85
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING INGLIZ TILIDA YOZISH
KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH UCHUN TAVSIYALAR
Abduxalimova Sevaraxon Burxonjon qizi
(Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani
1-son agrotexnologiyalari texnikumi ingliz tili o'qituvchisi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14880753
Annotatsiya:
Ushbu maqola maktablarda, boshlang’ich sinflarda yosh bolalar bilan ishlash,
ularga ingliz tilida yaxshiroq ta’lim olishlari uchun, xususan, chet tilida yozish ko’nikmalarini
mukammalroq o’zlashtirishlari uchun zarur bo’lgan o’qitish usullari va zamonaviy yondashuv
keng muhokama qilingan.
Kalit so’zlar:
Yozma nutq, Grammatik bilim, rasmli ko’rgazmalar, sevimli mavzu, ibora, so’z
boyligi.
Bugungi jadal rivojlanayotgan mustaqil yurtimizda barcha sohalar singari ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, rivojlantirish, o’sib kelayotgan ertamiz egalari-yosh avlodn har tomonlama
barkamol, ma’nan va jismonan yetuk qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasida ko’tarilganligi
barchamizga sir emas.Shu o’rinda yoshlarga butun dunyoda o’z bilim salohiyatlarini ko’rsatishlari,
mustaqil O’zbekiston farzandlari hatto eng rivojlangan davlar yoshlari bilan ham har sohada
raqobat qila olishlari uchun bugun yurtimizda yetarli shart-sharoitlar mavjuddir. Yoshlar uchun
dunyo sahnalariga keng yo’l ochib berish maqsadida deyarli har kuni ko’plab yangi qaror,
farmoyish va turli dasturlar ishlab chiqilmoqda. Yuqoridagi fikrlar dalili sifatida shuni aytish
mumkinki, birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2012-yil 10-dekabrda ,,Chet
tillarini o’rgatish tizimini yanada takomillashtirish to’grisida”gi qarorlari ishlab chiqildi. Aynan
manashu qaror ham yoshlarga kelajakning yana bir yorqin eshigini ochdi desak mubolag’a
bo’lmaydi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz bo’ylab ta'lim
muassasalarida chet tillarini, jumladan, ingliz tilini yanada chuqurroq o’rgatish chora–tadbirlari
ishlab chiqilmoqda. Chindan ham dono xalqimiz: Agar sen bitta tilni bilsang, sen bitta odamsan va
yoxud 2 yoki undan ko’p tillarda muloqot qila olsang bilginki, sen ana shuncha odamsan”deb
bekorga aytishmagan. Darhaqiqat, bugungi kunda ingliz tili kabi butun dunyoda tan olingan
dunyoviy tilni bilish bizga juda ko’p imkoniyatlar taqdim etadi. Qolaversa, bu-bugunning ya’ni
ulkan globallashuv va jadal rivojlanish jarayoni ro’y berayotgan texnika asrining talabidir. Bugun
til o’rganmoqchi bo’lgan inson shu tilga oid online, offline dars mashg’ulotlarini, maslahat va hatto
treyninglarni internet tarmog’i orqali topishi mumkin. Ammo oldimizda turgan yana yechilishi
lozim bo’lgan masala bu- yosh bolalarga ingliz tilini har tomonlama mukammal, tez va samarali
o’rgatishga qaratilgandir. Bilamizki, ingliz tilining tinglab tushunish, o’qib tushunish, og’zaki nutq
ko’nikmalari va yozma nutq ko’nikmalari kabi to’rtta asosiy ko’nikmalari mavjud bo’lib, bularning
har biri o’rganuvchidan alohida kuch, salohiyat, mas’uliyat va harakat talab etadi.
Ayni paytda ingliz tilining “yozma nutq ko’nikmalari” ga to’xtaladigan bo’lsak, o’quvchida bu
ko’nikmani shakllantirish til o’rganish jarayonidagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Negaki,
bu ko’nikma o’quvchi haqida, uning umumiy bilimi, chet tilidagi salohiyatini namoyon etishda
katta omil bo’lishi mumkin. Aniqroq aytadigan bo’lsak, ingliz tilining tinglab tushunish, o’qib
tushunish kabi ko’nikmalarida o’quvchidan asosan so’z boyligi talab etiladi va aksincha o’quvchi
o’z yozish ko’nikmalarini namoyish etish uchun esa undan nafaqat so’z boyligining mukammalligi,
qolaversa grammatik bilim va keng tasavvur kerak bo’ladi. Bugun ta’lim muassasalarida
boshlang’ich sinflarning dars jarayonlarini mukammal, qiziqarli, barcha talablarga mos keladigan
86
darajada tashkillash juda muhimdir. Uning tashkillanishi haqida so’z ketganda esa dastavval shuni
aytish joizki, bolalar bilan ishlayotganimizda biz ularning yoshi, ruhiy dunyosi, tasavvur va
fikrlarini inobatga olishimiz kerak ya’ni bolalar ustozlari bergan topshiriq bilan ishlashayotganda
berilgan topshiriq yoki tanlangan mavzu yuqoridagi talablarga javob bera olishi va o’quvchilarni
darsdan chalg’itmasligi va qiziqishlarini so’ndirmasligi ham joizdir. Shu maqsadda yana bir usul
qo’llanishi mumkin.
Masalan, o’quvchilarga biron mavzuda hikoya, ertak yoki bayon yozish topshirig’i beriladi.
Bu jarayonda o’quvchilar qaysidir ma’noda o’zlarida bosim his qilishlari mumkin. Shuning uchun
yosh bolalarga yozish mahoratini samaraliroq o’rgatish maqsadida yoziladigan matn uchun
kerakli mavzuni tanlashni ularning o’zlariga qo’yib bergan ma’qul. Bu usul ularga dars
topshiriqlarini bajarish jarayonida o’zlarini erkin his qilishlari, sevimli narsalari haqida o’ylab, bor
mahoratlarini ishga solishlariga imkon beradi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yosh bolalar quyidagi
mavzularda ijod qilishni, suhbatlashishni yoqtirishar ekan:
Mening sevimli qahramonim.
Men yoqtirgan o’yinchoq.
Mening oilam.
Sevimli uy hayvonim.
Mening do’stim.
Men kelajakda … bo’lmoqchiman.
Yuqoridagi ma’lumolardan bilish mumkinki, bolalarni o’qitish jarayonida shu kabi
mavzulardan foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkin. Yana bir e’tibor berilishi kerak bo’lgan
jihat - bolalarni dars jarayonida yolg’izlatmaslik ya’ni ularga biron topshiriq berib, butunlay o’z
hollariga tashlab qo’ymaslik lozim. Ularga berilgan mashqni bajarishlari uchun ko’rsatmalar
berish joiz. Masalan:
1. Biron mavzu tanlanadi va o’quvchilar shu mavzu tog’risida hikoya yozishlari kerak
.
Bunda ularga ko’rsatma berish, nimalar haqida yozishlari mumkinligi borasida tasavvur ulashish
maqsadida oldindan tayyorlab qo’yilgan ko’rgazmali rasmlarni tarqatma holida berish yoki
barchaning oldida namoyish qilish yaxshi natija beradi. Bu suratlar yana ham qiziq va e’tiborni
jalb etadigan qilish uchun uni turli jurnal yoki gazetalardan qirqib yasash mumkin.
2. Bolalarga mavzuga daxldor biron rolik namoyish etish yoki boshqa bir hikoya so’zlab
bersa ham bo’ladi.
3. Jarayonni o’quvchilar bilan birga tashkillash.
Buning uchun taqdim etilgan mavzu
yuzasidan avval bolalarning o’zlari fikr bildirishadi. Bahs yuritish ham mumkin. Bu usul bolalarga
bir-birlarining fikrlarini o’rganishlari, tahlil qilishlariga, o’qituvchiga esa keltirilgan fikrlar
bo’yicha xulosa qilib o’quvchilari uchun zarur bo’lgan maslahat va ko’rsatmalar berishiga imkon
yaratadi. Darsning yakuniy bosqichi ham mas’uliyat bilan yondashish kerak bo’lgan jarayon
hisoblanadi. Bunda e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihat bolalarning qilgan mehnati, qiziqishi,
ishtiroki va iqtidorini munosib rag’batlantira olishdir.
Chunki, bu- ularning kelgusi sa’y-harakatlariga ijobiy turtki bo’lishi mumkin. Masalan: dars
yakunida barcha hikoyalar tinglangandan so’ng, bolalarga eng qiziqarli va to’g’ri yozilgan hikoyani
tanlab olish topshirig’i beriladi. Keyingi qadam esa bu hikoya mualliflarini taqdirlashdir.
Shuningdek, dars yakunida bolalarga turli diqqatni jalb qiluvchi rangli qog’ozlarga yozilgan yozish
ko’nikmalarini rivojantirish uchun maslahat, qonun-qoidalar, ibora va so’z birikmalari taqdim
etish mumkin.
87
References:
1.
Jamol Jalolov. ,,Chet til o’qitish metodikasi” Toshkent ,,O’qituvchi” 2012.
2.
www.ziyonet.uz
3.
https://www.lex.uz