108
"DEVELOPMENT OF STUDENTS' RESEARCH CAPACITY THROUGH STEAM
INTEGRATION" (STEAM: SCIENCE, TECHNOLOGY, ENGINEERING, ART, MATH)
Anvarova D.
Master's student at Tashkent International University of Education
https://doi.org/10.5281/zenodo.15318700
Annotation
This article analyzes the issue of developing the research potential of secondary school
students through the STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) approach. The
theoretical foundations of the STEAM approach, the pedagogical possibilities of interdisciplinary
integration, and its role in the formation of such competencies as practical research, creative
thinking, and problem-solving in students are highlighted. Also, the experience of developed
countries and the existing problems and solutions in the implementation of this approach in
Uzbekistan, as well as international projects, are analyzed. Based on statistical data and practical
experience, the role and prospects of STEAM education in the modern education system are
revealed.
Keywords:
STEAM, integration, research capacity, critical thinking, creativity, educational
innovation, interdisciplinary approach.
«РАЗВИТИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОГО СПОСОБНОСТИ СТУДЕНТОВ
ПОСРЕДСТВОМ ИНТЕГРАЦИИ STEAM» (STEAM: НАУКА, ТЕХНОЛОГИИ,
ИНЖЕНЕРИЯ, ИСКУССТВО, МАТЕМАТИКА)
Анварова Д.
Магистрант Ташкентского Международного Университета Образования
Абстрактный
В статье анализируется проблема развития исследовательского потенциала
учащихся средних школ посредством подхода STEAM (наука, технология, инженерия,
искусство, математика). Освещены теоретические основы подхода STEAM, педагогические
возможности междисциплинарной интеграции и ее роль в развитии у студентов таких
компетенций, как практическое исследование, творческое мышление и решение проблем.
Также на основе международных проектов был проанализирован опыт развитых стран и
существующие проблемы и пути решения при внедрении данного подхода в Узбекистане.
На основе статистических данных и практического опыта раскрываются роль и
перспективы STEAM-образования в современной системе образования.
Ключевые слова:
STEAM, интеграция, исследовательский потенциал, критическое
мышление, креативность, образовательные инновации, междисциплинарный подход.
"STEAM INTEGRATSIYASI ORQALI O‘QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK
SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH" (STEAM: SCIENCE, TECHNOLOGY,
ENGINEERING, ART, MATH)
Anvarova D.
Master's student at Tashkent International University of Education
Annotatsiya
Ushbu maqolada STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi
orqali umumta’lim maktabi o‘quvchilarining tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish masalasi
109
tahlil qilingan. STEAM yondashuvining nazariy asoslari, fanlararo integratsiyaning pedagogik
imkoniyatlari hamda o‘quvchilarda amaliy izlanish, ijodiy fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal
qilish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan
davlatlar tajribasi va O‘zbekistonda ushbu yondashuvni tatbiq etish yo‘nalishidagi mavjud
muammo va yechimlar, xalqaro loyihalar asosida tahlil etilgan. Statistik ma’lumotlar va amaliy
tajribalar asosida STEAM ta’limining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va istiqbollari ochib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
STEAM, integratsiya, tadqiqotchilik salohiyati, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik,
ta’lim innovatsiyalari, fanlararo yondashuv.
Kirish
Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarning faqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishini emas, balki
mustaqil izlanish olib borish, tahlil qilish, amaliyotga tadbiq etish va kreativ qarorlar qabul qilish
qobiliyatini shakllantirishni talab etmoqda. Rivojlanayotgan raqamli jamiyat va innovatsion
iqtisodiyot sharoitida shaxsning raqobatbardoshligini ta’minlovchi muhim ko‘nikmalar sirasiga
tadqiqotchilik, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, kreativlik va texnologik savodxonlik kiradi. Ana
shunday kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirishning samarali yo‘llaridan biri bu STEAM
ta’lim yondashuvini joriy etishdir.
STEAM
(Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) integratsiyasi zamonaviy
ta’lim tizimining dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashi, ijodiy
yondashuvi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari va eng muhimi – tadqiqotchilik salohiyatini
rivojlantirishda keng qo‘llanilmoqda. Mazkur yondashuv an’anaviy fanlararo chegaralarni yo‘q
qiladi va bilimlarni kompleks, amaliy asosda o‘zlashtirishga xizmat qiladi. STEAM ta’limi nafaqat
nazariy bilimlarni, balki ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish va o‘z
loyihalarini yarata olish imkonini beradi. Aynan ushbu amaliy yondashuv o‘quvchilarning
tadqiqotchilik salohiyatini oshirishning asosiy omillaridan biridir.
Xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, STEAM integratsiyasi tatbiq etilgan ta’lim
muassasalarida o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi, tahliliy fikrlash darajasi va loyiha
asosidagi ishlarga jalb qilinishi yuqori bo‘ladi. Masalan, AQShda 2021–2022 o‘quv yili davomida
STEAM dasturlarini joriy qilgan maktablarda 5-sinf o‘quvchilarining matematika baholari o‘rtacha
5%, tabiiy fanlar bo‘yicha esa 13% ga oshgani kuzatilgan. Kanada tajribasida esa STEAM
yondashuvi orqali o‘quvchilarda o‘z ustida ishlash, xatolardan o‘rganish va qayta tajriba o‘tkazish
madaniyati shakllangani qayd etilgan. Buyuk Britaniyada o‘qituvchilarga 3D printer,
robototexnika va dizayn fikrlash asosida malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu esa
o‘quvchilarning innovatsion fikrlashini kuchaytirgan.
Tailanddagi Srinakharinwirot universitetining Prasarnmit Demonstratsiya maktabida
o‘tkazilgan tajriba darslarida STEAM asosida loyihalar ishlab chiqilgan. Unda qatnashgan
o‘quvchilarning fikrlash darajasi va loyihaviy ishlarda ishtiroki 80% dan yuqori natija ko‘rsatgan.
Shuningdek, Janubiy Koreyada ham STEAM ta’limiga asoslangan laboratoriyalar orqali o‘quvchilar
orasida texnologik innovatsiyalarni tushunish va yangi ixtirolar yaratishga bo‘lgan intilish sezilarli
darajada ortgan. Quyidagi jadvalda ayrim davlatlarning STEAM yondashuvi asosida olib borgan
faoliyati va natijalari keltirilgan:
Davlat
Amaliyot turi
Natijalar
110
AQSh
Maktabda STEAM kurslari
Matematika (↑5%), Fan (↑13%),
o‘quvchilar ishtiroki ↑
Kanada
Loyiha asosida ta’lim
Tanqidiy fikrlash va refleksiya
ko‘nikmalari oshgan
Buyuk
Britaniya
O‘qituvchilarni texnologik
malakalashtirish
STEAM orqali dars sifati va
innovatsionlik oshgan
Tailand
Eksperimental STEAM
modeli
O‘quvchilarning fikrlash darajasi va
ishtiroki ↑80%
Janubiy
Koreya
Laboratoriya va tajriba
asosidagi o‘quv
Innovatsion fikrlash va texnologik
ko‘nikmalar oshgan
O‘zbekiston ta’lim tizimida ham STEAM yondashuvi bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlandi,
ammo hali bu borada kompleks yondashuv, zamonaviy infratuzilma, mutaxassis kadrlar va
malakali o‘qituvchilar yetishmovchiligi muammo bo‘lib qolmoqda. Maktablarda o‘quvchilarning
eksperimentlar o‘tkazishi, jamoaviy loyiha ishlab chiqishi yoki texnologik vositalar bilan ishlash
imkoniyatlari cheklangan. Shu bilan birga, o‘qituvchilar STEAM integratsiyasi haqida yetarli
tushunchaga ega emas, mavjud o‘quv dasturlari esa ushbu yondashuvga moslashtirilmagan.
Natijada o‘quvchilarning tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari yetarlicha
ochilmayapti.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish
inspeksiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa tegishli idoralar tomonidan STEAM
laboratoriyalarini joriy etish, xalqaro tajribani o‘rganish va o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha
dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu esa yaqin yillarda STEAM asosidagi ta’lim jarayonlarining
rivojlanishi va o‘quvchilarning mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi
kutilmoqda.
STEAM ta’limi o‘quvchilarning faqatgina akademik bilimlarini emas, balki shaxsiy sifatlarini,
xususan, mustaqillik, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik kabi jihatlarini ham shakllantiradi. Ayniqsa,
tadqiqotchilik salohiyatining o‘zagi bo‘lgan kuzatish, tahlil qilish, gipoteza ilgari surish,
eksperiment o‘tkazish va natijalarni baholash kabi bosqichlar to‘liq STEAM yondashuvi orqali o‘z
aksini topadi. Ushbu bosqichlarning sinxronlashtirilgan holda o‘tilishi o‘quvchilarning izlanishga
bo‘lgan intilishini yanada kuchaytiradi.
Pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan qaralganda, STEAM asosida tashkil etilgan darslar
o‘quvchilarda o‘quv motivatsiyasini oshiradi, chunki ularning har bir fani amaliy vazifalar, hayotiy
muammolar bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu jarayonda har bir o‘quvchi o‘z tajribasi va bilimi asosida
muammoni hal qilishga harakat qiladi. Shu tarzda o‘quvchining shaxsiy fikr yuritish doirasi
kengayadi, mustaqil qaror qabul qilishga bo‘lgan tayyorligi kuchayadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, STEAM asosida o‘tkazilgan darslarda qatnashgan
o‘quvchilarning 78 foizi fan va texnologiya sohalarida keyingi bosqichlarda o‘qishni istashini
bildirgan. Masalan, Koreya Respublikasida 7–9-sinflar orasida o‘tkazilgan STEAM loyihalarida
qatnashgan o‘quvchilarning 64 foizi o‘zlari ishlab chiqqan loyiha asosida tanlovlarda ishtirok
etishgan. Bu esa nafaqat o‘quvchining bilimini, balki uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini,
kommunikatsiya ko‘nikmalarini ham shakllantirgan.
O‘zbekiston sharoitida esa ayni paytda ba’zi maxsus maktablar (Prezident maktablari, IT-
maktablar, Yangi O‘zbekiston universitetiga qoshilgan litseylar)da STEAM elementlari sinov
111
tariqasida joriy etilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarning mustaqil laboratoriya ishi, mobil ilova
yaratish, mini-loyiha taqdimoti, muammoli vaziyatlarni guruhda tahlil qilish kabilar asosiy vosita
bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, 2023-yilda Toshkent shahridagi bir nechta ixtisoslashtirilgan
maktablarda STEAM asosidagi eksperimental darslar o‘tkazildi va unda qatnashgan 6–7-sinf
o‘quvchilarning loyiha tuzish, natija chiqarish, muhokama qilish bo‘yicha kompetensiyasi 60
foizdan 85 foizgacha oshgani aniqlangan.
Yevropa davlatlari, xususan, Finlandiya va Estoniya tajribasiga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim
bosqichida ham STEAM komponentlarini joriy qilish mumkinligi amaliyotda isbotlangan. Masalan,
Finlandiyada 1-sinfdan boshlab o‘quvchilarni real hayotiy muammolar bilan tanishtirish,
tabiatdagi hodisalarni modellashtirish, turli narsalarni o‘z qo‘li bilan yasashga yo‘naltirilgan
topshiriqlar orqali ijodiy fikrlash shakllantiriladi. Bu esa kelajakda ularning akademik darajasi
emas, balki innovatsion fikrlashi va startap loyihalarda qatnashish salohiyatini oshiradi.
Ta’limda gender tengligi jihatidan ham STEAM muhim ahamiyatga ega. Bir qator xalqaro
loyihalarda ayol-qizlar sonining texnika va muhandislik sohalarida kamligi aniqlangach, AQSh va
Kanada kabi mamlakatlarda qizlar uchun alohida "Girls in STEM" dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Bu
dasturlar orqali yosh qizlar maktab davridayoq muhandislik va texnologiya loyihalarida ishtirok
eta boshlaydilar, bu esa kelajakda ularning ilmiy tadqiqotlar va startaplar bilan shug‘ullanishiga
zamin yaratadi. Shunga o‘xshash loyihalar O‘zbekiston sharoitida ham Gender strategiyasi
doirasida amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu jarayonlarda muhim jihatlardan biri bu o‘qituvchilarning tayyorgarligi bo‘lib, dunyo
tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, STEAM metodikasi asosida dars o‘tish uchun pedagoglar o‘zgacha
kompetensiyalarga ega bo‘lishlari kerak: dizayn fikrlash, loyiha boshqaruvi, algoritmik tafakkur,
texnologik vositalardan foydalanish. Singapur, Yaponiya va Finlandiya kabi davlatlar o‘qituvchilar
uchun maxsus STEAM pedagogika markazlarini tashkil etgan. O‘zbekiston uchun ham bu yo‘nalish
bo‘yicha maxsus o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, malaka oshirish kurslari va elektron platformalarni
ishlab chiqish dolzarbdir.
Shu asosda aytish mumkinki, STEAM integratsiyasi ta’limda fanlararo yondashuvni
kuchaytiradi, o‘quvchilarning real hayotga yaqin tajriba orttirishiga, muammoli vaziyatlarni hal
qilish ko‘nikmasini shakllantirishga, eng muhimi, ularni tadqiqotga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Bu esa zamonaviy mehnat bozori, innovatsion iqtisodiyot va raqamli jamiyat talablariga mos
kadrlarni shakllantirishning muhim shartidir.
STEAM ta’limi o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Bu yondashuv o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham
o‘rgatadi. Masalan, o‘quvchilar loyiha asosida ishlash, muammolarni hal qilish, guruhda ishlash va
mustaqil fikrlash kabi ko‘nikmalarni egallaydi. Bu esa ularning tadqiqotchilik salohiyatini
oshiradi.
O‘zbekiston ta’lim tizimida STEAM ta’limining rivojlanishi uchun bir qator tashabbuslar
amalga oshirilmoqda. 2021-yilda Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan hamkorlikda 7–11-sinf
o‘quvchilari uchun STEM ta’limini rivojlantirishga qaratilgan 100 million dollarlik loyiha
imzolangan. Ushbu loyiha doirasida STEM fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar
takomillashtirilmoqda, o‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi yaratilmoqda,
maktablar uchun zarur jihozlar sotib olinmoqda va maktab binolari ta’mirlanmoqda. Bundan
tashqari, o‘quvchilarning bilimlarini baholash tizimi ham takomillashtirilmoqda.
112
Shuningdek, UNICEF tomonidan amalga oshirilayotgan "Learning Pioneer Programme"
doirasida O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning oltita yetakchi mamlakati qatoriga kiritildi. Ushbu
dastur doirasida O‘zbekiston raqamli ta’lim vositalarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha
xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Masalan, Eduten nomli raqamli matematika o‘quv platformasi
O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu platforma o‘quvchilarga o‘yin asosida matematika
o‘rganish imkonini beradi va sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini
individual tarzda qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekistonning STEAM ta’limi sohasidagi rivojlanishi uchun xalqaro hamkorlik ham muhim
ahamiyatga ega. 2024-yilda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha
konferensiyasida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida STEAM ta’limi bo‘yicha hamkorlikni
kuchaytirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuv doirasida o‘qituvchilarni tayyorlash,
ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va xalqaro STEAM festivalida hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon davlat pedagogika
universiteti o‘rtasida o‘qituvchilar almashinuvi va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlar mavjud.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning ixtisoslashtirilgan maktablari va litseylarida ham STEAM
ta’limi yo‘lga qo‘yilmoqda. Masalan, Britaniya maktabi Tashkentda zamonaviy STEAM markazi
tashkil etilgan bo‘lib, bu markazda o‘quvchilarga ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va
matematika sohalarida amaliy darslar o'tkaziladi. Bu markazda o‘quvchilar o‘z bilimlarini
amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
XULOSA
Zamonaviy ta’limda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics)
yondashuvi o‘quvchilarning tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirishda strategik vosita sifatida
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu integratsion model nafaqat fanlararo bilimlarni
birlashtiradi, balki o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, tanqidiy tahlil qilish, muammolarni hal qilish va
amaliy tadqiqot olib borish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Xalqaro tajribalar shuni
ko‘rsatmoqdaki, STEAM asosidagi darslar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiribgina qolmay,
ularni ilmiy izlanishlarga qiziqtirish, eksperimentlarga jalb qilish va natijalarni tahlil qilishga
o‘rgatadi.
O‘zbekiston sharoitida ham STEAM ta’limiga qiziqish ortib bormoqda, ixtisoslashtirilgan
maktablar, xalqaro dasturlar, donor tashkilotlar yordami va malakali pedagoglar orqali bu
yo‘nalishda dastlabki ijobiy tajribalar to‘planmoqda. Shu bilan birga, infratuzilmani
mustahkamlash, o‘qituvchilarni STEAM metodikasiga mos holda tayyorlash, ta’lim dasturlarini
takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni faol joriy etish orqali bu yo‘nalishdagi ishlarni
yanada tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish mumkin.
STEAM ta’limining joriy etilishi orqali o‘quvchilarda mustaqil izlanish, ilmiy fikr yuritish va
innovatsion faoliyat olib borishga tayyor, raqobatbardosh, yuqori salohiyatli shaxslarni
tarbiyalashga xizmat qiluvchi puxta pedagogik asos yaratiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimova, D. R. (2023).
STEAM yondashuvi asosida fanlararo integratsiyani ta’limga tadbiq
etishning
nazariy
asoslari
.
—
Acta
Educationis,
3(1),
42–48.
113
https://actaeducation.uz
2.
Jo‘rayev, M., & Xudoyqulova, N. (2022).
O‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlashni
rivojlantirishda STEAM yondashuvining o‘rni
. — Ta’lim va fan, 2(7), 95–101.
3.
National Science Foundation (NSF). (2021).
STEM Education Data and Trends
. —
UNESCO Institute for Statistics. (2023).
STEAM Education in Asia: Practices and Outcomes
.
U.S. Department of Education. (2022).
STEAM Education Strategic Plan: Engaging America’s
Youth
in
STEM
through
the
Arts
.
https://www.ed.gov/stem
6.
The Guardian. (2024).
Full STEAM ahead for creativity in all subjects
.
https://www.theguardian.com/education/2024/nov/03/full-steam-ahead
7.
TCI Thai Journal Online. (2022).
Developing a Learning Management Model Based on STEAM
Education
for
5th
Grade
Students
.
https://so03.tci-thaijo.org
8.
Eduten.com (2024).
AI-powered Math Learning Platform used in Uzbekistan schools
.
Asia Development Bank (ADB). (2021).
STEM in Uzbekistan: Transforming Secondary
Education
.
https://www.adb.org
10.
Vlasova, N., & Oripova, Z. (2021).
STEAM yondashuvining o‘zbek ta’lim tizimida joriy etilishi:
imkoniyatlar va to‘siqlar
. — Innovatsion Pedagogika, 1(4), 77–83.