57
YASHIL SUVO’TLAR BO’LIMINING O’ZBEKISTONDA TARQALGAN TURLARI
Joʻrayeva Oydinoy
Andijon Davlat Pedagogika instituti
Biologiya yoʻnalishi talabasi
oydinoyjorayeva386@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15583925
Annotatsiya.
Ushbu tezisda yashil suvoʻtlarining ekologiyasi va tabiatdagi ahamiyati,
oʻziga xos xususiyatlari, o’zbekistondagi yashil suvo’tlar haqida umumiy ma’lumot berilgan.
Kalit soʻzlar
. Algalogiya, yashil suvo’tlar, ko’k-yashil suvo’tlari, qizil suvoʻtlar, qoʼngir
suvoʼtlar, tillarang suvo’tlar, sariq-yashil suvoʻtlar, diatom suvo’tlar, perrofit suvoʻtlari, evglena
suvoʻtlari, monad struktura, kokkoid struktura, plastinkasimon struktura, sifonal struktura,
xlorella , ulotriks, kladofora, xlomidomonada, spirogira.
Suvo’tlari tuban oʻsimliklar orasida turlarga boyligi jihatidan zamburugʻlardan keyingi
oʻrinda turishi oʻrganilgan. Suvoʻtlari dunyo okeani biomassasining 80% ini hosil qilib dunyo
okeani hayvonlarining asosiy ozuqa manbai vazifasini bajaradi. Bundan tashqari fotosintez
jarayonini amalga oshirib suv muhiti uchun, suvdagi hayot uchun 1.5 trillion tonna kislorod
ishlab chiqaradi. Suvo’tlari morfologik tuzilishiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Bularga
monad struktura, ko’kkoid struktura, ipsimon struktura, har xil ipsimon-geterotrixial
struktura, plastinkasimon struktura, sifonal struktura, sifonoklodial ipsimon struktura,
rizopodial struktura va palmelloid strukturaga bo’linadi. Suvoʼtlar asosan 9 ta katta boʻlimga
boʻlinadi. Bular koʻk-yashil suvoʻtlari (Cyanophyta), qizil suvoʻtlar (Rhadophyta), qoʼngir
suvoʼtlar (Phalophyta), sariq-yashil suvoʻtlar (Xanthophyta),
diatom suvoʻtlari (Bacillariophyta), perrofit suvoʻtlari (Pyrrophyta), yashil suvoʻtlar
(Chlorophyta), tillarang suvoʻtlar (Chrysophyta), evglena suvoʻtlari (Euglenophyta)dir. Bu
boʻlimlar hammasi
alohida sinf, tartib, turkum va turlarga boʻlinadi. Masalan koʻk-yashil suvoʻtlari 3ta sinfga
boʻlinadi:
1-Xrokoksimonlar sinfi (Chrococlophyceae)
2-Xamesifonsimonlar sinfi (Chamesiphonophyceae)
3-Gormogonsimonlar sinfi (Hormogoniophyceae)dir.
Suvo‘tlar tabiatda kislorod ishlab chiqaruvchi asosiy manbalardan biri bo‘lib, oziq
zanjirida muhim o‘rin egallaydi. Inson hayotida ular tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida
bioyoqilg’i sifatida va suvni tozalashda qo‘llaniladi. Suvoʻtlari yashash muhitiga koʻra
quruqlikda va suvlikda yashaydiganlariga bo’linadi. Suvoʻtlari ekologik jihatdan turli xil
mintaqa va iqlimlarda oʻsishga moslashgan. Daryolarda, daryolarning chuqur qatlamlarida,
organik moddaga boy suv havzalarida, toza, tiniq va iliq suv havzalarida, hovuzlarda va hattoki
ifloslangan suvlarda ham oʻsishga moslashgan. Suvo‘tlari tabiatda uchraydigan eng ajoyib va
foydali mahsulotlar hisoblanadi. Suvo‘tlari noyob foydali moddalarga juda boy bo‘lgani tufayli
ular keng ko‘lamli foydali xususiyatlarga ham egadir. Suvo‘tlarida sutdagidan 10 marta va
go‘shtdagidan esa 8 marta ortiq kalsiy moddasi mavjud. Yashil suvoʻtlar taxminan 7000 dan
ortiq turga ega boʻlib, ular 500 dan ortiq urugʻ va 40 ga yaqin oila (familia)ga bo‘linadi. Masalan,
Ulothrix, Spirogyra, Chlorella, Volvox va Cladophora yashil suvoʻtlarga misol boʻla oladi. Ular
asosan suvli muhitlarda – daryo, koʻl, buloq, suv omborlari, shuningdek, ho‘l tuproqlar va hatto
ho‘l daraxt po‘stlog‘ida ham uchraydi. Sistematikasi bo‘yicha asosiy guruhlar:
58
1-Bir hujayrali yashil suvoʻtlar
2-Koloniyali yashil suvoʻtlar
3-Ip shaklidagi (filamentoz) suvoʻtlar
4. Koʻp hujayrali murakkab tuzilgan yashil suvoʻtlar.
Ular tanasi murakkab tuzilgan boʻlib, koʻpincha dengiz suvlarida uchraydi.Ularning
xususiyatlari: Hujayra devori ikki qavatli boʻlib, selluloza va pektin moddalaridan tashkil
topgan. Zaxira ozuqasi sifatida kraxmal to‘playdi.Odatda yashil rangda boʻlib, xloroplastlar har
xil shaklga ega (spiralsimon, disk shaklida, yulduzsimon).Oʻsimliksimon organizmlar boʻlib,
oʻsimliklarga oʻxshash hayot kechiradi. Ayrim turlari jinsiy, baʼzilari esa jinsiy emas jinssiz yo‘l
bilan koʻpayadi.Yashil suvoʻtlarning koʻpayishi uch xil yoʻl bilan amalga oshadi:
1-Vegetativ koʻpayish – hujayra boʻlinishi yoki tana boʻlinishi orqali.
2-Jinsiy koʻpayish – izogamiya, anizogamiya va oogamiya orqali.
3. Spora bilan koʻpayish – zoosporalar va aplanospora hosil qilish orqali.
Oʻzbekiston Respublikasi turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega boʻlib, bu yerda yashil
suvoʻtlarning xilma-xil turlari uchraydi. Mamlakatning geografik hududi cho‘l, yarim cho‘l,
dasht, tog‘ va tog‘ oldi hududlarini o‘z ichiga olgan. Bunday xilma-xillik yashil suvoʻtlar uchun
turli yashash joylari — daryo, soy, buloq, ariq, suv omborlari, hatto ho‘l tuproqlarni taqdim
etadi. Oʻzbekistondagi daryolar (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon) bo‘yida yashil suvoʻtlarning
quyidagi turlari keng tarqalgan: Ulotriks, Spirogiyra, Kladofora, Xlomidomonada. Sun’iy suv
havzalari (Farg‘ona kanalida, Chorvoq suv omborida, Tuyatortar kanali va suv kollektorlarida)
ham yashil suvoʻtlar uchun qulay muhit hisoblanadi. Tog‘ hududlaridagi buloqlarda va ariq
suvlarida Spirogyra va Zygnema turlari ko‘p uchraydi. Bu suvoʻtlar asosan toza, oqayotgan
suvlarni afzal ko‘radi. Baʼzi yashil suvoʻtlar suvdan tashqari nam joylarda — masalan, bog‘dagi
ho‘l tuproqda, toshlar ustida yoki daraxt po‘stlog‘ida ham o‘sadi. Chlorella vulgaris, Protosiphon
botryoides, Scenedesmus – ho‘l joylarda uchraydi. Hududlar boʻyicha tarqalish: Farg‘ona
vodiysi: kanal va suv omborlarida Ulothrix va Cladophora turlari keng uchraydi. Bahor va yoz
oylarida ko‘plab yashil qoplamalar hosil qiladi. Toshkent viloyati: Chirchiq daryosi, Bo‘zsuv
kanali va Chorvoq suv omborida Spirogyra, Zygnema, Chlorella kabi turlar aniqlangan.
Qoraqalpog‘iston: Amudaryo bo‘ylari va suv to‘planadigan joylarda Scenedesmus va
Chlamydomonas ko‘p uchraydi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari: tog‘li hududlardagi
buloq va soy suvlari Zygnema va Spirogyra uchun ideal muhit yaratadi.
Yashil suvoʻtlar biosferadagi moddalar aylanishida muhim o‘rin egallaydi. Ular quyosh
nurlari yordamida karbonat angidrid va suvdan organik moddalar sintez qiladi va shu bilan
birga kislorod ajratib chiqaradi. Bu esa nafaqat suv muhitidagi hayvonlar, balki butun
biosferaning hayoti uchun muhimdir. Ko‘plab suv havzalaridagi yashil suvoʻtlar plankton
tarkibiga kiradi va ularning ko‘payishi suv hayvonlarining oziq manbaini tashkil qiladi. Ayniqsa,
baliqlarning ozuqa zanjiridagi birinchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ular suvni
tozalashda ham ishtirok etadi — ya’ni organik moddalarni o‘zlashtirib, suvni biologik jihatdan
boyitadi. Yashil suvoʻtlarning baʼzi turlari sanoatda foydalaniladi. Masalan: Chlorella va
Spirulina – biologik qo‘shimcha sifatida oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ular oqsil, vitamin va
minerallarga boy bo‘lib, sog‘lom ovqatlanishda muhim rol o‘ynaydi. Suvoʻtlar tarkibida bo‘lgan
polisaxaridlar, pigmentlar va fermentlar farmatsevtika va kosmetika sanoatida ham
foydalaniladi. Ayrim yashil suvoʻtlar bioyoqilg‘i ishlab chiqarishda tajriba obyekti sifatida
sinovdan o‘tkazilmoqda.
59
Ushbu tezisda "Yashil suvoʻtlar boʻlimining Oʻzbekistonda tarqalgan turlari" mavzusi
keng ko‘lamda o‘rganildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
O‘zbekistonning turli tabiiy hududlarida yashil suvoʻtlarning xilma-xil turlari mavjud bo‘lib,
ular ichida Chlamydomonas, Chlorella, Ulothrix, Spirogyra, Cladophora kabi turlar keng
tarqalgan. Bu suvoʻtlar nafaqat ekologik tizimlar uchun muhim, balki inson hayoti uchun ham
foydali bo‘lib, oziq-ovqat, dori-darmon, bioyoqilg‘i va kosmetika sanoatida keng qo‘llaniladi.
Yashil suvoʻtlar suv havzalarining ekologik holatini baholashda muhim indikator hisoblanadi.
Ularning mavjudligi yoki yo‘qligi, ko‘payish sur’ati suvning ifloslik darajasini aniqlashga
yordam beradi. O‘zbekiston olimlari tomonidan suvoʻtlarning tarqalishi, monitoring usullari va
amaliy ahamiyati bo‘yicha bir qator muhim ilmiy ishlanmalar amalga oshirilgan bo‘lsa-da,
ushbu yo‘nalishda tadqiqotlarni chuqurlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish zarur.
Shuningdek, tezisda yashil suvoʻtlar asosida o‘tkazilgan eksperimentlar, ularning ekologik
monitoringdagi o‘rni, inson salomatligiga ta’siri va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati bo‘yicha muhim
ilmiy va amaliy xulosalar chiqarildi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yashil suvoʻtlarni chuqur
o‘rganish, ularni saqlash va ulardan oqilona foydalanish bugungi ekologik muammolar fonida
dolzarb masalalardan biridir. Shunday ekan, kelgusida bu yo‘nalishda zamonaviy ilmiy
izlanishlar olib borilishi, ularning natijalari esa amaliyotga tatbiq etilishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
https://daryo.uz/2017/04/10/suv-otlari-suvosti-dunyosining-inson-uchun-
foydasihttps://t.me/tabiiyfanlar_elektronkutubxonasi.
3. www.eco.uz – O‘zbekistonning suv havzalari va ekologik monitoring bo‘yicha ma’lumotlar.
2.
Mustafayev S. M. Botanika. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2002.
3.
Sahobiddinov S. S. O‘simliklar sistematikasi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1976.
4.
Sh. Ch. Tojiboyev. Tuban o‘simliklardan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, “O‘qituvchi”,
1986.