tasavvurlarini aytib, yangi so‘z va iboralarni kashf qilishga, shu orqali nutq boyligini
kengaytirishga harakat qilishadi. Assotsiativ bog‘lanish metodi esa bola ongida bir so‘z yoki
tushuncha boshqa bir tasavvur bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishini rag‘batlantiradi. Masalan,
“bahor” degan so‘zga bolalar darrov “yashillik”, “gul”, “yomg‘ir” kabi so‘zlarni bog‘lashadi va shu
tariqa mantiqiy-mavhum fikrlashga ham asos solinadi, nutqiy jarayon esa yanada boyib boradi.

Shunday qilib, maktabgacha o‘rta guruh bolalarida nutq madaniyatini shakllantirish,

asosan, integratsiyalashgan yondashuvni talab qiladi. An’anaviy usullar – ertak aytish, she’r
yodlash, rolli o‘yinlar, suhbat va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish zamonaviy pedagogik
texnologiyalar – interaktiv mashg‘ulotlar, multimediya resurslari, portfolioga asoslangan
baholash, shaxsga yo‘naltirilgan metodikalar bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirilishi lozim.
Bolalarni bu jarayonga jalb etishda doimiy ravishda o‘yin shakllaridan foydalanish, ularning
qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish, ota-onalarning ishtirokini ta’minlash muhim omillar
bo‘lib xizmat qiladi. Bunda tarbiyachi o‘zining boshqaruvchilik rolini “yordamchi” va
“yo‘naltiruvchi” funktsiyasiga mos ravishda olib borishi, bolalar bilan yakka tartibda ishlash,
ularning talaffuzini kuzatish, har bir bola nutqida uchraydigan nuqsonlarni tuzatish, ular bilan
xushmuomala, ochiq-erkin muloqotda bo‘lish orqali ishonch muhitini yaratishi kerak. Shu bilan
birga, qat’iy me’yorlarda qolib ketmasdan, ijodkorlik tamoyillarini ham qo‘llash, masalan,


background image

77

dramatizatsiya, rasm chizish, musiqa, jismoniy mashqlar yoki texnologik o‘yinlarni nutq
madaniyatini takomillashtirish maqsadida uyg‘unlashtirish pedagogik samarani oshiradi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, o‘rta guruh bolalarida nutq madaniyatini

shakllantirishning samarali yo‘li – bolalarni nutqiy faoliyatga qiziqtirish, ulardagi tabiiy
ijodkorlik va muloqotchanlikni rivojlantirish, o‘yindan foydalanish, shuningdek, zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri tanlash va ularni ijodiy tatbiq etishdan iboratdir. Jarayonning
muvaffaqiyati esa muntazam ravishda olib boriladigan kuzatuv, tahlil, ota-onalar bilan
hamkorlik, har bir bolaning individual rivojlanish sur’atlarini hisobga olish kabi omillarga ham
bog‘liq. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘z amaliyotlarida doimiy
ravishda yangilikka intilib, innovatsion usullarni an’anaviy metodlar bilan uyg‘unlashtirish, shu
bilan birga bolalarning yosh xususiyatlari va ehtiyojlarini chuqur his etish orqali nutq
madaniyatini samarali shakllantirishlari mumkin. Zero, maktabgacha yoshda puxta shakllangan
nutq madaniyati keyingi ta’lim bosqichlaridagi o‘quv jarayoni va shaxsiy rivojlanish uchun
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ–3305-son qarori //
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2017. – № 39. – B. 986–990.
2.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun

hujjatlari to‘plami. – 2020. – № 9. – B. 53–61.
3.

Avloniy, A. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent: Fan, 1992. – 128 b.

4.

Nazarova, G‘. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – 180 b.

5.

G‘afforova, M. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy rivojlanishi: Nazariya va

amaliyot. – Toshkent: Fan, 2018. – 156 b.
6.

Babayeva D. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: Barkamol fayz media,

2018. – 432 b.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ–3305-son qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2017. – № 39. – B. 986–990.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 2020. – № 9. – B. 53–61.

Avloniy, A. Turkiy guliston yohud axloq. – Toshkent: Fan, 1992. – 128 b.

Nazarova, G‘. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. – 180 b.

G‘afforova, M. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning nutqiy rivojlanishi: Nazariya va amaliyot. – Toshkent: Fan, 2018. – 156 b.

Babayeva D. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2018. – 432 b.