55
SHAXSLARARO KOMMUNIKATSIYAGA EMPATIYANING TA’SIRI
Alimirzayev Nodirbek Avazbek o‘g’li
TDTU “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining
assistent o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14855166
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada shaxslararo munosabat o’rnatishda empativlik xususiyatining ijobiy va
salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Yuqori empativlik darajasiga ega bo’lgan shaxslarda shaxslararo
munosabat o’rnatishda qiyinlikka duch kelishi va stressga beriluvchanlik oqibatida
salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
Shaxs, shaxslararo munosabat,
kommunikatsiya, empatiya, hissiyot, stress.
ABSTRACT
This article analyzes the positive and negative effects of empathy in establishing
interpersonal relationships. It has been found that individuals with high levels of empathy may
experience difficulties in forming interpersonal relationships and that their susceptibility to
stress negatively impacts their health.
Keywords:
Person, interpersonal relationship, communication, empathy, emotion, stress.
KIRISH
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda kommunikativ jarayonlar ham kengayib
bormoqda va bizning insonlar ham bu jarayonda bevosita va bilvosita ishtirok etmoqda. O‘zaro
axborat almashinuvi yoshlar ongiga qanday ta’sir etayotgani shaxslararo munosabatlarda ko‘zga
tashlanadi. Shaxslararo munosabat turli yosh davrlar o‘rtasida va turli ijtimoiy guruhlar (oila,
mahalla, maktab, oliy o‘quv yurlari, do‘stlar davrasi, rasmiy va norasmiy guruhlar) o‘rtasida
o‘zaro axborot almashinuvi tushuniladi. Bu esa muomila madaniyati muloqotga borib taqaladi.
Shunday ekan hozir zamon odamlari atrofgidagi insonlarga qanday muomila, odob-axloq bilan
ularni tushunib muloqotga kirishyapti. Bu albatta insonning ma’naviy kamolatiga bo‘gliq.
Ma’naviyatga bizga azalda juda kata e’tibor qaratib kelingan. Bunga yorqin misol tariqasida
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev: “Meni nazarimda, jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa,
uning joni va ruhi – manaviyatdir” deb aytib o‘tganlar.
1
Bunda shaxslararo kommunikativ
jarayonni o‘rganish dolzarb masala ekani bilishimiz mumkin. Biz aynan kommunikativ jarayonga
empatiyani ta’siri haqida maqolamizni davom ettiramiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Avvalo empatiya bu nima? Savoliga javob berib o‘tsak. "Empatiya" atamasi Edvard
Titchener tomonidan kiritilgan.
2
Empatiya bu- insonning o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga
qo‘yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilish. Bunda insonning
emotsional muammolariga yondashish tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va
kechinmalariga hamdard bo‘la olishdir.
3
Insonlarda empatiya darajasi turlicha rivojlangan
bo‘ladi. Bu esa muloqotga o‘zining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatishi mumkin. Empatiya
bo‘yicha ko‘p psixolog olimlar o‘z taqiqotlarini olib borishgan bulardan. E.P. Il’in o‘zinig
1
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’dirilgan ikkinchi nashr –T.: “Oʻzbekiston” nashiryoti,
2022. 250-b.
2
https://ru.wikipedia.org/wiki/эмпатия
3
Xaydarov F. I, Xalilova N. I. Umumiy psixologiya. –T. 2017. -320 b.
56
“empatiyaning muloqotga ta’sir” maqolasi L.P.Kalininskiy va boshqalar (1981) empatik
reaktsiyalarni ajratganda, ko‘p yo‘nalishli ehtiyojlar mezoni haqida emas, balki bunday reaktsiya
paytida o‘z menining hissiy ishtiroki darajasi haqida gapirish to‘g'riroq bo‘ladi, deb
hisoblaydilar. Ularning fikricha, empatiya ko‘proq individual xususiyatdir, chunki u asab
tizimining zaifligi kabi tipologik xususiyat bilan bog'liq va empatiya ijtimoiy ta'lim sharoitida
shakllanadigan shaxsiy xususiyatdir.
4
deb o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Mening fikrimcha ham
shunday fizologik tuzilish va tashqi muhit ta’siri ostida empatiya darajasi shakillanib boradi.
Yuqori darajadagi empatiyaga ega bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar haqida
A.P.Vasilkova
ta'kidlaganidek, empatiyaning yuqori darajasini ko‘rsatadiganlar yumshoqlik, xayrixohlik,
xushmuomalalik, emotsionallik bilan ajralib turadi, empatiyaning past darajasini
ko‘rsatadiganlar esa yopiq, o‘zgalar his tuyg’ularni his etmaydigan do‘stlik munosabatiga ega
emaslar.
J. Salzer va R. Burglass fikriga ko‘ra, empatiyaning eng yuqori darajasi bilan ajralib
turadigan shaxslar noxush hodisalar uchun odamlarni ayblash ehtimoli kamroq va ular uchun
maxsus jazolarni talab qilmaydi.
5
Mening fikrimcha empatiya darajasi yuqori shaxslar o‘zgalarni
his tuyg’ularni chuqur his etadilar va ularni ayiblarni bilib turib ham kechiruvchi va ularga ozor
berishdan ancha uzoq bo‘ladilar. Bu muloqot jarayoniga kirishga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Bazi insonlar Empatiya hamdard bo‘la olish qobiliyatini muloqotning samarali usuli deb
o‘ylashdi, ko‘pchilik bu qobiliyatni egallashga yoki uni farzandlarida rivojlantirishga intila
boshlaydi. Shuni yodda tutish kerakki, ko‘pincha bunday qobiliyatga ega bo‘lgan odamlar undan
maqsadli foydalanishni bilishmaydi. Psixikaning bunday xususiyati shaxsga og'ir azob-uqubatlar
keltirishi mumkin, chunki boshqa odamlarning salbiy his-tuyg'ularini engish uchun kuchli
xarakter va yetuk aql kerak. Shuning uchun, ushbu qobiliyatni rivojlantirishga qaror qilgandan
so‘ng, buni nafaqat ijobiy tomonlarini emas, balki salbiy tomoni bilan ham o‘ylab ko‘rish kerak.
E.P. Ilin o‘zinig “empatiyaning muloqotga ta’sir” maqolasida empatiya qobiliyatini ijobiy va
salbiy tomonlarini sanab o‘tadi.
Ijobiy tomonlari quyidagilar kiradi:
kasbiy rivojlanish uchun katta istiqbollar;
yaqinlarga samarali yordam ko‘rsatish;
his tug'ularni bilishda adashmaslik;
nizolardan qochish va ularni hal qilish qobiliyati.
Salbiy tomonlari orasida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
tez hissiy charchash;
tashvishga moyillik;
ruhiy kasalliklar rivojlanishining yuqori ehtimoli;
shaxslararo munosabatlar sohasida "bir tomonlama o‘yin" sxemasi bo‘yicha vaziyatlarni
shakllantirish mumkin;
boshqalar tomonidan o‘zaro munosabatning yetishmasligi bo‘lishi mumkin;
yuqori sezuvchanlik, bunday odamlar uchun axloqiy og'riqni keltirib chiqarishi oson
bo‘lishiga olib keladi va ularning o‘zlari bunga qarshi tura olmaydilar. Empatiya meyorida bo‘sla
juda samarali muloqot vositasidir; odamlar o‘rtasida, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqalarni
4
https://psyera.ru/empatiynost-i-ee-vliyanie-na-obshchenie_14399.htm
5
https://psyera.ru/empatiynost-i-ee-vliyanie-na-obshchenie_14399.htm
57
o‘rnatish va rivojlantirish, bu hayotda qo‘llash uchun muhimdir. Bunda sezgi kimgadir yordam
beradi va ba'zi odamlar hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zlarini boshqasining o‘rnida
tasavvur qilishni o‘rganishlari kerak.
XULOSA
Biz shaxslararo kommunikativ jarayonga empatiyaning ta’sirini o‘rganish davomida o‘z
xulosalarimizni chiqarib oldik. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish davomida empatiyaning shaxsda
rivojlanganilik darajalariga qarab muloqotga qanday ta’siri borligini tajribalar isbotida ko‘rib
chiqdik. Empatiya qobiliyati suhbatdoshning hissiy kechinmalariga o‘zini qo‘yish orqali
suhbatdoshga yaxshi hamdardlik bildira olish imkoni borligini bildirdi. Bu esa suhbatdoshni
tinglab va hamdardlik bildirib uning stressli holatini yengillashtirishga yordam berishini bilib
oldik. Ammo empatiya qobiliyati yuqori darajada rivojlangan shaxsda bu mexanizm salbiy
ta’sirlar ko‘rsatishini ham inobatga olishimiz lozim. Empatiyaning yuqori darajasida: tez hissiy
charchash, stressga beriluvchanlik, tashvishga moyillik, ruhiy kassalliklarni yuqori ehtimol bilan
rivojlanish ehtimolligi borligini ham inobatga olish maqsadga muvofiq.
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘dirilgan ikkinchi nashr –T.:
“Oʻzbekiston” nashiryoti, 2022. 250-b.
2.
Z.T.Nishanova, N.G’.Kamilova,D. U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarova. Rivojlanish psixologiyasi-
T.: 2017. 300-b.
3.
Xaydarov F. I, Xalilova N. I. Umumiy psixologiya. –T. 2017. -320 b.
4.
Глуханюк Н.С. Общая психология: пособие для студ.высш.учеб.заведений / Н.С.
Глуханюк, А.А. Печеркина, С.Л. Семенова.- М.: Издательский центр «Академия», 2009.-228
с.
5.
Yulchiyeva Z.N., Ruzmetova S.T. Engineering Psychology. ––T.: "Uzbekistan Publishers
National Society" 2023, 252 pages.
6.
https://ru.wikipedia.org/wiki/эмпатия
7.