Hozirgi kunda uzluksiz ta’limning muammolari jadal bartaraf etish usullarini talab etmoqda. Ushbu muammolar keng qamrovli bo‘lib, talabalardan tortib professor-o‘qituvchilargacha, sharoitlardan tortib yangi o‘quv tizimlarigacha kirib kelib ulgurdi. Keng ko‘lamda olib borilayotgan tizimli islohotlar o‘laroq, ayni kunlarda oliy ta’lim sifatini boshqarishning samarali yo‘lga qo‘yilishi qator ta’limiy-tarbiyaviy muammolarga yechim bo‘lmoqda. Jumladan, mazkur maqolada ham, aynan, ta’limmni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim sifatini boshqarishning falsafiy shartlari haqida so‘ yuritiladi.