Авторы

  • Gulnoz Shukurova
    Zarmed universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.83539

Ключевые слова:

tafakkur ko’rgazmali-obrazli tafakkur ijodkorlik sezgi qiziquvchanlik intellektuai faollik psixologik rivojlanish qobiliyat motivatsiya.

Аннотация

Maqolada kichik maktab yoshi o'quvchilarida ko’rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ma’lumki jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intellektual imkoniyatlari bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy salohiyati yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Davlatlarning tarixiy rivojlanishida yoshlarga bo‘lgan e’tibor muhim o‘rin egallaydi.


background image

136

KICHIK MAKTAB YOSHI O'QUVCHILARIDA KO’RGAZMALI-OBRAZLI

TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Shukurova Gulnoz Muhammadovna

Zarmed universitetining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi

+99891-408-03-47

Shukurovagulnoz78@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15331890

Annotatsiya:

Maqolada kichik maktab yoshi o'quvchilarida ko’rgazmali-obrazli tafakkurni

rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ma’lumki jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan
uning intellektual imkoniyatlari bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy salohiyati yuqori darajada
rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi. Davlatlarning tarixiy rivojlanishida
yoshlarga bo‘lgan e’tibor muhim o‘rin egallaydi.

Kalit so‘zlar:

tafakkur, ko’rgazmali-obrazli tafakkur, ijodkorlik, sezgi, qiziquvchanlik,

intellektuai faollik, psixologik rivojlanish, qobiliyat, motivatsiya.

Аннотация:

В статье рассматриваются особенности развития наглядно-образного

мышления у учащихся младших классов. Известно, что благополучие общества во многом
определяется его интеллектуальными возможностями. Потому что страна с
высокоразвитым научным потенциалом всегда будет передовой во всех областях.
Внимание к молодежи играет важную роль в историческом развитии государств.

Ключевые слова:

мышление, наглядно-образное мышление, креативность,

интуиция, любознательность, интеллектуальная деятельность, психическое развитие,
способности, мотивация.

Abstract:

The article discusses the specific features of the development of visual and

figurative thinking in primary school students. It is known that the prosperity of a society is
largely determined by its intellectual capabilities. Because a country with a highly developed
scientific potential will always be progressive in all areas. Attention to youth plays an important
role in the historical development of states.

Keywords:

thinking, visual-figurative thinking, creativity, intuition, curiosity, intellectual

activity, psychological development, ability, motivation.


Tаfаkkur insоn аqliy fаоliyаtining yuksаk shаklidir. Ko’rgazmali-obrazli tаfаkkur оrqаli biz

sеzgi а'zоlаrimiz bilаn bеvоsitа аks еttirib bо’lmаydigаn nаrsа vа hоdisаlаrni оngimizdа аks
еttirаmiz. Umumаn оlgаndа tаshqi muhitdаgi nаrsа vа hоdisаlаr о’rtаsidа kо’z bilаn kо’rib, qulоq
bilаn еshitib bо’lmаydigаn ichki munоsаbаtlаr hаmdа qоnuniyаtlаr mаvjud. Аnа shu ichki
bоg’lаnish hаmdа qоnuniyаtiаmi biz tаfаkkur оrqаli bilib оlаmiz. Dеmаk, tаfаkkur dеb nаrsа vа
hоdisаlаr о’rtаsidаgi еng muhim bоg’lаnishlаr vа munоsаbаtlаming оngimizdа аks еttirilishigа
аytilаdi.Аynаn tаfаkur оrqаli biz mоddiy оlаmdаgi nаrsа vа hоdisаlаming mоhiyаtini bilish
imkоnigа еgа bо’lаmiz. Shu bоis dunyоni bilishdа bеvоsitа sеzish, idrоk, tаsаvvur vа bаvоsitа
tаfаkkur muhim rоl о’ynаydi. Tаfаkkur fаоliyаti muаyyаn mаqsаdgа qаrаtilgаn аlоhidа оngli
jаrаyоn tаriqаsidа sоdir bо’lаdi. Bоsh miyаning birоr uchаstkаsidаgi fаоliyаt еmаs, bаlki butun
bоsh miyа pо’stining fаоliyаti mаnа shu jаrаyоnning fiziоlоgik аsоsidir. Tаfаkkur fаоliyаti uchun
аvvаlо аnаlizаtоrlаrning miyаdаgi uchlаri о’rtаsidа vujudgа kеlаdigаn murаkkаb bоg’lаnishlаr
muhim аhаmiyаtgа еgаdir. Аnаlizаtоrlаming bоsh miyа pо’stidаgi uchаstkаlаri bir-biridаn
kеskin аjrаlgаn hоldа еmаs bаlki bir-birigа tutаshib, bir-biri bilаn chаmbаrchаs bоg’lаnib


background image

137

kеtgаnligi sаbаbli mаzkur bоg’lаnishlаming vujudgа kеlishi yuqоridа аytib о’tilgаnidеk,
tаfаkkurning mахsus nеrv-fiziоlоgik mехаnizmlаridir. Bundа ikkinchi signаllаr tizimining
bоg’lаnishlаri birinchi signаl tizimidаgi bоg’lаnishlаrgа tаyаnаdi.О’quvchi vа tаlаbа yоshlаr
turmushdа vа dаrs jаrаyоnidа аnаliz yоrdаmi bilаn kо’pginа ishlаrni аmаlgа оshirаdilаr,
tоpshiriqlаr, misоl vа mаsаlаlаrni yеchаdilаr. Dеmаk, tаbiаt vа jаmiyаtdаgi bilim vа tаjribаlаmi
insоn tоmоnidаn о’zlаshtirib оlish аnаlizdаn bоshlаnаdi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilaridа tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi.

Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof - olamdagi bog‘lanishlar mazmunini yuqori darajada
bilishga harakat qiladilar. Bu davrda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning bilishga bo‘lgan
qiziqishida keskin rivojlanish sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi kichik
maktab yoshidagi o’quvchi tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot,
dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo
bo‘ladi.Maktabda o‘qitiladigan fanlar kichik maktab yoshidagi o’quvchi uchun o‘z taxminlarini
yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha,
“Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi”. Bu
borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini
yaratadi. 11-12 yoshdan boshlab kichik maktab yoshidagi o’quvchi endi mantiqiy fikrlab harakat
qila boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli
tahlil etishni o‘rgana boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi tafakkurning nazariy
darajaga qanchalik tez ko‘tarila olishi, o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning
intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri
yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda
atrofdagilarga o‘z layoqatlarini namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish
ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. O'qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning kichik
maktab yoshidagi o’quvchilik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtayi nazaridan ham,
pedagogik nuqtayi nazaridan ham muhimdir. Bu davrni biz yana o'tish davri ham deb ataymiz.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o'z ichiga qamrab
oladi, ya'ni bu yosh oralig'i 5-8 sinfga to'g'ri keladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi
o'quvchilarning ta'lim va tarbiya berish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi
bolalarning psixik rivojlanishi va xususiyatlarini ba'zan yetarli darajada bilmaslikdan yoki
inkor qilishdan kelib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o'quvchilariga qaraganda
kichik maktab yoshidagi o’quvchilik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko'p qiyinchiliklar
bo'ladi. Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kechadi. Bu
jarayon kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasining odamlar bilan bo'lgan munosabat
formalarining jiddiy ravishda o'zgarishi hamda hayot sharoitining o'zgarishi bilan bog'liqdir.
Bu davrda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o'z shaxsiy fikrlari paydo bo'ladi. Ularda o'z
qadr-qimmatlari haqidagi tushuncha kengayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo'yicha kichik
maktab yoshidagi o’quvchilarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar, ularning
faoliyatlari bilan tug'iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari
o'rtasidagi dialektik qarama-qarshiliklarni yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir.

Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush

shakliga ega bo‘lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga
mujassamlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Biz doimo so‘zlar orqali fikr yuritamiz.
Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan yashirin, tovushsiz, ichki


background image

138

nutq insonning tafakkur mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Nutq tafakkur qurolidir. Ma’lum fikr
so‘zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so‘z bilan ifoda etish –
ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi
bosqichlaridan iborat bo‘lgan murakkab jarayon.O`quv jarayonida hosil qilingan bilimlardan
tashqari o`quvchi shaxsini shakllantirishga o`quv faoliyatining o`zi xam ta’sir ko`rsatadi, chunki
bu faoliyatni o`zlashtirish va amalga oshirish xam psixikaning muayyan darajada rivojlangan
bo`lishini taqozo etadi. O`quv faoliyati jarayonida o`quvchi o`qituvchi rahbarligida o`quv
faoliyatining barcha komponentlarini egallab oladi. Bu o`quvchining o`quv sub’ekti sifatida
qaror topishiga shart-sharoit yaratadi.O‘quvchi yoshlarning o‘qishga munosabati ularning
qiziqishlarida, motiv va motivatsiyalarida o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Ana shu boisdan
o‘quv motivlari va motivatsiyalarini tadqiqot qilish bo‘lganligi uchun dolzarb muammoga
aylanib qoldi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimini yuksak darajaga ko‘tarish uchun
o‘quvchilarda anglanilgan, yuqori ko‘rsatkichli, indikator xususiyatli o‘quv motivini
shakllantirish davr talabidir. Zero, faoliyat va xulq-atvor motivsiz, motivatsiyasiz faollikka,
muayyan yo‘nalishga, o‘ziga xos mahsuldorlikka, muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun
turli yoshdagi saboq oluvchilarni motiv, motivatsiya mohiyati bilan tanishtirish
mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini zaruriy sharti hisoblanadi. Bizningcha, o‘quv
faoliyatining faolligi, ijodiyligi, nostandartligi, samaradorligi, bilimlarning puxtaligi,
mantiqiyligi, izchilligi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning motiv va motivatsiya bilan
qurollanganligiga bog‘liq, ular qanchalik anglanilgan, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lsa, mazkur
faoliyat shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi, ularni tatbiq etish osonroq kechadi.
Shaxsning faoliyati, xatti-harakati, xulq-atvori muvaffaqiyati ko‘p jihatdan yo‘naltirilganligiga
bog‘liq. O‘quv faoliyatini samarali bo‘lishini ta’minlash uchun psixotreninglardan foydalanish
maqsadga muvofiq.