101
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI O‘RTASIDA VATANPARVARLIK
G‘OYALARINI RIVOJLNATIRISH PEDAGOGIKASINING KEYS METODLARI
Axralova Marg‘uba Akmalxanovna
Email: marjonaaxralova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15527849
Annotatsiya:
Zamonaviy globallashuv va axborotlashuv davrida yosh avlod qalbida milliy
g‘urur, yurtga sadoqat, tarixiy xotiraga hurmat kabi his-tuyg‘ularni shakllantirish pedagogikaning
eng muhim va dolzarb yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Bu jarayonning markazida esa
vatanparvarlik pedagogikasi turadi. Mazkur pedagogika sohasi shaxsni ijtimoiy-madaniy muhitda
ongli ravishda shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarda o‘z Vatani oldidagi burchini
anglash, uni sevish, himoya qilishga tayyor turish kabi ijtimoiy-psixologik kompetensiyalarni
rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bunday murakkab tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil
etishda esa zamonaviy pedagogik texnologiyalar, xususan, Keys metodi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini
rivojlnatirish pedagogikasining keys metodlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
vatanparvarlik pedagogikasi, Keys metodi, tarbiyaviy kompetensiya,
konstruktiv yondashuv, refleksiya, ijtimoiy faoliyat, fuqarolik ong.
Аннотация:
В современную эпоху глобализации и информатизации формирование в
сердцах подрастающего поколения таких чувств, как национальная гордость, преданность
Родине, уважение к исторической памяти, становится одним из важнейших и актуальных
направлений педагогики. В центре этого процесса находится педагогика патриотизма.
Данное направление педагогики направлено на осознанное формирование личности в
социокультурной среде и предполагает развитие у обучающихся социально-
психологических компетенций, таких как понимание своего долга перед Родиной, любовь
к ней и готовность ее защищать. Особую роль в успешной организации столь сложного
образовательного процесса играют современные педагогические технологии, в частности
кейс-метод. В статье представлена информация о кейс-методах педагогики по
формированию патриотических идей у студентов высших учебных заведений.
Ключевые слова:
патриотическая педагогика, кейс-метод, образовательная
компетентность, конструктивный подход, рефлексия, социальная активность,
гражданственность
Abstract:
In the era of modern globalization and information, the formation of feelings such
as national pride, loyalty to the homeland, and respect for historical memory in the hearts of the
younger generation is becoming one of the most important and relevant areas of pedagogy. At the
heart of this process is patriotic pedagogy. This area of pedagogy is aimed at the conscious
formation of a person in a socio-cultural environment and involves the development of socio-
psychological competencies in students, such as understanding their duty to their homeland,
loving it, and being ready to defend it. In the successful organization of such a complex educational
process, modern pedagogical technologies, in particular, the Case Method, play a special role. This
article provides information on case methods of pedagogy for the development of patriotic ideas
among students of higher educational institutions.
Keywords:
patriotic pedagogy, case method, educational competence, constructive
approach, reflection, social activity, civic consciousness
102
Kirish.
XXI asrda ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri — bu yosh avlodni
nafaqat milliy, balki global ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarga tayyorlash, ularni xalqaro
maydonda faoliyat ko‘rsata oladigan, yuqori darajadagi fuqarolik ongiga ega bo‘lgan shaxs sifatida
shakllantirishdan iboratdir. Bunday vazifani samarali amalga oshirishda esa vatanparvarlik
tushunchasini tor millatchilik doirasida emas, balki xalqaro-kontekstual, baynalminallashgan
doirada talqin qilish zarurati yuzaga kelmoqda.
Vatanparvarlik tushunchasining baynalminallashuvi bu — uni faqat etnik yoki geografik
chegaralarga bog‘lab emas, balki insoniyat sivilizatsiyasi kontekstida umumiy axloqiy-me’yoriy,
demokratik, ekologik va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘rgatish demakdir.
Shu jarayonda Keys metodlari o‘zining muammoli holatlarni tahlil qilish, turli madaniy
kontekstlarga nisbatan tolerant munosabatni shakllantirish va o‘quvchilarni ijtimoiy-kognitiv
jihatdan faol subyektga aylantirishga xizmat qiladigan interfaol texnologiya sifatida pedagogik
jihatdan nihoyatda dolzarb vositadir.
1
Mavjud adabiyotlar tahlili.
Frantsiyalik zamonaviy pedagog
Philippe Perrenoud
Keys
metodining zamonaviy o‘qitish modellariga integratsiyalashuvi, ayniqsa,
kompetensiyaviy
yondashuv
doirasidagi ahamiyati bo‘yicha yetakchi olimlardan biridir. Perrenoudga ko‘ra,
zamonaviy ta’lim shaxsda bilimdan ko‘ra ko‘proq “bilimni real hayotiy vaziyatda qo‘llash
kompetensiyasi”ni shakllantirishi lozim. Bu nuqtai nazar Keys metodining mohiyatiga to‘liq mos
keladi: keyslar orqali o‘quvchilar muammoli ijtimoiy holatlarda orientatsiya qilinadi, shaxsiy va
ijtimoiy qarorlar qabul qilishga o‘rgatiladi, bu esa fuqarolik kompetensiyasining tub mohiyatini
tashkil etadi. Perrenoud vatanparvarlikni milliy-chegaraviy tushunchadan ko‘ra, global etik
majburiyat, universal madaniy identifikatsiya sifatida talqin qiladi. U pedagogikada “fuqarolik
ko‘nikmalari” degan tushunchani ilgari surgan bo‘lib, bunda madaniyatlararo muloqot, inson
huquqlariga hurmat, ijtimoiy tenglik va ekologik mas’uliyat asosiy komponentlar sifatida ko‘riladi.
Keys metodining oliy ta’limdagi qo‘llanilishi bu kompetensiyalarni mustahkamlovchi muhim
strategiyalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, transmillik va madaniyatlararo keyslar orqali
talabalar o‘zlarining vatanparvarlik tuyg‘ularini universal qadriyatlar bilan muvofiqlashtirishga
o‘rganadilar. Bu esa vatanparvarlikni nafaqat “milliylik” darajasida, balki insoniyat manfaati
kontekstida shakllantirish imkonini beradi. Italiyalik marksist faylasuf va pedagog
Antonio
Gramsci
Keys metodining sotsiopolitik va g‘oyaviy aspektlarini chuqur tahlil qilgan nazariyotchi
hisoblanadi. U ilgari surgan
“hegemonik g‘oya yetakchiligi”
nazariyasi pedagogikada
vatanparvarlikning ideologik shakllanishini tahlil qilishda muhim nazariy vositadir. Gramsciga
ko‘ra, har qanday ta’lim jarayoni muayyan g‘oyaviy kurashlar maydonidir va bu maydonda
pedagogika faol subyekt sifatida ideologiyalarni ishlab chiqaradi. Shu ma’noda Keys metodining
ideologik jihatlari talabani g‘oya tashuvchisiga aylantirish imkonini beradi. Gramschi
vatanparvarlikni intellektual-axloqiy majburiyat sifatida talqin qilib, uni ijtimoiy adolat, tenglik va
ommaning farovonligini himoya qilish bilan bog‘laydi. Oliy ta’limda Keys metodlari orqali
talabalar muayyan tarixiy yoki sotsiopolitik keyslar asosida ijtimoiy nohaqlik, irqchilik,
millatchilik, yoki gender tengsizlik kabi global muammolarni muhokama qilishadi. Gramschi
modeli shuni anglatadiki, vatanparvarlik bu – siyosiy befarqlikdan voz kechgan holda ongli
1
Abdul Latif, M. (2022).
Civic Identity and Nation-Building Through Case Pedagogy in Malaysia.
Penang:
Universiti Sains Malaysia Publications
.
103
fuqarolik pozitsiyasi bilan yashash, jamiyatga g‘oya orqali ta’sir ko‘rsatishdir. Demak, Keys
metodlarining ushbu aspekti Gramschi talqinidagi “organik intellektual”ni tarbiyalashga xizmat
qiladi. Yaponiya pedagogikasida vatanparvarlik tushunchasi ko‘proq
“kokoro”
– ya’ni qalb,
fidoyilik va jamiyatga sodiqlik konsepsiyasi orqali ifodalanadi. Yapon olimlaridan
Makoto
Nagaoka
va
Hiroshi Azuma
larning tadqiqotlarida Keys metodiga o‘xshash muammoli holatlarda
axloqiy pozitsiyani aniqlashga asoslangan metodlar orqali talabalarda “milliy sadoqat va global
fuqarolik” uyg‘unligini shakllantirish muhim pedagogik vazifa sifatida ilgari suriladi. Yaponiyada
vatanparvarlik hech qachon izolyatsion yoki millatchilik ruhida emas, balki “harmony through
loyalty” (sadoqat orqali uyg‘unlik) tamoyili asosida ko‘riladi. Bu yerda Keys metodining roli
shundaki, talaba muayyan ijtimoiy vaziyatda shaxsiy pozitsiyasini kollektiv manfaat bilan
uyg‘unlashtirishga, tarixiy xotirani axloqiy-ma’naviy idrok bilan baholashga undaladi.
Nagaokaning 2016 yildagi ta’kidicha, global madaniyatlar bilan ziddiyat emas,
“interkultural
empatiya”
orqali vatanparvarlikni milliy asosda himoya qilish Yaponiya oliy ta’limining markaziy
didaktik strategiyasiga aylangan. Keys metodi ushbu yondashuvda “axloqiy dilemmalar orqali
o‘zligini topish” modelida ishlaydi. Indoneziyada ta’limning asosiy ijtimoiy-axloqiy poydevori – bu
Pancasila
deb nomlanuvchi besh prinsipli milliy ideologiyadir. Indoneziyalik yetakchi
pedagoglardan biri
Dr. Soedijarto
Keys metodini “tarbiyaviy ko‘pvektorlilik” modeli asosida
baholaydi. Uning fikricha, vatanparvarlik nafaqat davlatga sadoqat, balki jamiyat ichidagi xilma-
xillikni (etnik, diniy, madaniy) tan olish va hurmat qilishni ham o‘z ichiga olishi zarur. Indoneziya
ta’limi Keys metodini jamiyatdagi ijtimoiy-adolat muammolari, ekologik ziddiyatlar va madaniy
to‘qnashuvlar orqali talabalarda ijtimoiy mas’uliyat va empatik fikrlashni rivojlantiruvchi
strategik vosita sifatida qabul qiladi. Soedijarto Keys metodini “interkultural holatli o‘rgatish
modeli” deb ta’riflab, talabalarning vatanga muhabbatini insoniyatga xizmat qilish bilan
integratsiyalash zarurligini ta’kidlaydi. Bu, mohiyatan, baynalminallashgan vatanparvarlikning
pedagogik modelidir, chunki talaba o‘zining fuqarolik pozitsiyasini nafaqat milliy darajada, balki
global ehtiyojlar kontekstida shakllantiradi. Shu tariqa, Indoneziya oliy ta’limida Keys metodi
Pancasila qadriyatlari asosida ijtimoiy uyg‘unlik va vatanparvarlikni universal qadriyatlar bilan
uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot metadologiyasi.
Vatanparvarlik zamonaviy pedagogikada tor idelogik-ma’nodagi
sadoqat tushunchasidan keng ijtimoiy, ma’naviy va madaniy-kommunikativ kompetensiyaga
aylangan. Oliy ta’lim muassasalari ushbu kompetensiyani shakllantirishda bilim berishdan
tashqari, talabada o‘zini millat, tarix, madaniyat, davlat bilan identifikatsiya qilish, ya’ni “milliy
o‘zlik”ni anglashga yordam beruvchi ijtimoiy-pedagogik muhit yaratishi kerak. Vatanparvarlik
bugun ko‘p vektorli axloqiy mezonlar – ekologik ong, inson huquqlari, madaniyatlararo muloqot,
fuqarolik faolligi, ijtimoiy adolat tushunchalari bilan uyg‘un holda talqin qilinmoqda. Shu bois, uni
shakllantirishda faqat ma’ruza, statistik ma’lumot yoki tarixi yodlashga asoslangan yondashuvlar
emas, balki ijtimoiy amaliyot va refleksiya bilan bog‘liq faol metodlar zarur.
2
Keys metodlari aynan mana shu zaruratga javob beradigan, murakkab sotsiokultural
holatlarni tahlil qilishga imkon beradigan, shaxsiy pozitsiyani shakllantiradigan va uni ijtimoiy
axloqiy asosda asoslay oladigan metodologik mexanizm sifatida e’tirof etiladi. Vatanparvarlik
kompetensiyasini shakllantirishda Keys metodidan foydalanish quyidagi pedagogik model
2
Zainal, A. & Musa, R. (2019).
Intercultural Values in Malaysian Civic Education: A Case-Based Approach.
Kuala
Lumpur: University of Malaya Press.
104
asosida amalga oshiriladi. Birinchidan, pedagog talabalarga real tarixiy yoki zamonaviy muammoli
keys holatini taqdim etadi (masalan, ekologik muammolardagi fuqarolik ishtiroki, xorijdagi
vatandoshlarning faoliyati, milliy qadriyatlar va zamonaviylik to‘qnashuvi, tarixiy shaxslar
faoliyati kontekstida vatanparvarlik tahlili). Ikkinchidan, ushbu keyslar asosida talabalar
individual va guruhiy tahlil olib borishadi, kontekstual anglash va holatli tahlil orqali muammo
mohiyatini ochib beradilar. Uchinchi bosqichda talabalar shaxsiy pozitsiyalarini shakllantiradi va
uni ijtimoiy-axloqiy asoslar bilan himoya qiladi. To‘rtinchidan, guruhda qarama-qarshi
pozitsiyalarni tahlil qilish orqali talabalar axloqiy fikrlash, tolerant bahslashuv va empatiya
asosida global mas’uliyat bilan yondashishga o‘rganadi. Nihoyat, yakuniy bosqichda talaba
vatanparvarlikning zamonaviy talqinini o‘zining shaxsiy hayotiy strategiyasi bilan bog‘lashga
intiladi. Ushbu model orqali Keys metodining o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki ijtimoiy hissiyot,
fuqarolik ong va axloqiy mas’uliyatni uyg‘otishdagi roli namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy pedagogika va didaktika yondashuvlari ko‘rsatganidek, Keys metodlarining eng
katta imkoniyati o‘quvchilarning interaktiv ishtirokida, ular bilan yaqin muloqotda va ularning
muammolariga bevosita ta’sir qilishda yotadi. Vatanparvarlikni faqat milliy qadriyatlar, tarixiy
xotira yoki ritualar bilan bog‘lashga intilishning o‘zi yetarli emas. Uning shakllanishi uchun
talabalar global va mahalliy o‘rtada qanday fuqarolik pozitsiyalarini egallashlari, ularning ijtimoiy
javobgarlikni qanday anglashlari kerakligi haqida o‘ylashlari zarur. Shu ma’noda, Keys metodlari
talabalar uchun muhim amaliy vaziyatlarni o‘rganishga imkoniyat yaratadi, bunda ular o‘zlari
qarorlar qabul qilib, ularning natijalarini his etishlari va shunday qarorlarni qayta tahlil qilish
orqali o‘zlarining axloqiy-ijtimoiy pozitsiyalarini shakllantiradilar.
3
Vatanparvarlik g‘oyalarini zamonaviy talabalarda shakllantirish, faqat tarixiy an’analarga
yoki milliy sanalar va bayramlarga bog‘liq emas, balki har bir shaxsning jamiyatdagi faolligi,
ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, inson huquqlariga bo‘lgan hurmat va ekologik mas’uliyatni anglash
bilan ham bog‘liqdir. Keys metodlari orqali o‘quvchilarga nafaqat tarixiy yoki madaniy
ma’lumotlar beriladi, balki ular bu ma’lumotlarni ijtimoiy vaziyatlarga tatbiq qilish, real hayotdagi
masalalarga yondashuvni o‘rganish imkoniyatini ham yaratadi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga Keys metodlarini tatbiq etish, vatanparvarlikni
shakllantirish jarayonida nafaqat milliy, balki global darajada ham yangi pedagogik va didaktik
yondashuvlarni yaratishga xizmat qiladi. Talabalar uchun keyslarni muhokama qilish, ularga
ijtimoiy mas’uliyatni his qilish, jamiyatning taraqqiyoti uchun o‘zining rolini anglashni o‘rganish
— bu jarayonlarning barchasi ularning vatanparvarlik hissi va ongini oshirishga yordam beradi.
Vatanparvarlik, shuningdek, ularning dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi,
chunki o‘quvchilar o‘zlarini o‘z yurtlari va ularning kelajagi uchun mas’uliyatli shaxslar sifatida his
qilishadi. Bu jarayonda Keys metodining interaktiv va refleksiv xususiyatlari talabalar uchun o‘z
pozitsiyalarini shakllantirish, jamiyatdagi o‘z o‘rinlarini topish, turli holatlar va vaziyatlarda
qarorlar qabul qilish orqali, shuningdek, axloqiy tanlovlar bilan yuzlashish orqali ularning shaxsiy
va fuqarolik rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, Keys metodlari oliy ta’lim muassasalarida
talabalar o‘rtasida madaniyatlararo muloqot, global fuqarolik va jamiyatning turli qatlamlariga
nisbatan empatiya hissini shakllantiradi. Global miqyosdagi ijtimoiy masalalarga, siyosiy va
iqtisodiy holatlarga, ekologik va madaniy masalalarga oid muammolarni tahlil qilish talabalar
3
Shadrikov, V. D. (2021).
Obrazovatel’naya politika i patriotizm: Sovremennye pedagogicheskie praktiki.
Sankt-
Peterburg: Izdatel’stvo RGPU im. A. I. Gertsena.
105
uchun o‘zining vatanparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq anglashga imkon yaratadi.
Vatanparvarlik, bu borada, faqat o‘z millatiga bo‘lgan sadoqatni anglatmaydi, balki insoniyatning
umumiy manfaatlari, ekologik barqarorlik va madaniyatlararo muloqot kabi universal qadriyatlar
bilan ham uyg‘unlashadi.
Keys metodlari nafaqat ta’limda talabalar uchun bilim va kompetensiyalarni
shakllantirishda, balki ularning fuqarolik, axloqiy va madaniy mas’uliyatini oshirishda ham katta
ahamiyat kasb etadi. Ular nafaqat o‘quv jarayonida bilim olishda, balki ularni amaliyotda qo‘llash,
dunyoqarash va ijtimoiy mas’uliyatni his qilishda ham ustunlik yaratadi. Shunday qilib, Keys
metodlari oliy ta’lim tizimida vatanparvarlik g‘oyalarini tarbiyalashda, talabalarda milliy va global
darajada mas’uliyatli, ongli, jamiyatga xizmat qilishga tayyor fuqarolarni yetishtirishda muhim
pedagogik vosita sifatida xizmat qiladi.
Tahlil va natijalar.
Xitoyda vatanparvarlik pedagogikasi 1990-yillardan boshlab kengayib,
2024 yilda yangi "Patriotizm ta’limi to‘g‘risida"gi qonunning qabul qilinishi bilan yanada
mustahkamlandi. Ushbu qonun patriotizmni ta’lim tizimining barcha bosqichlariga integratsiya
qilishni nazarda tutadi. Xitoyda Keys metodining qo‘llanilishi, asosan, tarixiy va madaniy
kontekstlarda talabalarga muammoli vaziyatlar taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Masalan,
talabalarga milliy tarixdagi muhim voqealar asosida keyslar taqdim etilib, ularning axloqiy va
ijtimoiy tahlil qilish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bu yondashuv, talabalarda milliy g‘urur,
jamiyatga xizmat qilish hissi va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Malayziya
ta’lim tizimi ko‘p madaniyatli va ko‘p etnikli jamiyatni hisobga olgan holda, vatanparvarlik
pedagogikasida madaniyatlararo muloqot va Keys metodini qo‘llashga katta e’tibor qaratadi.
Malayziyada Keys metodining qo‘llanilishi, talabalarga turli madaniyatlar va etnik guruhlar
o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish, muammoli vaziyatlar asosida ijtimoiy adolat va tenglikni
anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Bu yondashuv, talabalarda milliy birlik,
madaniyatlararo hurmat va jamiyatdagi turli guruhlar o‘rtasidagi hamjihatlikni shakllantirishga
xizmat qiladi. Rossiyada vatanparvarlik pedagogikasi davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida
qaraladi. 2022 yilda joriy etilgan "Muhim Masalalar Haqida Suhbatlar" (Conversations about
Important Things) darslari orqali talabalarga davlat siyosati, milliy identitet va jamiyatdagi o‘rni
haqida ma’lumotlar beriladi. Ushbu darslarda muammoli vaziyatlar asosida Keys metodidan
foydalanish, talabalarda davlatga bo‘lgan sadoqat, milliy birlik va fuqarolik mas’uliyatini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Rossiyada Keys metodining qo‘llanilishi, asosan, davlat siyosatiga
mos ravishda amalga oshiriladi va talabalarda milliy g‘urur va sadoqatni shakllantirishga
yo‘naltirilgan.
Xulosa.
Zamonaviy globallashuv sharoitida ta’lim jarayoni yosh avlodga nafaqat bilim
berish, balki ularni universal ijtimoiy qadriyatlarga ega, ko‘pmadaniyatli dunyoda faoliyat yurita
oladigan, milliy va xalqaro darajadagi mas’uliyatni his qiladigan shaxs sifatida tarbiyalashni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bunday ulkan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishda Keys
metodining imkoniyatlari beqiyosdir. Mazkur metod orqali o‘quvchilar vatanparvarlikni
zamonaviy sotsiokultural kontekstdagi keng ma’noga ega tushuncha sifatida anglay boshlaydilar.
Bu jarayon natijasida vatanparvarlik baynalminallashgan mazmunga ega bo‘lib, u shaxsda
ijtimoiy, axloqiy va madaniy jihatdan yetuk, tolerant, empatik, va eng muhimi, dunyoqarashi keng
fuqaroni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu boisdan Keys metodini ta’lim jarayoniga chuqur
integratsiyalash, uni didaktik modellar bilan uyg‘unlashtirish va xalqaro ta’lim tajribasiga tayanib
boyitish pedagogik amaliyotda strategik yo‘nalish sifatida qaralishi lozim.
106
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Li, Y. (2023). Patriotism Education in Contemporary China: Policy, Practice and Pedagogy.
Beijing: Higher Education Press.
2.
Zainal, A. & Musa, R. (2019). Intercultural Values in Malaysian Civic Education: A Case-Based
Approach. Kuala Lumpur: University of Malaya Press.
3.
Ivanova, T. V. (2022). Patriotic Education in Russian Higher Education: Dialogues and Cases.
Moscow: Prosveshchenie.
4.
Chen, L. & Wang, X. (2021). Case-Based Learning and Moral Education in Chinese
Universities. Shanghai: East China Normal University Press.
5.
Abdul Latif, M. (2022). Civic Identity and Nation-Building Through Case Pedagogy in
Malaysia. Penang: Universiti Sains Malaysia Publications.
6.
Lolakhon, T. (2022). Fairy-tale genre in languages of different systems are onomastic
units. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(2), 90-94.
7.
Shadrikov, V. D. (2021). Obrazovatel’naya politika i patriotizm: Sovremennye
pedagogicheskie praktiki. Sankt-Peterburg: Izdatel’stvo RGPU im. A. I. Gertsena.
8.
UNESCO (2020). Global Citizenship Education: Preparing Learners for the Challenges of the
21st Century. Paris: UNESCO Publishing