Авторы

  • Kamolaxon Abrorxonova
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
  • Sarvinoz Rajabova
    Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlangʻich ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.83542

Ключевые слова:

Abdulla Avloniy Turkiy Guliston axloqiy tarbiya og‘zaki nutq yozma nutq pedagogik imkoniyatlar psixologik yondashuv boshlang‘ich ta’lim nutqni rivojlantirish ma’naviy-ma’rifiy tarbiya.

Аннотация

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Asardagi axloqiy nasihatlar, maqollar, hikmatli fikrlar orqali o‘quvchilarning fikrlash, o‘z fikrini bayon etish, odob-axloq va nutq madaniyatini shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida nutq kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy-ma’naviy merosdan samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi.


background image

126

“TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARINING BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA

OGʻZAKI VA YOZMA NUTQNI RIVOJLANTIRISHDAGI PEDAGOGIK -

PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlangʻich taʼlim

pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),

dotsent.

kabrorxonovna@mail.ru Tel: +998974451446

Rajabova Sarvinoz Shovkatjon qizi

Nizomiy nomidagi TDPUning Boshlangʻich ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi.

sarvinozr1209@gmail.com Tel: +998903934099

https://doi.org/10.5281/zenodo.15331444

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud

axloq” asarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishdagi
pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Asardagi axloqiy nasihatlar, maqollar, hikmatli
fikrlar orqali o‘quvchilarning fikrlash, o‘z fikrini bayon etish, odob-axloq va nutq madaniyatini
shakllantirish yo‘llari tahlil qilingan. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida nutq
kompetensiyalarini rivojlantirishda milliy-ma’naviy merosdan samarali foydalanish
imkoniyatlarini ochib beradi.

Kalit so‘zlar:

Abdulla Avloniy, Turkiy Guliston, axloqiy tarbiya, og‘zaki nutq, yozma nutq,

pedagogik imkoniyatlar, psixologik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, nutqni rivojlantirish,
ma’naviy-ma’rifiy tarbiya.


Bugungi tezkor taraqqiyot va zamonaviy axborot oqimi sharoitida yosh avlodning og‘zaki

va yozma nutqini rivojlantirish orqali ularning tafakkur doirasi, ma’naviy qiyofasi va
kommunikativ salohiyatini yuksaltirish davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri
sifatida e’tirof etilmoqda. Bu borada milliy qadriyatlar, tarixiy va madaniy merosni ta’lim-tarbiya
jarayoniga integratsiya qilish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday degan edi: “O‘z tarixini, tilini, madaniyatini
bilgan, milliy g‘urur va iftixorga ega bo‘lgan yoshlar – bizning eng katta boyligimiz va
tayanchimizdir”[1]. Bu fikrlar asosida ta’lim jarayoniga o‘zbek adabiyoti va ma’rifatparvarlik
merosini singdirish, ayniqsa, Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan
foydalanish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham og‘zaki, ham yozma nutqni rivojlantirish
bilan birga, ularni axloqiy jihatdan kamol toptirishga xizmat qiladi. Shunday ekan, “Turkiy
Guliston yoxud axloq” asarini ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etish — bu nafaqat adabiy manbadan
foydalanish, balki yosh avlod qalbiga ezgulik, mehr-oqibat, hurmat, mehnatsevarlik va
insonparvarlik g‘oyalarini singdirish yo‘lida muhim qadamlardan biridir. Asarda keltirilgan har
bir hikmat, nasihat yoki badiiy misra bolaning ma’naviy olamida chuqur iz qoldirishi, uni ijtimoiy
va ruhiy jihatdan yetuk shaxs bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishi mumkin. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda bu kabi asarlarning o‘rni katta.
Chunki bolalar bu bosqichda til va tafakkur jihatdan faol shakllanish jarayonida bo‘lishadi. Agar
biz ularga to‘g‘ri va ibratli matnlar asosida og‘zaki fikr bildirish, mustaqil yozma ifoda qilish,
ijtimoiy voqealarga munosabat bildirishni o‘rgatsak, bu kelajakda ularning nutq madaniyati,
mulohaza yuritish ko‘nikmalari va muloqotda faolligini oshiradi. Shuningdek, Avloniy asaridagi
pedagogik-psixologik jihatlar — bolaning ruhiy dunyosiga mos keladigan iboralar, sodda tilda


background image

127

berilgan axloqiy qadriyatlar, qisqa va mazmunli hikmatlar — bugungi darslarda metodik vosita
sifatida qo‘llanishi mumkin. Masalan, “Odobli bo‘lmagan odam — xazinasi yo‘q boy kabidir”
[2:25] degan ibora asosida darsda rolli o‘yinlar tashkil etish, kichik munozaralar o‘tkazish orqali
o‘quvchilarning og‘zaki nutqini mustahkamlash, yozma topshiriqlar orqali esa ularning izchil
fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin.

“Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining pedagogik-psixologik ahamiyati yosh avlodni

tarbiyalashda va ularning nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda juda katta rol o‘ynaydi. Abdulla
Avloniy o‘z asarida axloqiy qadriyatlar, odob-axloq, shaxsiyatni shakllantirish va ijtimoiy
javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Bu asar pedagogik nuqtai nazardan
yoshlarning axloqiy va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarni
yaxshi muomala, adolat, halollik va mehr-oqibat kabi fazilatlarni egallashga undaydi. Pedagogik
nuqtayi nazardan, “Turkiy Guliston” asaridagi nasihatlar va hikmatlar o‘quvchilarning axloqiy va
ma’naviy rivojlanishini ta’minlaydi. Bu asar o‘quvchilarga dunyoqarashini shakllantirishda
yordam beradi, ularga jamiyatda to‘g‘ri xulq-atvorni va axloqiy qoidalarni o‘rgatadi. Asardagi
fikrlar, o‘quvchilarga yaxshi muomala, boshqalarga nisbatan hurmat va odobni o‘rgatish bilan
birga, ularning o‘z-o‘zini tahlil qilish, fikrlarni mantiqiy ravishda bayon etish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Bu nafaqat bilimni kengaytirish, balki shaxsiy dunyoqarashni shakllantirishga ham
yordam beradi. Asarda ta'kidlashicha, “...zehnsiz kishilarning oʻlchovsiz soʻzlari oʻzlarini
uyaltirgoni kabi eshituvchini ham zeriktirur...”

[2:40] bu esa o‘quvchilarga faqat kitob va bilimlar

orqali fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifodalashni, so‘zning kuchini anglashni o‘rgatadi. Zehnni
quvvatlantirish va fikrni ochish jarayonida, o‘quvchilarga mutolaaning ahamiyatini tushuntirish,
ularni kitob o‘qishga undash, ma’naviy yetuklikka erishishlariga yordam beradi. Bu pedagogik
ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarga nutqni rivojlantirish va ilmiy fikr yuritishning samarali
usullarini taqdim etadi. Demak, Avloniyning bu fikrlari o‘quvchilarni faqat nutqni rivojlantirish
emas, balki ularning aqliy va ruhiy taraqqiyotini ham ta’minlashga xizmat qiladi. Bu fikrlar
pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan o‘quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun
mustahkam asos yaratadi. O‘quvchilarni faqat axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish bilan cheklanmay,
ularda ilmga chanqoqlik, bilimga bo‘lgan muhabbatni ham rivojlantirish zarur. Bu esa, o‘z
navbatida, ularning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Psixologik nuqtayi nazardan esa , “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari o‘quvchilarning ichki

dunyosini rivojlantirishga, ularning hissiy va ruhiy holatini yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Yoshlar o‘zlariga nisbatan xulq-atvorni tahlil qilishni o‘rganadilar, axloqiy qadriyatlar va
jamiyatga nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradilar. Bu, o‘z navbatida, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini
anglash va o‘zgarishlarga tayyorlikni kuchaytiradi. Asarda keltirilgan hikmatlar o‘quvchilarni
muomala madaniyatiga o‘rgatadi va ularni boshqalarga nisbatan mehr-muhabbat va adolatli
bo‘lishga undaydi. Bu hissiyotlar o‘quvchilarni ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli bo‘lishga
tayyorlaydi va ularning hayotidagi muhim qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Avloniyning:
“Vijdon yaxshi xulqlarning manbayi oʻldigʻindan vijdon sohiblari har bir ishni begʻaraz, xolis
niyat ila ishlar. Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli boʻlur” [2:37], - degan fikri,
psixologik ahamiyatga ega bo‘lgan asosli nuqtadir. Bu fikrni pedagogik psixologiya nuqtayi
nazaridan tahlil qilganda, vijdon va axloqiy fazilatlarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarni to‘g‘ri
tarbiyalashda juda muhim rol o‘ynaydi. Vijdon, shaxsning ichki axloqiy kompasidir, u har bir
qaror va xatti-harakatni to‘g‘ri va adolatli qilishga undaydi. Avloniyning bu fikriga ko‘ra, vijdonli
shaxslar o‘z ishlarini xolis va beg‘araz niyat bilan amalga oshiradilar, bu esa ularni jamiyatda


background image

128

maqbul va suyukli qiladi. Psixologik jihatdan, vijdonning kuchli bo‘lishi shaxsning o‘zini o‘zi
baholashiga, o‘z xatti-harakatlarini boshqarishga va boshqalar bilan munosabatlarini
yaxshilashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning o‘zaro hurmat, mas’uliyat va
boshqalarga bo‘lgan e’tiborlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun, bu fikrni
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyasida ishlatish, ularga vijdonning ahamiyatini
tushuntirish, ularni yaxshi xulq-atvorga undashda samarali bo‘ladi. Vijdonli insonlar boshqa
odamlarga nisbatan yaxshilik va hurmat bilan muomala qiladilar, bu esa jamoada ijobiy ruhiyatni
mustahkamlaydi va ularga o‘zaro hamjihatlikda yashashni o‘rgatadi.

“Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirishdagi

pedagogik va psixologik ahamiyatini ko‘rib chiqishda, uning o‘quvchilarga nutqiy
kompetensiyalarni shakllantirishga qanday ta’sir qilishini alohida ta’kidlash kerak. Avloniyning
asari o‘quvchilarga faqat axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish bilan cheklanib qolmay, balki ularning
fikrlash va ifodalash qobiliyatlarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu asar og‘zaki va
yozma nutqni rivojlantirishda samarasiz bo‘lmaydi, aksincha, undagi hikmatlar va nasihatlar
o‘quvchilarga aniq va izchil nutqni shakllantirishga yordam beradi. O‘quvchilar asardagi muhim
fikrlarni tahlil qilish orqali nutqini aniqlik va ravonlik bilan ifodalashni o‘rganadilar. Masalan,
Avloniyning axloqiy g‘oyalarini tahlil qilish orqali o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini oson va
tushunarli tarzda ifodalashni o‘rganadilar. Buning natijasida, o‘quvchilarda og‘zaki nutqdagi
aniqlik, mantiqiy va tuzilgan fikrlarni bayon qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun yozma nutqni rivojlantirishda “Turkiy Guliston” asaridagi: “Tilni oʻz yerinda
ishlatmak va soʻzlamak lozimdur” [2:45], - fikri alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z fikrlarini
yozma ravishda ifodalashda aniq va sodda tilda, maqsadga muvofiq so‘zlardan foydalanishlari
kerak. Bunda, o‘quvchilarga o‘z fikrlarini oddiy va tushunarli qilib yozish orqali o‘z yozma
nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Misol uchun, ular ushbu jumla asosida kichik hikoyalar
yoki matnlar yozishda voqealarni tartib bilan ifodalashni o‘rganadilar, so‘zlarni to‘g‘ri
joylashtirishga va ularni aniq ma’no bilan ishlatishga intiladilar. Shuningdek, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari o‘z yozma matnlarida oddiy va tushunarli jumlalar qurish orqali nafaqat tilni, balki
mantiqiy fikrlashni ham rivojlantiradilar. Bu jarayonda, o‘quvchilar yozgan har bir jumla yoki
paragraflari o‘rtasida izchillik bo‘lishi kerak, chunki har bir fikr bir-biriga bog‘lanib, o‘quvchiga
to‘liq tasavvur berishi zarur. Nutqni rivojlantirish pedagogik va psixologik jihatdan
o‘quvchilarning emotsional, ijtimoiy va fikrlash qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Yozma va
og‘zaki nutqning samarali rivojlanishi o‘quvchilarga o‘z fikrlarini aniq va ravon ifodalash,
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy muhitda muvaffaqiyatli muloqot qilish
imkoniyatlarini yaratadi. “Turkiy Guliston” kabi axloqiy mazmundagi asarlar o‘quvchilarga
yaxshi muomala va vijdonli bo‘lishni o‘rgatib, ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini ham
rivojlantiradi. Bu jarayon o‘quvchilarni erkin, ishonchli va mustaqil shaxslar sifatida
shakllantirib, psixologik xavfsizlikni ta’minlaydi va ularning motivatsiyasini oshiradi. Nutq
rivojlanishi nafaqat ta’lim, balki shaxsiy rivojlanish uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining pedagogik-psixologik

ahamiyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, axloqiy va
ma’naviy tarbiyani shakllantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu asar o‘quvchilarga nafaqat o‘z
fikrlarini ravon va aniq ifodalashni, balki yaxshilik, odob, vijdon va vatanga sadoqat kabi muhim
qadriyatlarni tushunishga va ularga amal qilishga yordam beradi. Nutq rivojlanishi jarayonida
undan foydalanish, o‘quvchilarga nafaqat nutqiy ko‘nikmalarni, balki umuman, axloqiy va


background image

129

shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlaydi. Shu tarzda, bu asar nafaqat boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish, balki ularning ijtimoiy, psixologik va ma’naviy jihatlarini
shakllantirishda ham bebaho manba hisoblanadi. Nutq rivojlanishi va axloqiy tarbiya bir-biri
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, kelajak avlodni ma’naviy va ilmiy jihatdan mustahkamlashda
muhim omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, o‘quvchilarga axloqiy me’yorlarni o‘rgatish uchun
interaktiv metodlardan foydalanish, individual yondashuvni qo‘llash va o‘qituvchilarni
malakasini oshirish muhimdir. Shuningdek, boshqa axloqiy adabiyotlar bilan integratsiya qilib,
o‘quvchilarga turli g‘oyalarni taqdim etish ham samarali bo‘ladi. Bu usullar o‘quvchilarning
nutqiy va axloqiy rivojlanishini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek,
o‘quvchilarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasini kuchaytirish uchun sinfda muntazam ravishda
axloqiy bahs-munozaralar, rolli o‘yinlar va guruhli ishlar tashkil etish zarur.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Shavkat Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari. — T.: “O‘zbekiston”, 2021, 54-

bet.
2.

Avloniy, A. (2020). Turkiy Guliston yoxud axloq. Toshkent: Yoshlar matbuoti.

3.

Nurullayeva, M. (2022). Boshlang‘ich ta’limda nutqni rivojlantirishning psixologik-

pedagogik asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya”.
4.

Karimova, G. (2023). Tarbiya va ma’naviyat asoslari. Samarqand: Zarafshon.

5.

Jo‘rayev, I. (2021). O‘zbek tili va adabiyoti darslarida tarbiyaviy g‘oyalarni uyg‘unlashtirish.

“Ta’lim va taraqqiyot” jurnali, №4.
6.

Rasulova, S. (2022). Bola psixologiyasi va ma’naviy tarbiya. Toshkent: Ilm Ziyo.

7.

Xudoyberganova, D. (2021). O‘zbek adabiyoti ta’limida ma’naviy-tarbiyaviy yondashuvlar.

Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

Библиографические ссылки

Shavkat Mirziyoyev. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asari. — T.: “O‘zbekiston”, 2021, 54-bet.

Avloniy, A. (2020). Turkiy Guliston yoxud axloq. Toshkent: Yoshlar matbuoti.

Nurullayeva, M. (2022). Boshlang‘ich ta’limda nutqni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari. Toshkent: “Fan va texnologiya”.

Karimova, G. (2023). Tarbiya va ma’naviyat asoslari. Samarqand: Zarafshon.

Jo‘rayev, I. (2021). O‘zbek tili va adabiyoti darslarida tarbiyaviy g‘oyalarni uyg‘unlashtirish. “Ta’lim va taraqqiyot” jurnali, №4.

Rasulova, S. (2022). Bola psixologiyasi va ma’naviy tarbiya. Toshkent: Ilm Ziyo.

Xudoyberganova, D. (2021). O‘zbek adabiyoti ta’limida ma’naviy-tarbiyaviy yondashuvlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi nashriyoti.