Авторы

  • Saida Salomova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3- bosqich talabalari
  • Gulsevar Sunnatilloyeva
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3- bosqich talabalari
  • Goʻzal Abdikarimova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 3- bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.98121

Ключевые слова:

temperament sangvinik xolerik flegmatik melanxolik I.P. Pavlov psixologiya asab tizimi.

Аннотация

Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli tipologiyalari tahlil qilinadi. Klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida temperament tiplari va ularning fiziologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, temperamentning shaxs taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.


background image

113

TEMPERAMENT. TEMPERAMENT TIPLARI

Salomova Saida

Sunnatilloyeva Gulsevar

Abdikarimova Goʻzal

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti

yoʻnalishi 3- bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15528067

Annotatsiya:

Ushbu tezisda, temperament tushunchasi, uning psixologik ahamiyati va turli

tipologiyalari tahlil qilinadi. Klassik va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida temperament
tiplari va ularning fiziologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, temperamentning shaxs
taraqqiyotiga ta’siri yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

temperament, sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik, I.P. Pavlov,

psixologiya, asab tizimi.


Inson psixikasi individual xususiyatlarga ega bo‘lib, bu farqlar tug‘ma va orttirilgan omillar

bilan belgilanadi. Temperament — insonning psixik faoliyati va xulq-atvorining dinamik
xususiyatlarini aks ettiruvchi tug‘ma omildir. Psixologiyada temperamentni o‘rganish inson
shaxsining asosiy biologik asoslarini tushunishga xizmat qiladi.

Temperament — bu shaxsning hissiy-irodaviy holatlari, reaktsiya tezligi va kuchi,

faoliyatining barqarorligi va o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq bo‘lgan individual, asosan genetik
asosga ega psixik xususiyatlar majmuidir. U shaxsning ruhiy hayoti qanday sodir bo‘lishini, qanday
sur’atda va kuchda kechishini belgilaydi.Temperament — bu shaxsning tug‘ma, asosan genetik
asosda shakllanuvchi psixik jarayonlarining dinamik jihatlarini ifodalovchi xususiyatlar majmui.
Temperament insonning hissiyoti, faoliyati va xatti-harakatining tezligi, kuchi hamda barqarorligi
bilan bog‘liq.Psixologiyada temperament insonning individual psixik xususiyatlarini tushunish,
shaxs taraqqiyotini kuzatish va pedagogik yoki klinik muolajalarni moslashtirishda muhim o‘rin
tutadi.

Ilk temperament nazariyasi qadimgi yunon tabiblari Gippokrat va Galen tomonidan taklif

qilingan bo‘lib, ular temperamentni tana suyuqliklari muvozanatiga bog‘lagan. Bu nazariya
quyidagi to‘rt tipni o‘z ichiga oladi:

1. Sangvinik — faol, quvnoq, ijtimoiy, barqaror hissiy holatga ega.
2. Xolerik — tez hayajonlanuvchi, serharakat, hissiyotlarga beriluvchan.
3. Flegmatik — osoyishta, barqaror, sust harakatli.
4. Melanxolik — sezgir, hissiyotlarga oson beriluvchi, zaif asab tizimiga ega.
Bu tipologiya hozirgi davrda ham psixologik amaliyotda foydalaniladi, garchi u fiziologik

asosdan yiroq bo‘lsa-da.I.P. Pavlov temperamentni bosh miya po‘stlog‘i faoliyatining fiziologik
xususiyatlari bilan bog‘lagan. Olim asab tizimining uchta asosiy xususiyatini ajratgan:

Kuch — asab hujayralarining ta’sirlarga chidamliligi.
Muvozanat — qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining nisbatdagi barqarorligi.
Harakatchanlik — bu ikki holatning o‘zaro almashinuvi tezligi.
Pavlov temperament turlarini aynan shu xususiyatlar asosida tushuntirib bergan.
Temperament inson shaxsining biologik asosini tashkil etadi, biroq u shaxsning xarakteri

yoki intellektual darajasini belgilamaydi. Temperament tug‘ma bo‘lsa-da, tarbiya, muhit va tajriba


background image

114

orqali o‘zgarishi yoki muayyan yo‘nalishda rivojlanishi mumkin. Psixologik amaliyotda
temperament tiplari asosida shaxsiy yondashuvlar ishlab chiqiladi.Temperament shaxs
shakllanishining biologik asosini tashkil etsa-da, u ijtimoiy muhit, tarbiya va tajriba orqali
rivojlanadi. Temperament shaxsning harakteri emas, balki uning qanday tarzda harakat qilishini
belgilovchi asabiy-biologik asosidir.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Temperament shaxs psixikasining muhim, tug‘ma jihati bo‘lib,

uning faoliyati va xulq-atvorida muhim rol o‘ynaydi. Klassik nazariyalar va zamonaviy ilmiy
tadqiqotlar temperamentni chuqurroq anglash imkonini beradi. Bugungi kunda temperamentni
tahlil qilish psixologik diagnostika, tarbiya, kadrlar tanlash va psixoterapiyada muhim ahamiyatga
ega.

Temperamentning fiziologik asoslari

Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta'limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari

jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning)
turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson
tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha "chole"), qon (lotincha
sanguis yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balg’am (yunoncha
"phlegma") kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha:

1. O’tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish

yoki badanni quruq tutishdir.

2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3. Qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir.
4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi badanni

sovutib turishdan iboratdir.

Gippokrat ta'limotiga muvofiq har bir insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib, uning

bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum) lardan qaysi biri
salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi
xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon, flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi
ta'kidlanadi.

Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya'ni temperament tushunchasi

va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma'noda hozirgi zamon
psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda.

Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri rus

fiziologi I.P.Pavlov (1849-1936) hisoblanadi. I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor
faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog’liq bo’lishi mumkin,
degan xulosa chiqaradi. I.P.Pavlov ta'limoti bo’yicha, shartli reflekslar paydo bo’lishining
individual xususiyatlari ro’yobga chiqishining sabablari nerv sistemasini xususiyatlari
mohiyatidandir. Unga ko’ra quyidagi 3 ta xususiyatni ajratib ko’rsatadi:

1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi;
2) qo’zg’alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o’rtasidagi muvozanatlilik darajasi;
3) qo’zg’alishning tormozlanish bilan almashinish tezligi yoki nerv jarayonlarining

harakatchanligi.

I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga

aloqador nerv sistemasi xususiyatlarining o’zaro qo’shiluvini nerv sistemasining tipi deb
nomlaydi va uni to’rtta tipga ajratadi. Ular quyidagilardan iborat.


background image

115

1. Kuchli, muvozanatli, epchil;
2. Kuchli, muvozanatsiz, epchil;
3. Kuchli, muvozanatli, sust;
4. Kuchli, muvozanatsiz sust.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E.Gʻ.Gʻoziyev " Umumiy psixologiya " , Darslik . Toshkent - 2002.

2.

I.P.Ivanov , M .E .Zufarova " Umumiy psixologiya" , Darslik . Toshkent -2008

Библиографические ссылки

E.Gʻ.Gʻoziyev " Umumiy psixologiya " , Darslik . Toshkent - 2002.

I.P.Ivanov , M .E .Zufarova " Umumiy psixologiya" , Darslik . Toshkent -2008