64
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA XALQARO
TADQIQOTLARNING O’RNI
M. Babayeva
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qituvchisi
Abduxamitova Nasiba
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14862611
Annotatsiya:
O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson
tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish
qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan
foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan
ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon
qilishga qaratilmoqda.
Tayanch so’zlar:
O‘qish savodxonligi, matn, matematika, tabiiy fan, o‘qish, PIRLS, TIMSS,
xalqaro baholash.
Har bir o’quvchi maktabga qadam qo’yar ekan birinchi navbatda o’qishni yozishni to’g’ri
talafuz qilishni o’rganadi umumiy qulib aytganda savodxonligini oshiradi O'qish savodxonligi
nafaqat ta'lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos hisoblanadi.
Birinchi navbatda o'quvchining kitob o'qish qobiliyatiga e'tibor berish, jumladan, uning
ma'lumotlar tanlash, tushunish talqin qilish, va baholash tadqiqotining asosiy maqsadlaridan
biri. O'qish savodxonligi - shaxs o'zining bilim va salohiyatini rivojlantirish , jamiyatda o'z o'rnini
topish maqsadiga erishishi yo'lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida
mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobilyati ham .
So’ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotga islohatlar natijasida ulkan iqtisodiy
o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotgan barcha sohalarda malakaviy kadrlar va yetuk
mutaxasislarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 8 - dekabrdagi 997 – sonli “Xalq ta’lim tizimida ta’lim sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat
inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish
Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro
tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:.Xalqaro tadqiqotlar natijasiga tayangan holda
boshlang’ich sinflarda o’qish savodxonligini oshirish uchun innovatsion pedagogik yondashuvlar
zamonaviy o’quv materiallari va o’qituvchilar malakasini oshirish dasturlarini yolga qo’yish
muhimdir. Bu olib borilayotgan tadqiqotlar kelajak avlodning bilim saviyasini oshirishga xizmat
qiladi. Xalqaro baxolash tadqiqot dasturlaridan PIRLS vs TIMSS ni ko’rib chiqamiz.
PIRLS – (Progress in International Reading Literacy Study) Boshlang’ich sinfda tahsil
oluvchi yoshlarning matnni o’qish va tushinish darajasini baholab beruvchi xalqaro tadqiqot
dasturi. Boshqacha qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish
ko’nikmalarini shakillantirish o’qish va o’qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat
siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. O‘quvchilarning
sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita kengqamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy
65
tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir. Bundan tashqari,
PIRLS o‘qish maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish,
g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish, kontent va matn elementlarini baholash va
tanqid qilish.O‘qish savodxonligining maqsadi:- badiiy tajriba orttirish; - axborotni olish va
undan foydalanish.Tushunish jarayoni:- diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan mа’lumotlarni
topish; - to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish; - g‘oyalar va axborotni talqin qilish va
uyg‘unlashtirish; - kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
TIMSS – (Trends in International Mathematics and Science Study) maktabdamatematika va
tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro
assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarining
matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi, sifatini solishtirish hamda milliy
ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki,
u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim mazmuni,
o‘quv jarayoni, o‘quv muassasasi imkoniyati, o‘qituvchilarning bilim darajasi, tahsil
oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar
matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘li.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlar natijasida Boshlang’ich
sinf kitobining 4 sinf darsligidan Zamira Ibrohimovaning “
Sayroqi qushcha
” matnini ko’rib
chiqamiz.
Bugun Xosiyatxonning dadasi qafasda sayroqi qush olib keldi. Xosiyatxon singlisi
Hidoyatbonu bilan qushchani ko’rib, quvonib ketishdi. So’ng qafas yoniga kelib, uni tomosha qila
boshladi. Qushcha chiroyli, uning mayin patlari sariq, jajji qanotlarining uchlari esa oppoq edi.
Qushchaning harakatlarini kuzatib turgan Hidoyatbonu. Opa, qushcha nega qo’rqyapti?-deb
so’radi. Sen ham bir o’zing begona odamlar uyiga kirsang qo’rqasan-ku! Shunga qushcha ham
qo’rqayapti. Voy, unda biz begonamizmi?- hayratlanib so’radi Hidoyatbonu. Ha, u bizni hech
qachon ko’rmagan, shu sababli bizni tanimaydi, - dedi so’zlarini dona - dona qilib Xosiyatxon.
Opa - singil qushchani yana biroz tomosha qilishdi. Qushcha sakrashda davom etardi. Opajon,
keling, unga eng chiroyli o’yinchog’imizni beramiz. Qushcha o’yinchoq o’ynamaydi. Nima bo’pti,
u bilan o’ynaymiz. Keyin qushchaga begona bo’lmaymiz, - dedi sevinib Hidoyatbonu. Yo’o’q ... Ke,
yaxshisi qafasga daraxt shoxlaridan o’rnatamiz. Qushcha daraxtzorda uchib yurgandek maza
qilib yashaydi, - javob berdi Xosiyatxon singlisiga qarab. Vuyy, qanday yaxshi! - Hidoyatbnu
chapak chalib yubordi. Opa - singil birpasda shox - shabba yig’ib kelishdi. Nilufar opa qizlariga
yordam berdi. Ular ayri shoxlardan uchtasini qafas ichiga tikka qilib qo’yishdi. Endi qafasning
ichi shinamgina daraxtzorga aylandi. Xosiyatxon qushchaning idishiga suv qo’ydi. Ammo
qushcha hali ham shoxdan shoxga pitirlab sakrardi. Oyijon, bu qushcha chumchuqmi? - so’radi
Xosiyatxon. Yo’q, bolajonim, bu - kanareyka. U juda yoqimli sayraydi. Unga daraxtzor
yoqdimikan? Menimcha,sizlar mehr bilan yasagan kichkina daraxtzor qushchaga juda yoqqan
bo’lsa kerak, - dedi onasi. U hali ham qo’rqayapti-ku… - dedi Hidoyatbonu. Qushcha yangi joyga
o’rgansa, sizlarga bir sayrab beradiku, qoyil qolasiz. Ertasiga kutilmaganda qushcha jarangdor
ovozda sayrab yubordi. O’o’, qushcha juda sayroqi ekan-ku! Ovozi uyni to’ldirib yubordi-ya, -
hayratlandi dadasi. Qushlarning sayrashi hikmat bor. Ular tinchlik- omonlik, mehr-oqibat, qut-
baraka bor joyda shukrona aytib sayraydi, - dedi buvisi jilmayib. Ushbu matn asosida savollarni
ko’rib chiqamiz.
66
1. Xosiyatxonning otasi nima olib keldi?
A)
Mushuk
B)
Sayroqi qush
C)
O’yinchoq
D)
Daraxt
2. Qushcha qafas ichida nima qila boshladi?
A)
Uxladi
B)
Sakray boshladi
C)
Ovqat yedi
D)
Uzoq vatq jim turdi
3. Opa-singillar qushga qanday g’amxo’rlik qilishdi?
A)
Uni do’stlariga sovg’a qilishdi
B)
Qafasdagi daraxt shoxlarini qo’yishdi
C)
Uni erkinlikka qo’yib yuborishdi
D)
Unga qo’shiq aytib berishdi
4. Qushcha uyga o’rganganida keyin nima qildi?
A)
Uy ichida uchib yurdi
B)
Jozibali ovozda sayray boshladi
C)
O’yinchoq bilan o’ynadi
D)
Jim bo’ldi
5. Qushcha sayrashida qanday hikmat borligini aytildi?
A)
Ular odamlarni quvontiradi va baxt ulashadi
B)
sayrash faqat kanareykalarga xos
C)
sayrash tinchlik, mehr-oqibat va barakani ifodalaydi
D)
u faqat baxtli bo’lsa sayraydi
6. Xosiyatxon qushchani qanday muhitda saqlash to‘g‘ri deb hisoblaydi?
A) Qafas ichida faqat yem bilan ta’minlab
B) Qush o‘zini erkin his qilishi uchun tabiiy muhitga mos sharoit yaratib
S) Uyni ichida qafasdan chiqarib yurish orqali
D) Qushchani mutlaqo qafassiz holda tashlab qo‘yish
7. Matnga ko‘ra, qushchani yangi muhitga o‘rgatish uchun qaysi yondashuv eng samarali
bo‘ldi?
A) Qushchani och qoldirib, tezroq o‘rganishga majbur qilish
B) Uni daraxtzor muhitiga moslashtirib, tabiiy sharoit yaratish
S) Qushchani qafasda ushlab, odamlarning ovoziga o‘rganishini kutish
D) Unga har kuni yangi o‘yinchoqlar berib, diqqatini chalg‘itish
8. Nega qushcha dastlab qafasda o‘zini noqulay his qildi?
A) Yangi muhit va begona odamlar sababli
B) Uning qafasi juda tor edi
S) Hidayotbonu unga qichqirganligi sababli
D) U oldin ham qafasda yashamaganligi sababli
9. Hidayotbonuning qushchani “chumchuq” deb o‘ylashiga nima sabab bo‘ldi?
A) U qushlarning farqlarini bilmas edi
B) Kanareykani hech qachon ko‘rmagan edi
67
S) Qushcha chumchuqqa o‘xshab sayragani uchun
D) Onasi unga noto‘g‘ri ma’lumot bergan
10. Matnda qanday xulosa berilgan?
A) Qushlarni o‘z uyida boqish yaxshi fikr emas
B) Hayvonlar va qushlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish lozim
S) Qushlar faqat och qolganda odamlarning e’tiborini tortadi
D) Qafasdagi qushlar hech qachon baxtli bo‘lmaydi
Xulosa
qilib aytganda PIRLS va TIMSS tadqiqotlari o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini
baholaydi va ta’lim tizimidagi ko’nikmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish uchun yo’l-
yo’riqlarini ko’rsatib beradi. Ikkala tadqiqot ham bugungi ta’lim sifatini yaxshilash, kelajak
avlodning bilimli va raqobatdosh bo’lishini ta’minlashda muhim vositalardan biridir.
References:
1.
Tag‘ayeva M. TIMSS xalqaro tadqiqotining mamlakatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021.
2.
Ibrohimova Z. Sayroqi qushcha. 4-sinf uchun O’qish kitobi. 2-qism. 2024 yil. 16-18 bet
3.
Babayeva M. Kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishda xalqaro baholash tizimining
ahamiyati va uning ta’lim samaradorligini oshirishda tutgan o‘rni. Toshkеnt davlat Pеdagogika
univеrsitеti. Ilmiy axborotlari ilmiy nazariy jurnali. 3-son, 2022 yil. В.146-154.
4.
Djumayev M, Asadova S. Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar PIRLS
misolida..Toshkent 13.03.2020.. PIRLS baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari
mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiya. C13.03.2020 pdf.
5.
O‘quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo‘ljallangan Axborotnoma-3 (umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinf, o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan topshiriqlar
to‘plami) Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi.
“Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining
matbaa bo‘limi”. Toshkent, 2021. – 6 b.