Авторы

  • Gulsanam Shononova
    Termiz iqtisodiy va servis unversiteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
  • Firuza Xayitova
    Ilmiy rahbar: Phd. Termiz iqtisodiy va servis unversiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.65811

Ключевые слова:

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ertak o‘qish metodikasi ko‘nikmalari dunyoqarash rivojlantirish badiiy asar axborot.

Аннотация

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish, ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqishini oshiradi. Ertaklar orqali o‘quvchilarga axborot berishning samarali usullarini ishlab chiqish muhimdir. Bu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ertak o‘qish metodikasini axborot orqali shakllantirishning asosiy usullari ko‘rib chiqiladi.


background image

16

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ERTAK O'QISH METODIKASINI

AXBOROT ORQALI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Shononova Gulsanam Shavkat qizi

Termiz iqtisodiy va servis unversiteti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Xayitova Firuza Abdullayevna

Ilmiy rahbar: Phd.

Termiz iqtisodiy va servis unversiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14836628

Annotatsiya:

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘qish metodikasini o‘rgatish,

ularni nafaqat o‘qish va tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, balki
dunyoqarashlarini kengaytiradi, til va adabiyotga qiziqishini oshiradi. Ertaklar orqali
o‘quvchilarga axborot berishning samarali usullarini ishlab chiqish muhimdir. Bu maqolada
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ertak o‘qish metodikasini axborot orqali shakllantirishning asosiy
usullari ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ertak o‘qish metodikasi, ko‘nikmalari,

dunyoqarash, rivojlantirish, badiiy asar, axborot.


Kirish:

Bugun dunyo turli jabhalarda turli sohalarda jadal rivojlanib bormoqda jumladan,

ta’lim sohasida ham keskin islohotlar olib borilmoqda. Yangi O’zbekistonimda ham ta’limga e’tibor
qaratish sifati yaxshilanmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: ‘‘Nafaqat
yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat,
yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat, va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish
bo’ladi. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va
yuksak madaniyat egasi bo’lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”.

Shunday ekan, yoshlar yurtimiz kelajagidir. Bu kelajaklarning esa poydevori mustahkam

bo’lishi kerak. Ular teran fikrlaydigan, o’z fikrini aniq tushuntira oladigan, puxta va epshil yoshlar
bo’lishi kerak. Bu fazilatlarni tarbiyalashda o’qituvchining o’rni beqiyosdir. Uni qanday qilib
tarbiyalash ham unga bog’liqdir. Jumladan, ertak o’qishga o’rgatish ham bolani tarbiyalsh usuliga
kirar ekan. Chunki har qanday kichik yoshdagi bolaning ruhiyatida ertak eshitishga moyillik bor.

Zero, Eynshteyn aytganidek: ‘‘Bolangiz yaxshi odam bo’lishini xohlasangiz, kitob o’qib

bering. Bolangiz yanada yaxshiroq odam bo’lishini istasangiz, yanada ko’proq kitob o’qib bering”.
Darhaqiqat, xalq og’zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlaridan biri ertaklardir.

“Ertak” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, ertak, “gapiradi” degan ma’noni anglatadi. Demak, bu

atama odatda o’ylab topilgan, ya’ni xayoliy aytib berish harakati bilan bog’liq. Ertak juda qadimgi
janr bo’lib, uni yozishdan oldin og’zaki an’analar orqali yetkazilgan. Xalq tomonidan yaratilgan
ko’plab ertaklarda bolalarning o’ziga xos hayoti chetlab o’tilmagan. Hatto turli yoshdagi bolalar
uchun juda ko’p maxsus ertaklar yaratilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, 2021-yildan boshlab Milliy
o’quv dasturigako’ra boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan “O‘qish” va “Ona tili” darslari
integratsiyalashtirilib, ta’lim amaliyotiga ,,Ona tili va o’qish savodxonligi” darslari joriy 1-4-sinflar
uchun shu nomdagi darsliklar chop qilindi. Bu darslikning asosiy maqsadi bolalarning yosh
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning og’zaki va yozma nutqi hamda tafakkurini o’stirish,
shaxs sifatida shakllantira borish, ularda bilim olishga qiziqishni o’stirish, faollik kabilarni
shakllantirish hisoblanadi.


background image

17

Tadqiqot metodologiyasi va tahlil natijalari.
1. Ertaklarning ta’limiy ahamiyati

Ertaklar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nafaqat qiziqarli bo‘lishi, balki ular tilni o‘rganish
masalalari ham hal qilinadi. Ertaklar yordamida o‘quvchilarda:

Yaxshilik va yomonlikni ajratish qobiliyati shakllanadi.

Ijtimoiy qadriyatlar, do‘stlik, adolat, haqiqat kabi tushunchalar tushuniladi.

Til boyligi va lug‘at asoslari rivojlanadi.

2. Axborot texnologiyalarini qo‘llash

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining rivojlanishi o‘quvchilarga ertaklarni o‘qish va
tushunishda yordam beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ertaklarni o‘qish jarayonini qiziqarli
va interaktiv qilish uchun turli xil axborot texnologiyalaridan foydalanish mumkin.

Elektron kitoblar va multimedialar:

O‘quvchilar uchun mo‘ljallangan interaktiv elektron

kitoblar va audiokitoblar yordamida ertaklarni o‘qish o‘quvchilarning diqqatini jalb qiladi, ularni
ertak mazmuniga chuqurroq kirishiga yordam beradi. Masalan, ertaklar bilan bog‘liq tasvirlar,
animatsiyalar va musiqalar o‘quvchilarni hikoyaning muhiti bilan tanishtiradi.

Komp’yuter dasturlari va ilovalar:

O‘quvchilarga ertaklarni o‘qishda qo‘llaniladigan

interaktiv dasturlar va mobil ilovalar yordamida turli xil mashqlarni bajarish mumkin. Masalan,
ertakdagi personajlar bilan bog‘liq turli o‘yinlar o‘quvchilarga hikoyaning asosiy g‘oyasini
tushunishda yordam beradi.

3. Didaktik materiallar yordamida ertak o‘qish

Didaktik materiallar yordamida o‘quvchilarga ertaklarni o‘qish va ular haqida fikr yuritish
ko‘nikmalarini o‘rgatish mumkin. Ertaklarni didaktik materiallar bilan ishlashning bir nechta
samarali usullari mavjud:

Vizuallar va kartalar:

Ertakdagi asosiy voqealarni tasvirlaydigan kartalar yoki slaydlar

o‘quvchilarga hikoyani yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Har bir sahna yoki voqea
uchun rasm yoki diagrammalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar ertakni vizual tarzda qabul qiladilar.

Ertaqni qayta tiklash:

O‘quvchilarga ertakni o‘qishdan so‘ng uni qisqacha hikoya qilib

berishni yoki personajlarning harakatlarini taqlid qilishni taklif qilish mumkin. Bu usul
o‘quvchilarning eslab qolish va tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

4. Interfaol usullarni qo‘llash

- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ertak o‘qish jarayonini

interfaol tarzda olib borish samarali natijalar beradi. Bu usulda o‘quvchilarga ertakning mazmuni
yoki qahramonlari haqida savollar beriladi, ular o‘z fikrlarini bildirishadi.
Masalan: 1-sinf “Ona tili va o’qish savodxonligi” darsligining “San’at va madaniyat” bo’limidagi
“Ertakdagi qahramon” mavzusi doirasida “Zumrad va Qimmat”, “To’g’rivoy va Egriboy”, “Uch
og’ayni botirlar” kabi o’zbek xalq ertaklari haqida ma’lumot beriladi hamda “Serkaboboning
hiylasi” ertagi o’rganiladi

Savol-javob sessiyalari:

Ertakni o‘qishdan so‘ng o‘quvchilarga turli savollar berish,

ularning fikrlarini so‘rash orqali o‘quvchilarda fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish
ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.

Rolli o‘yinlar:

O‘quvchilar ertakdagi asosiy qahramonlarning rollarini bajarishadi va

hikoyaning qanday rivojlanishini o‘zgartirishga harakat qilishadi. Bu usul o‘quvchilarning
mantiqiy fikrlashini va ijodkorlikni oshiradi.

5. Ertakni o‘qishdan oldin va keyin tahlil qilish


background image

18

Ertak o‘qishdan oldin, o‘quvchilarga ertak haqida umumiy ma’lumot berish, uning asosiy mavzusi
va qahramonlari bilan tanishtirish kerak. Bu o‘quvchilarning ertakni o‘qish jarayonida yaxshi
tushunishiga yordam beradi. Ertakni o‘qishdan so‘ng esa, o‘quvchilarga quyidagi savollarni berish
mumkin:

Ertakda qanday muammo yoki konflikt mavjud edi?

Qahramonlar qanday qarorlar qabul qilishdi?

Ertakning asosiy g‘oyasi nima edi?

Bunday tahlil o‘quvchilarning diqqatini va tushunishini rivojlantirishga yordam beradi.

Xulosa

. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga ertak o‘rgatish ularda:

1. O‘z muammosiga munosabatni o‘zgartirishga;
2. Muammoga yechim topishga;
3. Qo‘rquvlardan qutulishga;
4. Xatosini tushunishga;
5. Motivatsiya olishga undaydi.

O‘qituvchi ertak syujeti haqida gapirganda, bosh qahramonni tanlab uning hayotini

tasvirlashi, bosh qahramon hayotidagi muammoli holat haqida aytishi,qahramonning
muammoni yechishga harakat qilishi yoki majbur bo’lishi so’ng muammo hal bo’lgach qahramon
hislarini ham tasvirlab berishi kerak. Voqeani tinglagan o’quvchilar esa hayot haqida xulosa
chiqaradi, voqeadagi holat haqida fikrlar qiladi va qahramonlar hislari va kechinmalarini boshdan
o’tkazadi. Bu esa ularda psixologik jihatdan o’zini anglashga, atrof-muhit bilan munosabatni
yaxshilashga, qo’rquvlardan qutulishga, harakat qilishga yordam beradi. Boshlang‘ich sinflarda
ertak o‘qish metodikasini axborot texnologiyalari va interfaol usullar yordamida shakllantirish
o‘quvchilarning o‘qish, tahlil qilish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ertaklar
yordamida o‘quvchilarga nafaqat til va adabiyot asoslarini, balki axloqiy qadriyatlar va ijtimoiy
tushunchalarni o‘rgatish mumkin. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va innovatsion
metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi.

References:

1.

Yo`ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. –T.: Fan, 2008. –160b.

2.

Mamatova. G Boshlang`ich sinf o`quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish

metodikasi.–T.: Istiqlol, 2010. –55 b.
3.

Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –T.:O`qituvchi, 1996. –108b. 4.

Matchonov S., G`ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlag`ich sinflarda o`qish darslarini
pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.–T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2008. –224 b.
4.

Matchonov S. va b. O`qish kitobi (4-sinf uchun darslik) -T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2020. –

266 b. O`zbek maktablarida ona tili o`qitish kontseptsiyasi. –T.: O`zPFITI,1993.– 21b.
5.

Toshpo‘latova, N. (2023). BOSHLANG 'ICH SINFLARDA O 'QUVCHILAR ILMIY

DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA SINFDAN TOSHQARI ISHLARNI TOSHKIL ETISH
TURLARI.

Pedagogika fanlarining shakllanishida nazariy jihatlar

,

2

(8), 77-83.

6.

Toshpulatova, N. (2023). PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE USE OF THE SPIRITUAL

HERITAGE OF EASTERN SCIENTISTS IN THE ORIENTATION OF STUDENTS TO THE
PROFESSION.

Science and innovation

,

2

(B4), 273-278.

7.

Eshboeva, S. K. Q. (2021). Use of people's oral creativity in the formation of ecological


background image

19

concepts of primary school students on a creative basis. Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences, 1(10), 763-769. 9. Eshboyeva, S. (2022). Didactic
possibilities of creative approach in forming ecological concepts in primary class students.
Conferencea, 200-205.
8.

The importance of riddles in the development of students creativity in the learning process

ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021
9.

BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA

KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … : Innovative, educational, natural
and social sciences, 2021
10.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative

research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil
182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.
11.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF

PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”,

IEJRD

- International Multidisciplinary Journal

, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.

Библиографические ссылки

Yo`ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. –T.: Fan, 2008. –160b.

Mamatova. G Boshlang`ich sinf o`quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi.–T.: Istiqlol, 2010. –55 b.

Matjonov S. Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –T.:O`qituvchi, 1996. –108b. 4. Matchonov S., G`ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlag`ich sinflarda o`qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish.–T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2008. –224 b.

Matchonov S. va b. O`qish kitobi (4-sinf uchun darslik) -T.: Yangiyo`l poligraf servis, 2020. – 266 b. O`zbek maktablarida ona tili o`qitish kontseptsiyasi. –T.: O`zPFITI,1993.– 21b.

Toshpo‘latova, N. (2023). BOSHLANG 'ICH SINFLARDA O 'QUVCHILAR ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA SINFDAN TOSHQARI ISHLARNI TOSHKIL ETISH TURLARI. Pedagogika fanlarining shakllanishida nazariy jihatlar , 2 (8), 77-83.

Toshpulatova, N. (2023). PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF THE USE OF THE SPIRITUAL HERITAGE OF EASTERN SCIENTISTS IN THE ORIENTATION OF STUDENTS TO THE PROFESSION. Science and innovation, 2(B4), 273-278.

Eshboeva, S. K. Q. (2021). Use of people's oral creativity in the formation of ecological concepts of primary school students on a creative basis. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 763-769. 9. Eshboyeva, S. (2022). Didactic possibilities of creative approach in forming ecological concepts in primary class students. Conferencea, 200-205.

The importance of riddles in the development of students creativity in the learning process ZMS Qizi - Asian Journal Of Multidimensional Research, 2021

BOSHLANGICH SINF OQUVCHLARINING LUGATLAR BILAN ISHLASH JARAYONIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH MSQ Ziyaqulova, HIQ Raxmatova - … : Innovative, educational, natural and social sciences, 2021

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘Problems and solutions of scientific and innovative research’’ ‘‘Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi’’- 2024- yil 182-1187-betlar Volume 01. ISSUE 07 universalconference.us.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.