Авторы

  • F.F. Xalilov
    Alfraganus universiteti Pedagogika va psixologiyasi kafedrasi v/b dotsenti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
  • Dildora Elamanova
    23-3-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.69390

Ключевые слова:

Samoviy harakatlar astronomiya ilmi nujum o‘rta asr fani astronomik kuzatish ilmiy meros konikma.

Аннотация

Mazkur maqola buyuk olim va astronom Ahmad al-Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asarining mazmuni va ilmiy ahamiyatini tahlil qiladi. Kitobda koinot, samoviy jismlar harakati, astronomik kuzatish usullari va qadimgi ilmiy an’analarning umumiy tahlili keltirilgan. Ushbu maqola orqali asarning o‘rta asr faniga qo‘shgan hissasi va zamonaviy astronomiya haqida batafsil fikrlar yoritib berilgan.


background image

17

“SAMOVIY HARAKATLAR VA UMUMIY ILMI NUJUM KITOBI” NING ILMIY

AHAMIYATI

F.F.Xalilov

Alfraganus universiteti

Pedagogika va psixologiyasi kafedrasi v/b dotsenti

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

Elamanova Dildora Sur’at qizi

23-3-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14928198

Annotatsiya:

Mazkur maqola buyuk olim va astronom Ahmad al-Farg‘oniyning “Samoviy

harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” asarining mazmuni va ilmiy ahamiyatini tahlil qiladi.
Kitobda koinot, samoviy jismlar harakati, astronomik kuzatish usullari va qadimgi ilmiy
an’analarning umumiy tahlili keltirilgan. Ushbu maqola orqali asarning o‘rta asr faniga qo‘shgan
hissasi va zamonaviy astronomiya haqida batafsil fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Samoviy harakatlar, astronomiya, ilmi nujum, o‘rta asr fani, astronomik

kuzatish, ilmiy meros, konikma.

Ahmad al-Fargʻoniy astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yoʻnalishlarda

faoliyat koʻrsatgan oʻzbek qomusiy olimi. Sharqda Al-Fargʻoniy, Yevropada Alfraganus taxalluslari
bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati toʻgʻrisida juda oz maʼlumotlar yetib kelgan.


Yozma manbalarda qayd etilishicha, Al-Fargʻoniy ilk oʻrta asr falakiyot, riyoziyot va

geografiya ilmlari yoʻnalishida bir qancha ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirgan. Uning asosiy
astronomik asari - „Kitob al-harakot as-samoviya va javomi ilm an-nujum’’. Uning „Astronomiya
asoslari haqidagi kitob“ asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida
astronomiya fani boʻyicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan, chunki bu kitob zamonasidagi
astronomiya haqidagi eng muhim va zarur boʻlgan bilimlarni oʻz ichiga olgan. Uning geografiyaga
oid boʻlimi Yer yuzidagi mamlakatlar va shaharlar haqidagi eng boshlangʻich va zaruriy bilimlarga
bagʻishlangan boʻlib, „Yerdagi maʼlum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi
hodisalar haqida“ deb ataladi. Asarda falakiyot va geografiya ilmlarining asosiy mazmuni,
vazifalari va qismlari tushunarli dalillar asosida sodda qilib bayon etiladi. Xususan, Yerning
dumaloqligi, bir xil osmon yoritqichlarining turli vaqtda koʻtarilishi, tutilishi va bu tutilishning har
bir joydan turlicha koʻrinishi, masofalar oʻzgarishi bilan ularning koʻrinishi oʻzgarishi haqida
qimmatli mulohazalar bildiriladi.

Umuman Al-Fargʻoniyning „Astronomiya asoslari haqidagi kitob“ asari oʻrta asr musulmon

Sharqi mamlakatlaridagi, soʻng Ispaniya orqali Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining
rivojini boshlab berdi. Qadimiy yunon ilmi, jumladan, astronomik ilmlar ham birinchi bor
arabchadan tarjima qilingan risolalar orqali maʼlum boʻldi.

Yevropa Uygʻonish davrining mashhur olimi Regiomontan XV asrda Avstriya va Italiya

universitetlarida astronomiyaga doir maʼruzalarini Al-Fargʻoniy asarlari asosida oʻqigan. Al-
Fargʻoniy nomi Dante va Shiller tomonidan tilga olinadi. Yevropa olimlaridan Dalamber,
Brokelman, X. Zuter, I. Yu. Krachkovskiy, A. P. Yushkevich, A. Rozenfeldlar Al-Fargʻoniyning ijodiga
va qoldirgan ilmiy merosiga yuqori baho bergan.

Ahmad al-Fargʻoniyning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish Oʻzbekistonda mustaqillikdan

keyin boshlandi. 1998-yil Al-Fargʻoniyning 1200-yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.


background image

18

Fargʻona shahrida Al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi va qadimiy Quva shahrida Al-
Fargʻoniy haykali oʻrnatildi. YUNESKO ning 1998-yildagi tadbirlari, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining „Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi
qarori 1997-yil 27-noyabrga koʻra alloma hayoti va ijodiga bagʻishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy
koʻrgazmalar oʻtkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar (dramaturg Hayitmat Rasulning
„Piri koinot“, Yoʻldosh Sulaymonning „Fargʻona farzandi“, Nurulloxon hoji Abdulloh oʻgʻli „Bashar
allomasi“) sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi.

Oydagi 20 kmli yirik kraterlardan biriga Ahmad al-Fargʻoniy nomi berilgan. Fargʻona

shahridagi maydon, koʻcha, maktablarning biriga Al-Fargʻoniy nomi berilgan.

Shuni aytish joizki, uning ilmiy ishlari ko‘plab fan sohalariga katta hissa qo‘shgan. “Samoviy

harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” Ahmad al-Fargʻoniy ning koinot, samoviy jismlar
harakati va astronomik kuzatishlarga bag‘ishlangan muhim asarlaridan biridir. Ushbu maqolada
kitobning mazmuni, metodologiyasi va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi.

Ahmad al-Fargʻoniy o‘z asarida yulduzlar, sayyoralar, Oy va Quyoshning harakati haqida

ilmiy tahlillarni keltirib o‘tadi. U o‘sha davrda mavjud bo‘lgan yunon, hind va arab astronomik
bilimlarini umumlashtirgan.

Ahmad al-Fargʻoniy turli astronomik hodisalarni kuzatish usullarini batafsil bayon qiladi. U

o‘sha davrdagi ilg‘or qurilmalar yordamida aniqlik bilan hisob-kitoblar olib borgan.

Ahmad al-Fargʻoniy ilmiy metodologiyani qo‘llab, kuzatuv va dalillarga asoslangan

yondashuvni qo‘llaydi. Bu esa uni o‘z davrining boshqa olimlaridan ajratib turadi.

,,Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum’’ astronomik kitob XII – XIII asrlarda Yevropada

lotin tiliga ikki marta, Yevropa davlatlari tillariga bir necha marotaba tarjima qilinib
universitetlarda astronomiyadan asosiy darslik sifatida qo‘llanilgan. 1669 yili mashhur Golland
matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-Farg‘oniy asari arabcha matnini qayta va yangilangan
lotincha tarjimasi bilan nashr ettirganidan so‘ng, al-Farg‘oniy shaxsiyati va uning asari Yevropada
shuhrat qozondi.

Ahmad Farg‘oniyning 1119-yilda yozilgan ushbu asari dunyoda yagona nusxa va u Turkiya

milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Ushbu kitobning lotinlashtirilgan nomi “Alfraganus” shaklida g‘arbda bir necha asr

davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Yevropa universitetlarida
astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi. “al-Farg‘oniy asarining lotincha tarjimasi birinchi
marta 1493-yilda nashr etilgan bo‘lib, u eng qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi.

Bundan tashqari, astronomiyaga oid quyidagi 8 ta asar mashhurdir:
1. "Kitob al-Harakat as-Samoviya va Javomi Ilm an-Nujum"
Bu asar o‘zbekchada: "Samoviy harakatlar va yulduzlar ilmining asoslari kitobi" al-

Fargʻoniyning eng mashhur asaridir. Unda Ptolemeyning geotsentrik tizimi asosida koinotning
tuzilishi, sayyoralar harakati va boshqa astronomik tushunchalar izohlangan.

2. "Kitob al-Madhal ila Ilm al-Hay'a"
Astronomiyaning asoslariga kirish kitobi bo‘lib, unda osmon jismlarining harakati va

ularning tuzilishiga oid bilimlar bayon etilgan.

3. "Kitob al-Taqvim"
Yil hisoblari va taqvim tizimlari haqida ma'lumot beradi. Bu asar vaqt va taqvim masalalarini

aniqroq aniqlashda muhim bo‘lgan.

4. "Zij al-Kabir"


background image

19

Bu astronomik jadvaldir. U osmon jismlarining koordinatalarini hisoblash va ulardan

foydalanish bo‘yicha qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

5. "Kitob al-Kusufa"
Quyosh va oy tutilishlarini o‘rganishga bag‘ishlangan asar.
6. "Kitob al-Kawakib as-Sobita"
Yulduzlar va ularning joylashuvi haqidagi tadqiqotlar bayon etilgan.
7. "Kitob al-Misaha"
Osmon jismlarining o‘lchamlari va masofalarini hisoblash haqida batafsil ma'lumot berilgan.
8. "Sharh al-Majisti"
Ptolemeyning "Almagest" asariga sharh. Unda osmon mexanikasi va harakatlarining ilmiy

tahlili keltirilgan.

Bu asarlar nafaqat musulmon olimlari orasida, balki Yevropa ilm-fanida ham katta ta'sirga

ega bo‘lib, o‘rta asr Yevropa universitetlarida o‘qitilgan.

Qo‘shimcha qilib aytganda, Fargʻonalik bu fozil zotning “Astronomiya asoslari” nomli shoh

asari oʻn ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgan edi.

Yevropada kitob nashr etish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, keyinchalik

Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning
naqadar yuksak ahamiyatga egaligini koʻrsatadi.

Inson tafakkurining bebaho mahsuli boʻlgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani

boʻyicha oʻziga xos qomus vazifasini oʻtagan.

Dunyoning eng nufuzli dorilfununlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.

“Al-Fargʻoniy jadvallari” asarining qoʻl yozmasi Hindistonda, “Oy Yerning ustida va ostida
boʻlganida vaqtni aniqlash risolasi”ning qoʻlyozmasi Qohirada saqlanmoqda. “Usturlob bilan amal
qilish haqidagi kitob”ni hind olimlari saqlab kelishmoqda.

“Yetti iqlim hisobi” asarining qoʻlyozmasi Germaniyada, “Usturlob yasash haqidagi kitob”

qoʻlyozmasining toʻrtta nusxasini Berlin va Parijdan topish mumkin. Uni 1919-yili Videman nemis
tilida nashr etgan. Ilmiy asarlar, odatda, adabiy asarlarga qaraganda tezroq eskiradi, hatto
zamonamizda yaratilgan ilmiy kitoblarning baʼzilari eskirib qolganligi sir emas.

Ular tarixiy-ilmiy qimmatga ega boʻlib qolishgan-u, lekin qayta nashr qilinishi taqozo

etilmaydi. Ammo Fargʻoniy kitoblari XII, XVI va XX asrlarda qayta-qayta chop etilgani, ularning
nihoyatda oʻlmas asarlar ekanligidan dalolat beradi. Ahmad al-Fargʻoniyning Yerning sharsimon
shaklga egaligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil oʻtib amalda isbotlagan mashhur
sayyoh Xristofor Kolumb Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Fargʻoniy
hisoblarining toʻgʻriligiga toʻla ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.

Geliotsentrizm nazariyasining paydo boʻlishidan ancha ilgari Fargʻoniy Yer eng kichik

yulduzdan ham kichikdir, degan fikr bilan maydonga chiqadi va buni Yer radiusining osmon
radiusiga qaraganda kichik ekani bilan izohlaydi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-
yili nashr qilingan “Selenografiya” kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz
– Ahmad al-Fargʻoniy va Mirzo Ulugʻbek nomi bilan ataladi. Fargʻoniy Yer yoyining qaysi uzunligi
1-darajaga toʻgʻri kelishini oʻlchab, bu miqdorni aniqladi va uni 360 ga koʻpaytirib, 40 ming 800
kilometrni hosil qildi. Yer meridianining hoz. zamon ilmiy asboblari yordamida oʻlchangan
uzunligi 40 ming 8 kilometr chamasidir. Oʻrtadagi xato nihoyatda kamligi bugungi kunga qadar
jahon ilm-fan ahlining Fargʻoniy dahosiga tasanno aytib kelishiga sabab, deyish mumkin.


background image

20

Qadimgi zamon va oʻrta asrlarda Quyosh hamda Oy yillari, shuningdek, musulmon

mamlakatlarida Shamsiy va Qamariy yil hisoblari, kabisa yilini chiqarish, yillar, eralar
boshlanishini belgilash masalalari faqat Quyosh, Oy va Yer harakatlaridagi oʻzaro tabiiy – ijtimoiy
hodisalar, chunonchi, paygʻambar va podsholar hayotidagi voqealarga ham bogʻliq boʻlgan. Ammo
bir sutka va bir yilda olamning charxpalak aylanishini raqamlar bilan ifodalashda yilni sutka bilan
ratsional, butun son yordamida oʻlchash hanuz muammoligicha qolmoqda.

Yer Quyosh atrofida 365 kun 6 soat 48 daqiqa 46 soniyada bir marta aylanib chiqsa, 6

soatdan har toʻrt yilda 1 kun chiqarib, bu kabisa yilni 366 kun deb osonlashtiriladi, lekin baribir
oʻsha 48 daqiqayu 46 soniya muammoligicha qolyapti. Bu masala Fargʻoniy zamonidan to
bugungacha ham ilm-fanda hali yechimini topmagan.

Umuman, taqvim muammosini ijobiy hal etish uchun BMTda maxsus komissiya bir necha

yildan beri ishlashiga qaramay, hali biror natijaga kelingani yoʻq. Samoviy jismlar harakatini
Nyuton va Laplas massa harakatining dinamikasi shaklida, Kepler geometrik-kinematik yoʻsinda
bayon etishgan boʻlsa, Fargʻoniy jadvallar tarzda izohlagan.

Azimutlar, yulduzlar, almukantaratlar, parallellar, radiuslar, ekliptika, sferik falakiyot va

sferik trigonometriya jadvallari shu jumladandir. Oʻsha vaqtlarda olam manzarasi kelgusida
qanday boʻlishi, yaʼni, Oy va Quyosh tutilishlarini oldindan aytib berishning yagona usuli mana shu
jadvallar edi.

Jadvalning fazilati uning jonli mushohadaga undovchi tabiatidir. Qonuniyatning yuqorida

tilga olingan shakllariga grafik, statistik, intuitiv, mantiqiy usullar ham qoʻshiladi. Shunday boʻlsa
ham Fargʻoniy kashf etgan qonuniyatning jadval usuli tobora rivojlanmoqda. Maʼlumki, osmon
gumbazida mavhum tarzda joylashtirilgan meridian, ekvator, ekliptika, azimut, koordinata oʻqlari
tizimlari, burchaklar, nuqtalarning proyeksiyalarini doira asbobga tushirish ancha qulaylik
tugʻdiradi.

Bu asbob nazariyasini ham Fargʻoniy kashf etdi. Gorizontal, ekvatorial va ekliptik koordinata

tizimlarini qabul qilish, ularni joylashtirish, sayyoralarning epitsikl deb ataluvchi chiziqlar
boʻyicha, ularning markazlari yer atrofida deferent nomli chiziqlar boʻyicha harakat qilishi
qoidalashtirildi. Alloma buning uchun sferik uchburchak trigonometriya yordamida sferik
falakiyotga va sferik geodeziyaga oʻtdi.

Kosinuslar va tangenslar sferik teoremalarini yaratdi. Fargʻoniy ilmiy asarlarining XII

asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinishi va butun Yevropaga tarqalishi Yevropa Uygʻonish davrining
ilmiy-ijtimoiy omillaridan biri boʻldi. Uning kashfiyotlarini jahonda tinmay oʻrganildi, kitoblaridan
falakiyot sohasida asosiy qoʻllanma sifatida foydalanildi. Ular yangi-yangi ilmiy kashfiyotlarga
sabab boʻldi.

Xulosa qilib aytkanda, “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” nafaqat O‘rta asr

ilm-fani rivojida, balki zamonaviy astronomiya va ilmiy metodologiya shakllanishida ham muhim
ahamiyatga ega. Beruniyning asarlari ilm-fan tarixining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, bugungi
kunda ham qadrli ilmiy meros sifatida o‘rganilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Abu Rayhon Beruniy. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (arab tilidan

tarjima qilingan). Toshkent: Fan nashriyoti, 1973.
2.

Abdurahmonov, M. Beruniyning ilmiy merosi. Toshkent: Sharq, 1998.


background image

21

3.

Rosenfeld, B. Central Asian Scientists and Their Contribution to Astronomy. Cambridge

University Press, 2000.
4.

Xorazmiy, M. O‘rta asr ilmiy merosi va zamonaviy fan. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

Ensiklopediyasi, 2010.
5.

Nasr, S. Islamic Science and Modern Astronomy. Oxford University Press, 2007.

Библиографические ссылки

Abu Rayhon Beruniy. “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” (arab tilidan tarjima qilingan). Toshkent: Fan nashriyoti, 1973.

Abdurahmonov, M. Beruniyning ilmiy merosi. Toshkent: Sharq, 1998.

Rosenfeld, B. Central Asian Scientists and Their Contribution to Astronomy. Cambridge University Press, 2000.

Xorazmiy, M. O‘rta asr ilmiy merosi va zamonaviy fan. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2010.

Nasr, S. Islamic Science and Modern Astronomy. Oxford University Press, 2007.