20
KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Orzikulova Nafisa Axtamovna
Toyloq tuman MMTBga qarashli 54-umumta’lim maktab psixologi
Rajabova Bahora Ismatulkayevna
Toyloq tuman MMTBga qarashli 59-umumta’lim maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15480344
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik
xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, maqolada kichik maktab
yoshidagi bolalarning maktabga berish jarayonida sodir bòladigan psixologik òzgarishlar haqida
ma'lumotlar yoritilgan.
Kalit sòzlar:
Kichik maktab yoshi, bolalar psixologiyasi, intellekt, Krizis, ta'lim, psixik
rivojlanish, bola psixikasi, xarakter xususiyatlari, psixik tasir, tarbiya, odob-axloq, òsish.
Odatda psixologik adabiyotlarda keltirilishicha kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10-
11 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat'iy va
mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta'limi tizimida yuz beradigan ayrim o'zgarishlar
bunga u yoki bu tarzda o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, bola maktab ta'limiga bog'chada
tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko'ra boradi, buning uchun u, dastavval ta'lim
tarbiya tomonidan o'quvchi shaxsi oldiga qo'yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi,
undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologic jismoniy, ham psixologik jihatdan
qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Kichik maktab yoshi bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi.
-Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shartsharoitlari,
-Maktabga moslashish,
-Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat,
-Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik,
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik
darajalariga bog'liq. Bolaning maktabda o'qishga tayyorligi quyidagilarni o'z ichiga oladi.
I
Shaxsiy tayyorgarlik
. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning
mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zining maxsus o'rni bolishiga intilish, muhim
baholanadigan faoliyatni bajarish ya'ni o'quvchi bo'lish.
II
Intellektual tayyorgarlik
. Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining
mavjudligi. Idrok va ko'rgazmali-obrazl tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi.
Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi.
Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi; ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning
dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu
bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti-
harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi
bo'la olmaydi.Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning
maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxs bo‘lib shakllanishidagi o‘rni nixoyatda
katta. Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining
mazmunini egallaydi va insoniy an‘analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatida
bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashk kildiradi. O‘quv faoliyati boladan
nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda,
21
bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z
atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yanga munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan
o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati
talablariga buysunish ham yuklatilganligini xis eta boshlaydi. Oila a‘zolarining bola o‘quv
faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotgailigi, unga
qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavkei o‘zgarganligini tula xis. Etishiga,
o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi, Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z
vaqtlarini to‘g‘ri taksimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shug‘ullanishga urgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslaxatlashadigan
yangi bir urinni egallaydi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va
shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Kichik maktab yoshdagi bolalar tez
chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar ta‘sirchan hamda emotsional
bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib
ular jismoniy, ijtimoiy va psixik, faollikdir. Jismoniy faollik-sog‘lom organizmning harakat
qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishda tabbiy ehtiyojdir. Psixik faollik-bu normal
rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni òrganishidir.Kichik maktab yoshidagi
bolalar kattalarning u haqidagi fikr va bеrgan baholariga qarab, o'zlariga o'zlari baho bеradilar.
Shuningdеk, o'quvchining o'ziga-o'zi bеradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga
ham bog'liq bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'z-o'ziga bеradigan baholari turlicha
- yuqori, adеkvat - mos yoki past bo'lishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud bo'lgan
ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta'sirlarga bеriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni
shaxs sifatida shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab davrida
boshqarishdan o'z-o'zini boshqarishga o'tishi nihoyatda muhimdir.Maktab ta‘limiga
tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. ―Kichik
maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’qish hisoblanad‖. Bolaning maktabga borishi,
uning psixologik rivojlanishi va shaxsining shakllanishidagi o‘rni nihoyatda katta. Bola o‘quv
faoliyatida o’qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi
va insoniy an‘analar asosida harakat qilishni urganadi. O’quv faoliyatida bola o’z irodasini o’quv
maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O’quv faoliyati boladan nutq, diqqat, Xotira,
tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi
uchun yanga sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o’z atrofdagilari bilan
psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o’tadi. U hayotining tubdan o’zgarganini, unga
yangi majburiyatlar. nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o’quv saoliyati talablariga
bo’ysunish ham yukltilganligini his eta boshlaydi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o’z
vaqtlarini to’g’ri taqsimlash borasida yaxshi o’qish, o’ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shug‘ullanishga o’rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan
yangi bir urinni egallaydi. O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va
shaxsining shakllanishida to’liq ijobiy asos bo’ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham
alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o‘z
vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi
mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bolaning o’z-
o’zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z o’rnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu
davrda bolaning "Men shuni xohlayman‖ motividan "Men shuni bajarishim kerak‖ motivi
ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish
22
kuchayadi, Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya‘ni ma‘lum
darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo’ladi.O‘quvchi
maktab ta‘limiga keng ma‘noda obektiv tayyor bo‘ladi. Binobarin, uning psixikasi bilim olishga
yetarli darajada taraqqiyot bosqichiga erishadi. Ushbu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi,
ravshanligi, sofligi, aniqligi, uning qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi,
xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi bilan boshqa yoshdagi o‘quvchilardan ajralib turadi.
Maktab ta‘limiga tayorgarlik ko‘rayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli
ravishda barqaror ko‘rinishga ega, deb hisoblash mumkin. Diqqatning xususiyatlari unung ro‘lli
va syujetli o‘yin faoliyatlarida, rasm chizish va ko‘rish, loy hamda plastilindan narsa yasashda,
katta yoshdagi va tengqurlari nutqini idrok etishlarida, matematik amallarni bajarishlarida,
hikoya tinglash va o‘zi haqida tuzishda ham bevosita namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola o‘z
diqqatini muayyan obyektga, narsa va hodisalarga yo‘naltirishga, to;plashda va uni
mustahkamlashda, hamda taqsimlashda malum darajada ko‘nikmalarni egallagan bo‘lib, o‘z
diqqatini boshqarish zarur paytda uni o‘zi tashkil qilishga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli
ajiyibotlarga, g‘aroyibotlarga boy, voyaga yetgan kishini taajubga soladigan vaziyatlarva
ma‘lumotlarni puxta eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish imkoniyatiga egadir. Shu
davrgacha faqat kattalar yordamida u yoki bu axborotlarni egallab kelgan bo‘lsa, endi u o‘z
xohish irodasi bilan, muayyan motivatsiyaga asoslangan holda ma‘lumotni olishga, o‘z oldiga
yaqqol maqsad va aniq vazifa qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning muayyan taraqqiyot darajasiga
erishganini uning xotirasi faolligi namoyish qiladi. Bola nutqining tuzilishi milliy til
grammatikasi qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, rang-barang tushunchalarga boy, miqdor
va ko‘lam jihatdan har qanday kimsa bilan fikr almashish, muloqotga kirishish uchun mutlaqo
yetarlidir. O‘quvchi o‘zi eshitgan narsalarni, voqelik haqidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri tushuna oladi,
o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlarni, taassurotlarni muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy
faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi, narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi,
guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi. Yirik chet etva sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining
ko‘rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta‘lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal
sur‘atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini ertaroq ishga tushishiga, ro‘yobga chiqishiga
imkon beradi. Chunonchi, bolalar matematik, fizik, ximik, politexnik, lingvistik tushunchalarni
o‘zlashtiradilar, mustaqil ravishda uncha murakkab bo‘lmagan masalalar tuzadilar, oddiyroq
mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va mahsuldor fikr yuritishga intiladilar. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari, ko‘pincha yaqqol obrazli xotiraga suyangan holda kognitiv faoliyatni tashkil etsa
ham biron bir narsani eslashda xotiraning boshqa turlarini sira istisno qilmaydi, aksincha, ta‘lim
shaxsdan so‘z mantiq xotirasini taqazzo qiladi, ijodiy produktiv yo‘l bilan bilimlarni egallashni
talab qiladi. So‘z-mantiq xotirasining mavjudligi matnnning ma‘nosiga tushunib esda olib qolish
samaradorligini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Tajribalardan shu narsa malumki, bola
ma‘nosiz soz‘lardan ko‘ra ko‘proq ma‘nodor ilmiy tushunchalarni yaratish, tuzish va
mustaxkamroq esda olib qolish xususiyatiga ega. O‘quvchi o‘zi eshitgan narsalarni, voqelik
haqidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri tushuna oladi, o‘zida mavjud bo‘lgan axborotlarni, taassurotlarni
muayyan tartib bilan bayon qila oladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan o‘rinli foydalanadi,
narsalarni tasdiqlaydi, yaqqollashtiradi, guruhlarga ajratadi, hukm chiqaradi. Yirik chet etva
sobiq sovet psixologlari tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, oqilona tashkil qilingan ta‘lim jarayoni
mazkur yoshdagi bolalar tafakkurini jadal sur‘atlar bilan rivojlantiradi, aqliy imkoniyatlarini
ertaroq ishga tushishiga, ro‘yobga chiqishiga imkon beradi.
23
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki,kichik maktab yoshida bolada ko'pgina o'zgarishlar ro'y
beradi. Bu o'quv faoliyati ko'nikmalarining shakllanishi, o'zo'zini boshqarish,dunyoni bilish
munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola o'z xulq-atvorini boshqara
boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini
aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o'z emotsiyalarini
boshqara oladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ashurova, S. F. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI PSIXOLOGIK VA
PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASHDA PSIXOLOGIK XIZMATNING O'ZIGA XOS JIHATLARI.
Educational Research in Universal Sciences, 2(9 SPECIAL), 418-421.
2.
Ashurova, S., & Numonova, A. (2023). THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN FORMING
TEACHERS'PEDAGOGICAL ABILITY. Academia Repository, 2(11), 46-53.
3.
Ashurova Sh. F. (2023) SOG`LOM PSIXOLOGIK TURMUSH TARZI TO`G`RISIDAGI
TASVVURLARNING SHAKLLANISHI ―Zamonaviy ta`limda pedagogika va psixologiya fanlari
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8314/5746
4.
Ashurova, S. F. (2023). OILADA YOSHLARNING SOG’LOM TURMUSH TARZIGA
MUNOSABAT SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK OMILLARI MUAMMO SIFATIDA.
Educational Research in Universal Sciences, 2(10 SPECIAL), 32-35.
5.
Ashurova Sh.F. .(2022) A HEALTHY LIFESTYLE IN UZBEK FAMILIES FROM THE POINT OF
VIEW OF ISLAM RELIGION Emergent: JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND
LIFELONG
LEARNING
(EJEDL)
https://ejedl.academiascience.org/index.php/ejedl/article/view/369
(52-56 p)
6.
Ashurova, S. F., & qizi Karimova, M. N. (2023). ОILАDА O‘SMIRLARNING SОG‘LОM
TURMUSH TАRZI VA OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLARI SHАKLLАNISHINING
PEDАGОGIK-PSIXОLОGIK ОMILLАRI. Educational Research in Universal Sciences, 2(5), 363-368.
7.
Karimova, M. N., & Ashurova, S. F. (2023). PROFESSIONAL TA‘LIMDA TAHSIL OLAYOTGAN
QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH VA ULARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI. Educational Research in Universal Sciences,
2(5), 369-373.
8.
Aшурова, Ш. (2023). Оилада эр–хотин муносабатларини мувофиқлаштиришнинг
ўзбек психологлари томонидан таҳлил қилиниши.
Современные тенденции
психологической службы в системе образования: теория и практика
,
1
(1), 67-71.21.
9.
Karimova
M.N. Ashurova.Sh.F,
(2023) . Professional ta‘limda tahsil olayotgan
qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning
psixologik asoslari. Educational Research in Universal Sciences. OAK. 369-373-b
10.
Imonova, MB (2023). MUSIQANING INSON HISSIYOTIGA TASIRI. National Scientific
Research International Journal natijalari , 2 (3), 156161.
11.
Иманов, Б., & Имонова, М. (2021). Развитие творческих способностей учеников при
выполнении проблемных экспериментов по физике с помощью инновационных
технологий. Общество и инновации, 2(2), 222-227.
24
12.
Imonova, M. B. (2023). Oila tinchligi–jamiyat faravonligi asosi. Finland academic research
science publisher, 1148-1151.
13.
Имонова, М., & Тожиева, Д. (2023). Роль сиблинговых отношений в когнитивном
развитии детей.
Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков
,
1
(1), 447-
453.
14.
Имонова, М. (2023). Musiqiy tarbiya–qudratli quroldir yohud musiqiy tarbiyaning shaxs
shakllanishiga tasiri. Современные тенденции психологической службы в системе
образования: теория и практика, 1(1), 35-37.
15.
Имонова, М., & Таджиева, Д. (2023). Boshlangich sinf oquvchilarida milliy tarbiyani
pedagogik va psixologik rivojlanishi qonuniyatlari. Современные тенденции психологической
службы в системе образования: теория и практика, 1(1), 74-76.
16.
Иманова, М. Б. (2021). ШАХС ХАРАКТЕРИ АКЦЕНТУАЦИЯСИ ВА ДЕСТРУКТИВ ХУЛҚ-
АТВОР. Academic research in educational sciences, 2(11), 1399-1403.
17.
Imanov, B. (2023). NEGATIVE FACTORS AFFECTING THE QUALITY OF EDUCATION AND
WAYS TO ELIMINATE THEM. Science and innovation, 2(B3), 355-358.
18.
Имонова, М. Б. (2023). ВАЖНОСТЬ СЕСТРОВЫХ ОТНОШЕНИЙ В ЛИЧНОМ РАЗВИТИИ.
FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 2(22), 120-
123.