Авторы

  • Shohjahon Ilashov
    Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdtf.101221

Ключевые слова:

хлорофилл гетеротроф сапротроф мицелий гифы хитин целлюлоза зооспора оогамия канидиаспора изогамия гетерогамия.

Аннотация

В статье дана общая информация о грибах. Грибы насчитывают более 100 000 видов и приспособлены к жизни в самых разных средах. Они утратили зерна хлорофилла и питаются гетеротрофно, ведя как паразитический, так и сапрофитный образ жизни. Тело грибов называется мицелием. Мицелий состоит из тонких ветвящихся нитей, называемых гифами.


background image

46

ZAMBURUG’LAR EVOLYUTSIYASI VA TARQALISHI

Ilashov Shohjahon Xurshid o’g’li

Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi

ilashovjahonshoh@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15581940

Abstract:

This article provides general information about fungi. There are more than

100,000 species of fungi, adapted to live in various environments. They have lost chlorophyll
grains and are heterotrophic, parasitic and saprophytic. The div of fungi is called mycelium.
Mycelium consists of thin branching threads, which are called hyphae.

Keywords:

chlorophyll, heterotroph, saprotroph, mycelium, hypha, chitin, cellulose,

zoospore, oogamy, canidiaspora, isogamy, heterogamy.

Аннотация:

В статье дана общая информация о грибах. Грибы насчитывают

более 100 000 видов и приспособлены к жизни в самых разных средах. Они утратили
зерна хлорофилла и питаются гетеротрофно, ведя как паразитический, так и
сапрофитный образ жизни. Тело грибов называется мицелием. Мицелий состоит из
тонких ветвящихся нитей, называемых гифами.

Ключевые слова:

хлорофилл, гетеротроф, сапротроф, мицелий, гифы, хитин,

целлюлоза, зооспора, оогамия, канидиаспора, изогамия, гетерогамия.

Zamburug‘lar 100000dan ortiq turga ega bo‘lib, har xil muhitda yashashga moslashgan.

Ular xlorofill donachalarini yo'qotib, geterotrof oziqlanadi, parazit va saprofit holda yashaydi.
Zamburug’larning tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy esa ingichka shoxlanadigan ipchalardan
tashkil topgan bo‘lib, bu ipcha gifalar deb ataladi. Gifalar o‘rtasida to‘siq bo’lmasa-tuban
zamburug’lar, agar gifalar o‘rtasida to‘siq bo‘lsa—yuqori zamburug‘lar hisoblanadi.
Zamburug’lar plastidasiz organizm bo’lib, uning sitoplazmasi bitta yoki bir nechta yadrochaga
ega, hujayrasi tashqi tomondan xitinli yoki sellyulozali po‘st bilan o‘ralgan. Zamburug‘laning
bir guruhi suv o‘tlarga o‘xshab suvda yashasa, boshqa guruhlari quruqlikda yashaydi. Ularning
jinssiz ko‘payishi xlomidosporalar, kurtaklanish yo‘li bilan hamda zoosporalar yordamida
o‘tadi, shuningdek, konidiyasporalar, sporangiya sporalar ham hosil qilib ko‘payadi. Jinsiy
ko‘payishi esa, izogamiya, geterogamiya, oogamiya bilan boradi. Zamburug‘laning parazit
vakillari o‘simliklarda, hayvonlarda yashab turli xil kasalliklarni chaqiradi va ko‘plab Zarar
keltiradi, ularning foydali turlari ham mavjud. Zamburug’lar bo‘limi yetti sinfga bo’linadi: 1.
Xitridiomisetsimonlar-Chytridiomycetopsidae. 2. Oomisetsimonlar - Oomycetopsidae. 3.
Zigomisetsimonlar - Zigomycetopsidae. 4. Askomisetsimonlar yoki xaltali zamburug‘lar -
Ascomycetopsidae. 5. Bazidiomisetsimonlar - Basidiomycetopsidae. 6. Deytiromisetsimonlar
yoki

takomillashmagan

zamburug’lar

-

Deuteromycetopsidae

yoki

Fungi.

7.Gifoxitridiomitsetsimonlar. Xitridiomisetsimonlar - Chytridiomycetopside. Bu sinf
vakillarining mitseliysi taraqqiy etmagan, vegetativ tanasi yalang‘och, ko‘p yadroli
sitoplazmatik massa – plazmodiydan iborat. Bundan ingichka yadrosiz o‘simta — boshlang‘ich
gifalar hosil bo‘ladi. Businfning vakillari jinssiz ko‘payishda bir xivchinli zoospore hosil qilsa,
jinsiy ko‘payish - izogamiya, geterogamiya hamda oogamiya usuli bilan boradi. Asosan, suvli
muhitda yashaydi. Vakillari: olpidium – Olpidium va sinxitrium - Synchitriumdir. Olpidium –
olpidium brassica. Asosan, karam ko‘chatining ildiz bo‘g‘zida yashab, shu yerni zararlaydi,
zararlangan joyi qorayib qurib qoladi. Shuning uchun ham bu ildiz qorayish kasali deb ataladi.
Bu yerda yalang‘och hujayradan iborat bo‘lgan yadroli parazit zamburug‘lar hayot kechiradi.


background image

47

U qalin po‘st bilan o‘ralib zoosporangiyni hosil qiladi. Zoosporangiydan esa bir xivchinli
zoosporalar tashqariga chiqa boshlaydi. Bu ham yangi ko‘chatga tushsa, qaytadan
zararlantiradi. Simatrium - Sinxitriumendobioticum. Asosan, kartoshkada parazitlik qilib
yashab, kartoshka saratonining sababchisi bo’ladi. Uning zoosporalari zich bo’lib yashaydi.
Izogamiya usulida jinsiy ko‘payadi. Zigotalari birmuncha oddiy bir xivchinlidir. Uning
zoosporalari yangi tuganakni zararlaydi. Asosan, Afrika, Amerika, Yaponiya hamda Janubiy
Yevropada uchraydi. Oomisetsimonlar - Oomycetopsida. Mitseliysi kuchli taraqqiy etgan
gifdan iborat. Ikki xivchinli zoosporalar hosil qilish hamda oogomiya jinsiy usul bilan
ko‘payadi. Bu sinfning parazit va saprofit vakillari ham bor. Saprofit vakillari suv
havzalaridagi organic qoldiqlarida, nam tuproqlarda, baliqlar, baqalar va hasharotlar tanasida
yashaydi. Saprolegniya-Saprolegniaana shunday zamburug’lardandir. Ba’zan baliq va ko‘l
baqasining ikralarida ham yashaydi. Fitoftora – Phytophtorainfestans kartoshka bargi va
tuganagida parazitlik qilib yashaydi. Boshqa turlari esa har xil o‘t, buta, daraxtlarning nina
barglarida parazitlik qilib va saprofit holda yashaydi. Kartoshka fitoftorasi yog‘ingarchilik
ko‘p bo‘lgan yillari katta zarar keltiradi. Fitofora bilan zararlangan kartoshka bargida
qoramtir, qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi, bu uning mitseliysidir. Uning gifasi zoosporalari
bargidan poyaga, poyadan esa tuganaklarga o‘tadi, kartoshka qorayadi va quriydi. Jinssiz
ko‘payish sporangiya yoki konidiyalar bilan bo‘ladi. Kartoshkachilik xo‘jaliklariga katta Zarar
keltiradi. Jinsiy ko‘payish oogamiya yo‘li bilan boradi. Bu sinfga, shuningdek, plazmopara turi
ham kiradi. Bu zamburug‘ tokning bargida, yosh novdalarida, pishmagan mevalari unsimon
g‘ubor bilan qoplab, zararlangan joyi qo‘ng‘ir rangga bo‘yaladi. Bu sinfga, asosan, quruqlikdagi
o‘simlik chirindilarida, hayvon qoldiqlarida po‘panak hosil qiladigan saprofit, ba’zan parazit
yashovchi 500ga yaqin tur kiradi. Bularning mitseliysi sershox bo‘lib, ular to‘siqsiz. Jinsiy
ko‘payish izogamiya yo‘li bilan boradi, hosil bo‘lgan zigota qalin po‘st bilan o‘ralib, tinch
holatini o‘tkazgandan so‘ng, u qaytadan unib, oq ipcha – gifani hosil qiladi. Gifa rivojianib,
sporangiyni hosil qiladi. Zamburug‘lar va o‘simliklar uzoq yillik evolyutsiya davomida bir –
biri bilan bevosita bog‘liq holda rivojlangan. Ularning ekotizimdagi roli juda muhim bo‘lib,
quyidagi asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 1.Mikoriza hosil qilish – Zamburug‘larning
ko‘pchiligi o‘simliklarning ildiz tizimi bilan simbioz aloqada bo‘lib, ozuqa moddalari
almashinuvida ishtirok etadi. 2.O‘simlik parazitlari – Ayrim zamburug‘lar o‘simlik
kasalliklarini keltirib chiqaradi, masalan, zang, chang chiriyotgan va qoradog‘ kasalliklari.
3.O‘simlik qoldiqlarining parchalanishida ishtirok etish – Tuproq unumdorligini oshirishga
yordam beradi. Mikoriza – bu zamburug‘larning o‘simlik ildizlari bilan simbioz aloqasi bo‘lib,
tuproqdan ozuqa moddalari va suvni olishda yordam beradi. Mikoriza ikki asosiy turga
bo‘linadi: 1.Ektomikoriza – Zamburug‘larning mitseliylari ildiz yuzasida qoplama hosil qiladi
va ildiz hujayralarining orasiga kiradi, lekin ichiga kirmaydi. Bu holat asosan ignabargli
daraxtlarda uchraydi.

Zamburug‘lar turli muhitlarda yashashga moslashgan bo‘lib, ularning tarqalish

strategiyalari quyidagilardan iborat: Sporalar orqali tarqalish – Zamburug‘lar havoda, suvda
yoki tuproq orqali sporalarini tarqatadi. O‘simliklar va hayvonlar bilan aloqada bo‘lish –
Masalan, lishayniklar o‘simliklar bilan simbiozda yashaydi. Ekstremal sharoitlarga moslashish
– Ayrim zamburug‘lar cho‘l, Arktika va Antarktida kabi og‘ir iqlim sharoitlarida ham yashay
oladi.


background image

48

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Zamburug%CA%BBlar

2.

O'.Pratov, A.To'xtayev. Zamburug'lar dunyosi. O'zbekiston — ISBN 978-9943-6479-3-0.

3.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

4.

Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.

5.

Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn

qisqаrtirilgаn tаrjimа).
6.

Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», 1976.

7.

WWW.ziyo.net

8.

WWW.library.uz

.

9.

“Tuban o‘simliklar sistematikasi” Normurodov X.N, Umurzakova Z.I, Haydarov X.Q,

Nomozova Z.B, Toshpo‘latov Y.Sh, Xasanov M, Rasulova Z.A. 2009 yil
10.

Tojiboyev SH. “Tuban o‘simliklar”

11.

S.Mustafoyev, S.O‘raqov, P. Suvonov “ Umumiy ekologiya”

12.

“Mikrobiologiya immunologiya virusologiya” I.Muhamedov, E.Eshboyev, N.Zokirov,

M.Zokirov Toshkent “yangi asr avlodi” 2006

Библиографические ссылки

O'.Pratov, A.To'xtayev. Zamburug'lar dunyosi. O'zbekiston — ISBN 978-9943-6479-3-0.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Mustafaev S.M., Ahmedov O’.A. Botanika. Toshkent, 2006.

Velikаnov L.I. vа bosh. Tubаn о‘simliklаr. Moskvа, MGU, Toshkent 1995 y. (ruschаdаn qisqаrtirilgаn tаrjimа).

Sаxobiddinov S.S. о‘simliklаr sistemаtikаsi. 1 tom, Toshkent, «О‘qituvchi», 1976.

WWW.ziyo.net

WWW.library.uz.

“Tuban o‘simliklar sistematikasi” Normurodov X.N, Umurzakova Z.I, Haydarov X.Q, Nomozova Z.B, Toshpo‘latov Y.Sh, Xasanov M, Rasulova Z.A. 2009 yil

Tojiboyev SH. “Tuban o‘simliklar”

S.Mustafoyev, S.O‘raqov, P. Suvonov “ Umumiy ekologiya”

“Mikrobiologiya immunologiya virusologiya” I.Muhamedov, E.Eshboyev, N.Zokirov, M.Zokirov Toshkent “yangi asr avlodi” 2006