Авторы

  • Mavjudaxon Aliyeva
    Qo’qon Davlat pedagogika insitituti Biologiya kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.82727

Ключевые слова:

Biologiya xonasi laboratoriya jihozlanish talablar.

Аннотация

Umumiy oʻrta taʼlimi maktablarda biologiya xonasini jihozlanishiga qoʻyilgan talablar  hozirgi zamonaviy texnik vositalar bilan birga, pedagogik, sanitariya-gigenik talablarda ham oʻzgarishlar berilgan. Bu talablarning tranformatsiyasi oʻquvchilarda biologiya fanini oʻqitishda kreativlikni rivojlantirish uchun muhim ekanligi xulosa qilingan.


background image

105

BIOLOGIYA XONALARINI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA SINI

JIHOZLANISH TARTIBI

Aliyeva Mavjudaxon Baxromjon qizi

Qo’qon Davlat pedagogika insitituti Biologiya kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15308091

Annotatsiya:

Umumiy oʻrta taʼlimi maktablarda biologiya xonasini jihozlanishiga qoʻyilgan

talablar hozirgi zamonaviy texnik vositalar bilan birga, pedagogik, sanitariya-gigenik talablarda
ham oʻzgarishlar berilgan. Bu talablarning tranformatsiyasi oʻquvchilarda biologiya fanini
oʻqitishda kreativlikni rivojlantirish uchun muhim ekanligi xulosa qilingan.

Kalit soʻzlar

: Biologiya xonasi, laboratoriya, jihozlanish, talablar.

Абстрактный

Вместе с нынешней современной технической оснащенностью изменились

требования к оборудованию кабинета биологии в школах общего среднего образования, а
также педагогические, санитарно-гигиенические требования. Сделан вывод, что
трансформация этих требований важна для развития креативности в преподавании
биологии.

Ключевые слова:

Кабинет биологии, лаборатория, оборудование, требования.

Abstract

The requirements for the equipment of the biology room in schools of general secondary

education have been changed along with the current modern technical equipment, as well as
pedagogical, sanitary-hygienic requirements. It was concluded that the transformation of these
requirements is important for the development of creativity in the teaching of biology.

Key words:

Biology room, laboratory, equipment, requirements.


Bugungi zamonaviy ta'limda maktablarni o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter

texnikasi, darsliklar va o'quv uslubiy materiallar bilan ta'minlash zarurati har qachongidan ham
dolzarb masaladir. Umumiy o'rta ta'lim maktablamning moddiy texnika bazasini mustahkamlash
orqali o'quvchilarda DTS talablariga mos holda bilimlarni shakllantirish, ko'nikma va
malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko'rsatish uchun biologiya xonasini
zamon talablari asosida tashkil etish zarur.Biologiya xonasi uchun yo'lakka yaqin joylashgan
oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko'rgazmalar
tashkil etish mumkin.

Sinf xonalari derazalarining yo'nalishi ufqning janubiy, sharqiy yoki janubi-sharqiy

tomonlarida bo'lishi kerak.

Xonaning chap tomonida yorug'lik bo'lishi kerak. Ofis xonasining chuqurligi 6 m dan ortiq

bo'lgan ikki tomonlama yoritishda balandligi poldan kamida 2,2 m bo'lishi kerak bo'lgan o'ng
tomondagi yoritish moslamasi talab qilinadi. Yorug'lik teshiklarini (ichki va tashqi tomondan)
jihozlar yoki boshqa narsalar bilan to'sib qo'yish taqiqlanadi. Katta o'simliklar yoki o'simlik
javonlari derazalarga joylashtirilmasligi kerak. Shkafning yorug'lik teshiklari sozlanishi
quyoshdan himoya qiluvchi asboblar bilan jihozlangan bo'lishi kerak, masalan, pardalar, devor
va mebel rangiga mos keladigan ochiq rangdagi mato pardalari.

Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o'quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat

burchagi xonalaridan iborat bo'lishi kerak. Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi
biologiya o'qituvchisi zimmasiga yuklatiladi.


background image

106

Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo'naltirilgan:
- ta'limning samaradorligi oshirish maqsadida o'quv jarayonini tashkil etishda kerak

bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash; dars va o'quv jarayonining boshqa shakllarida o'qitishning
texnik vositalaridan foydalanish;

- o'quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning nazorat

dasturlaridan foydalanish;

- biologiya bo'yicha sinf va maktabdan tashqari mashg'ulotlarni olib borishda kerak

bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash;

Biologiya o'quv xonasi quyidagilar zarur bo'lgan mebel va maxsus jihozlar bilan

jihozlanadi: doska, o'qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o'quvchilar uchun parta va stul,
preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetining
etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o'simlik va hayvonot dunyosining
evolyutsion rivojlanish tarixini, ko'zga ko'ringan biologlarning portretlari qo'yilsa maqsadga
muvofiq bo'ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va
kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o'z vaqtida namoyish etish, amaliy
ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. Bu o'z
navbatida o'quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez
topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o'quvchilarda o'quv mehnatini tashkil
qilish madaniyatini tarbiyalaydi.

Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o'quv

ko'rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya'ni o'qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo'lgan
barcha qo'llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar,
laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun yo'riqnoma berish hamda ko'rsatmalarni
hammasi malum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi.
Bulardan tashqari, laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o'tkazish uchun zarur materiallar
tayyorlanadi, ko'rgazmalar ta'mirlanadi. Stolda jo'mrakli suv krani bo'ladi. Undan idishlarni
yuvishda foydalaniladi.

Biologiya o'qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil

qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o'simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida
tajribalar o'tkazish hamda darslarda namoyish etish uchungina emas, balki darslardan va
sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida
biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish mumkin.

Umumta'lim maktablarida biologik ta'limning samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini

tashkil etish shakllari bo'lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab
darajasida o'tkazishga bog'liq. Mazkur mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo
biologiya o'quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini to'liq jihozlashga bog'liqdir.

Biologiya o'quv fani asosan tirik organizmlar to'g'risida bilim beruvchi fan. Biologiya o'quv

fanini DTS talablari asosida o'qitish, tirik organizmlar ustida ko'rgazmali va amaliy usullarni
qo'llash asosida mashg'ulotlar o'tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab
etadi.

Biologiya darsida o'quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo'lgan umumiy talablar

mavjud.

1. Pedagogik talablar:
2. Biologiya xonasiga qo'yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari:


background image

107

3. Estetik talablar:
Xonaga qo'yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko'rinishi

go'zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o'quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o'quvchida
ham, o'qituvchida ham qoniqish hissini hosil qilishi kerak.

Biologiya o'qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tabiat burchagi tashkil etadi.

Unda o'quvchilarning biologiyaga bo'lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy
imkoniyatlar bor.

Tirik tabiat burchagi dastlab, o'quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf derazalarida

tashkil etiladi

Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o'rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib

borishini va tajribalar qo'yishni talab qiluvchi yovvoyi o'simliklar ham bo'lishi zarur. Bunday
o'simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog'i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o'tqaziladi.

Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh

tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq
tayerlaydilar, turli moslama yasaydilar va tamirlaydilar.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarning biologiya fanini a'lo darajada o'zlashtirishlariga

nafaqat dars jarayonlari, balki ularning qiziqishlarini ortishiga sabab bo'luvchi laboratoriya
mashg'ulotlari va tirik tabiat burchagi ham muhim rol o'ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Tolipova J, Gofurov, Biologiya talimi texnologiyalari.

2.

N.N.Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Toshkent-2006.

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Tabiiy fanlar

Библиографические ссылки

Tolipova J, Gofurov, Biologiya talimi texnologiyalari.

N.N.Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik maxorat. Toshkent-2006.