Авторы

  • GULZODA TURG’UNOVA
    University of Business and Science Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi
  • YULDUZXON ODILJONOVA
    University of Business and Science Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.80913

Ключевые слова:

oila oila pedagogikasi axloqiy tarbiya axloqiy tarbiya tamoyillari Al-Farobiy Ibn Sino Yusuf Xos Hojib Mirzo Ulug’bekning tarbiya borasidagi qarashlari.

Аннотация

Mazkur maqolada oilada tarbiyaning o’rni va axloqiy tarbiyaning tamoyillari yoritilgan. Shuningdek buyuk allomalarimizning tarbiya borasidagi qarashlari chuqur o’rganilgan.


background image

50

OILADA TARBIYA JARAYONING O’RNI VA AXLOQIY TARBIYA TAMOYILLARI

TURG’UNOVA GULZODA BOTIR QIZI

University of Business and Science

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

ODILJONOVA YULDUZXON OSIMJON QIZI

University of Business and Science

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15279008

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilada tarbiyaning o’rni va axloqiy tarbiyaning tamoyillari

yoritilgan. Shuningdek buyuk allomalarimizning tarbiya borasidagi qarashlari chuqur
o’rganilgan.

Kalit so’z.

oila, oila pedagogikasi, axloqiy tarbiya, axloqiy tarbiya tamoyillari, Al-Farobiy,

Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mirzo Ulug’bekning tarbiya borasidagi qarashlari.

Abstract.

This article covers the role of upbringing in the family and the principles of moral

upbringing. The views of our great scholars on upbringing are also deeply studied.

Keywords:

family, family pedagogy, moral upbringing, principles of moral upbringing, Al-

Farabi, Ibn Sina, Yusuf Khos Hajib, Mirzo Ulugbek's views on upbringing.

Абстрактный.

В статье рассматривается роль воспитания в семье и принципы

нравственного воспитания. Взгляды наших великих ученых на образование также были
глубоко изучены.

Ключевое слово

. семья, семейная педагогика, нравственное воспитание, принципы

нравственного воспитания, Аль-Фараби, Ибн Сина, Юсуф Хос Хаджиб, взгляды Мирзо
Улугбека на воспитание.


Oila

— bu jamiyatning asosiy va muhim bo‘g‘ini bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi hissiy, axloqiy

va ijtimoiy aloqalarni shakllantiradi. Oila nafaqat biologik, balki ma’naviy jihatdan ham o‘zaro
bog‘lanishlarni o‘z ichiga oladi. U ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘zaro aloqalari orqali tashkil
topadi, eng ko‘p hollarda bu er-xotin, ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar bilan cheklanadi,
ammo boshqa oilaviy tuzilmalar ham mavjud bo‘lishi mumkin

Oila nafaqat har doim aholining ijtimoiy ko’payishi uchun, balki ma’lum bir turmush tarzini

dam olish uchun ham ma’sul bo’lgan shaxsni shakllantirish va tarbiyaning asosiy institute uchun
har doim eng muhim vosita bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday davom etadi. Oila
a’zolari turli xil munosabatlar bilan bog’langan, tarixiy jihatdan aniqlangan tashkilotga ega
bo’lgan kichik ijtimoiy guruh deb ta’riflanishi mumkin. Bugungi kunda pedagoglarning ko’p
qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash , ularni
bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa
o’qituvchining pedagogik va psixologik salohiyatiga bog’liq. Bundan tashqari o’qituvchi ota-
onalar bilan pedagogic targ’ibotlarni olib borishi va hamkorlik o’rnatishi juda muhim
hisoblanadi. Negaki boshlang’ich sinf o’quvchilariga ma’naviy bilimlarni ko’proq oila ya’ni oila
a’zolari beradi. Bu ularning xulq- atvori, xarakteri va bilish jarayonlariga ta’sir o’tkazadi, bu esa
ularning yangi bilimlarni o’rganishida muhim rol o’ynaydigan omillardan biri hisoblaniladi. Shu
sababli malakali pedagoglar avvallo bolalarning ota-onalari bilan mustahkam pedagogik va
psixologik aloqa o’rnatib olishlari lozim.


background image

51

Komil insonni voyaga yetkazishda oila va jamiyatni o‘mi uni tarbiyadagi uzviyligi,

uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. Oila pedagogikasi
jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal
bajarishida xizmat qiladi, ta’lim-tarbiyaga doir bilimlar mushtarak holda jamlab farzand
tarbiyasiga doir tartib, qoidalaming sinovdan o'tkazuvchi va amalda tatbiq qiluvchi ota-onaning
faoliyatidir. Oila pedagogikasining asosiy maqsadi oila tarbiyasiga doir muammolaming holati,
qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Shuningdek, oila pedagogikasining asosiy vazifalari, oila
taibiyasiga doir bir butun muammolami hal qilish, oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish
va uning davlatni ustuvor talablariga javob beradigan komil inson tarbiyalashdir. Oila
tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish, pedagogik qonun-qoidalaiga rioya qilish,
fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish, ilg‘or oilalardagi muovaffaqiyatli ish uslublarini
o‘rganish, hamda ota-onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorlikgini o ‘matish kabilarni
amalga oshirishga qaratilgan va barkamol inson taibiyasiga doir muammolami hal qilish doimiy
va hayotiy izlanishlanishlarni talab qilishga qaratilgan.

Oila pedagogikasi

o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun

oilada beriladigan tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari, tamoyil va metodlariga doir
bilimga ega bo‘lmoq lozim. Oila pedagogikasi umumiy pedagogikani bir tizimi bo‘lib u umumiy
pedagogikani qonuniyatlari asosida yaratilgan hisoblanadi. Komil inson tarbiyasi juda ko‘p
qirrali va murakkab bo‘lganligi sababli hamma fanlar unga ko‘makdosh bo‘ladi. Buyuk alloma

Abu Nasr al-Forobiy

«Talhizu Navomis» (Aflotun qonuniyatlarini mohiyati) asarida inson

kamolotini falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday ko‘rsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega
bo‘lgan shahar aholisi eng baxtiyor odamlar bo‘lishlari, qonunlarga ixtiyoriy bo‘ysunishini
ta’minlash uchun qonunlami takomillashtirish, ulardagi qoidalami mustahkamlashdir». Oila
pedagogikasining tarixiy ildizlari. Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi
qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat,
ertak, aytishuvlarda oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida
e’tibor qaratilgan. Javhar Zamindarning quyidagi pur ma’no so’zlari esa buning yaqqol dalillidir.

Ota-onaa behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!

Bundan tashqari oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq yozma

pandnomalarda ko’rsatib berilgan. Bunga Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodatnoma», Zahiriddin
Muhammad Boburning esa «Bobumoma»si, «To‘ti shoxnoma», «Odobnoma» kabilarda oila
muammosiga doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgani misol qilib
olishimiz mumkin.

Oila tarbiyasi masalalari bo‘yicha

Abu Ali Ibn Sino ham

«Tadbir al-manozil» nomli

asarini yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda
oilada ota-onaning vazifasi va burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa, ota-
onalaming oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish borasida
muhim fikrlar bayon etadi. Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalariga keng
o‘rin berilgan. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurishturishda, nutq odobida, so‘z
madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va
haqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga


background image

52

qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan Abu
Ali Ibn Sino.

Shuningdek

, Yusuf Xos Hojib

ham o’zining «Qudatg‘u bilig» asarida oilaviy maishiy

turmush muammolariga ham katta e’tibor bergan. Ushbu asarda u kishilarni uylanib, oila
qurishidan boshlab, farzand tarbiya etish, oilaning moddiy ta’minotini yuritishgacha bo‘lgan eng
zaruriy vazifalarini birma bir bayon etgan. Ota-onalar nazoratida bo‘lgan bolaning mas’uliyat
hissi rivoj topadi deb ta’kidlagan. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota-onaning mavqeyi alohida
ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to‘g‘ri yo‘l farzandlarining kelajagi, kamoloti uchun nihoyatda
muhim-dir. Jamiyatda farzandlari xulq-atvoriga qarab ota-onalariga baho berishni aytib ularni
ogohlantiradi.

Bundan tashqari, Mirzo Ulug’bek qarashlarida ham bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishi

havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o‘rin egallaydi. Shunday ekan, avvallo,
bola tarbiyasida oila muhitini to‘g‘ri tashkil qilish darkor. Kaykovus ham «Qobusnoma»
pandnomasida o‘z farzanding sening haqingda qanday bo'lishini tilasang, sen ham ota-onang
haqida shunday bo‘lgil, nedinkim sen ota-onang haqida ne ish qilsang, farzanding ham sening
haqingda shundoq ish qilur, chunki farzand mevaga, ota-ona mevali daraxtga o'xshaydir» deb
yoshlarni ota-onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr-oqibatli bo‘lishga da’vat etadi. Ota-ona
o‘z farzandi uchun hatto o'limga ham tayyorligini ta’kidlaydi. Har bir farzand oqil va dono bo‘lsa,
ota-ona mehr-muhabbatini ado etmoqdan bosh tortmaydi deb yozib qoldirgan.

Axloqiy tarbiya

— bu shaxsda jamiyat tomonidan e’tirof etilgan axloqiy qadriyatlar,

normalar va xulq-atvor qoidalarini shakllantirish jarayonidir. Inson shaxsining har tomonlama
barkamol bo‘lib yetishishi uchun eng avvalo, unda halollik, vijdonlilik, mehr-oqibat, samimiyat,
odob, va mas’uliyat kabi fazilatlarni qaror toptirish bu juda muhim. Shuningdek, axloqiy tarbiya –
bu shaxsda axloqiy qarashlar, tushunchalar, his-tuyg‘ular, odatlar va e’tiqodlarni shakllantirishga
qaratilgan tarbiyaviy jarayon bo‘lib, bolani jamiyatning ijtimoiy normalariga mos holda
yashashga tayyorlaydi. U bolada “yaxshi-yomon”, “togrilik-yolg‘on”, “adolat-zulm” kabi
tushunchalarni ajrata olish, ongli tanlov qilish, harakatlariga baho bera olish, o‘z xatti-
harakatlariga mas’uliyatni his etish, o‘zgalar manfaatini tushunish kabi fazilatlarni uyg‘otadi

Axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi esa barkamol, o‘z fikri va nuqtayi nazariga ega,

mustaqil fikrlovchi, lekin jamiyat qoidalariga hurmat bilan qaraydigan, mehrli va insonparvar
individni ya’ni shaxsni voyaga yetkazish va uning axloqiy e’tiqodini mustahkamlash – ya’ni u
qanday holatda bo‘lmasin, to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan darajaga yetkazish hisoblanadi. Shu
bilan bir qatorda yosh avlodni oilaga, jamiyatga, vatanga, atrofdagilarga, tabiatga nisbatan
mas’uliyatli va g‘amxo‘r shaxs qilib tarbiyalash va ularning hayotida uchraydigan axloqiy
muammolarni hal etishda mustaqil fikr yurita oladigan darajada tarbiyalash axloqiy tarbiyaning
asosiy maqsadi hisoblanadi.

Axloqiy tarbiyaning tamoyillari esa beshta bo’ladi va ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Uzviylik – tarbiya bosqichma-bosqich va uzluksiz bo‘lishi kerak.
2. Individuallashtirish – har bir bolaning yoshi, temperamentiga mos tarbiyaviy yondashuv

tanlanadi.

3. Hayotga yaqinlik – tarbiyaviy masalalar bolaning hayotidan, kundalik tajribasidan

olinishi kerak.

4. Tarbiyaning ko‘rgazmaliligi – bolaga namuna ko‘rsatish orqali axloqiy xulq shakllanadi.


background image

53

5. Oila-maktab hamkorligi – axloqiy tarbiyaning muvaffaqiyati oila bilan hamkorlikda olib

borilsa, samarali bo‘ladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolalar shaxs sifatida

shakllanishining ilk va eng muhim pog‘onasi hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning axloqiy
dunyoqarashi, qadriyatlarga bo‘lgan munosabati, yaxshi-yomonni farqlash qobiliyati asos
solinadi. Shu bois, o‘qituvchining pedagogik mahorati, metodik yondashuvi, tarbiyaviy uslublari
bu jarayonda katta rol o‘ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna Xalq pedagogikasi.Darslik. “Usmon Nosir “

nashriyoti, Namangan -2024yil.
2.

Karimova N. M., Mamajonova D. Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy ishlar. – Toshkent: Ilm

Ziyo, 2020. – 180 b. (60–78-betlar)
3.

Sayfutdinova N. A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi. – Toshkent: Yangi asr

avlodi, 2021. – 144 b. (47–66-betlar)
4.

O.Hasanbayeva, D.Xoliqov. Oila pedagogikasi. Darslik. Toshkent: Aloqachi, 2007. 386 b.(5-9

betlar)

Библиографические ссылки

Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna Xalq pedagogikasi.Darslik. “Usmon Nosir “ nashriyoti, Namangan -2024yil.

Karimova N. M., Mamajonova D. Boshlang‘ich ta’limda tarbiyaviy ishlar. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. – 180 b. (60–78-betlar)

Sayfutdinova N. A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. – 144 b. (47–66-betlar)

O.Hasanbayeva, D.Xoliqov. Oila pedagogikasi. Darslik. Toshkent: Aloqachi, 2007. 386 b.(5-9 betlar)