145
REFLEKSIVLIK VA SHAXS INTELLEKTUAL FAOLIYATI O‘RTASIDAGI
ALOQADORLIGI MASALASI
N.I.Xalilova
Alfraganus university “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professori,
psixologiya fanlari (DSc)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14915865
Annotatsiya:
Maqolada shaxs intellektual taraqqiyotini refleksivlik xususiyati bilan
bog‘liqligi masalasi ochib berilgan. Ayniqsa, shaxsda intellektual taraqqiyoti uning o‘zini o‘zi
anglashi, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish kabi refleksiv
jarayonlarning rivojlanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan olganda, shaxs
intellektual sohasiga doir bilimlarga ega bo‘lish ularning kelajak faoliyatlarini oqilona
rejalashtirishlariga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
intellekt, intellektual faoliyat, refleksiya, refleksivlik,
faollik, o‘zini o‘zi
boshqarish, intellektual samaradorlik, intellektual akt, qobiliyat, ta’limiy jarayon, intellektual
faoliyat.
ВОПРОС О ВЗАИМОСВЯЗИ МЕЖДУ РЕФЛЕКСИВНОСТЮ И
ИНТЕЛЛЕКТУАЛНОЙ АКТИВНОСТЮ ЛИЧНОСТИ
Н.И.Халилова
Профессор кафедры “Педагогика и психология” университета Алфраганус, доктор
психологических наук (DSс)
Аннотация.
В статье раскрывается вопрос о связи интеллектуального развития
личности с особенностью рефлексивности. В частности, интеллектуальное развитие
личности влияет на развитие таких рефлексивных процессов, как самосознание,
самооценка, самоконтроль и самоуправление. С этой точки зрения приобретение знаний в
интеллектуальной сфере личности помогает ей грамотно планировать свою будущую
деятельность.
Ключевые слова:
интеллект, интеллектуальная деятельность, рефлексия,
рефлексивность, активность, самоуправление, интеллектуальная работоспособность,
интеллектуальный акт, способность, учебный процесс, интеллектуальная деятельность.
THE QUESTION OF THE RELATIONSHIP BETWEEN REFLEXIVITY AND THE
INTELLECTUAL ACTIVITY OF THE INDIVIDUAL
N.I.Khalilova
Professor of the Department of pedagogy and psychology at Alfraganus university,
psychological sciences (DSc)
Annotation.
The article reveals the question of the relationship of intellectual development
of the individual with the feature of reflexivity. In particular, the intellectual development of an
individual influences the development of reflexive processes such as self-awareness, self-esteem,
self-control, and self-management. From this point of view, the acquisition of knowledge in the
intellectual field of an individual helps them to plan their future activities wisely.
Keywords:
intellect, intellectual activity, reflection, reflexivity, activity, self-management,
intellectual efficiency, intellectual act, ability, educational process, intellectual activity.
146
Refleksiya muammosi tahlili shuni ko‘rsatadiki, unga doir ishlanmalar juda ko‘p, uni
o‘rganish usullari ham turli-tumandir. Shu bilan birga o‘rganishning yondashuv, uslub va
strategiyalari ham bir-biridan farq qiladi. Ko‘p hollarda keng umumpsixologik tushunchalar
bo‘lmish «psixik jarayonlar», «psixik xususiyatlar», «psixik holatlar» va boshqalar refleksiya
kategoriyasiga munosabatiga ko‘ra to‘liq yoritilmay qolmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan refleksiyani o‘rganishdagi 3 xil tipdagi qiyinchiliklar (ayni paytda
mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari) A.V. Karpov [6] fikricha, o‘zaro bog‘langan va o‘zaro
taqozolangandir. Shuning uchun uni bartaraf etish usullari va muammoning keyingi
ishlanmalarida ushbu o‘zaro aloqadorlikni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Refleksiya haqidagi turli-tuman ko‘p sonli ma’lumotlarni sintezlash va umumlashtirish
psixologiyaning aniq ilmiy kategoriyalariga asoslanib amalga oshirilsa nisbatan konstruktiv
bo‘lishi mumkin. Agar mazkur kategoriyalar psixikaning barcha jihatlari yig‘indisini o‘z ichiga
qamrab olsa yanada samaraliroq bo‘lar edi.
Refleksiyani o‘rganish borasidagi izlanishlarning o‘ziga xosligi, nodirligi va mustaqilligi
ularni boshqa tadqiqotlardan ajratib turadi. Refleksiya muammosining bunday o‘zicha yetarliligi
an’anaviy tadqiqotlar, ya’ni psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik xususiyatlar nazariyasidan
tashqarida ham ko‘zga tashlanadi. Biroq shunday faktni e’tirof etish kerakki, aynan refleksiya
sintetik psixik reallik bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida ham jarayon, ham xususiyat, ham holatdir.
Tadqiqot yo‘nalishi va paradigmasiga bog‘liq bo‘lmagan holda intellektni mustaqil reallik
sifatida ajratishning asosiy mezoni uning xulq-atvorni boshqarishdagi vazifasidir. Intellektni
qobiliyat sifatida talqin etganda birinchi navbatda, uning inson hayotidagi adaptatsion
(moslashuvchanlik) ahamiyati inobatga olinadi. Intellektning qobiliyat sifatida namoyon bo‘lishi
universal adaptivlikda, individning muhit bilan «muvozanat»ga erishishida amalga oshiriladi. Har
qanday intellektual akt adaptatsiya davrida sub’ektdan faollik va uni amalga oshirishda o‘zini o‘zi
boshqarishni taqozo etadi. E.A.Golubevaning fikricha, faollik va o‘zini o‘zi boshqarish intellektual
samaradorlikning tayanch omili sanaladi. Intellektual xulq-atvorning mezoni esa tashqi muhitni
o‘zgartirish emas, balki individning adaptiv harakatlari uchun yangi imkoniyatlarni ochishidir [3].
Intellekt haqidagi zamonaviy tasavvurlar asosida umumiy qobiliyat sifatida intellektning
universalligi ya’ni, har qanday vazifa yechishdagi muvaffaqiyatga ta’siri g‘oyasi turli-tuman
intellekt modellarida o‘z taraqqiyotiga erishdi [3].
Shaxs intellektual faoliyatini inson bilish faoliyatining eng yuqori darajasi, ob’ektiv borliqni
aks ettirish jarayoni, deb tavsiflash mumkin. Bunday faoliyat yaxlitlikka ega bo‘lish bilan birga
vazifalarni bajarishda yaqqol ifodalanadigan individuallikda o‘z aksini topadi. Intellektual
faoliyatning erkin va mustaqil amalga oshirilishi shaxs aqliy taraqqiyotining muayyan darajasidan
dalolat beradi [1].
Kognitiv paradigma doirasida, ma’lum bir ijtimoiy-psixologik omillar ta’sirida vujudga
keladigan aqliy harakatlar orqali shaxs intellektual faoliyati amalga oshiriladi [2]. Ushbu
nazariyaga ko‘ra, shaxs ilmiy tushunchalarga ega bo‘lishi, o‘zining ilmiy bilish mantiqi vositasida
uni shaxsiy faoliyatida qayta ishlashi, mavhum fikrlashdan konkret fikrlarga o‘ta olishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, intellektual faoliyat nazariy bilishning mohiyati, yo‘li va mazmunini
qayta tiklashda namoyon bo‘ladi [2].
Shaxs intellektual faoliyat sub’ekti sifatida ta’limiy jarayonda ishtirok etadi, bilish
qobiliyatini hisobga olgan holda nazariy bilimlarni o‘zlashtirishni ko‘chiradi va asosiy psixik yangi
147
tuzilmalarni egallaydi. Bilimlarning o‘zigina emas, balki nazariy bilishning metod va mazmunini
modellashtirish va tuzish ham rivojlanadi.
Shaxs intellektual faoliyati shunchaki bilimlar tizimini emas, balki ob’ektlarning genetik
kelib chiqqan, nazariy xossa va munosabatlarini, ularning kelib chiqishi va qayta tuzilish sharoitini
tashkil etadi. Shaxs intellektual faoliyati (uning yo‘nalganligi, namoyon bo‘lish tabiati) intellektual
faoliyatni tashkil etish usuli sifatida tashqaridan berilgan.
Intellektual faollik rivojlanishining asosiy manbai shaxs intellektual faoliyati jarayonidir.
Shaxs ma’lum sharoitlarda olamni bilib boradi. V.V.Davidovning fikricha, nazariy tipda tashkil
etilgan shaxsning intellektual faoliyati aqliy taraqqiyot uchun eng qulay sharoiti bo‘lib uning
manbai u yoki bu ijtimoiy muhit hisoblanadi [4].
Shaxs intellektual faoliyatining mohiyatli tavsifi sifatida uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
differensiallashgan nisbatni ko‘rsatish mumkin. Intellektual faoliyat rivojlanishi atrof-olamning
ob’ektiv qonunlarini bilish va ta’limiy madaniyatning kengayishi bilan bog‘liq.
Shaxs intellektual faoliyatini strukturalash axborotni mushohada qilishning odatda qabul
qilingan chiziqli usulidan farq qilgan holda alohida fakt va hodisalardan empirik
umumlashtirishga tomon amalga oshiriladi. Mazmunli abstraksiya (mavhumlashtirish), analiz
(tahlil), rejalashtirish va refleksiya shaxs intellektual faoliyatini mazmun bilan to‘ldiradi, uning
jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Shaxs intellektual faoliyatini har qanday faoliyat (o‘yin,
mehnat, sport) tarkibiga kirgan o‘qish va o‘zlashtirish jarayoni bilan aynan bir narsa deb
tushunish mumkin emas.
Ko‘plab intellekt tadqiqotchilari intellekt va ijodkorlik tushunchalarini bir-biriga bog‘lab,
psixika tarkibidagi qobiliyatlarning tayanch tuzilmasida konvergent va divergent qobiliyatlarni
ajratib ko‘rsatishadi [5], [7]. Konvergent qobiliyatlar o‘zini axborotni qayta ishlash jarayoni
samaradorligida namoyon etadi. Ular individual intellektning adaptiv imkoniyatlarini ifodalaydi.
Konvergent qobiliyatlar intellektning uchta xossasi bilan tavsiflanadi:
1. Intellektning darajali xossasi aks ettirishning asosi sifatida verbal va noverbal bilish
jarayonlarining erishgan rivojlanish darajasini ifodalaydi.
2. Intellektning kombinator xossalari turli xildagi aloqa, munosabat va qonuniyatlarni
aniqlash qobiliyati bilan tavsiflanadi.
3. Intellektning jarayonli (protsessual) xossasi axborotni qayta ishlashning elementar
jarayonlari, intellektual faoliyatning operatsiya, usul va strategiyalarini ifodalaydi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, shaxsning intellektual faoliyati yaxlit va predmetli
mazmunga ega bo‘lib, tushunish va tahlil, intellektual faollik, mazmun va maqsad hosil qilish,
refleksivlik, kreativlik, ongli boshqarish, shaxsning moslashishi, o‘zini o‘zi boshqarish, lokus-
nazorat, ijtimoiy o‘zini o‘zi nazorat qilish jarayonida aks etadi. Shu bois, shaxsda refleksivlikning
rivojlanishini o‘rganish intellektual jarayonlar bilan bog‘liqligini tadqiq qilishni taqazo etadi.
Tadqiqotimizda refleksivlik va shaxsdagi bilish jarayonlari hamda intellektual salohiyat
o‘rtasidagi aloqadorlikni asoslashga harakat qilindi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Богоявленская Д.Б. Интеллектуальная активность как проблема творчества. – Ростов:
Изд-во Ростовского ун-та, 1983. – 173 с.
2.
Габай Т.В. Общая структура учебной деятельности. Дисс. … докт. психол. наук. –
148
Москва, 2001. – 315 с.
3.
Голубева
Э.
А.
Дифференциальный
подход
к
способностям
и
склонностям//Психологический журнал. 1989. Т. 10, №5. С. 13 - 24.
4.
Давыдов В.В. Содержание и структура учебной деятельности школьников //
Формирование учебной деятельности школьников. – М.: Педагогика, 1982. – С. 10-21
5.
Дружинин В. Н. Психология общих способностей. СПб.: Питер, 1999.
6.
Карпов А. В. Психологическая структура способности к управленческим решениям //
Звезды Ярославской психологии. Ярославль, 2000. С. 47-94.
7.
Столин В. В. Самосознание личности. М.: Изд-во МГУ, 1983