Авторы

  • Frozan Rahmanyar
    Nordik universiteti 2-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.77935

Ключевые слова:

Ijodiy fikrlash pedagog kadrlar ta’lim texnologiyalari metodika innovatsion pedagogika ta’lim jarayoni kreativlik.

Аннотация

Ushubu maqolada bo‘lajak pedagog kadrlarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi. Ijodiy fikrlash pedagogik jarayonni yanada samarali, innovatsion va modernizatsiya qilinishini ta’minlaydigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishning samarali texnologiyalari, ularning afzalliklari va metodikasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikrlar bildirilib, bo‘lajak pedagoglarning innovatsion ta’limga moslashuvi muhimligi ta’kidlanadi.


background image

28

BO‘LAJAK PEDAGOG KADRLARNI IJODIY FIKRLASHGA O‘RGATISH

TEXNOLOGIYALARI

Rahmanyar Frozan

Nordik universiteti 2-bosqich magistranti

E-mail: zarqafrozan.2020@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15179492

Annotatsiya:

Ushubu maqolada bo‘lajak pedagog kadrlarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish

texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi. Ijodiy fikrlash pedagogik jarayonni yanada samarali,
innovatsion va modernizatsiya qilinishini ta’minlaydigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Maqolada pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishning samarali texnologiyalari, ularning
afzalliklari va metodikasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, ijodiy fikrlashni rivojlantirishda duch
kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida fikrlar bildirilib, bo‘lajak
pedagoglarning innovatsion ta’limga moslashuvi muhimligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar:

Ijodiy fikrlash, pedagog kadrlar, ta’lim texnologiyalari, metodika, innovatsion

pedagogika, ta’lim jarayoni, kreativlik.

Kirish

Pedagoglarning ijodiy fikrlash qobiliyati, ularning ta’lim jarayonida samarali faoliyat

ko‘rsatishlari uchun zaruriy ko‘nikma va malakadir. Ta’lim tizimining zamonaviy talablari
pedagoglardan nafaqat bilimlarni yetkazish, balki ularni o‘zlashtirishning ijodiy va innovatsion
yo‘llarini topish hamda yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyatini talab qiladi. Ushbu maqola
pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish texnologiyalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Ijodkorlik mehnatga ijodiy munosabat jarayoni bilan integrativ yo‘naltirilgan bo‘lib,

talabalarni shaxsiy va kasbiy sifatlarni tarkib toptiradi, bunda qat’iyatlilik, kreativlik, kognitivlik,
tashabbuskorlik, mustaqillik kabi fazilatlar tarkib topib boradi. Shu o‘rinda Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyevning "Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta'lim olish
imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va ise’dodini ro‘yobga chiqarish
uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat", - degan fikrlari o‘rinlidir

1

.

Zamonaviy talablar asosida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga ijodiy yondashuvini

ta'minlashda AKT va raqamli texnlogiyalardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.
Chunki, raqamli texnologiyalar foydalanuvchi manfaatlari uchun axborotlarni yig'ish, tahrirlash,
saqlash, tarqatish va foydalanish maqsadlarida birlashtirilgan metodlar, ishlab chiqarish
jarayonlari va dasturiy texnik vositalar to‘plamidan iboratligi bilan ahamiyatli sanaladi.

Metodologiya

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

“Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga
chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish metodlari
asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi

2

.

1

Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: "O‘zbekiston", 2017.

-488 bet.

2

“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son

qarori. 29.12.2016.


background image

29

Ijodiy fikrlashni o‘rgatish jarayonida bir qancha metodologik yondashuvlar qo‘llaniladi.

Ularning asosiylari quyidagilar:

-

Problemali o‘rganish metodi

y

ordamida talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlab, yangi

fikrlar ishlab chiqadilar.

-

Amaliyot va treninglar yordamida pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish uchun interaktiv

va trening usullari keng qo‘llaniladi.

Natijalar:

Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, ijodiy fikrlashga o‘rgatish texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash
natijasida pedagoglarning ta’lim jarayonida ko‘rsatayotgan samaradorligi oshgan. Bunda,
talabalar:
1.

Yangi g‘oyalar yaratish va muammolarni hal qilishda erkinlikka ega bo‘lishadi.

2.

Innovatsion texnologiyalarni samarali ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

3.

Shaxsiy va jamoaviy ishlashda ijodiy yondashuvni rivojlantiradilar.

Muammolar va yechimlar

Pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatishda bir qator muammolar ham mavjud:
1.

Pedagoglarga zarur materiallar va texnologiyalar taqdim etilmasligi. Yechim sifatida, ta’lim

muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni o‘rnatish va o‘qituvchilarga treninglar tashkil etish
zarur.
2.

Ba’zi pedagoglar ijodiy fikrlash texnologiyalarini o‘zlashtirishda qiynalishadi. Bu holatda,

dastlabki treninglar va individual o‘qish rejalari ishlab chiqilishi kerak.
3.

Pedagogik tizimda ijodiy fikrlashni rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Yechim

sifatida, ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi kurslar va metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilishi lozim.

Xulosa

Pedagoglarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari ta’lim tizimini yangilash va

rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Bu texnologiyalar nafaqat pedagoglarning individual
rivojlanishiga, balki ta’lim jarayonining umumiy sifatini oshirishga xizmat qiladi. Innovatsion
metodlarni joriy etish va pedagoglarning ijodiy fikrlashga bo‘lgan qobiliyatlarini rivojlantirish
orqali ta’lim tizimini samarali va zamonaviy qilish mumkin. Shu bilan birga, bu jarayonda mavjud
muammolarni aniqlab, ularni hal etishga qaratilgan aniq strategiyalarni ishlab chiqish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Toshkent.: "O‘zbekiston", 2017. -488 bet.
2.

“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari

to‘g‘risida”gi PQ-2707-son qarori. 29.12.2016.
3.

Xolmirzaeva, G. Pedagogik ijodiy fikrlash va uning ta’limdagi o‘rni. Toshkent: Fan. (2018).

4.

Qosimova, M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik metodikalar. Samarqand:

Ma’rifat. (2020).

Библиографические ссылки

Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: "O‘zbekiston", 2017. -488 bet.

“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-son qarori. 29.12.2016.

Xolmirzaeva, G. Pedagogik ijodiy fikrlash va uning ta’limdagi o‘rni. Toshkent: Fan. (2018).

Qosimova, M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik metodikalar. Samarqand: Ma’rifat. (2020).