Авторы

  • Maftunaxon G‘ulomova
    Qo‘qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.65810

Ключевые слова:

kontekst konstruktivizm konstektli o‘qitish kognitiv tadqiqotlar konstruktivistik yondashuv pedagog talaba muommoli ta’lim loyiha tajriba simulyatsiya refleksiya motivatsiya feedback.

Аннотация

Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari, mazmuni,  dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan. Ayniqsa kontekstual o‘qitish modeli zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismi ekanligi va  ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi vosita ekanligi ilmiy nuqtai nazardan ochib berilgan.


background image

20

KONTEKSTUAL O‘QITISH MODELLARI VA DIDAKTIK ELEMENTLARI

G‘ulomova Maftunaxon Ravshanbek qizi

gulomovamaftuna042@gmail.com

Qo‘qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14836725

Annotatsiya.

Maqolada pedagogik oliy ta’limda konstektual o‘qitish modellarining turlari,

mazmuni, dolzarbligi, didaktik elementlari va konstektual o‘qitish modellari to‘g‘risida xorijiy
olimlarning fikr va qarashlari o‘rin olgan. Ayniqsa kontekstual o‘qitish modeli zamonaviy
pedagogik jarayonning ajralmas qismi ekanligi va ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini
ta’minlovchi vosita ekanligi ilmiy nuqtai nazardan ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

kontekst, konstruktivizm, konstektli o‘qitish, kognitiv tadqiqotlar,

konstruktivistik yondashuv, pedagog, talaba, muommoli ta’lim, loyiha, tajriba, simulyatsiya,
refleksiya, motivatsiya, feedback.

KIRISH.

Bugungi globallashuv asrida Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarida

zamonaviy ko‘nikmalarni tarkib toptirish xususan, kundalik va kasbiy faoliyatida davomida
yangilik yaratish, yangi innovatsion g‘oyalar ishlab chiqish, turli kutilmagan vaziyatlarda samarali
yo‘nalishni tanlash va oqilona qaror qabul qilish muhim sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida “tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar
tayyorlash; oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida
pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha sharoitlar
yaratish; yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va
baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari
samaradorligini oshirish”

1

kabilar pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor

yo‘nalishlari etib belgilangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligidagi “Butun jahon ta’lim muommolari”

Forumining 2030-yilgacha qabul qilingan ta’lim konsepsiyasida “ta’lim-tarbiya - taraqqiyotning
asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetaklovchi muhim
faoliyat”

2

ekanligi dolzarb vazifa etib belgilangan. Demakki taraqqiyotning rivojlanishini asosini

ta’lim-tarbiya tashkil etganidek, ta’lim-tarbiya poydevorini yaratib, mustahkamlash pedagogik
oliy ta’limning ustuvor yo‘nalishidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

. Hozirgi kunda ta’lim tizimida pedagogik

yondashuvlar turlicha bo‘lib, ta’limni xalqaro standartlarga muvofiqligini taminlaydigan
yondashuvlardan biri ta’limga “kontekstual yondashuv” ya’ni kontekstual o‘qitish modellarini
qo‘llashdir.

Kontekstli o‘qitish kognitiv tadqiqotlarga asoslanadi, bunda tanqidiy fikrlash, izlanish va

muommolarni hal qilish kabi jarayonlar tegishli hayotiy, intelektual va ijtimoiy kontekstlarda

1

O

‘

zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4623-сон 27.02.2020. “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/docs/-4749364?ONDATE=13.06.2020

2

Incheon Declaration Education 2030: Towartis inclusive and equitable quality education andlifelong leaming for

all./http://uis.unesco.org/sites/default/files/.


background image

21

ifodalanadi.

3

Pedagog olimlar R.Driver va H.Asoko larning fikricha “konstektli o‘qitish –

konstruktivistik ta’lim yondashuvi bo‘lib, u yuqori kontekstli va talabalar uchun dolzarb bo‘lgan
bilimlarga qaratilgan”.

4

Konstruktivistik yondashuv o‘rganishni faol jarayon sifatida qaraydi va bunda o‘quvchilar

o‘zlarining oldingi bilimlari va tajribalariga asoslanib dunyo haqidagi tushunchalarini tasavvur
qiladilar.

5

O‘qitish va o‘rganish jarayonlarida konstektual omillarning ta’limdagi roli, o‘quvchilarning

amaliy tajribalari va o‘zgarishlariga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida Avstraliyalik olimlar
David Boud, Ruth Cohen va David Walker ilmiy ishlarida o‘rganilgan. Kontekstual o‘qitishning
raqamli muhitda qanday qo‘llanilishi, ta’limning zamonaviy yondashuvlari shuningdek
konstektual ta’lim va uning raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqligi haqida John D.Brown
“Teaching and Learning in the Digital Age” nomli kitobida muhokama qilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Kontekstual o‘qitish ta’lim oluvchiga o‘qish jarayonida hayotiy va

kasbiy vaziyatlarni model sifatida qo‘llashni talab qiladi. Talabalar ta’lim olish jarayonida amaliy
tajribalarni nazariy bilimlar bilan birlashtirib, ularni real sharoitlarda qanday qo‘llash
mumkinligini o‘rganadilar. Shu bois, ushbu yondashuvning asosiy jihati kontekstga moslashtirish.
Bu o‘quv materiali va ta’lim jarayoni talabalar uchun tanish bo‘lgan hayotiy sharoitlarga
moslashtirilib, ularga amaliy qiymat beriladi.

Kontekstual o‘qitish bir nechta didaktik modellarga asoslanadi. Ushbu modellar pedagogik

ta’limda qo‘llanilib, talabalarni nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirishga o‘rgatadi va ular
quyidagilar:

1.

Muammoli ta’lim modeli - ta’lim oluvchilarga ma’lumotni faqat o‘qish orqali emas, balki

muommolarni hal qilish asosida o‘rganishga yo‘naltiradigan pedagogik yondashuv bo‘lib, ilmiy
izlanishlar, mantiqiy va kreativ fikrlash orqali yechimlar ishlab chiqish kabi ko‘nikmalani
rivojlantiradi.

2.

Loyiha asosida o‘qitish modeli - talabalarga real hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan

qiyinchiliklar va muommolarga oid loyihalarni jalb qilish orqali bilim va ko‘nikmalarni
rivojlantirish imkoniyatini berish uchun mo‘ljallangan o‘quv yondashuvidir. Bak ta’lim instituti
olimlari Loyihaga asoslangan ta’lim uchun 7 ta muhim elementni aniqlagan: qiyin muommo yoki
savol, doimiy so‘rov, haqiqiylik, talabalar ovozi va tanlovi, refleksiya, tanqid va qayta ko‘rib
chiqish, jamoa mahsuloti bu elementlar “loyihaga asoslangan ta’limning oltin standarti” deyiladi.

6

Keltirilgan 7 ta element o‘zaro yaxshi birlashtirilsa ta’limda muvaffaqiyatga va ko‘zlangan natijaga
erishish mumkin.

3.

Tajriba o‘tkazish modeli - ilmiy tadqiqotlarni asosini tashkil etadi va nazariy g‘oyalarni

tasdiqlash yoki inkor etish uchun ishlatiladigan metodologik usuldir. Har qanday ilmiy g‘oyani
tajriba o‘tkazib tasdiqlangandan so‘ng gipoteza deb qabul qilinadi. Shundan so‘ng amaliyot yoki
foydalanish uchun tavsiya etiladi.

3

Ilhan, Nail et al. 2016. The Effect of Con text-based Chemical Equilibrium on Grade 11 Students' Learning, Motivation

and Contructivist Learning Environment. Interna tional Journal of Environment & Science Education, Vol. 11, No. 9.

4

Driver R., Asoko, H., Leach, J., Mortimer, E., & Scott, P.1994. Constructing scientific knowledge in the classroom.

Educational Researcher, Vol. 23, No.7

5

Vygotskiy,L.S. Mind in society:;The development of higher psychological processes. Harvard University Press. 1978

6

Buck Institute for Education. (n.d.). Gold standard PBL: Essential project design elements. PBLWorks.(2015)

https://www.pblworks.org/blog/gold-standard-pbl-essential-project-design-elements


background image

22

4.

Simulyatsiya modeli - o‘quv jarayonida talabalrni real hayotdagi holatlar, jarayonlar yoki

muommolarni o‘rganish uchun sun’iy muhit (simulyatsiya)da takrorlash usuli hisoblanadi.
Simulyatsiya modelining turli hil shakllari mavjud bo‘lib, ular kompyuter simulyatsiyalari, rolli
o‘yinlar, virtuallar reallik (3D,4D) va boshqalardir.

Pedagogik oliy ta’limda kontekstual o‘qitish modellarini qo‘llashning didaktik tizimi - bu

ta’lim jarayonida nazariy bilimlar va amaliy tajribani integratsiyalash orqali talabalarni real
hayotiy vaziyatlarga tayyorlashga qaratilgan pedagogik yondashuv. Ushbu tizimni samarali
qo‘llash uchun bir nechta didaktik elementlar mavjud bo‘lib, ular kontekstual o‘qitish
modellarining asosini tashkil etadi:

Hayotiy vaziyatlar bilan bog‘lash. O‘qitish jarayonida talabalarga hayotiy vaziyatlar,

muommolar bilan bog‘liq misollar beriladi. Bu talabalarni egallagan yangi bilimlarini real hayotda
qo‘llashlariga imkoniyat yaratadi.

Faollik va interaktivlik: Talabalar faqat tinglovchi emas, faollik bilan yangi ma’lumotlarni

o‘zlashtiradilar. Bu guruhda ijodiy - tahliliy fikrlash metodlari orqali muommoli vaziyat yaratilib
hal qilinadi.

Kognitiv jarayonlar: talabalarni o‘zgacha fikrlashga, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga va

mustaqil qaror qabul qilishga undash. O‘qituvchi va talabalar o‘zaro muhokamada ishtirok
etadilar.

Kooperativ o‘qitish: talabalar bir-birlari bilan o‘zaro hamkorlikda, bilim va ko‘nikmlarini

tushuntirib o‘rgatadilar. Bu albatta jamoada ishlash, o‘zaro fikr almashish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.

Refleksiya: O‘quvchilar o‘rgangan bilimlaridan kelib chiqib , fikrlarini tahlil qilishadi. Bu

talabalarni tajriba bajarish, baholash va o‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini beradi.

O‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil o‘qish: Talabalar o‘z o‘qish jarayonlarini mustaqil holda

rejalashtirish va boshqarishni o‘rganadilar. Shu sababli talabalar o‘qish jarayonlarini o‘z
ehtiyojlariga qarab moslashtirishga erishadilar.

Motivatsiya yaratish: Ta’limning samarali bo‘lishida motivatsiyaning o‘rni beqiyos.

Talabalarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otadigan metod va usullarni qo‘llash, o‘qishning aniq
maqsadlarini belgilash va maqsadlarga erishish yo‘llarini ko‘rsatish o‘qishga bo‘lgan
motivatsiyani oshiradi.

Baholash va feedback: Bajarilgan ishlar natijlari haqida haqiqiy ma’lumot olish va rivojlanish

uchun konstruktiv fikrlar berish. Feedback pedagogning professional rivojlanishiga va
talabalarning o‘rganish borasida muhim ma’lumotlar egallashlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. O‘rinli
berilgan feedback rivojlanishning muhim omili hisoblanadi.

XULOSA.

Shunday qilib, Kontekstual o‘qitish modellarini pedagogik oliy ta’limda qo‘llash

talabalarning nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarga tatbiq qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga yordam beradi. Ushbu yondashuv talabalarda kasbiy faoliyatga tayyorlanish
jarayonini samarali tashkil etadi va ularni muammoli vaziyatlarni hal qilishga, mustaqil va ijodiy
fikrlashga undaydi. Kontekstual o‘qitish modeli zamonaviy pedagogik jarayonning ajralmas qismi
bo‘lib, ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi
bitiruvchilarining mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, pedagog kadrlarning
individual kasbiy rivojlanishini baholash va uning diagnostik ta’minotini takomillashtirish,
talabalarning kasbiy identitetligini rivojlantirish va mazkur vazifalarni amalga oshirishda oliy


background image

23

ta’lim tizimining funktsional vazifalarini halqaro va milliy talablardan kelib chiqqan holda tadqiq
qilib borish dolzarb masala sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai-nazardan ilg‘or xorijiy tajribalar
asosida ta’lim jarayonini internatsionalizatsiyalash, innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishda
konstektual o‘qitish modellarini qo‘llash samarali usul hisoblanadi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4623-сон 27.02.2020. “Pedagogik ta’lim

sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori. https://lex.uz/docs/-
4749364?ONDATE=13.06.2020
2.

Incheon Declaration Education 2030: Towartis inclusive and equitable quality education

andlifelong leaming for all./http://uis.unesco.org/sites/default/files/.
3.

Ilhan, Nail et al. 2016. The Effect of Con text-based Chemical Equilibrium on Grade 11

Students' Learning, Motivation and Contructivist Learning Environment. Interna tional Journal
of Environment & Science Education, Vol. 11, No. 9.
4.

Driver R., Asoko, H., Leach, J., Mortimer, E., & Scott, P.1994. Constructing scientific knowledge

in the classroom. Educational Researcher, Vol. 23, No.7
5.

Vygotskiy,L.S. Mind in society:;The development of higher psychological processes. Harvard

University Press. 1978.
6.

Buck Institute for Education. (n.d.). Gold standard PBL: Essential project design elements.

PBLWorks.(2015). https://www.pblworks.org/blog/gold-standard-pbl-essential-project-design-
elements

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4623-сон 27.02.2020. “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori. https://lex.uz/docs/-4749364?ONDATE=13.06.2020

Incheon Declaration Education 2030: Towartis inclusive and equitable quality education andlifelong leaming for all./http://uis.unesco.org/sites/default/files/.

Ilhan, Nail et al. 2016. The Effect of Con text-based Chemical Equilibrium on Grade 11 Students' Learning, Motivation and Contructivist Learning Environment. Interna tional Journal of Environment & Science Education, Vol. 11, No. 9.

Driver R., Asoko, H., Leach, J., Mortimer, E., & Scott, P.1994. Constructing scientific knowledge in the classroom. Educational Researcher, Vol. 23, No.7

Vygotskiy,L.S. Mind in society:;The development of higher psychological processes. Harvard University Press. 1978.

Buck Institute for Education. (n.d.). Gold standard PBL: Essential project design elements. PBLWorks.(2015). https://www.pblworks.org/blog/gold-standard-pbl-essential-project-design-elements