Авторы

  • Durdona Azizova
    Xalqaro Nordik Universiteti Tayanch doktaranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.90386

Ключевые слова:

Total Physical Response (TPR) metodlar lug‘atlar innovatsion ta’lim motivatsiya samaradorlik individual qobilyat.

Аннотация

Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Total Physical Response (TPR) metodi, til o‘rgatishda harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta'minlaydi, bu esa o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qiladi. TPR metodi o‘quvchilarning lug'atni o‘zlashtirishda sezilarli yaxshilanishlarni ta'minladi. Shuningdek, TPR metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Biroq, TPR metodining ba'zi cheklovlari ham mavjud, masalan, murakkab tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar, jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi va o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi. Bu muammolarni hal qilish uchun TPR metodini boshqa metodlar bilan birlashtirish, sinf sharoitlarini yaxshilash va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytadiganda, TPR metodi ingliz tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda.


background image

9

TOTAL PHYSICAL RESPONSE METODINING INGLZI TILIDA LUG‘AT

O‘RGANISHDAGI O‘RNI VA SAMARASI

Azizova Durdona Avzbek qizi

Xalqaro Nordik Universiteti Tayanch doktaranti

d.azizova@nordicuniversity.org.

https://orcid.org/0009-0006-5920-489.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15478076

Annotatsiya:

Hozirgi kunda ingliz tilini samarali o‘zlashtirish ta'lim tizimining eng muhim

vazifalaridan biri hisoblanadi. Total Physical Response (TPR) metodi, til o‘rgatishda harakatlar
va ifodalar orqali o‘rgatishni ta'minlaydi, bu esa o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini
qulay va samarali qiladi. TPR metodi o‘quvchilarning lug'atni o‘zlashtirishda sezilarli
yaxshilanishlarni ta'minladi. Shuningdek, TPR metodi o‘quvchilarning ijodiy va jismoniy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va
samarali qiladi. Biroq, TPR metodining ba'zi cheklovlari ham mavjud, masalan, murakkab
tushunchalarni o‘rgatishda qiyinchiliklar, jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi va
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish zarurligi. Bu muammolarni hal qilish
uchun TPR metodini boshqa metodlar bilan birlashtirish, sinf sharoitlarini yaxshilash va
innovatsion texnologiyalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytadiganda, TPR metodi ingliz
tilini o‘qitishda samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Total Physical Response (TPR), metodlar, lug‘atlar, innovatsion ta’lim,

motivatsiya, samaradorlik, individual qobilyat.


Hozirgi zamonda xorijiy tillarni, xususan , ingliz tilini samarali o‘zlashtirish masalasi ta’lim

tizimining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Globallashuv jarayoning jadallashuvi,
xalqaro aloqalarning kengayishi va axborot tehnologiyalarning rivojlanishi ingliz tiliga bo‘lgan
ehtiyojni yanada oshirmoqda. Bunday sharoitda innovatsion o‘qitish metodlarini izlash va bor
metodlarning samarasini yana ham takomillashtirish dolzarb vazifaga aylangan. Ingliz tilini
o‘qitishda turli xil metodlar bor bo‘lib, tilni o‘qitishda aynan, total physical response metodi
o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini qulay va samarali qilishga yordam beradi. Bu metod,
o‘quvchilarning harakatlari va ifodalari orqali tilni o‘rganishlariga imkon yaratadi, shuningdek,
o‘qituvchilar uchun innovatsion yondashuvlarni taqdim etadi. Ushbu metod nafaqat til
o‘rganishni osonlashtiradi, balki o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi va ularning
qiziqishini oshiradi.Shuningdek, total physical response metodi o‘quvchilarning ijodiy va
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, bu esa til o‘rganish jarayonini yanada
qiziqarli va samarali qiladi. Metod haqida hozirgi kungacha juda ko‘p olimlar ham Yevropa ham
Osiyo davlarida ko‘p izlanishlar olib borishgan. Yevopa davlatlarida tajriba va sinov o‘tkazgan
olimlarni quyida berilgan jadvalda ko‘rishimiz mumkin. Bu tadqiqotlari asosiy qismi Indoneziya
o‘tkazilgan.


background image

10

Osiyo davlatlari xususan O‘zbekistonda ham bir qancha tadiqotchilan TPR haqida va uning

samaradorligi haqida tajribalar o‘tkazishgan. Masalan ,

Ergasheva Ozoda va Nasriddinova

Manzurakhon (2025)

o‘quvchilarning lug‘atni o‘zlashtirishida sezilarli yaxshilanish

kuzatilganligini ta’kidlagan bo‘lsa, Sevara Muradova va Gulnora Mengniyozova (2023) Kasb-
hunar kollejlari o‘quvchilarida TPR metodining ingliz tilidagi lug'atni o‘zlashtirishdagi
samaradorligini o‘rgangan va uning foydali ekanligini keltirilgan. Dilnoza Sunnatova va D.T.
Muhitdinovlar esa (2024), TPR metodini qo‘llash orqali o‘quvchilarning tilni o‘rganishga bo‘lgan
qiziqishi va motivatsiyasi oshganligini ta’kidlashgan. Bundan tashqari, total physical response
metodi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonida ularning jismoniy harakatlari va verbal
javoblarini birlashtirish orqali samaradorligini oshiradi. Bu usul, o‘qituvchilarga dars jarayonida
ijodkorlikni qo‘shish imkonini beradi va o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Qisqacha qilib aytadgan bo‘lsak, Total Physical Response (TPR) metodi, ingliz tilini o‘qitishda
samarali va innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanilmoqda. U o‘quvchilarning tilni
o‘rganish jarayonini qulay va samarali qilishga yordam beradi, chunki bu metod tilni o‘qitishda
harakatlar va ifodalar orqali o‘rgatishni ta’minlaydi. Biroq, har bir metodda bo‘lgani kabi, TPR
metodining ham ba’zi muammolari mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

-

Murakkab tushunchalarni o‘rgatishda cheklovlar: TPR metodi asosan oddiy va konkret

so‘zlarni o‘rgatishda samarali, ammo murakkab yoki abstrakt tushunchalarni o‘rgatishda
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Lekin, o‘quvchilarning individual farqlari va o‘rganish
uslublarini hisobga olish TPR metodining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

-

Jismoniy faollik uchun joy yetishmasligi: TPR metodida o‘quvchilar jismoniy harakatlar

orqali tilni o‘rganadilar, bu esa keng sinf xonalarida yoki cheklangan joylarda muammo
tug’dirishi mumkin. Bunday holatda, sinf xonasida o‘rganuvchilarning soni ham ahamiyatli
hisoblanadi. Bunday muammolarni hal qilish uchun o‘qituvchilar innovatsion yondashuvlarni
qo‘llashlari va sinf sharoitlarini yaxshilashga harakat qilishlari kerak.

-

O‘quvchilarning individual xususiyatlarini inobatga olish: Har bir o‘quvchining o‘rganish

uslubi va tezligi turlicha bo‘lishi mumkin. TPR metodini qo‘llashda bu farqlarni hisobga olish
zarur, aks holda ayrim o‘quvchilar orqada qolishi mumkin. Yani o‘quvchilarning bilim


background image

11

darajasidan va qabul qilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, metodni ishlatish tavsiya
etiladi.

Yuqorida keltirilgan muommolarni kamaytirish va TPR metodini yanada samarali holda

ishlatish uchun:

a) murakkab tushunchalarni oʼrgatishda TPR metodini kengaytirish. TPR asosan oddiy va

konkret soʼzlarni o‘rgatishda samarali, ammo murakkab yoki abstrakt tushunchalarni
oʼrgatishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli, TPR metodini boshqa metodlar
bilan birlashtirish, masalan, vizual materiallar yoki hikoyalar yordamida tushuntirish samarali
boʼlishi mumkin. Bu yondashuv oʼquvchilarga murakkab tushunchalarni oʼrganishda yordam
beradi.

b) Sinflarda joyni optimallashtirish va tashqari ochiq havoda darslarni tashkil etish;

Jismoniy harakatlar uchun sinf xonasida yetarli joy boʼlmasa, oʼquvchilarni kichik guruhlarga
boʼlib, harakatlarni navbatma-navbat bajarishlarini taʼminlash mumkin. Shuningdek, sport
zallaridan yoki ochiq havoda oʼtkaziladigan mashgʼulotlardan foydalanish, TPR metodining
samaradorligini oshirishi mumkin

c) O‘quvchilarning individual ehtiyojlarini inobatga olish. Har bir oʼquvchining oʼrganish

uslubi va tezligi turlicha boʼlishi mumkin. TPR metodini qoʼllashda bu farqlarni hisobga olish
zarur, aks holda ayrim oʼquvchilar orqada qolishi mumkin. Oʼquvchilarning individual
ehtiyojlarini inobatga olish, ularning samarali oʼrganishiga yordam beradi.

d) Innovatsion texnologiyalarni qoʼllash keng samara beradi. TPR metodini raqamli

vositalar bilan birlashtirish, masalan, interaktiv ilovalar yoki video materiallar yordamida
oʼquvchilarning qiziqishini oshirish va oʼrganish jarayonini yanada samarali qilish mumkin.
Shuningdek, onlayn platformalarda TPR metodini qoʼllash, masofaviy taʼlimda ham samarali
boʼlishi mumkin.Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash,
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va o‘qitish samaradorligini yanada yuksaltirishga
yordam beradi.

Xulosa qilib aytadgan bo‘lsak, Total Physical Response metodi, ingliz tilini o‘qitishda

nafaqat samarali, balki o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi muommolarni bartaraf etish uchun va TPR metodining samaradorligini oshirish
uchun oʼqituvchilarni doimiy ravishda tayyorlash, metodni sinovdan oʼtkazish va natijalarni
tahlil qilish zarur. Bu yondashuv oʼquvchilarning tilni oʼrganishdagi muvaffaqiyatini taʼminlashga
yordam beradi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Azizova, D. (2025). A COMPARATIVE ANALYSIS OF THIRD-PERSON PRONOUN

DEPLOYMENT IN THE TWO DISTINCT LANGUAGES: UZBEK AND ENGLISH. Nordic_Press,
8(0008).
2.

Azizova, D. (2025). STRATEGIES FOR DELIVERING GRAMMAR INSTRUCTION VIA

TEXTUAL EXAMINATION. Nordic_Press, 8(0008).
3.

Astutik, Y., & Aulina, C. N. (2018). Metode total physical response (tpr) pada pengajaran

bahasa inggris siswa taman kanak-kanak. https://doi.org/10.17509/BS_JPBSP.V17I2.9658


background image

12

4.

Kasimova, M. (2024). Sun’iy intellekt orqali xorijiy til o‘rganuvchilarining faolligini oshirish

va ta’lim jarayoniga jalb qilish.

https://doi.org/10.36078/171074713

.

5.

Prince, A. (2021). Total physical response: método para el aprendizaje del inglés en

tiempos de pandemia.
6.

Total Physical Response: un método para la adquisición del vocabulario básico en inglés.

(2023). Actualidades Pedagógicas.

https://doi.org/10.19052/10.19052/ap.vol1.iss80.4

.

7.

Radić-Bojanić, B. (2020). Total physical response: theoretical frameworks and general

principles.

https://doi.org/10.19090/PS.2020.1.72-833

Библиографические ссылки

Azizova, D. (2025). A COMPARATIVE ANALYSIS OF THIRD-PERSON PRONOUN DEPLOYMENT IN THE TWO DISTINCT LANGUAGES: UZBEK AND ENGLISH. Nordic_Press, 8(0008).

Azizova, D. (2025). STRATEGIES FOR DELIVERING GRAMMAR INSTRUCTION VIA TEXTUAL EXAMINATION. Nordic_Press, 8(0008).

Astutik, Y., & Aulina, C. N. (2018). Metode total physical response (tpr) pada pengajaran bahasa inggris siswa taman kanak-kanak. https://doi.org/10.17509/BS_JPBSP.V17I2.9658

Kasimova, M. (2024). Sun’iy intellekt orqali xorijiy til o‘rganuvchilarining faolligini oshirish va ta’lim jarayoniga jalb qilish. https://doi.org/10.36078/171074713.

Prince, A. (2021). Total physical response: método para el aprendizaje del inglés en tiempos de pandemia.

Total Physical Response: un método para la adquisición del vocabulario básico en inglés. (2023). Actualidades Pedagógicas. https://doi.org/10.19052/10.19052/ap.vol1.iss80.4.

Radić-Bojanić, B. (2020). Total physical response: theoretical frameworks and general principles. https://doi.org/10.19090/PS.2020.1.72-833