Авторы

  • Nooria Samadi
    Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.98129

Ключевые слова:

maqollar madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi frazeologik birikmalar ingliz tilini oʻqitish madaniy xabardorlik til va madaniyat integratsiyasi.

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tilini oʻqitishda o‘quvchilarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda maqollarning  oʻrni va ahamiyatini oʻrganilib, oʻrganilayotgan tilde mavjud maqollar, frazeologik  birikmalar  va  muloqot qilish   qoidalarini  oʻrgatish  orqali  talabalarda  madaniyatlararo  xabardorlikni oshirishga  qaratilgan  metodlar  tahlil  qilingan.  Maqolada  o‘quvchilarning   madaniyatga  oid  maqollarni oʻzlashtirishda duch keladigan muammolar  va ularni bartaraf etish yoʻllari, shuningdek, dars jarayonida maqollardan   foydalanishning  samaradorligi  dalillangan.  Natijalar  til  va  madaniyatning  oʻzaro  bogʻliqligini hisobga olgan holda oʻqitishning o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqotni  rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatgan.


background image

93

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA MAQOLLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING

MADANIYATLARARO XABARDORLIKLARINI OSHIRISH

Samadi Nooria

Termiz davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tilini oʻqitishda o‘quvchilarning madaniyatlararo

muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda maqollarning oʻrni va ahamiyatini oʻrganilib,
oʻrganilayotgan tilde mavjud maqollar, frazeologik birikmalar va muloqot qilish qoidalarini
oʻrgatish orqali talabalarda madaniyatlararo xabardorlikni oshirishga qaratilgan metodlar
tahlil qilingan. Maqolada o‘quvchilarning madaniyatga oid maqollarni oʻzlashtirishda duch
keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari, shuningdek, dars jarayonida maqollardan
foydalanishning samaradorligi dalillangan. Natijalar til va madaniyatning oʻzaro bogʻliqligini
hisobga olgan holda oʻqitishning o‘quvchilarda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatgan.

Kalit soʻzlar:

maqollar, madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi, frazeologik birikmalar,

ingliz tilini oʻqitish, madaniy xabardorlik, til va madaniyat integratsiyasi.

KIRISH

Jamiyatdagi insonlar orasidagi muloqot madaniyati nafaqat o‘z tilida, balki xorijiy tillarda

kommunikatsiya qilish jarayonini ifodalaydi. Xorijiy tillarda muloqot qilishga odatlanish chet
tillarni o‘qitishning nazariyasi va amaliyotining keskin rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu shuni
anglatadi-ki, chet tillarni nafaqat egallash va gapirish, balki kommunikativ muloqot jarayonida
nutqiy muloqotning madaniy va didaktik ahamiyatini aks ettirilishini talab qiladi. Bunday
yondashuv har qanday metodik tizimning ilmiy asoslangan negizga qurilish zaruratini ko‘rsatadi.
Shu bilan bir qatorda mamlakatda qabul qilingan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar xorijiy tillarni
o‘qitilishi hamda nutq kompetensiyalarini egallashda takomillashuvga erishishning sezilarli
darajada o‘zgarishi ya’ni bunda reseptiv va reproduktiv nutqning ma’no teranligi va ta’sirchanligi
oshishi bilan belgilanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLOLOGIYA

Chet tili darslarida o‘quvchilarning madaniyatlararo va ijtimoiy-madaniy bilimlarini

oshirishda maqollardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda; ularni o‘rganilayotgan til
madaniyati bilan tanishtirish; o‘quvchilarning chet tilidagi kommunikativ qobiliyatlari va
odatlarini rivojlantirish, ularning o‘rganilayotgan chet tilining ona tilida so‘zlashuvchilari bilan
madaniyatlararo muloqot qilishlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Krupchinko va Kuznetsovlarning fikricha, ideal ta’lim jarayoni nutq qobiliyatlarining barcha

turlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘qitish ta’minlashi kerak. Tinglash, gapirish, o‘qish va yozishda
kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish nutq faoliyati turlari bo‘yicha o‘qitish mazmuniga
va ko‘nikmalarni rivojlantirish mashqlari tizimiga bevosita bog‘liqdir

[1;190-b].

Til va madaniyatni birgalikda oʻrgatish nafaqat til bilimlarini oshiradi, balki talabalarning

boshqa madaniyat vakillari bilan oʻzaro aloqalarida koʻproq tushunuvchanlik va ochiqlikni
shakllantiradi. Shu sababli, oʻqituvchilar keltirilgan metodlarni qoʻllash orqali talabalarni
xalqaro muloqotda muvaffaqiyatli ishtirokchi sifatida tayyorlashlari mumkin, deb hisoblaymiz.

Y.Babazada o‘zining “Proverbs in Pedagogy: Their Role in Language Teaching and Culture

Trnsmission” nomli ilmiy maqolasida, “maqollar jamiyatning qadriyatlari, e’tiqodlari va axloqiy
tamoyillarini yetkazish orqali madaniy uzatishda muhim rol o‘ynaydi. Maqollar orqali o ‘quvchilar
o‘rganilayotgan til jamoasining madaniy munosabati va dunyoqarashi haqida tushunchaga ega bo


background image

94

‘lishlari mumkin. Ushbu madaniy bilimlar madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish uchun
zarurdir, ya’ni turli xil madaniy kelib chiqishi bo‘lgan insonlar bilan samarali va mos ravishda
muloqot qilish qobiliyatiga ega bo‘lish uchun qulay sharoit yaratadi. Maqollarni o‘rganish orqali
o‘quvchilar nafaqat til bilimlarini oshiradi, balki madaniy tushunchalari va qadrlashlarini ham
chuqurlashtiradilar” deb ta’kidlaydi [2;72-b.].

Maqollar millatga oid tillar madaniy stereotiplarda va an’analarida chuqur ildiz otgan.

Maqollar bilan tanishtirish orqali o‘qituvchilar o‘quvchilarga ingliz tilida so‘zlashuvchi
jamoalarning madaniyati, qadriyatlari va e’tiqodlari haqida tushuncha berishi mumkin. Bu
o‘quvchilarning madaniy tushunchalarini rivojlantirishga yordam beradi va ularning kreativ
malakalarini oshiradi. Maqollar ko‘p til va madaniyatlarda mavjud. Turli tillardagi maqollarni
solishtirish o‘quvchilarga madaniy ifodalardagi o‘xshashlik va farqlarni o‘rganish imkonini beradi.
Bu madaniyatlararo xabardorlikni rivojlantiradi va o‘quvchilarni o‘z tillari va ingliz tili o‘rtasida
aloqa o‘rnatishga undaydi.

XULOSA

O’quvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda maqollarning

oʻrni va ularning madaniy kontekstda oʻqitilishining samaradorligi tahlil qilindi. Ingliz tilini
o‘qitish jarayonida maqollarni qoʻllash o‘quvchilarning xalqaro aloqalarga moslashuvchanligini
oshirib, ularning madaniy sezgirligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Maqollar
o‘quvchilarga tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyatining turli qirralarini tushunish imkonini
berdi va ularni xalqaro muloqotda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorladi. Natijada tilni uning
madaniyati bilan integratsiyalashgan holda oʻrgatish madaniyatlararo kompetensiyani
rivojlantirishiga imkoniyat yaratadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Крупченко А. К., Кузнецов А. Н. Основы профессиональной лингводидактики:

Монография.–М.: АПКиППРО, 2015.– 232 с.
2.

Babazade Y. Proverbs in Pedagogy: Their Role in Language Teaching and Cultural

Transmission //Global Spectrum of Research and Humanities. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 69-82.

Библиографические ссылки

Крупченко А. К., Кузнецов А. Н. Основы профессиональной лингводидактики: Монография.–М.: АПКиППРО, 2015.– 232 с.

Babazade Y. Proverbs in Pedagogy: Their Role in Language Teaching and Cultural Transmission //Global Spectrum of Research and Humanities. – 2024. – Т. 1. – №. 1. – С. 69-82.