Авторы

  • Sevinch Axmedova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti 3 - bosqich talabalari
  • Lobar Karimova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti 3 - bosqich talabalari
  • Yulduz Usmonova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti 3 - bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.98122

Ключевые слова:

guruh katta guruh kichik guruh psixologiya individ jamiyat tur.

Аннотация

Har bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, oʻzaro taʼsirda boʻladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roʻy beradi. Ushbu tezisda asosan kichik guruhlar psixologiyasi yoritib oʻtilgan.


background image

110

KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI

Axmedova Sevinch

Karimova Lobar

Usmonova Yulduz

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Filologiya fakulteti 3 - bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.15528050

Annotatsiya:

Har bir shaxs oʻz faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar

taʼsirida amalga oshiradi, chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman
qoʻshilmaydigan individning oʻzi yoʻq. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan
muloqotda, oʻzaro taʼsirda boʻladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida roʻy beradi.
Ushbu tezisda asosan kichik guruhlar psixologiyasi yoritib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

guruh, katta guruh, kichik guruh, psixologiya, individ, jamiyat, tur.


Inson ijtimoiy mavjudot sifatida turli guruhlarga mansub holda yashaydi. Ushbu guruhlar

kichik oilaviy jamoalardan tortib, keng ommani qamrab oluvchi katta ijtimoiy birliklargacha
bo'lishi mumkin. Har bir guruhda shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, hissiyotlar, ijtimoiy
rollar va psixologik jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Katta va kichik guruhlar psixologiyasi
ushbu ijtimoiy birliklardagi ruhiy holatlarni, kommunikatsiya jarayonlarini, ijtimoiy ta’sir va
liderlik kabi omillarni o‘rganadi.

Psixologik ma’noda guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy

maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari
asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta, kichik
guruhlarga bo‘linadi.Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va
ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida
o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga
qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq
samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi
kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday
sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir
yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o‘rganildi.Kichik guruhning chegarasi masalasi
ham koʻp muhokama qilinadi. G.M. Andreyeva bu chegarani 12-15 kishi deb hisoblasa, amerikalik
J.Moreno oʻz vaqtida bu chegarani 30-40 gacha surgan edi. Lekin bizningcha, uning yuqori
chegarasi necha kishi boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻzaro bevosita muloqot imkoniyatini berishi va har
bir aʼzo bir-biriga taʼsir ko'rsata olishi kerak. Katta guruhlar psixologiyasi va unga xos
xususiyatlarni aytib oʻtadigan boʻsak katta guruhlar miqdor jihatdan koʻpchilikni oʻz ichiga olgan
insonlar jamoasi boʻladi.

Kichik guruhlarning jamiyatda tutgan o‘rni haqida gapirganda, quyidagilarni ta’kidlash

lozim:

1. Individ kichik guruhdagi ijtimoiy munosabatlarga kirishgandagina u shaxs bo‘lib

shakllanadi.

2. Guruhiy faoliyatda bo‘lgan har bir individning hayotiy kuchi, mehnat samaradorligi ancha

ortadi.


background image

111

3. Yangi ishlab chiqarish kuchi bo‘lgan guruhninng vujudga kelishi o‘ziga xos qonuniyatlarga

ega bo‘lgan fenomenlarni yaratadi.

4. Kichik guruhlarda maqsad birligi va faoliyatning umumiyligi mavjud bo‘ladi.
5. Kichik guruhlarda psixologik tushuncha, ya’ni psixologik muhit paydo bo‘ladi.
6. Kichik guruhga tavsiya ettuvchi liderning ajralib chiqishi guruh faoliyatiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatadi. Lider guruh faoliyati uchun ma’sul.

Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday

bo‘linishni amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruh har bir a’zolarning
rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan
xarakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan “vertikal” tarzda ro‘y berib, guruhning
bir yoki bir necha a’zosida “hokimiyat” bo‘lganligi uchun ham , ular boshqalarni boshqarish, ularga
buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har
qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni – ishlab chiqarish
brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.

Kichik guruh turlari:
1. shartli nominal 2. real 3. tabiiy
4. labarotoriya 5. Formal (rasmiy). 6. Noformal (norasmiy)
Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan

stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari
oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi
va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari
tufayli ajralib chiqqan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin. Bundan tashqari,
ijtimoiy psixologiyada referent guruh tushunchasi ham bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta
amerikalik tadqiqotchi G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan edi. U o‘z tadqiqotlarida shuni
isbot qildiki, ma’lum bo‘lishicha, guruh a’zolari uchun shu guruh ichida yoki boshqa doiralarda
shunday shaxslar guruhi mavjud bo‘lar ekanki, u o‘z xatti-harakatlari, fikrlari va yo‘nalishlarida
o‘sha guruh a’zolariga ergashish, ularni tanqidsiz qabul qilishga moyil hamda tayyor bo‘lar ekan.
Shunday shaxslar guruhi referent guruh nomini oldi. O‘quvchi uchun bunday guruh rolini
maktabdagi bir necha o‘qituvchilar, otasi yoki onasi, yaqin do‘sti yoki qarindoshlaridan kimdir
o‘ynashi mumkin. Shunisi xarakterliki, shaxs doimo shu guruhga ergashadi, uni qadrlaydi, u bilan
muloqotda bo‘lishga intiladi. Rus psixologlari bu guruhni odatda shaxs uchun mavjud haqiqiy
guruh (a’zolik guruhi) tarkibida yoki unga qarshi bo‘lgan guruh sifatida qaraydilar. Nima
bo‘lganda ham ana shunday guruhning mavjudligi shaxs uchun ahamiyatli bo‘lib, uning xulq-atvori
uchun etalon hisoblanadi. Tadqiqotchi yoki tarbiyachining vazifasi, ana shu guruhni aniqlay olish
va aniqlagandan so‘ng nima uchun aynan shu guruh referent rolini o‘ynaganini bilish muhimdir.
Referent guruhga qarab shaxsga baho berish, uning xulq-atvorini bashorat qilish mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kichik guruhlar psixologiyasi insonlarning tor doiradagi

ijtimoiy munosabatlarini, o‘zaro ta’sir jarayonlarini va ruhiy holatlarini chuqur tahlil qiladi. Bu
guruhlar — oilaviy jamoalar, do‘stlar davrasi, ishchi jamoalar kabi ko‘p hollarda bevosita va
yuzma-yuz muloqot asosida shakllanadi. Kichik guruh ichida shaxsning individual xususiyatlari,
guruhdagi roli, liderlik, hamkorlik va nizolar muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

112

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Doʻstmuhamedova Sh., Tillashayxova X., Ziyavitdinova G., Baykunusova G. Umumiy

psixologiya. – T., 2020

2.

Joʻrayeva D., Yoʻldosheva S. Katta va kichik guruhlar psixologiyasi. Maqola.

Библиографические ссылки

Doʻstmuhamedova Sh., Tillashayxova X., Ziyavitdinova G., Baykunusova G. Umumiy psixologiya. – T., 2020

Joʻrayeva D., Yoʻldosheva S. Katta va kichik guruhlar psixologiyasi. Maqola.