Авторы

  • Ruhshona Abdulahatova
    Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi
  • Mohigul Adhamova
    Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi
  • Mushtariy Abdusattorova
    Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.71223

Ключевые слова:

badiiy asar ruhiyat obyektiv g’oya subyektiv g’oya soxta g’oya uyg’unlik.

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy asarning muhim unsurlaridan bo’lgan mavzu va g’oya haqida so’z borgan. Mavzu va g’oyaning farqi, asarda nima uchun kerakligi, ularning turlari haqida ham ma’lumot berilgan.


background image

42

BADIIY ASARDA MAZMUN UNSURLARINING AHAMIYATI

Abdulahatova Ruhshona

Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi

Adhamova Mohigul

Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi

Abdusattorova Mushtariy

Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15011557

Annotatsiya.

Ushbu maqolada badiiy asarning muhim unsurlaridan bo’lgan mavzu va g’oya

haqida so’z borgan. Mavzu va g’oyaning farqi, asarda nima uchun kerakligi, ularning turlari haqida
ham ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar:

badiiy asar, ruhiyat, obyektiv g’oya, subyektiv g’oya, soxta g’oya, uyg’unlik.

АННОТАЦИЯ.

В данной статье говорится о теме и идее, которые являются важными

элементами художественного произведения. Также дано отличие темы от идеи, зачем она
нужна в работе, а также их виды.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

произведение искусства, психика, объективная идея,

субъективная идея, ложная идея, гармония.

Annotation.

This article talks about the theme and idea, which are important elements of

the artistic work. the difference between theme and idea, why it is needed in the work, and their
types are also given.

Keywords:

artistic work, psyche, objective idea, subjective idea, false idea, harmony.


Badiiy asar bu- insonning go’zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy- ruhiy faoliyatidir.

Yozuvchi asar yozar ekan shu asari ichida o’zi yashaydi. Badiiy asar yaratishda uning
kompozitsiyasi, mavzusi, g’oyasi yetakchi o’rinda turadi. Endi badiiy asarning g’oyasi va mavzusi
haqida batafsil to’xtalamiz. Shakl va mazmun kompotentlari ichidan mavzu va g’oya mazmunga
kiradi. Mavzu va g’oya bir- biridan ayri holda bo’lmaydi. Chunki mavzu g’oyaviy jihatdan
aniqlangan, g’oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan bo’ladi. Mavzu yunoncha so’zdan olingan
bo’lib, “narsa- buyum” degan ma’noni bildiradi. Biroq badiiy asar mavzusi unda qalamga olingan
voqea yoki narsa- buyumlar emas. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va maqsad uning
mavzusidir. Mavzu asarda berib o’tilgan hayotiy materiallardan iborat bo’ladi. Demak, mavzu bu
asarda ifodalanayotgan hayotiy voqeliklar hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mavzu asarning
mazmuniga qarab tanlanadi. Yozuvchi badiiy asar yozish uchun avvalo mavzu tanlaydi. Mavzuni
qanday tanlash har bir ijodkorning o’ziga bog’liq. Nega deganda, ba’zi ijodkorlar katta mavzu
tanlashadi, lekin uni to’laqonli yoritib bera olishmaydi. Ba’zi ijodkorlar kichik mavzu tanlashsa
ham, uni chiroyli qilib yetkazib bera olishadi. Har qanday asarning mavzusi uning g’oyasi asosida
ochiladi. G’oya – bu inson tafakkurida paydo bo’ladigan, odamlarni maqsadlari sari yetaklaydigan
fikr hisoblanadi. Asar taqdirini mavzu emas, uning g’oyaviy ochilishi hal qiladi. Insonlar
turmushidan kelib chiqgan, muhim masalalar ochilgan asarlar kitobxonda qiziqish orttiradi.
Shuning uchun ham yozuvchilar davr talabiga moslab mavzular tanlashadi. Bu asarning
o’qishliligini oshiradi. Asarda mavzu bittadan ortiq bo’lishi mumkin. Ayniqsa yirik epik asarlarda
bitta umumiy mavzudan tashqari xususiy mavzular ham bo’ladi. Kichik mavzuchalar asosiy
mavzuga bog’liq bo’ladi va asarni mazmunini ochishga yordam beradi. Asarning goyasi ma’lum bir
maqsadni yo’naltirishga qaratiladi. Har qaysi asarda siyosiy, axloqiy, falsafiy va shu singari boshqa


background image

43

g’oyalar ifodalangan bo’ladi. Demak g’oya asardagi turli voqealardan kelib chiqadigan xulosasidir.
Masalan Abdulla Qahhorning “O’tmishdan ertaklar” asarini olsak. Yozuvchi nega aynan bu asariga
shu nomni tanladi. Asarda qanday mavzuda so’z borgan, qanday g’oya yashiringanini bilish
o’quvchi uchun jumboqdek beriladi. O’quvchi asarni o’qib borar ekan bu jumboqlarga o’z bilim
salohiyatiga qarab javob topadi. “O’tmishdan ertaklar” asari Abdulla Qahhorning hayoti haqida
yozilgan asar hisoblanadi. Ushbu asarda o’sha davrdagi siyosiy tizim yorqin namoyon etilgan. Shu
bilan birga urush davridagi qiyinchiliklar, ish yo’qligi, sarson- sargardonlikda qolgan aholi
tasvirini ham ko’rishimiz mumkin. Bu asarning g’oyasi urush paytlaridagi insonlar hayoti,
turmush tarzini o’quvchiga yetkazish. Odamlar bir burda non uchun ertalabdan kechgacha
ishlashgani, qizlar o’zi xohlamasada ota-onasining qistovi bilan turmushga chiqishlari bularning
barchasini o’quvchiga singdirish uchun yozilgan. Ya’ni asosiy g’oya urush qoralangan. Biz shunday
yaxshi kunlarda yashayotganimizga shukr qilishimiz singdirilgan. Har qanday asarni to’liq o’qib
chiqsak, biz uning g’oyasini, nega aynan shu mavzu tanlanganini sezamiz. Mavzuni qay darajada
ochib berish harbir yozuvchining qalamining o’tkirligiga bog’liq. Hajmi katta asarlarda umumiy
bir mavzu doirasidan tashqari boshqa mavzular ham yoritiladi. Masalan, Said Ahmadning “Ufq”
trilogiyasini olishimiz mumkin. Bu asar ham hajman, ham mavzu ko’lami keng asar hisoblanadi.
Bu asarni o’qish jarayonida ko’p bilimga ega bo’lish mumkin. Badiiy asarning qimmati g’oyaning
haqqoniyligi chuqurligiga bog’liq. Shunga ko’ra g’oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta bo’ladi.
Soxta g’oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g’oyasiz qilib qo’yadi. Masalan, shunday
asarlar borki, asarda umumiy qilib olingan g’oya birdan yo’qoladi. Arzimagan sabablaqr orqali
bunday holat yuzaga kelishi soxta g’oya deyiladi. Masalan, M. Boboyevning “Rano” qissasini
olishimiz mumkin. Ushbu qissada ikki sevishganlarning hayoti keltirilgan. Ikki sevishgan qiz va
yigit ota-onasi ruhsat bermagani uchun bir-biridan ayrilib ketadi. Barcha orzu, maqsadlaridan voz
kechadi. Muallif bu bilan ota-ona orzusi uchun barcha narsadan voz kechgan insonlar haqida
aytmoqchi bo’ladi. Ammo, oxirida baribir orzulari amalga oshmas ekan sevishib nima qilar edilar
degan g’oya paydo bo’ladi. Bu qissaning g’oyasi soxta ekanligini ko’rsatib turibdi. Yozuvchi
voqealarni haqqoniy tasvirlashi mumkin ammo, uning o’z dunyoqarashidagi cheklanganlik
mantiqiy xulosaga to’g’ri kelmasa bu sub’ektiv g’oya ya’ni niyat deb ataladi. Bunda asosan asar
yozuvchining xohishiga ko’ra davom etadi. Obyektiv g’oyada esa muallif xohishidan tashqari
o’zo’zidan to’g’ri xulosa kelib chiqadi. Asarning asl qiymati ana shu bilan o’lchanadi. Dobrolyubov
shunday degan: “Muallifning nima demoqchiligi emas, nima degani muhim”. Ba’zan sub’ektiv va
obyektiv g’oyalar qarama –qarshi kelishi mumkin. Bunda yozuvchi xohishi bilan birgalikda o’z-
o’zidan kelib chiqgan g’oya keladi. 1Ikkalasi bir-biriga mos tushmay qolishi mumkin. Ana shundan
soxta g’oya kelib chiqadi. Yozuvchi asar yozar ekan har tomonlama mukammal o’ylashi, asarini
barcha sevib o’qishi uchun tinmay harakat qilishi kerak. Mavzu va g’oyani to’g’ri tanlay bilishi
kerak. Kitobxon asarning nomini o’qishi bilan unga qiziqsa, demak yozuvchi o’z ishini uddalagan
hisoblanadi. Asarda tanlangan 1 “Adabiyotshunoslik asoslari”. ham ko’p narsaga bog’liqdir.
Masalan, Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasini olsak. Hajmi jihatdan juda kichik, ammo
ma’nosi, mazmuni yirik asarlarga teng deb o’ylayman. Oddiy, urishqoq bir bolaning vatanga
muhabbatini shunchalar chiroyli tasvirlaganki, hayron qolasan kishi. Huddi shu hikoya meni
yig’latgan birinchi hikoya bo’ladi. Manimcha bu hikoyani o’qib yig’lamagan odamning o’zi
bo’lmasligi kerak. Mana shu hikoyada mavzu va g’oya uyg’unlashib kelganini ko’rishimiz mumkin.
Hikoyani boshidan ozgina o’qiganimdan uni o’qishga qiziqib qolganman. Shunda insonlarning


background image

44

vatanga bo’lgan muhabbatini ko’rganman. Shunday ekan mavzu va g’oya asarning eng muhim
unsurlaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Adabiyotshunoslik asoslari. K. Quramboyev. Nukus-2011.

2.

Adabiyotshunoslik. G. Xalliyeva. Toshkent-2017

3.

Adabiyot o’qitishning ilmiy- nazariy asoslari. Yo’ldoshev Q. T.: “’O’qituvchi”, 1996

4.

Xurshid Davron kutubxonasi

5.

Oefen.Uz

Библиографические ссылки

Adabiyotshunoslik asoslari. K. Quramboyev. Nukus-2011.

Adabiyotshunoslik. G. Xalliyeva. Toshkent-2017

Adabiyot o’qitishning ilmiy- nazariy asoslari. Yo’ldoshev Q. T.: “’O’qituvchi”, 1996

Xurshid Davron kutubxonasi

Oefen.Uz