Авторы

  • Masturaxon Ismoilova
    University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi sirtqi 21-09 guruh talabasi Fargʻona viloyati, Toshloq tumani 26-umumta’lim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.84962

Ключевые слова:

ta’lim tarbiya madaniayt uzluksiz ta’lim rivojlanish tamoyillar vazifalar ustivor yo‘nalishlar qadriyat an’ana urf-odat.

Аннотация

Ushbu maqola bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash va o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirishning ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizdagi ahamiyati, oila va qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan chambarchas bog‘langanligi, bu jarayonlarda oil ava ta’lim muassasalarini hamkorligini tashkil etish, bolalarga oiladagi munosabatining ijobiy darajasi to‘g‘risida yozilgan.


background image

148

BOLALARNI MILLIY QADRIYAT VA AN’ANALAR ASOSIDA TARBIYALASHDA

OILA VA TA’LIM MUASSASASINING HAMKORLIGI

Ismoilova Masturaxon Axmadaliyevna

University of Business and Science nodavlat oliy ta’lim muassasasi

Pedagogika va axborot texnologiyalari fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi

sirtqi 21-09 guruh talabasi

Fargʻona viloyati, Toshloq tumani 26-umumta’lim maktabining

boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15342129

Annotatsiya:

Ushbu maqola bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida tarbiyalash va

o‘zaro munosabatlarini shakllantirish, milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirishning
ma’naviy-ma’rifiy ishlarimizdagi ahamiyati, oila va qadriyatlarning abadiy bir-biri bilan
chambarchas bog‘langanligi, bu jarayonlarda oil ava ta’lim muassasalarini hamkorligini tashkil
etish, bolalarga oiladagi munosabatining ijobiy darajasi to‘g‘risida yozilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, tarbiya, madaniayt, uzluksiz ta’lim, rivojlanish, tamoyillar, vazifalar,

ustivor yo‘nalishlar, qadriyat, an’ana, urf-odat.

Аннотация:

В статье говорится о важности воспитания детей на основе

национальных ценностей и традиций и формирования их взаимоотношений, о
дальнейшем развитии наших национальных ценностей в нашей духовно-
просветительской работе, о вечной неразрывности семьи и ценностей, об организации
сотрудничества семьи и образовательных учреждений в этих процессах, о позитивном
уровне отношения семьи к детям.

Ключевые слова:

образование, воспитание, культура, непрерывное образование,

развитие, принципы, задачи, приоритеты, ценности, традиции, обычаи.

Abstract

: This article is about the importance of raising children on the basis of national

values and traditions and forming their relationships, the further development of our national
values in our spiritual and educational work, the eternal interdependence of family and values,
the organization of cooperation between families and educational institutions in these processes,
and the positive level of family attitude towards children.

Keywords:

education, upbringing, culture, continuing education, development, principles,

tasks, priorities, values, traditions, customs.


Mustaqil va barkamol avlodni tarbiyalashda asosiy ta'lim-tarbiya o'chog'i bu oila va ta’lim

muassasasidir.Jamiyatimizda bola tarbiyasi g’oyat nozik va murakkab hisoblanadi. Tarbiyaning
òzi murakkab jarayon hisoblanadi. Tarbiya-aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga,ularning ongini,ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon. Ta’lim-tarbiya masalasi oila hamda
ta’lim muassasasi hamkorligida olib boriladigan mas’uliyatli vazifadir. Ta’lim muassasalari va
olia o’zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi ayniqsa barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur.

Oila va oilaviy qadriyatlar har bir inson hayotining asosi hisoblanadi. Aynan oilada shaxsiy

rivojlanish boshlanadi, chunki qadriyatlar yaxlit tabiatning uyg‘un rivojlanishi uchun zarur
ko‘nikmalarni singdira boshlaydi. Oila va qadriyatlar abadiy bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan va alohida mavjud emas. Agar oila yo‘q bo‘lsa, unda oilaviy yo‘nalish bexosdan o‘z
ahamiyatini yo‘qotadi.


background image

149

Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini

shakllantirish va o‘zaro munosabatga tayyorlash imkoniyatlarini keltirgan holda tadqiqot
mavzusining dolzarbligini quyidagicha tavsiflaymiz:

– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar, fazilatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini

shakllantirishda ularning individual, pedagogik-psixologik va xususiyatlarining ijobiy
tomonlari hozirgi kunga kelib inobatga olinmayotgani;

– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini maqsadli

shakllantirishda zamonaviy tendensiyalari tizimlashtirilmagani;

– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlari jarayonida

optimal sharoitlar yuzaga keltirmayotgani;

– Oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro munosabatlarini

shakllantirishgayo‘naltirilgan samarali metod, shakl hamda vositalar, strategiya va
texnologiyalar aniqlanib, amaliyotga joriy etilmagani; Ushbu muammolarni bartaraf etish
dolzarb masala. Chunki oilada bolalarni milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro
munosabatlarini faolligi uchun sharoit yaratish;

ota-ona bolalarining qobiliyatlarini aniqlash va shakllantirish;

xulq–atvorini milliy rivojlantirish va boshqa faoliyat turlarining doimiy aloqadorligi

uchun sharoit yaratish;

bolalarni ma’naviy tarbiyalash, atrof-olam bilan tanishtirish, emotsional olamini

boyitish, ijodga e’tibor va qiziqish uyg‘otish;

kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish, o‘zgalarni tinglay olish va o‘zaro fikr-

mulohazalarni inobatga olgan holda ishlash malakalarini shakllantirish;

xalqimizning boy madaniy-ma’naviy merosi haqida tushuncha va tasavvurga ega bo‘lish

hamda ularni qadrlashga o‘rgatish;

bolalarni teatr-kino madaniyatiga oshno qilish kabi ko‘nikma va malakalarni amaliyotga

tatbiq etish yo‘llarini o‘zlashtirishlari ularning milliy qadriyatlar va an’analar asosida o‘zaro
munosabatlarini muvaffaqiyatli olib borishlari uchun muhim sanaladi.

Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki,

oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim
hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida
jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik
jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.

Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar

(buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.

Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga

hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning
qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real
hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri
davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.

Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan

ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan
sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun
beqiyos ahamiyatga egadir.


background image

150

Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Totalitar tuzum davrida

esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rni inkor etilib, uni ijtimoiy borliq vositasida
tarbiyalashga harakat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash

tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish hadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi
oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini holisona baholash imkonini berdi. Bu borada
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila
turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy
tayanchlariga ega bo‘ladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-
ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to‘g‘risida emas, balki oilaning, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining
omon-esonligi to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada
ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. BMT.20.11.1989 YIL

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi Qarori
4.

Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009

5.

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

6.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.:

Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.

7.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni

Oshirish.

Miasto Przyszłości

,

51

, 146-148.

8.

Kalandarova

F.T.

KOMPETENTSIYAGА

АSOSLАNGАN

YONDАSHUV

BOʼLАJАK

BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI
SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА.

https://www.iupr.ru/5-120-2024

9.

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI

RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

10.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo
‘rayevna pfd, professor.

O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR

VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI

, 120.

Библиографические ссылки

Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya. BMT.20.11.1989 YIL

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori

Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. Darslik.T.2009

Pedagogik atamalar lug‘ati.. – Т.: “Fan”, 2008. – B. 47.

Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлл. -Т.: Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси, 2006.

Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.

Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024

Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti.

Toxirovna, K. F. BO ‘AJAK BOSHLANG ‘ICH TA’LIM O ‘QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Abdullayeva Nasibaxon Jo ‘rayevna pfd, professor. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI UMUMIY PEDAGOGIKA KAFEDRASI, 120.