101
MAKTABGACHA TA'LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNI AMALGA
OSHIRISHNING SHART-SHAROITLARI
Djurayeva Sharofatxon Nurmatovna
University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Ijtimoiy Gumanitar
fanlar fakulteti Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 22-20 guruh talabasi
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani Barkamol avlod bolalar maktabi to'garak raxbari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15304643
Annotatsiya:
oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda oʻsib borayotgan yosh avlodni
sogʻlom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va
tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali
tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu maqolada,
maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlarni amalga oshirishning ahamiyati va shart-
sharoitlari xaqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, ijtimoilashuv jarayoni, zamonaviy yondashuvlar, uzluksiz
ta’lim, maktabgacha ta’lim prinsiplari, tarbiya, koʻnikma, malaka, rivojlanish.
Abstract:
Over the past period, extensive work has been carried out in our country to
organize an effective system of preschool education aimed at raising the growing young
generation to a healthy and comprehensively mature adulthood, introducing effective forms and
methods of education and upbringing into the educational process. This article provides
information on the importance and conditions for implementing modern approaches in preschool
education.
Keywords:
preschool education, socialization process, modern approaches, continuous
education, principles of preschool education, upbringing, skills, qualifications, development.
Аннотация:
За истекший период в нашей стране проведена большая работа по
организации эффективной системы дошкольного образования, направленной на
воспитание подрастающего молодого поколения к здоровой и всесторонне зрелой
взрослой жизни, внедрению в образовательный процесс эффективных форм и методов
обучения и воспитания. В статье представлена информация о важности и условиях
внедрения современных подходов в дошкольное образование.
Ключевые слова:
дошкольное образование, процесс социализации, современные
подходы, непрерывное образование, принципы дошкольного образования, воспитание,
умения, навыки, квалификации, развитие.
Mamlakatimiz tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, yosh avlodni tarbiyalash va ularni ta’limli
qilish borasida qator ishlarni amalga oshirib bordi. Ayniqsa maktabgacha ta’limga boʻlgan
e’tiborning kuchayishi va jaxon tajribalari asosida rivojlantishni maqsad qilinishi, bu soha rivoji
uchun xizmat qildi.
Ta’limning maktabgacha taʼlim boʻgʻinida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun
yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlar sonini yanada oshirish
va ular koʻrsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor boʻldi.
Xozirgi zamonning maktabgacha taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-metodik
materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarni
jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini koʻrsatmoqda.
102
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz taʼlim tizimini isloh qilish kelajakda
oʻqituvchilik kasbini egallaydigan yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik,
ijtimoiy siyosiy hayotda erkin, mustaqil faoliyat koʻrsata olish, yuksak darajadagi pedagogik
mahoratga ega boʻlishga yoʻnaltirilgan. Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlimning boshlangʻich qismi
hisoblanadi. U bolaning sogʻlom va rivojlangan shaxs boʻlib shakllanishini taʼminlab, oʻqishga
boʻlgan ishtiyoqini uygʻotib, tizimli oʻqitishga tayyorlab boradi. Maktabgacha taʼlimning maqsadi
– bolalarni maktabdagi oʻqishga tayyorlash, bolani sogʻlom, rivojlangan, mustaqil shaxs boʻlib
shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, oʻqishga, tizimli taʼlimga boʻlgan ishtiyoqini
tarbiyalashdir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-maʼnaviy hayot darajasining
yuksalishi taʼlim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022--2026-yillarda 160
mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish” kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab
berilgan. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha taʼlim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan
takomillashtirildi, nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilindi, oʻrta maxsus,
kasbhunar taʼlim tizimi qayta koʻrib chiqildi, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirish choralari kuchaytirildi, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning ikki pogʻonali tizimi joriy
etildi.
Jumladan, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha taʼlim sifatini
oshirish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan
yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy taʼlim
dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlariga pedagog kadrlarni
tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar
qoʻyildi.
Rivojlanishning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham
bu – ilm-fan, taʼlim va tarbiya. Shu boisdan jahonning yetakchi davlatlarida taʼlimni rivojlantirish
birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas.
Jumladan, maktabgacha taʼlim tizimi uzluksiz taʼlimning birlamchi, eng asosiy boʻgʻini
hisoblanadi. Shu sababli oʻtgan vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim sohasini rivojlantirish – taʼlim
sohasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.
Har qanday taʼlim tizimining tamal toshi maktabgacha taʼlim tizimi tashkilotlarida qoʻyilishi
hammamizga maʼlum. Yaqin-yaqingacha nafaqat olis qishloqlarda, balki yirik shaharlarda ham
maktabgacha yoshdagi boʻlgan bolalarni bogʻcha tarbiyasi bilan qamrab olish muammoli
masalalardan biri edi. Tashkilot tarbiyachilariga boʻlgan talab ham shunga yarasha edi. Ammo
soʻnggi yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyasiga jalb etish hamda ularda
faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasiga boʻlgan talab oshdi. Bu esa kelajak avlodning
barkamolligi yoʻlidagi ulkan xizmatlardan biri boʻldi.
Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimida koʻpgina islohotlar amalga oshirilmoqda,
ularning barchasi tarbiyalanuvchilar va tarbiyachi-pedagoglar manfaatlari yoʻlida xizmat qilishi
va maktabgacha taʼlim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi – davr talabidir.
Demokratiya va insonparvarlik prinsiplariga tayangan holda tashkil etiladigan maktabgacha
taʼlim jarayoni nafaqat bolaning tashqi holati, balki uning ichki dunyosi, mayllari, intilishlarini
hisobga olgan holda tashkil etilishi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda tashkilot
rahbarlari va tarbiyachi-pedagoglarning asosiy vazifasi tarbiyalanuvchilarning shaxsiy
103
imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, intellektual taraqqiyotlarini taʼminlash vositalari, usullari,
metodlari va yoʻllarini izlab topishdan iboratdir.
Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
– har bir bola uchun maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi;
– har bir bolaning isteʼdodi nishonalarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
shart-sharoitlarning tengligi;
–
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim-tarbiya berish va ularni
sogʻlomlashtirishning, oila hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyaviy taʼsirining
birligi; – maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga taʼlim-tarbiya berish uygʻunligi;
– bolaning shaxsini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan shaxsiy yondashuv;
– maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimning izchilligi hamda uzluksizligi;
– taʼlim va tarbiyaning demokratik hamda dunyoviy xususiyatga egaligi;
– taʼlim-tarbiya jarayonining shaffofligi va ochiqligi;
– maktabgacha taʼlim va tarbiya mazmuni, darajasi hamda hajmining maktabgacha boʻlgan
yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlariga hamda sogʻligi holatiga muvofiqligidan iborat.
Taʼlimning sifatini va uning qulayligini taʼminlash uni modernizatsiyalashning muhim
vazifalaridandir. Maktabgacha taʼlimni modernizatsiyalash jarayonida boshqaruv kadrlari va
tarbiyachilarning shaxsiy uslubini faol tarzda qayta qurish talab qilinadi. Buning uchun
maktabgacha taʼlim dasturlarining tarkibiy tuzilishini davlatning taʼlimning mazkur bugʻini oldiga
quygan talablari asosida takomillashtirish lozim.
Bugungi kunga kelib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim oluvchilar soni sezilarli
darajada koʻpaymoqda. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlimning samaradorligini taʼminlash
uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va tarbiyachilar taʼlim-tarbiyaning samarali
usullari va metodlarini izlab topish ustida tinmay harakat qilishlari kerak.
Innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar yangiliklarni
yaratish, tatbiq etish va ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyatga
aylanishini talab etmoqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyati bolalarning mustaqilligi,
qiziquvchanligini oshirish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, murakkab vaziyatlardan chiqa
olish imkoniyatini izlab topish koʻnikmasini shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Shundagina
pedagoglar oʻz kuchlariga ishonib bolalarning oʻzgaruvchan vaziyatlarda aniq faoliyat koʻrsata
olishlariga koʻmaklashadilar. Shu bilan bir qatorda ular bolalarning ota-onalarini maktabgacha
taʼlim tashkiloti hayotida faol ishtirok etishga jalb etadilar.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sifatli taʼlim bilan taʼminlash uchun taʼlim
jarayonini modernizatsiyalash nihoyatda zarur hisoblanadi. Buning uchun bolani ijtimoiy hayotga
tayyorlashga xizmat qiladigan barcha pedagogik texnologiyalarni uygʻunlashtirish va oʻzaro
mujassamlashtirish talab etiladi.
Maktabgacha taʼlimning sifati taʼlimning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli
oʻzlashtirishlarini
kafolatlaydi.
Buning
uchun
maktabgacha
taʼlim
tashkilotlarini
modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli taʼlim va tayanch
koʻnikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Bu talablar asosida bolalarga taʼlim berish erta bolalik
davridan boshlanadi va uzluksiz davom etadi.
Maktabgacha taʼlimni individuallashtirish tamoyili oʻzida bir qator talablarni
mujassamlashtiradi. Bu esa oʻziga xos tabiiy jarayon hisoblanadi. Jamiyatning rivojlanishi
barobarida shaxs faoliyati xam koʻproq darajada individuallashtiriladi va uning mavqei oʻzgaradi.
104
Agar mamlakat va jamiyat qanchalik rivojlangan boʻlsa, unda har bir inson alohida qadrlanadi va
oʻz oʻrniga ega buladi.
Ta’limning poydevori boʻlgan maktabgacha taʼlimning tubdan isloh qilinishi sifati uzluksizlik
nuqtayi nazaridan yondashgan holda tahlil qilinadi. Bu jarayonda barcha bolalar uchun teng
imkoniyatga ega boʻlgan dastlabki bilim va tushunchalar shakllantiriladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
SH.M.Mirziyoyevning PF-152-sonli “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada
oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni 30.09.2024 yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
3.
Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni
Oshirish.
Miasto Przyszłości
,
51
, 146-148.
4.
Kalandarova
F.T.
KOMPETENTSIYAGА
АSOSLАNGАN
YONDАSHUV
BOʼLАJАK
BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.
https://www.iupr.ru/5-120-2024
5.
Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI
RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.
6.
Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK
KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon
Jo‘rayevna pfd, professor.
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI
, 120.