Авторы

  • A.Y. Yusuvaliyeva
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
  • M.Q. Mardonova
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdpp.98877

Ключевые слова:

xotira Aristotel Farobiy J. Piaje L.P. Vigotskiy G.Ebbingauz eslab qolish kichik maktab yoshi o‘quvchilari unutish yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi unutish egri chizig‘i nazariyasi saqlash.

Аннотация

Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Xotira — bilimlarni eslab qolish, saqlash va qayta tiklash jarayonlarining asosiy omillaridan biri sifatida oʻquv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning xotira turlari (qisqa muddatli, uzoq muddatli, ko‘rish va eshitish xotirasi) oʻrganilib, ularning bilimlarni oʻzlashtirish darajasiga ta’siri amaliy misollar va kuzatuvlar asosida yoritilgan.


background image

142

KICHIK MAKTAB YOSHI OʻQUVCHILARIDA XOTIRANING RIVOJLANGANLIK

DARAJASINI OʻQUV FAOLIYATIGA TAʼSIRINI OʻRGANISH

Yusuvaliyeva A.Y.

Mardonova M.Q.

Mirzo Ulug’bek nomidagi

O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15551508

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kichik maktab yoshi oʻquvchilarida xotiraning

rivojlanganlik darajasi ularning oʻquv faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan. Xotira
— bilimlarni eslab qolish, saqlash va qayta tiklash jarayonlarining asosiy omillaridan biri sifatida
oʻquv jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning xotira turlari (qisqa
muddatli, uzoq muddatli, ko‘rish va eshitish xotirasi) oʻrganilib, ularning bilimlarni oʻzlashtirish
darajasiga ta’siri amaliy misollar va kuzatuvlar asosida yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

xotira, Aristotel, Farobiy, J. Piaje, L.P. Vigotskiy, G.Ebbingauz, eslab qolish,

kichik maktab yoshi o‘quvchilari, unutish, yaqin rivojlanish zonasi nazariyasi, unutish egri
chizig‘i nazariyasi, saqlash.

Xotira — inson psixikasining asosiy funksiyalaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning axborotni

qabul qilishi, qayta ishlashi va uni eslab qolish jarayonlarini boshqaradi. Bu yoshdagi
o‘quvchilarda xotiraning rivojlanish darajasi nafaqat ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini
belgilaydi, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ham asos yaratadi. Shu sababli,
xotiraning rivojlanganlik darajasini o‘rganish va uni o‘quv faoliyatiga yo‘naltirish bo‘yicha
samarali uslubiyotni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur

boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv
sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi
axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy
qobiliyatida namoyon boʻladi.

Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari

(Aristotel va boshqalar) asarlarida uchraydi. Xususan, Farobiy xotira bilishdagi aqliy jarayonning
tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini
alohida taʼkidlagan.

Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga

tushirish) dan iborat bo‘lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.

Xotiralarni shakllantirish biologiya va tibbiyot sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarning eng

dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miyadagi rivojlanish uzoq
muddatli xotirani saqlash uchun zarurdir va uyqu “xotiralarni mustahkamlashda” muhim rol
o‘ynaydi. Bundan tashqari, dam olish vaqtida miya nafaqat o‘tmishdagi voqealar haqidagi
ma’lumotlarni qayta ishlay olishi, balki kelajak uchun bashorat qilishlari ham ma’lum bo‘ldi.

Kichik maktab 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga

yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshdagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri
unda o‘ziga xos ehtiyojlarining mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan
bilim, ko‘nikma va malakalarini egallashga qaratilmay balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan
ham iboratdir.


background image

143

Kichik maktab yoshidagi bolalarda xotirani o‘rganish bilan ko‘plab olimlar shug‘ullangan.

Bular: Jan Piaje bolalar psixologiyasi va rivojlanish psixologiyasining asoschilaridan biri
hisoblanadi. U xotiraning rivojlanishini kognitiv rivojlanishning bosqichlari bilan bog‘lagan. J.
Piajening fikricha, kichik maktab yoshidagi bolalarda xotira o‘yin va tajriba orqali faol
rivojlanadi. L.P. Vigotskiy xotira va tafakkurni ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘lagan. Uning
“yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasi bolalarning yangi ma’lumotlarni eslab qolish va o‘rganish
imkoniyatlariga ta’sir qiladi. G.Ebbingauz xotira va eslab qolish jarayonlarini birinchi bo‘lib ilmiy
o‘rgangan olimlardan biridir. Uning “unutish egri chizig‘i” nazariyasi bolalarda ma’lumotlarni
qanday yo‘qotishlarini tushunishda qo‘llaniladi. Bolalarda xotira strategiyalarini shakllantirish
muhimligini ta’kidlagan. U bolalarda tushunchalar va mantiqiy fikrlash shakllanishini o‘rgangan.
Bu olimlarning ishlari bugungi kunda ham bolalarda xotira va o‘qitish usullarini
takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar tafakkurining rivojlanishini yirik psixolog

L.S.Vigotskiy tushunchalarning shakllanishi hamda nutqning oʻsishi bilan uzviy bogʻliq holda
oʻrgangan. Shuning uchun u ajnabiy psixologlarning birinchi navbatda J.Piajening egosentrik
konsepsiyasini qattiq tanqid qilib, tafakkurni genetik metod yordamida oʻrganishni tavsiya
qiladi. L.S.Vigotskiy psixologiya faniga inson kamolotining “Eng yaqin taroqqiyot zonasi” deb
nomlangan tushunchalarni olib kiradi. Uning birinchisi oʻqituvchining mustaqil faoliyatida
namoyon boʻladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Xudoynazarov Sh.A. Xotira haiqdagi qarashlar va xotirani rivojlantirish yo‘llari

maqolasidan. Iqro jurnali
2.

L.V.Cheremoshkina Xotira psixologiyasi: darslik, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun.

Moskva: “Akademiya” nashriyot markazi, 2002 – 368 b
3.

Maktabgacha yoshdagi bolalar xotirasini rivojlantirish. Ekaterinburg 2020

4.

E.G‘.G’oziyev Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashr / “O’qituvchi”

nashriyot matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2008
5.

D.A.Nomozov

Kichik

maktab

yoshi

bolalar

psixologiyasi

maqolasidan

www.doi.org/10.5281/zenodo.10616945

Библиографические ссылки

Xudoynazarov Sh.A. Xotira haiqdagi qarashlar va xotirani rivojlantirish yo‘llari maqolasidan. Iqro jurnali

L.V.Cheremoshkina Xotira psixologiyasi: darslik, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun. Moskva: “Akademiya” nashriyot markazi, 2002 – 368 b

Maktabgacha yoshdagi bolalar xotirasini rivojlantirish. Ekaterinburg 2020

E.G‘.G’oziyev Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Ikkinchi nashr / “O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2008

D.A.Nomozov Kichik maktab yoshi bolalar psixologiyasi maqolasidan www.doi.org/10.5281/zenodo.10616945