Авторы

  • Elyor Isroilov
    Samarkand Oriental Universiteti magistranti
  • Nafisa Qurbonova
    Samarkand Oriental Universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.80321

Ключевые слова:

Frazeologizmlar lingvomadaniy tadqiq ingliz tili o‘zbek tili tarjima madaniyat tilshunoslik frazeologik birliklar.

Аннотация

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar lingvomadaniy jihatdan tadqiq etilgan. Frazeologizmlar xalqning ma’naviy boyligi va madaniyatini aks ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tezisda har ikki tildagi frazeologizmlarning ma’nolari, ularning til va madaniyatni bog‘lashdagi o‘rni va qiyosiy farqlari o‘rganilgan.


background image

26

INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIZMLARNING LINGVOMADANIY

TADQIQI

Isroilov Elyor Najmiddin o’g’li

Samarkand Oriental Universiteti magistranti

Qurbonova Nafisa Sayitmurot qizi

Samarkand Oriental Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15262332

Annotatsiya:

Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlar lingvomadaniy

jihatdan tadqiq etilgan. Frazeologizmlar xalqning ma’naviy boyligi va madaniyatini aks ettirishda
muhim vosita hisoblanadi. Tezisda har ikki tildagi frazeologizmlarning ma’nolari, ularning til va
madaniyatni bog‘lashdagi o‘rni va qiyosiy farqlari o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Frazeologizmlar, lingvomadaniy tadqiq, ingliz tili, o‘zbek tili, tarjima,

madaniyat, tilshunoslik, frazeologik birliklar.

ЛИНГВОКУЛЬТУРНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В

АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ

Аннотация.

В данноом тезисе рассмотрены фразеологизмы английского и

узбекского языков с лингвокультурной точки зрения. Фразеологизмы являются важным
средством выражения духовного богатства и культуры народа. В работе изучены значения
фразеологизмов, их роль в связи языка и культуры, а также сравнительные различия
между ними.

Ключевые слова:

Фразеологизмы, лингвокультурологическое исследование,

английский язык, узбекский язык, перевод, культура, лингвистика и фразеологизмы.

LİNGUOCULTURAL STUDY OF PHRASEOLOGİCAL UNİTS İN ENGLİSH AND

UZBEK LANGUAGES

Abstract.

This thesis explores English and Uzbek idioms from a linguistic and cultural

perspective. Idioms serve as an essential tool in expressing the spiritual wealth and cultural
identity of a nation. The meanings of idioms, their role in linking language and culture, and their
comparative differences have been studied. This research has practical significance for linguistics
and cultural studies.

Keywords:

Phraseologisms, linguistic and cultural research, English language, Uzbek

language, translation, culture, linguistics, phraseological units.

Kirish

Frazeologizmlar xalqning madaniyati, tarixiy rivojlanishi va dunyoqarashini aks ettiruvchi

til birliklaridir. Ular orqali til nafaqat muloqot vositasi, balki xalqning madaniy merosi va
qadriyatlarini yetkazuvchi vosita sifatida xizmat qiladi. Frazeologiya tilning lug‘at tarkibini tashkil
etuvchi turg‘un birikmalar, ya‘ni, frazeologizmlarni o‘rganuvchi sohasi bo‘lib, u qadimgi yunon
tilidan olingan va ―frasis-―ibora, ―logos- tushuncha, ta‘limot demakdir.

Frazeologiya fan sifatida shakllangandan beri ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q. Dunyo tilshunosligida

olimlar XVIII asrdan boshlab frazeologik birliklarni ilmiy asosda o‘rgana boshlashgan. Ingliz va
o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni lingvomadaniy tadqiq etish ushbu tillardagi frazeologik
birliklarning umumiylik va farqli jihatlarini aniqlashga imkon beradi. Mazkur tadqiqot


background image

27

frazeologizmlarning til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarini o‘rganishga, shuningdek, ularning
tarjima xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.

Frazeologizmlar va ularning lingvomadaniy xususiyatlari

Frazeologizmlar tilning o‘ziga xos qatlamini tashkil etib, milliy mentalitet va madaniyatni aks

ettiradi. Masalan, ingliz tilidagi

“It’s raining cats and dogs”

iborasi kuchli yomg‘ir yog‘ishini

ifodalaydi, o‘zbek tilida esa “Toshdek yog‘moq” iborasi ushbu holatga mos keladi. Shu bilan birga,

“As white as snow”

(ingliz tilida) va “Qor kabi oppoq” (o‘zbek tilida) iboralari tabiiy holatlarni

o‘xshash usulda ifodalaydi. Frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili bilan ko‘plab tadqiqotchilar
shug‘ullangan. Masalan, A.V.Kunin ingliz frazeologiyasining nazariy jihatlarini keng o‘rgangan va
ularni tildagi o‘ziga xos birlik sifatida tahlil qilgan va frazeologizmlarga shunday ta’rif bergan
“ma’nosi ayni ibora tarkibidagi so’zlarning mazmunidan kelib chiqmaydigan iboraga idiomatic
ibora deyiladi”

O‘zbek tilida esa Sh.Rahmatullayev frazeologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va

ularning milliy madaniyat bilan bog‘liqligini o‘rganib, lug‘atlarni tuzishda katta hissa qo‘shgan.
Tadqiqotchi olim «Frazeologik birlik ifoda plani bilan mazmun planining oʼziga xos qarama-
qarshiligi va birligi asosida yuzaga keladi» deya ta’rif bergan. [4; 50-p.]

Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarning qiyosiy tahlili

Ingliz va o‘zbek tillari frazeologizmlari qator o‘xshashlik va farqlarni aks ettiradi. Masalan,

ingliz tilidagi

“Break the ice”

iborasi o‘zbek tilidagi

“Muzni eritmoq”

frazeologizmi bilan mazmun

jihatdan mos keladi. Har ikkisi muammoli vaziyatni yumshatish yoki tanishuv jarayonini
boshlashni anglatadi. Farqlarga kelganda, ingliz tilidagi

“Piece of cake”

iborasi o‘zbek tilidagi

“Qo‘ldan keladigan ish”

degan mazmunga yaqin, lekin madaniy fon jihatidan farqlanadi. Ingliz tilida

bunday iboralarning keng qo‘llanilishi Viktoriya davridan boshlangan bo‘lsa, o‘zbek tilida ular
qadimiy an’analarga asoslangan [6]. Frazeologik birliklarni so’zma-so’z tarjima qilinganda boshqa
ma’no kelib chiqadi, shu sababli iboralar yaxlit holda tarjima qilinadi. Leksik va struktur jihatdan
ham mos kelmaydi. Bu ingliz va oʼzbek tillaridagi frazeologik ibora struktura, stilistik va leksik
tomondan mos kelmaydi, lekin semantik tomondan mos keladi.

Frazaeologik iboralarning tarjima jarayonida tilning milliy madaniyatiga e’tibor berish talab

qilinadi. Ingliz va oʼzbek tilidagi frazeologizmlarni tarjima qilishda tarjimondan katta mahorat
talab qilinadi. Ingliz tilidagi har bir madaniyatni, miliylikni aks ettirgan iboralarni tarjima
jarayonida tarjimondan katta mahorat talab qilinadi. Masalan, ingliz tilida

“It is the last sraw that

bearks the camel back”

degan iborasini tarjimasida so’zma-so’z tarjima qilib bo’lmaydi, ibora

sifatida tarjimasi

“sabr kosasi to’ldi

” deb talqin qilinadi. Bunda iboraning semantic tomoniga

e’tibor beriladi. Sotsiolingvistika –xalqlar oʼrtasidagi urf – odatlar, milliy madaniy xususiyatlarini
oʼrgandigan fan sohasi hisoblanib, tilni ijtimoiy muloqot vositasi sifatida o’rganadi.

Frazeologizmlarning tarjima qilishdagi xususiyatlari

Frazeologizmlar tarjimasida asosiy e’tibor ularning ma’noviy mazmunini saqlashga

qaratiladi. Masalan, “Burn the midnight oil” iborasi o‘zbek tilida “Tuni bilan uxlamay ishlash”
shaklida ifodalanadi. Tarjima jarayonida bunday iboralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki mos
ekvivalentlarni topish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ba’zi hollarda frazeologizmlarning
milliy xususiyatlarini tushuntirish talab qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarjima
jarayonida madaniyatlararo aloqalar muhim rol o‘ynaydi. M. Bakerning fikricha, frazeologik
birliklarning to‘g‘ri tarjimasi madaniy bilim va lingvistik ko‘nikmalarni talab qiladi. Ushbu fikrni
Sh. Rahmatullayevning ishlarida ham ko‘rish mumkin[3].


background image

28

Frazeologik birliklar bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinganda quyidagi to’rt usul orqali

amalga oshiriladi:

1) ekvivalentlar vositasida tarjima qilish;
2) muqobil variantlar yordamida tarjima qilish;
3) kalka usulida tarjima qilish;
4) tasviriy usulda tarjima qilish;

1. Ekvivalent usulida

tarjima qilishda turli xalqlar frazeologik birliklariga aksariyat

hollarda xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari o’xshash hisoblanadi. Masalan: o’zbek tilida

qo’ydek yuvosh

degan frazeologik birlik mavjud va ingliz tiliga

as gentle as a lamb

deb izohlanadi.

Bu ibora ikki tilde ham kuchsiz va nimjon, yuvosh, beozor toifaga kiruvchi odamlarni izohlash
uchun qo’llaniladi.

Bunda ikki tilda frazeologik ekvivalenlari maʼno va uslubiy vazifa jihatilaridan bir biriga mos

boʼladilar, chunki frazeologik birliklar negizida bir xil hayotiy tajribaga asoslangan tushunchalar
yotadi. Bunday frazeologik birliklar tarjima qilish vaqtida bir birlarini bemalol almashtira oladilar.
Masalan, ingliz tilida

to suck somedivs bload

, oʼzbek tilida birovning qonini soʼrmoq,

the dogs

bark, but the caravan goes on-

it xurar, karvon oʼtar.

2.

Muqobil variantlar

asosida tarjima qilish tarjima qo’llanilgan frazeologik birlikka

ekvivalent frazeologizm topilmaganda adekvatlilik ko’p hollarda muqobil variantlar yordamida
amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, maʼno va uslubiy jihatlaridan mos ikki til frazeologik
birliklar, bir birlaridan leksik tarkibda yoki tayanch komponentlaridan boshqa unsurlardan farq
qiladilar. Masalan, shunday frazeologik birliklar mavjud ular maʼno jihatidan bir birlariga mos
keladi, lekin tayanch komonentlari boshqa boshqaligi bilan ajralib turadi. Ingliz tilida

blue blood

oʼzbek tilida

oq suyak.

Bu iboralar orqali aslzoda jamiyat vakillari nazarda tutilyapti. Ingliz tilidagi

blue blood iborasini oʼzbek tiliga soʼzma soʼz tarjima qilsak,

zangori qon

deb tarjima qilinadi,

bunday tarjima natijasida matnni tinglayotgan shaxs, matnni notoʼgʼri tushunishiga sabab boʼladi,
shuning uchun tarjimon muqobil variantini topib toʼgʼri tarjima qilish talab qilinadi. Bu
tarjimondan ikki til milliy-madaniyatini bilishi talab qilinadi, agar tarjimon ingliz tilidan oʼzbek
tiliga tarjima qilayotgan vaqtida iborani soʼzma-soʼz tarjima qilsa, butunlay maʼno oʼzgarib
ketishiga sabab boʼladi, shuning uchun tarjimon oʼzbek tilidagi toʼgʼri tarjimasini topish talab
qilinadi.

3

.

Kalkalash usuli.

FFrazeologik birliklar hayotiy kuzatish asosida paydo bo’ladi va

xalqlarning moddiy dunyoni tasavvur etishda o’xshashlik kuzatiladi.

Аmmo hech bir tilda, muayyan tushunchani obrazli yoki his-hayajonli ifoda etadigan bir til

frazeologik birligi oʼzga til frazeologiyasi tizimida oʼzining muvofiq ekvivalentiga ega boʼlmasligi
mumkin. Bunday hollardi biz kalka, yaʼni moʼzma-soʼz tarjima qilish usuliga murojat qilamiz.
Masalan, ingliz tilida

as slippery as an ell,

oʼzbek tilida

baliqqa oʼxshash sirgʼonchiq

, bu misolda

soʼzma-soʼz tarjima natijasida hosil boʼlgan birikma frazeologiya xususiyatiga ega boʼlib, maʼno va
uslubiy vazifani aynan aks ettira olgan.

4.

Tasviriy usulda

muayyan frazeologik birliklarni gohida na ekvivalent, na muqobil variant

va na kalka yordamida tarjima qilib bo’lmaydi. Bunday hollarda tarjimon noiloj tasviriy usulga
murojat qiladi. «Tasviriy usul yordamida birliklar maʼnolari erkin maʼnodagi soʼz yoki soʼz
birikmalari vositasida tushuntirib qoʼya qolinadi» (Q.Musaev, 205). Bunday usulda ham milliy-
madaniy xususiyatlarini hisobga oladigan boʼlsak, ular toʼliq mos kelmaydi. Аksincha, ingliz va
oʼzbek tillarida baʼzi bir iboralar mavjudki, ularning boshqa tilda toʼliq yoki qisman mos keladigan


background image

29

milliy-madaniy xususiyatni ifoda etadigan frazeologik birliklar mavjud emasligi tarjimonni qiyin
vaziyatga tushib qolishiga sabab boʼladi. Masalan, ingliz tilida

its Greek to me

iborasini, oʼzbek tilida

adekvat tarjimasi boʼlmaganligi tufayli biz bu iborani bu

mening uchun jumboq edi

deb tarjima qili

olamiz, chunki oʼzbek xalqi Grek yozuvi haqida tasavvurga ega emas. Masalan, ingliz tilida

crocodile tears

iborasini, oʼzbek tiliga tarjimasi mavjud emas, agar biz bu iborani

krokodil koʼz

yoshlari

deb tarjima qilsak hech qanday maʼno tushunilmaydi. Bunday iborani tarjima qilish

vaqtida ekstraligvistik qiyinchilik yuzaga keladi, chunki oʼzbekistonda krokodil degan hayvon yoʼq
va bu hayvon toʼgʼrisida tasavvurga ega emasmiz. Shuning uchun bu iborani tasviriy yoʼl bilan

yolgʼon yigʼi yoki shayton yigʼi

deb tarjima qilamiz.

Xulosa

Frazeologizmlar tildagi boyliklardan biri bo‘lib, xalqning tarixiy va madaniy tajribasini aks

ettiradi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning lingvomadaniy tahlili ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq anglash
imkonini beradi. Ushbu tadqiqot lingvistika va madaniyatshunoslik sohalarida amaliy ahamiyatga
ega.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Бушуй Т.А. Констрастивная лексикография в уровневой интерпретации фразеологии

исходного языка: дисс…доктора.филол. наук. – Самарканд, 1999. – 490 с.
2.

Cambridge Idioms Dictionary. Cambridge: Cambridge University Press, 2006.

3.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1977. – 224 б.

4.

Добровольский Д.О. Национально-культурная специфика во фразеологии // Вопросы

языкознания. 1997. № 6. – С. 37-48
5.

Kunin A.V. English Phraseology: A Theoretical Course. Moskva: Nauka, 1970. 5. Longman

Dictionary of English Language and Culture. – England: Cambridge University Press, 1992. – 1519
p.
6.

Xolmatova, O. O. K. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING

KOGNITIV XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 3(7), 292-299.
7.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Кунин А.В. – Изд. 3-е, испр., в

двух книгах. – М.: СЭ, 1967. – Т.1. – 738с.; Т.2. – 739 – 1264 с.

Библиографические ссылки

Бушуй Т.А. Констрастивная лексикография в уровневой интерпретации фразеологии исходного языка: дисс…доктора.филол. наук. – Самарканд, 1999. – 490 с.

Cambridge Idioms Dictionary. Cambridge: Cambridge University Press, 2006.

Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1977. – 224 б.

Добровольский Д.О. Национально-культурная специфика во фразеологии // Вопросы языкознания. 1997. № 6. – С. 37-48

Kunin A.V. English Phraseology: A Theoretical Course. Moskva: Nauka, 1970. 5. Longman Dictionary of English Language and Culture. – England: Cambridge University Press, 1992. – 1519 p.

Xolmatova, O. O. K. (2023). O ‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA MIQDOR KONSEPTINING KOGNITIV XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(7), 292-299.

Кунин А.В. Англо-русский фразеологический словарь. Кунин А.В. – Изд. 3-е, испр., в двух книгах. – М.: СЭ, 1967. – Т.1. – 738с.; Т.2. – 739 – 1264 с.