Авторы

  • Malika Bayzakova
    Guliston davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.71225

Ключевые слова:

PIRLS будущие учителя начальных классов ученик учитель методическая подготовка педагогические условия математическая и научная грамотность международные исследования задача механизм закрепление знаний формирование мышления.

Аннотация

В статье описаны сущность и содержание разработки методической подготовки будущих учителей начальной школы на основе программы международной оценки, педагогические условия, задачи, условия технического обеспечения, учебный процесс с необходимой образовательной информацией для международного обучения. Описан механизм обеспечения.


background image

33

XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF

O’QITUVCHILARINI METODIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA

XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI

Bayzakova Malika Abdukayumovna

Guliston davlat pedagogika instituti “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi”

kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15004155

Annotatsiya.

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning xalqaro baholash

dasturi asosida metodik tayyorgarligini rivojlantirishning mohiyati va mazmuni, pedagogik
shart-sharoitlari, vazifalari, texnik ta’minoti shartlari, ta’lim jarayonini xalqaro tadqiqotlar uchun
zarur o‘quv axborotlari bilan ta’minlash mexanizmi

bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

PIRLS, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, o‘quvchi, o‘qituvchi, metodik

tayyorgarlik, pedagogik shart-sharoitlari, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik, xalqaro
tadqiqotlar, vazifa, mexanizm, bilimlarini mustaxkamlash, tafakkurini shakllantirish.

THE İMPORTANCE OF THE İNTERNATİONAL ASSESSMENT PROGRAM İN

İMPROVİNG THE METHODOLOGİCAL TRAİNİNG OF FUTURE PRİMARY

SCHOOL TEACHERS BASED ON THE İNTERNATİONAL ASSESSMENT PROGRAM

Bayzakova Malika Abdukayumovna

Senior lecturer of the Department of “Methodology of Preschool and Primary Education”

at Pedagogy of Gulistan State Pedagogical Institute

Abstract.

The essence and content of the development of methodological training of future

primary school teachers based on the PIRLS international assessment program, pedagogical
conditions, tasks, conditions of technical support, the educational process with the necessary
educational information for international studies are described in the article. The provisioning
mechanism is developed.

Key words:

PIRLS, future primary school teachers, student, teacher, methodological

training, pedagogical conditions, mathematical and scientific literacy, international studies, task,
mechanism, strengthening of knowledge, formation of thinking.

ЗНАЧЕНИЕ ПРОГРАММЫ МЕЖДУНАРОДНОГО ОЦЕНИВАНИЯ В

СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ ПРОГРАММЫ

МЕЖДУНАРОДНОГО ОЦЕНИВАНИЯ

Байзакова Малика Абдукаюмовна

Старший преподаватель кафедры “Методика дошкольного и начального

образования” Гулистанского государственного педагогического института

Аннотация.

В статье описаны сущность и содержание разработки методической

подготовки будущих учителей начальной школы на основе программы международной
оценки, педагогические условия, задачи, условия технического обеспечения, учебный
процесс с необходимой образовательной информацией для международного обучения.
Описан механизм обеспечения.

Ключевые слова:

PIRLS, будущие учителя начальных классов, ученик, учитель,

методическая подготовка, педагогические условия, математическая и научная


background image

34

грамотность, международные исследования, задача, механизм, закрепление знаний,
формирование мышления.


Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini metodik tayyorgarligini rivojlantirish borasida

Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasi doirasida boshlang’ich sinf
o’qituvchilari tomonidan o’quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish
malakalari va kompetentsiyalarini rivojlantirishga alohida urg’u bergan holda, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim
standartlarini joriy etish, o’quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash
bo’yicha xalqaro PISA, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu
asosda o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dastur (PISA), boshlang’ich sinf
o’quvchilarining matnni o’qib tushunish darajasini baholash xalqaro dasturi (PIRLS),
o’quvchilarning matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash
dasturi (PISA), rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va
ta’lim berish muhitini hamda ularning ish sharoitlarini o’rganish bo’yicha xalqaro baholash
(TALIS) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

Shu o’rinda, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari bilishi kerak bo’lgan xalqaro baholash

dasturlariga to’xtalib o’tamiz.

“PIRLS - ingliz tilidagi “Progress in international reading and literacy study” so’zlaridan

olingan bo’lib, O’quvchilarning o’qib tushunish darajasini baholashga mo’ljallangan xalqaro
tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA tomonidan har besh yilda bir marotaba amalga oshirilib,
unda PISAdan farqli ravishda boshlang’ich ta’limdagi 4-sinf o’quvchilarining badiiy tajriba
orttirish, axborot olish va undan foydalanish ko’nikmalari baholanadi. Ushbu xalqaro dastur
bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang’ich ta’limda
tahsil olayotgan o’quvchilarning o’qib tushunish ko’nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi.
PIRLS dasturida asosiy e’tibor 4-sinf o’quvchilariga qaratiladi, buning boisi odatda, ushbu
rivojlanish davrida o’quvchilar o’qish ko’nikmasini hosil qilgan bo’lib, endi bu ko’nikmadan
boshqa fanlarni o’rganishda foydalanayotgan bo’ladi[49].

“PISA - inglizchadan olingan qisqartma bo’lib “Program for international student

assessment” – O’quvchilarni baholash xalqaro dasturi degan ma’noni anglatadi. Ushbu dastur
OECD tomonidan amalga oshiriladigan bo’lib, u dunyo bo’ylab 15 yoshli o’quvchilarning o’qish,
matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholovchi xalqaro tadqiqotdir. Tadqiqot
an’anaviy ravishda 3 yilda bir marotaba o’tkazilib, har bir davriylikda bittadan yo’nalishga
ustuvorlik beriladi hamda bitta innovatsion yo’nalish kiritiladi”[33]. 2022 yilda o’tkazilishi
rejalashtirilgan tadqiqotda innovatsion yo’nalish sifatida o’quvchilarning kreativ fikrlash
kompetentsiyalari ham baholanadi. Unda o’quvchilar maktabda egallagan bilimlarini qanchalik
eslab qolganliklari emas, balki olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishlari, ijodiy
va mantiqiy fikrlash ko’nikmalari baholanadi.

TALIS (Teaching and Learning International Survey)[74] bu – maktab ta’limi tizimi

o’qituvchilar qatlami(korpusi)ni o’qitish va ularni o’rganish bo’yicha xalqaro tadqiqotlar
majmuasi bo’lib, OECD (Organisation for Economic Co-operation and Development) – Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti homiyligida o’tkaziladigan maktab ta’lim muhiti, kasbiy
sharoitlar va o’qituvchilarni professionalG’mahoratli pedagog darajasigacha rivojlantirish
bo’yicha keng ko’lamli va nufuzli xalqaro qiyosiy tadqiqotlardir[71].


background image

35

TALIS so’rovnomasi natijalari dunyo maktablaridagi akademik muhit, o’qituvchi va maktab

direktorlarining kasbiy faoliyati, ularning malaka oshirishlariga oid mavjud sharoitlar haqida fikr
yuritishga undaydi. Mazkur keng ko’lamli tadqiqot ota-onalar o’z farzandlari taqdirini ishonib
topshirayotgan ta’lim dargohlarida sodir bo’layotgan pedagogik, uslubiy va ijtimoiy jarayonlar
to’g’risidagi imkon qadar xolis ma’lumotlarni to’plash, tahlillar natijasida uni takomillashtirishga
to’sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalarini tahlil
qilish har bir mamlakatdagi bo’lajak o’qituvchilarini kasbiy va metodik tayyorgarligini har
tomonlama rivojlantirish imkon beradi.

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti O’zbekiston Respublikasida 48 ta boshqa

mamlakatlarda olib borilgan TALIS-2018 tadqiqotlar natijalari asosida 2021 yilda ichki
tadqiqotlar olib bordi[130].

Tahlillar natijasida o’qituvchilarning malakasini oshirish bo’yicha kompentensiyalarni

rivojlantirish, o’qitish metodlarini takomillashtirish, o’quv dasturlari mazmuni va o’quvchilarni
baholash, o’qituvchilarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish hamda Koreya, Vetnam va
Finlandiyada malakasini oshirishi ularga ijobiy tasir ko’rsatishi aniqlangan. Bundan ko’rinib
turibdiki, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarning PISA xalqaro baholash dasturi asosida
metodik tayyorgarligini rivojlantirish dolzarb mavzulardan biri ekanligini isbotlaydi.

“1958 yilda Germaniyadagi YUNESKO Ta’lim Institutida bir guruh olimlar, pedagogik

psixologlar, psixometrlar va sotsiologlar uchrashib, maktablar va o’quvchilarni samarali
baholash ta’limga kirish va uning natijalarini tekshirish to’g’risida bahslashadilar va tadqiqot
guruhini tuzadilar. 1967 yilda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi ((IEA) tashkil
etildi. Assotsiatsiya asoschilari butun dunyo bo’ylab turli maktab tizimlaridan dalillarni olishga
kirishadi.1960 yilda 12 ta davlatda (Belgiya, Angliya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya Federativ
Respublikasi, Isroil, Polsha, Shotlandiya, Shvetsiya, Shveytsariya, AQSh va Yugoslaviya) “O’n ikki
mamlakatda uchuvchi tadqiqot- “Pilot Twelve-Country Study” deb nomlanuvchi birinchi xalqaro
tadqiqot o’tkazildi. ) ular 13 yoshli o’quvchilarning matematika, o’qishni tushunish, geografiya,
tabiatshunoslik fanlaridan savodxonlik darajalarini baholaydilar. 1964 yilda Birinchi Xalqaro
Matematik Tadqiqot (FIMS- First International Mathematics Study) xuddi shu o’n ikki mamlakat
tomonidan 13 yoshli talabalar va oxirgi kurs o’quvchilari uchun o’tkazildi. 1970–1971 yillarda
Olti mavzuli tadqiqot yoki Birinchi xalqaro ilmiy tadqiqot (FISS- First International Science
Study) tabiiy fan, o’qishni tushunish, adabiyot ta’limi, ingliz tilini chet tili, fransuz tili fuqarolik
ta’limini 14 yoshli o’quvchilar uchun o’rganib chiqdi.

Asosiy mavzularni davriy o’rganish g’oyasi 70-yillarning oxirida paydo bo’lgan. Maqsad

mamlakatlarga matematika va tabiiy fan bo’yicha yutuqlar standartlari tendentsiyalari haqida
muhim ma’lumotlarni taqdim etish va vaqt o’tishi bilan ta’lim yutuqlarining o’zgarishini
o’lchashdir. 1980–1981 yillarda 20 ta davlatda ikkinchi xalqaro matematika tadqiqoti (SIMS-
Second International Mathematics Study) va 1983–1984 yillarda ikkinchi xalqaro tabiy fanlar
tadqiqoti o’tkazildi. Tadqiqot (SISS- Second International Science Study) 24 mamlakatda
o’tkazildi (o’sha erda)”[72].

Matematika va tabiiy fan bo’yicha birinchi to’rt bosqichli baholash 1995 yilda o’tkazilgan.

O’shanda u uchinchi xalqaro matematika va tabiiy fanlarni o’rganish deb nomlangan va yarim
milliondan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan. U o’sha paytda qiyosiy ta’limning eng yirik va eng
katta tadqiqoti hisoblangan. Qirq oltita davlat baholashda besh sinfdan yarim milliondan ortiq
o’quvchi ishtirok etdi. Vaqt o’tishi bilan xalqaro baholashlarning ommabopligi oshdi, bu


background image

36

ishtirokchi mamlakatlar sonining ko’payishidan ko’rinib turibdi. 1999 yilda PISAning ikkinchi
bosqichi o’tkazildi va PISA takrori deb nomlandi. Keyingi bosqichlar har to’rt yilda o’tkazilib
kelinyapti.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi

xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5712-son Farmoni.
3.

Abdullaeva B.S. Boshlang’ich ta’lim sifat-samaradorligini ilg’or pedagogik va

axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida oshirish. “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy
madaniyat yo’nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va echimlar” xalqaro ilmiy
konferentsiya. Toshkent, 2017 yil 25 may, 11 bet [56]
4.

Gustafsson J.E., Hansen K.Y., Rosén M. PISA and PIRLS: Relationships among reading,

mathematics, and science achievement at the fourth grade -Implications for early learning PISA
& PIRLS International Study Center, Boston College.2018. 432B.
5.

Ismailov A.A., O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar

asosida takomillashtirishning nazariy va institutsional asoslari, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar
(2022-yil №2).
6.

Jumaev M.E. O’qituvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo’lajak Boshlang’ich sinf

o’qituvchilarning metodik matematik tayyorgarlik. Monografiya. T.: “Fan” nashriyoti, 2009 y. 240
bet. [55,132]
7.

Wardat Yousef, Belbase Shashidhar, Tairab Hassan.  Mathematics Teachers’ Perceptions of

Trends in International Mathematics and Science Study (PISA)-Related Practices in Abu Dhabi
Emirate Schools.  Sustainability; Basel Tom 14, Izd. 9, (2022): 5436. DOI:10.3390G’su14095436.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.

Abdullaeva B.S. Boshlang’ich ta’lim sifat-samaradorligini ilg’or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida oshirish. “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo’nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va echimlar” xalqaro ilmiy konferentsiya. Toshkent, 2017 yil 25 may, 11 bet [56]

Gustafsson J.E., Hansen K.Y., Rosén M. PISA and PIRLS: Relationships among reading, mathematics, and science achievement at the fourth grade -Implications for early learning PISA & PIRLS International Study Center, Boston College.2018. 432B.

Ismailov A.A., O‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlarini baholash tizimini xalqaro talablar asosida takomillashtirishning nazariy va institutsional asoslari, Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2022-yil №2).

Jumaev M.E. O’qituvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo’lajak Boshlang’ich sinf o’qituvchilarning metodik matematik tayyorgarlik. Monografiya. T.: “Fan” nashriyoti, 2009 y. 240 bet. [55,132]

Wardat Yousef, Belbase Shashidhar, Tairab Hassan. Mathematics Teachers’ Perceptions of Trends in International Mathematics and Science Study (PISA)-Related Practices in Abu Dhabi Emirate Schools. Sustainability; Basel Tom 14, Izd. 9, (2022): 5436. DOI:10.3390G’su14095436.