Авторы

  • Abdulla Bayeshanov
    Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.68190

Аннотация

Xalqimizning tarbiya borasidagi yetuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida yoshlarning bilim va manaviyatini yanada oshirish, ularning ham ma’nan ham jismonan sog‘lom dunyoqarashga ega bo‘lishlari uchun yetarli tarzda sharoitlarni ta’minlashdir. Ayniqsa keyingi yillarda yoshlar dunyoqarashini shakllantish uchun badiiy adabiyotning ta’sirchan kuchidan ijobiy foydalanish ancha samarali bo‘lmoqda.


background image

99

BADIIY ADABIYOT-MILLI G`OYANI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM OMILI

Bayeshanov Abdulla

Guliston davlat universiteti o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14905086

Xalqimizning tarbiya borasidagi yetuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy

qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolaveradi. Hozirgi kunda
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri sifatida yoshlarning
bilim va manaviyatini yanada oshirish, ularning ham ma’nan ham jismonan sog‘lom
dunyoqarashga ega bo‘lishlari uchun yetarli tarzda sharoitlarni ta’minlashdir. Ayniqsa keyingi
yillarda yoshlar dunyoqarashini shakllantish uchun badiiy adabiyotning ta’sirchan kuchidan ijobiy
foydalanish ancha samarali bo‘lmoqda.

O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharofiddinov aytganlaridek: “Men bir narsaga hayron

bo‘laveraman, qachon qaramang, to‘rtta odam yig‘ilsa farzand tarbiyasining og‘irligi, ularni odam
qilishning azobligi to‘g‘risidagi hasratga duch kelamiz. O‘-o‘-v birodarlar, buni eng oson, eng arzon,
eng samarali yo‘li-usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob o‘qishga o‘rgating, uning
ko‘nglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uyg‘oting, farzandlaringizga uch-to‘rt so‘mni
qizg‘anmay munazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq
biron ustozni topib bo‘ladimi? Axir kitoblarda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q-ku! Odamni odam qiladigan
jamiki kuch qudrat, hikmat, go‘zallik, aql va odob kitoblarida “Mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki,
bu buyuk nematdan, bebaho boylikdan bebahra bo‘lib ham odam bo‘lish mumkin deb
o‘ylasangiz?!”

Badiiy adabiyot azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, Vatanga muhabbat,

rostgo‘ylik va halollik, mehnatevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.

Mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik esa barkamol shaxs qiyofasida aks etuvchi sifatlarni

yanada boyitadi. Zero, ijtimoiy taraqqiyotning muayayn bosqichida tashkil etiladigan faoliyatning
ijobiy natijaga ega bo‘lishida ushbu ikki xislat asosiy mezonlar sifatida e’tirof etilmoqda.

Insoniyat tomonidan asrlar davomida qadrlanib kelinayotgan, ijobiy mazmun kasb etgan,

g‘oya, qarash va nazariyalarning amaliy faoliyatini tashkil etishda yetakchi tamoyillar sifatida
e’tirof eta oluvchi, o‘y-fikrlari, maqsadi va xatti-harakatlarining salbiy xususiyatlardan holi
bo‘lishiga erisha oladigan shaxsgina komillik darajasiga ko‘tarila oladi.

Mustaqillik bizga o‘tmishdagi boy ma’naviy merosimiz durdonalarini haqiqiy, ilmiy ma’noda

o‘rganish baxtiga musharraf etdi.

Badiiy adabiyot insondagi xush xulq-atvor pokiza, adolatli sa’i-xarakatlarni xalqdan

ajralmasdan, avval o‘zida paydo qilish orqali komillik darajasiga yetishishni, so‘ngra esa
boshqalarni ham halollik, mehr-muruvvat, ezgulik, adolatlilikka chaqirishga da’vat etadi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyat sohasidagi fundamental asarlari bo‘lmish

“Yuksak ma’naviyat–yengilmas kuch” asarida badiiiy adabiyot mavzusiga to‘xtalib: “Insonni, uning
ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy
adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining
muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta” [1]

Badiiy adabiyot inson ma’naviyati va e’tiqodini shakllantiruvchi vositadir. Chunki badiiy

asarlarning qahramonlari timsolida muayyan millatga mansub eng ezgu va go‘zal fazilatlar aks
ettiriladi. Buning ustiga, millatning ijobiy sifatlari shunchaki aytib qo‘yilmaydi, balki kishining
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadigan, uni loqayd holdan chiqarib yuboradigan tarzda aks ettiriladi.


background image

100

Badiiy adabiyot insonning tafakkuriga qalbi orqali ta’sir ko‘rsatadi va aqli bilan anglaganlarini
uning tabiyatiga singdirib yuborishga xizmat qiladi. Ya’ni adabiyot kishining xarakter
xususiyatlarini shakllantirishda, uning tuyg‘ular tizimini qaror topdirishda qator avzalliklarga ega
bo‘lgani uchun ham shaxs estetik tarbiyasini shakllantirishida katta samara berishi tabiiydir. Turli
davrlarda, turli ijodkorlar tamonidan yaratilgan matnlarni o‘qish jarayonida insonda,
yoshlarimizda iftixor, g‘urur tuyg‘usi paydo bo‘ladi, u yoki bu hayotiy hodisaga o‘z nuqtaiy nazari
bilan qaray boshlaydi, nimanidir yoqlab, nimanidir inkor etadi, qaysi bir adabiy qahramonga
o‘xshagisi kelsa, o‘zgasidan nafratlanadi. Shu bois badiiy adabiyot shaxs estetik tarbiyasida eng
avvalo so‘z va ruhiyat sanati bo‘lib xisoblanadi. U inson ruhiyatiga nihoyatda nozik tovlanish va
ohanglarni ilg‘ashga, ularni aks ettirishga intiladi. Eng yuksak pag‘onalarga chiqa oladigan badiiy
adabiyot na’munalari insoniyatini to‘lqinlantiradigan, hayajonga soladigan, o‘y fikrlar,
kechinmalar, orzu umidlarni ifodalaydi.

Badiiy adabiyotning falsafiy axloqiy-estetik g‘oyalari milliy istiqlol mafkurasi uchun negiz,

poydevor bo‘lganligi uchun uni tadqiq etish dolzarb masaladir. Shuning uchun ham bugungi kunda
badiiy adabiyotning falsafiy, axloqiy-estetik qirralarini o‘rganish fan, maorif, ma’naviy ijtimoiy
sohalarga olib kirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Inson ma’naviy olamni his-tuyg‘ulari, aql idroki va iroda ixtiyori yordamida o‘zlashtirib

boradi. Shaxs his-tuyg‘ularini shakllantirish va tarbiyalash, go‘zallikka nisbatan mehr uyg‘otish
bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan.[2]

Tarixiy tajribamiz shuni ko`rsatmoqdaki, aniq maqsadni ko`zlagan, ishonchli g‘oya bilan

qurollangan xalqgina jahon siyosiy maydonida o`z o`rniga ega bo`la oladi.Milliy g`oyamizni
yoshlar ongiga singdirishda badiiy adabiyot bizning asosiy qurollarimizdan biri bo`lishi
lozim.Chunki:

Birinchidan, badiiy adabiyot milliy g‘oyamizning badiiy, ma’naviy ildizidir. Badiiy adabiyot

mustaqil O‘zbekistonda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, o‘zaro hamkorlik va yosh
avlodni tarbiyalashda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qila oladi;

Ikkinchidan, badiiy adabiyotdagi go‘zallikni bilish, idrok etish inson badiiy estetik

tafakkurini o‘stiradi. Badiiy adabiyot namoyondalarining estetik qirralarini o‘rganish, baholash,
ibratli tomonlarini ko‘rsatish hozirgi davr shaxsini komil inson qilib shakllantirishda alohida o‘rin
egallaydi;

Uchinchidan, badiiy adabiyot bizni xalqdan ajralmasdan, insonning nafaqat jismoniy va ichki

ruhiy, ma’naviy dunyosini mukammal tarbiyasini qamraganligi bilan ham yuqori kamolot
darajasiga – ya’ni komil inson bo‘lishiga erishish uchun xizmat qiladi;

Xulosa o`rnida shuni ta’kidlash mumkinki, o‘zining mohiyati bilan bunyodkorlikka undagan,

mehr-shafqat, odamiylik, vatanparvarlik, ezgulik ruhi bilan sug‘orilgan badiiy adabiyot, hozirgi
zamon kishisida ham shunday go‘zal xulqlarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

References:

1.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.:Ma’naviyat, 2009.

2.

Husanov B.E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go`zallikning namoyon bo`lish xususiyatlari.

Falsafa fanlari nomzodi, diss. Avtoreferati. – Toshkent, 2002. 4 bet.
3.

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional

tahlili.

Общество и инновации

,

2

(11/S), 273-279.


background image

101

4.

Karimova,

S.

(2022).

MAFKURAVIY

XAVFSIZLIKNI

TA’MINLASHDA

MILLIY

MEROSIMIZNING ORNI.

BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY

JURNALI

,

2

(1), 485-488.

5.

Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview of

Youth.

Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture

,

2

(5), 37-40.

6.

Bayeshanov, A. (2022). BADIIY ADABIYOT YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI

OMIL SIFATIDA.

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR

, 97-99.

7.

Bayeshanov, M. M. (2022). Only the heart can see the truth.

Eurasian Journal of Humanities

and Social Sciences

,

15

, 22-28.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.:Ma’naviyat, 2009.

Husanov B.E. Shaxs va jamiyat munosabatlarida go`zallikning namoyon bo`lish xususiyatlari. Falsafa fanlari nomzodi, diss. Avtoreferati. – Toshkent, 2002. 4 bet.

Каримова, С. (2021). Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning tarkibiy funksional tahlili. Общество и инновации, 2(11/S), 273-279.

Karimova, S. (2022). MAFKURAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA MILLIY MEROSIMIZNING ORNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 485-488.

Mustafayevich, B. A. (2021). Use of Fiction in the Formation of the Worldview of Youth. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(5), 37-40.

Bayeshanov, A. (2022). BADIIY ADABIYOT YOSHLAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA. TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR, 97-99.

Bayeshanov, M. M. (2022). Only the heart can see the truth. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 15, 22-28.