Авторы

  • Muhayyo Matmusayeva
    FarDU o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.72349

Ключевые слова:

Metafora konnotativ ma’no kognitsiya assotsiativ bog‘lanish.

Аннотация

ushbu maqola bolalar o‘yin nomlarida metaforik nominatsiya xususiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, bir predmet, belgi, harakatning nomini boshqa bir predmet, belgi, harakatga ko‘chirish yo‘li bilan nomlarning yasalishi yoritib berilgan.


background image

92

O‘YIN NOMLARIDA METAFORIK KO‘CHIM XUSUSIYATLARI

Matmusayeva Muhayyo Azamovna

FarDU o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15043501

Annotatsiya:

ushbu maqola bolalar o‘yin nomlarida metaforik nominatsiya xususiyatlariga

bag'ishlangan bo'lib, bir predmet, belgi, harakatning nomini boshqa bir predmet, belgi, harakatga
ko‘chirish yo‘li bilan nomlarning yasalishi yoritib berilgan.

Abstract:

This article is devoted to the features of metaphorical nomenclature in children's

game names, highlighting the formation of names by transferring the name of one object, sign, or
action to another object, sign, or action.

Kalit so‘zlar:

Metafora, konnotativ ma’no, kognitsiya, assotsiativ bog‘lanish.

Keywords:

Metaphor, connotative meaning, cognition, associative connection.


Ona tilimizning imkoniyatlaridan foydalanish, betakror badiiy tasvirlar yaratish, birinchi

navbatda, ijodkorning so‘z qo‘llash mahoratiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, ijodkor ana shu
tanlangan so‘zning leksik va hosila ma’nolarini to‘g‘ri anglay olishi hamda farqlay bilishi ham
lozim bo‘ladi. Leksik ma’no taraqqiy etib borar ekan, odatda, bir predmet, belgi, harakatning
nomini boshqa bir predmet, belgi, harakatga ko‘chirish yo‘li bilan ham rivojlanadi. Bunday
ko‘chirishning tabiatini, mavqeyini har bir tilning o‘zida mavjud semantik qonuniyatlar
belgilaydi. Aristotel ta’biri bilan aytganda, “metafora bu g‘ayri oddiy nomni bir turdan boshqa
xilga, yoki xildan turga, yoki xildan xilga, yoki o‘xshashdan o‘xshashga ko‘chirishdir”

1

.

Metafora konnotativ ma’noni yuzaga keltiruvchi jarayondir. Shuningdek, metafora badiiy

asarlarda turli xil poetik vazifa bajaradi. Ayniqsa, uning badiiy obraz yaratishdagi roli diqqatga
molik. To‘g‘rirog‘i, ma’no ko‘chishining bu turi o‘ziga xos semantik tabiati bo‘lishidan qat’iy
nazar, u matn doirasida bir xil vazifaga ega, ya’ni uning badiiy adabiyot uchun obrazli tasviriy
vosita ekanligidir.

Bolalarning o‘yin jarayoni natijasida hosil bo‘layotgan bilim manbai haqida fikr

yuritilganda, “kognitsiya” atamasiga e’tibor qaratish kerak. Kognitiv faoliyat

2

o‘yin jarayonida

yuzaga chiqadi, chunki o‘yinda tajriba va bilim hosil bo‘ladi. Bilimning verballashuvi, lisoniy
vositalarning yodda saqlanishi kognitiv semantikaga aloqador hodisadir. O‘yin jarayonlarida
narsa-buyumlarni o‘xshatish, qiyoslash, asoslash, chog‘ishtirish yoki metaforik qayta nomlashlar
konseptuallashuv jarayonini yuzaga chiqarib, narsa-buyum haqidagi umumiy va xususiy
axborotlarni o‘zida jamlagan konseptual sxemalarni hosil qiladi. O‘yin bolada shaxsni
shakllantiradi

“Frazeologik birliklar va metafora mazmunining rejasi hamda ularga biriktirilgan madaniy

konnotatsiyalar tufayli madaniy belgilarning eksponentlariga aylandilar”

3

. Bolalar o‘yin

nomlarida metaforik nominatsiya quyidagi funksiyalarni bajaradi:

Idrokni soddalashtirish – o‘yin nomi orqali uning mohiyatini tez tushunishga yordam

beradi.

1

Арестотел. Поэтика. – Ленинград, 1927. – С. 39.

2

Болдырев Н.Н. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: yчебное пособие. – Москва-

Берлин: DirectMedia, 2016. – С. 12.

3

Красных В.В. Этнопсихолингвистика лингвокультурология. – Mосква, 2002. – С. 88.


background image

93

Assotsiativ bog‘lanish yaratish – bolaning tajribasi bilan bog‘langan tushunchalarni

mustahkamlaydi.

Estetik va emotsional ta’sir berish – o‘yin nomi esda qolarli va qiziqarli bo‘ladi.
Kognitiv rivojlanish – bolalar o‘xshashlik asosida tushunchalarni bog‘lashni o‘rganadi.

Masalan: “Sichqon-pishak” Metaforik asos: Mushuk va sichqonning tabiiy raqibligi. Kognitiv
ta’siri: Bola tezkorlik va qochish-qidirish taktikalarini o‘rganadi.

“Toshbaqa”
Metaforik asos: Sekin harakat qiluvchi jonzot sifatida toshbaqa.
Kognitiv ta’siri: Bolalar tez va sekin harakatlarni farqlashni o‘rganadi. “Oq terakmi, ko‘k

terak?”

Metaforik asos: Daraxtlar rangiga asoslangan o‘yin tanlovi.
Kognitiv ta’siri: Bola tanlash va o‘z fikrini ifodalashga o‘rganadi. Bolalar o‘yin nomlarida

metaforik nominatsiya

Bolalar o‘yin nomlarida metonimiya quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
O‘yin mohiyatini soddalashtirish – O‘yinning eng muhim jihati nomga aylanadi.
Qisqartirish va ixchamlik – Bolalar uzoq tushuntirish o‘rniga o‘yinning asosiy xususiyatini

nom sifatida ishlatishadi.

Idrokni tezlashtirish – O‘yin nomidan uning qanday o‘yin ekani darhol tushuniladi.
Kognitiv rivojlanish – Bolalar o‘yin nomi orqali assotsiativ fikrlash va mantiqiy

bog‘lanishlarni hosil qiladi.

“Chillak”
Metonimik asos: O‘yin uchun ishlatiladigan kichik tayoqcha (chillak) o‘yin nomi sifatida

ishlatilgan.

Kognitiv ta’siri: Bolalar chillak atamasini eshitib, darhol o‘yinning qanday o‘yin ekanini

tushunishadi. “Arqon tortish”

Metonimik asos: O‘yinning asosiy vositasi (arqon) butun o‘yin nomiga aylangan.
Kognitiv ta’siri: O‘yinda qaysi predmet ishlatilishi va qanday harakat bajarilishi nomdan

anglashiladi.

Bundan ko‘rinadiki, metafora obrazning nafaqat tashqi qiyofasi, balki uning ruhiy olamida

kechayotgan holatlarni tinglovchi yoki o‘quvchi kutmagan favqulodda badiiy hukm asosida
tasvirlash yoki ifodalashga yo‘l ochadi. Shuning uchun metaforalar eng ko‘p ijodiylikni talab
etishi bilan boshqa badiiy tasvir vositalaridan farq qiladi. Metafora yaratish ijodkordan keng
dunyoqarash, olam va odam haqida chuqur fikr yurita olish, ruhiyat va tabiatni yaxshi bilishni
talab etadi. Metaforalar ko‘chim turlari orasida juda keng tarqalgan bo‘lib, ular o‘z xususiyatiga
ko‘ra doimiy va individual metaforalarga bo‘linadi.

Shu bilan birgalikda metaforalar ham tilning asosiy lingvomadaniy birliklaridan biri

hisoblanadi.

Metaforik ko‘chimlarning yaratilishida shakliy o‘xshashlik katta ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Арестотел. Поэтика. – Ленинград, 1927. – С. 39.

2.

Болдырев Н.Н. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии:

yчебное пособие. – Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. – С. 12.


background image

94

3.

Красных В.В. Этнопсихолингвистика лингвокультурология. – Mосква, 2002. – С. 88.

4.

Matmusayeva M..

BOLALAR O‘YINLARI LEKSIKASI VA UNING TARIXI

. Scientific journal

ERUS 3 (4), 201-203
5.

M Matmusayeva. .

LINGUISTIC AND COGNITIVE ANALYSIS OF CHILDREN'S GAME NAMES

a.

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE 3 (6), 143-148

6.

M.M. Azamovna.

EFFECTIVENESS OF DIDACTIC GAMES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

., American Journal Of Social Sciences And Humanity Research 3 (04), 6-9

7.

Maxamadalievna, Y. D., & Matmusaeva, M. (2021). On Lingvofolcloristic Units. International

Journal of Culture and Modernity, 11, 169-171.

Библиографические ссылки

Арестотел. Поэтика. – Ленинград, 1927. – С. 39.

Болдырев Н.Н. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: yчебное пособие. – Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. – С. 12.

Красных В.В. Этнопсихолингвистика лингвокультурология. – Mосква, 2002. – С. 88.

Matmusayeva M..BOLALAR O‘YINLARI LEKSIKASI VA UNING TARIXI. Scientific journal ERUS 3 (4), 201-203

M Matmusayeva. .LINGUISTIC AND COGNITIVE ANALYSIS OF CHILDREN'S GAME NAMES

a. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE 3 (6), 143-148

M.M. Azamovna. EFFECTIVENESS OF DIDACTIC GAMES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS., American Journal Of Social Sciences And Humanity Research 3 (04), 6-9

Maxamadalievna, Y. D., & Matmusaeva, M. (2021). On Lingvofolcloristic Units. International Journal of Culture and Modernity, 11, 169-171.