Авторы

  • Navbahor Nurmamatova
    Ranch texnologiya universiteti pedagogika fakulteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.71227

Ключевые слова:

ma’naviyat ichki va tashqi olam tarbiya mas’uliyat zamonaviy texnologiyalar negativ g’oyalar G’arb madaniyati.

Аннотация

Ushbu tezisda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi ichki tahdidlar, ularning turli omillari, ichki tahdidlar ko’rinishlari haqida ma’lumot berilgan.


background image

27

TALABALAR MA’NAVIYATIGA SALBIY TA’SIR KO’RSATUVCHI ICHKI

TAHDIDLAR VA ULARNING KO’RINISHLARI

Nurmamatova Navbahor Odilbek qizi

Ranch texnologiya universiteti pedagogika fakulteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15000057

Annotatsiya:

Ushbu tezisda yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi ichki tahdidlar,

ularning turli omillari, ichki tahdidlar ko’rinishlari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit so’zlar

: ma’naviyat, ichki va tashqi olam, tarbiya, mas’uliyat, zamonaviy texnologiyalar,

negativ g’oyalar, G’arb madaniyati.


Ma’naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy,

huquqiy, ilmiy, badiiy, aloqiy va diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining
asosida “ma’no’’ so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olamiga
uning bo’y-basti, ko’rinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan
maqsadi, intilishi, orzu-istaklari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami
ma’naviyatidir. Oziq – ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat
bag’ishlaydi. Ma’naviyatga doimiy o’qib o’rganish, tajriba orttirish natijasi bilangina erishiladi.
Ma’naviyatli inson yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrni mazmunli o’tkazish yo’lini
izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat bilan
yondashadi. Umumiy holda, ma’naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. “ma’naviyat –
insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning qudratidir. U yo’q joyda hech qachon baxt-saodat
bo’lmaydi” degan edi birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Demak, millat kelajagi shu xalqning
qanday darajada ma’naviyat sohibi ekanligiga bog’liq. Kelajak esa bugun kamol topayotgan
yoshlarning qo’lida. Shu bois shaxs sifatida o’zini o’zi shakllantirayotgan, jamiyat rivojida qaysidir
ma’noda o’z hissasini qo’shayotgan talabalar ma’naviyatini yuksaltirish o’ta mas’uliyatli vazifa
sanaladi. Tarbiya masalasiga o’zbek xalqi asrlar davomida jiddiy yondashib kelgan. Biroq bugungi
avlod avvalgi davrdan o’ta farq qiladi. Chunki ular zamonaviy texnologiyalar, imkoniyatlar, turli
g’oyalarga boy bo’lgan davrda yashamoqdalar. Ochiq-oydin aytganda, talabalarni ota-ona, ta’lim
muassasalari, mahalladan ko’ra ko’proq “tarbiyalovchi” tashqi omillar – ichki va tashqi tahdidlar
mavjud. Talabalar bu tahdidlarga qanday duchor bo’ladi? Bu o’ta murakkab jarayon. Eng asosiy
sabab - ota-onaning farzandi uchun yetarli darajada vaqt o’tkazmasligi. Tarbiya shunday masalaki,
uni atrofdagilar qiyofasida shakllantirish uchun, avvalo, shaxsning o’zi tarbiyalangan bo’lishi
zarur. Farzand- oilaviy muhit mahsuli. Agar ota-ona aql-hushuni yig’ib o’zini tarbiya qilmas ekan,
u o’z qo’llari bilan farzandining kelajagini yer bilan yakson qiladi. E’tiborsizlik farzandning turli
tahdidlar ta’siriga tushib qolishiga va hayotini zulmatga aylanishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa,
bugungi globallashuvning imkoniyati cheksiz bo’lgan davrda.

Ma’naviy tahdid nafaqat talabalar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki ularning

faoliyatdan chetlanishlariga, o’zligi, oila, Vatanga dahldorlik hissini unutishlariga, dunyoqarashi
va onggining manqurtlashib ketishiga sabab bo’ladi. Ma’naviy tahdid tushunchasiga I.A.Karimov
quyidagicha ta’rif bergan: “ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, etiqodidan qat’i nazar har
qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy
dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va axborot xurujlarini
nazarda tutish lozim”. Ma’naviy tahdid va xurujlarni ko’rinishi, ta’sir o’tkazish doirasiga ko’ra
qquyidagi guruhga ajratish lozim: tashqi va ichki tahdidlar. Shaxs ma’naviyatini yemirishga


background image

28

qaratilgan tashqi tahdidlar qatoriga g’oyaviy –mafkuraviy tahdidlar, narkotik moddalar va odam
savdosi, ommaviy madaniyat, terrorizm, missionerlik, shovinizm, axborotlar tahdidi kabilarni
kiritish mumkin. Shubhasiz, bu tahdidlar ayrim shaxslar va kuchlar tomonidan yuzaga
keltirilmoqda. Bunday kuchlar tinch aholiga ta’sir etishning turli usullari va vositalarini ishlab
chiqib o’zlarida mavjud bo’lgan barcha imkoniyatlarni: moddiy, texnik, texnologik manbalarni
ishga solmoqda. Bu jarayonning nozik tomoni shundan iboratki, tashqaridan qaraganda ularni
sezmaslik mumkin, biroq ular o’zlarini namoyish qilmasdan faoliyat olib boradilar. Eng achinarlisi,
ular shaxs onggi, dunyoqarashi, qalbi, hatto, “tani”ni oson egallab, butun mamlakat, millatni bir-
biriga dushmanga aylantiradi. Mazkur tashqi tahdidlar barcha tahdidlarning asosiy manbalari
hisoblanadi. O’z navbatida tashqi tahdidlar ichki tahdidlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Masalan axborot tahdidlari tashqi tahdid sanaladi. Uning natijasida talabalarda axborotlarga
tobelik, yalqovlik, befarqlik kabi ularning butun kelajagiga rahna soluvchi ichki tahdidlar paydo
bo’ladi. Ichki tahdidlar o’zining qamrovi va keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari bilan tashqi
tahdidlardan ham havfliroq hisoblanadi. Uning xatarli jihati shundaki, u jamiyatni ichdan
yеmiradi, davlatning rivojlanishi va taraqqqiyotiga to’sqinlik qiladi. Shu bilan birga ichki tahdid
jamiyatda yashovchi turli millat vakillari o’rtasida ziddiyatlarni vujudga keltiradi. Ichki tahdidlar
va ma’naviy xuruj o’z mohiyatiga ko’ra, eng avvalo, talabalar onggi, shuuriga hamda xulq-atvoriga
hafv solishda namoyon bo’ladi. Bu esa talabalar onggini negativ g’oyalar, fikrlar bilan to’ldirishga
imkon beradi. Ana shunday g’oyalar natijasida o’zidan, o’zligidan yiroqlashtirishga, ma’naviyatdan
yiroq bo’lgan (axloqsiz kinolarni ko’rishga qiziqish, giyohvandlik, odam savdosi, SPID kasalliklari)
hayot tarziga kirib ketishlariga ta’sir etmoqda. Bu holat talabalarda axloqiy fazilatlarni
mensimaslik, milliy meros va qadriyatlarni qadrlash o’rganish hamda o’rgatishga ishtiyoqning
yo’qolishiga, halol mehnat qilishga, kasb- hunar sirlarini o’zlashtirishga, eng og’riqlisi, talabalarda
milliy g’urur tuyg’usining yo’q bo’lib borishida ko’rinadi. Ichki tahdidlarning eng havfli jihati
davlat va jamiyatning ma’naviy barqarorligiga rahna solish uchun zamin yaratiladi. Chunki
jamiyat a’zolarining ma’naviy onggi vatan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil sanaladi. Ichki
tahdidlarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar: Eng avvalo, talabalarning ijtimoiy kelib
chiqishiga, tarbiyalanganlik darajasiga, oilaviy munosabatlarda talabaning o’z o’rni va ovozga
egaligi yoki buning aksi; talabalarning qiziqishlari, intilishlari aniq maqsadga yo’naltirilmaganligi;
G’arb madaniyatiga qiziqishning ortib borishi, talabalar e’tiqodining mustahkam emasligi; oilada
ota-ona va farzand munosabatlarining ijobiy ahamyat kasb etmasligi; sog’lom turmush tarziga
amal qilmaslik; talabalarda mehnatga ongli munosabatning shakllanmaganligi; talabalar onggida
mehnatsiz “ tez boylik orttirish” g’oyasini o’zida aks ettituvchi ma’nan sayoz, yuksak manaviy-
axloqiy qiymatga ega bo’lmagan, “ qo’l uchida yaratilgan” “ badiiy asarlar” ni tarqatish; talabarni
tafakkur qilishga, ijodkorlikka, ixtirochilik va bunyodkorlikka undaydigan ommaviy targ’ibot-
tashviqot ishlarining natijalari kutilgan natijani bermasligi; talabalar bir zum ham internet, mobil
aloqa vositalaridan uzoqlasha olmasligi; talabalarning ma’naviy- axloqiy tarbiyaga mos
kelmaydigan, so’zi va mantig’iga tushunib bo’lmaydigan rasmlar, qo’shiqlar, kliplarga ehtiyojning
yuqoriligi.

Umuman olganda, bu kabi jarayonlarning qatorini davom ettirish mumkin. Biroq,

muammolar, albatta, o’z yechimini topishi zarur. Chunki millat kelajagi bo’lgan yoshlarni ichki
tahdidlardan asrab-avaylash jamiyatning ma’naviy farovonligi, uning ijtimoiy rivojlanish
ko’rsatkichidir. Yoshlarni ham ichki va ham tashqi tahdidlardan asrashning yagona yo’li - bu oilada
va jamiyatda ularning tarbiyasiga befarq bo’lmaslikdir.


background image

29

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. -176-b.

2.

Djumayeva. H. M. Talabalarni ta’lim-tarbiya jarayonida variativ tahdidlardan himoyalash

texnologiyasi. Monografiya. – T.: IRFON-PRINT, 2023.- 16-21-b.
3.

Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqaruv tartiblari. D.A.Alimova. Tarj.: Sh. Vohidov. –

T.:Ma’naviyat, 1998. 112-b.

Библиографические ссылки

Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. -176-b.

Djumayeva. H. M. Talabalarni ta’lim-tarbiya jarayonida variativ tahdidlardan himoyalash texnologiyasi. Monografiya. – T.: IRFON-PRINT, 2023.- 16-21-b.

Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqaruv tartiblari. D.A.Alimova. Tarj.: Sh. Vohidov. – T.:Ma’naviyat, 1998. 112-b.