43
YUKSAK SPORALI OʻSIMLIKLARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ibrohimova Mohinur Hamidulla qizi
Andijon davlat pedagogika instituti biologiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15581920
Abstract:
Currently, the higher plant kingdom (small kingdom) is divided into 9
divisions, containing more than 300,000 species. 1. Rhyniophyta 2. Zoosterophyllophyta 3.
Bryophyta 4. Plauntophyta 5. Psilotophyta 6. Equisetophyta 7. Polypodiophyta. Higher spore
plants are vascular plants that have true stems, roots, and leaves, but do not produce seeds.
Keywords:
sporangium, spore, evolution, gametophyte, thallus, rhizoid, mycorrhiza,
sporaphyte, zygote, sorus
Аннотация:
В настоящее время мир высших растений (малый мир) делится на 9
отделов, включающих более 300 000 видов. 1. Риниофитовые — Rhyniophyta 2.
Зоостерофиллофитовые — Zoosterophyllophyta 3. Водоросли — Bryophyta 4.
Плаунтофитовые — Lycopodiophyta 5. Псилоттофитовые — Psilotophyta 6.
Хвощевидные — 7. Папоротниковые — Polypodiophyta. Высшие споровые растения —
это сосудистые растения, имеющие настоящие стебли, корни и листья, но не дающие
семян.
Ключевые слова:
спорангий, спора, эволюция, гаметофит, слоевище, ризоид,
микориза, спорафит, зигота, сорус
Yuksak o'simliklar Yer yuzida eng keng tarqalgan bo'lib, murakkab tuzilishga ega bo'lishi
bilan ajralib turadi. O'simliklar dunyosini, shu jumladan yuksak o'simliklarni ma'lum bir tizim
(sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar uzoq yillar mobaynida tadqiqot ishlari olib
borganlar va o'zlarining klassifikatsiya - larini ishlab chiqqanlar. Hozirda yuksak o'simliklar
dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o'z ichiga oluvchi 9 ta bo'limga ajratiladi.
1. Riniyatoifalar — Rhyniophyta 2. Zoosterofiltoifalar — Zoosterophyllophyta 3. Yo'sintoifalar
— Bryophyta 4. Plauntoifalar — Lycopodiophyta 5. Psilottoifalar — Psilotophyta 6.
Qirqbo'g'imtoifalar
—
Equisetophyta
7.
Qirqquloqtoifalar
—
Polypodiophyta
YO’SINTOIFALAR BOLIMI – BRYOPHYTA Yo’sintoifalar bo’limi yuksak o’simliklar
evolyutsiyasining gametofit ustun bo’lgan yo’nalishini tashkil etadi va ularni “Briologiya” fani
o’rganadi. Yo’sinlar eng qadimgi yuksak o’simliklardan bo’lib, ularning qoldiqlari paleozoy
erasining toshko’mir va perm davrlari qatlamlarida uchraydi, ammo olimlarning fikriga ko’ra
bu paleobotanik topilmalar yo’sinlar filogenezini to’liq tiklash imkonini bermaydi. Bu boʻlimga
50 mingga yaqin tur kiradi, ya'ni tur soni jihatidan yuksak oʻsimliklar orasida gulli
o’simliklardan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Ular sodda tuzilishga ega o’t o'simliklar bo’lib,
suvo’tlarga ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida, ildizi yo'q,
rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Tipik o’tkazuvchi to’qimalari ham shakllanmagan.
Poyabargli moxlarning barg, poya va novdalari bo’lsada, sodda tuzilishiga ko’ra ularni
naychali yuksak o’simliklarga kiritib bo’lmaydi. O’tkazuvchi to’qimalari shakllanmagan.
Gametofitining o’sishi uchki qismidagi hujayralar yordamida boradi. Barglari oddiy, o’troq,
tomiri faqat barg markazida o’rnashgan, ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo’lmaydi.
Yo’sinlarning tallom yoki poyabargli vegetativ tanasini gametofit deb yuritilishining sababi
shundaki, ularda arxegoniy anteridiylar shakllanib, dastlab jinsiy yo’l bilan ko’payadi va hosil
bo’lgan zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so’ng jinsiy ko'payishi sporofit
44
muhitlarda tarqalgan. PLAUNTOIFALAR BO’LIMI - LYCOPODIOPHYTA Bu bo’lim yer yuzida
tarqalgan sporali yuksak o’simliklarning eng qadimgilaridan hisoblanadi. Ularning qoldiqlari
silur davrining qatlamlaridan topilgan. Oʻsha davr plaunlarning orasida bo’yi 30 metrgacha
yetadigan daraxt turlari ko’p bo’lgan. Lepidodendronlar, sigillyariyalar qabilalarining
qoldiqlari toshko’mir hosil bo’lishida ishtirok etgan. Hozirgi yashab turgan vakillari plaunlar,
selaginellalar va polushniklar o’tchil o’simliklardir. Ayrim adabiyotlarda bu boʻlim boʻgʻimlilar
deb yuritilgan. Bunga sabab yuksak oʻsimliklar orasida bular tanasining, yaʻni sporachi
poyasining boʻgʻim va boʻgʻim oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarining xalqasimon
joylashganligidir. Qirqboʻgʻimlarning koʻpchilik turlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi
turlari yer ositida gorizontal va vertikal oʻsuvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik,
ular yon novdalari (telom) ning oʻzgarishidan kelib chiqqan. Qirqboʻgʻim koʻp yillik oʻt
oʻsimliklardan iborat. Daraxtsimon vakillari esa bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi
15 - 20 metrgacha va eni 0,5 gacha yetgan. Koʻpchilik qirqboʻgʻimlar teng sporali oʻsimliklar
hisoblanadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil sporalilar boʻlgan. Qirqboʻgʻimtoifa
oʻsimliklar devon davrida (415-370 mln. yil oldin) kelib chiqqan va toshkoʻmir davrida yaxshi
taraqqiy etgan. Trias davriga kelib ayniqsa, daraxtsimon vakillari qirila boshlagan.
Qirqquloqtoifalarning sporangiylari bargning chetki qismidan, pastki qismiga o'tib joylashgan.
Sporangiylarning bargning pastki qismiga o'mashishi ularni tashqi muhitning noqulay
ta’siridan himoyalanishi uchun qulaylik tug'dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida
fotosintez jarayonining normal borishi uchun imkoniyat yaratadi. Bargda to'p-to'p bo'lib
joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha soros — tutam, to'da) deyiladi. Sporangiylar hosil
bo'lishi jihatidan ikki xil: eng qadimgi qirqquloqlarda ular bargining epidermisidagi bir necha
hujayradan hosil bo'lgan. Shuning uchun ancha yirik va tashqi tomonidan bir necha qavat
hujayralar bilan qoplangan. Evolutsiya jihatdan ancha yosh vakillarida esa sporangiylar
bargning bitta hujayrasidan hosil bo'lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po'st bilan
qoplangan. Sporalar qulay sharoitda o'sib, undan gametofit taraqqiy etadi. Teng sporali
qirqquloqlarning gametofiti ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon va b.
bo'ladi.
Yuksak sporali o‘simliklar (Plauntoifa, Qirqbo‘g‘imtoifa, Qirqquloqtoifa) — tomirli,
haqiqiy poya, ildiz va bargga ega, ammo urug‘ hosil qilmaydigan o‘simliklardir. Ular spora
yordamida ko‘payadi va hayot tsikllarida suv ishtirokida urug‘lanish sodir bo‘ladi. Evolyutsion
jihatdan ular past tuzilgan sporali o‘simliklar bilan urug‘li o‘simliklar orasidagi o‘tish bosqichi
sanaladi. Mikoriza bilan bog‘langan simbioz aloqalari, parchalanuvchi qoldiqlar orqali tuproq
unumdorligini oshirishi, ekologik barqarorlikdagi roli, shuningdek, tibbiyot, farmatsevtika,
agrotexnika va dekorativ bog‘dorchilikdagi qo‘llanilishi ularning biosferadagi va insoniyat
hayotidagi muhim ahamiyatini belgilaydi. Bugungi ekologik sharoitda ushbu guruh vakillarini
biologik xilma-xillikni saqlash, o‘rmon ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash va o‘rganishda
dolzarb obyekt sifatida qarash zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kariev A.A. (bosh muharrir) – Botanika: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik, Toshkent:
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2020. > (Oliy ta’lim uchun asosiy darslik, barcha sporali
45
toifalar yoritilgan)
2.
Islomov T.A., Rajabov B.O. – O‘zbekiston florasi asoslari, Toshkent, 2018. > (Plauntoifa,
Qirqquloqtoifa, Qirqbo‘g‘imtoifa vakillari misolida milliy flora)
3.
Abdurahmonova Z.S., To‘xtayev N.T. va boshqalar – Botanika: O‘quv qo‘llanma,
Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2019.
4.
To‘laganov A., Abdurahmonova Z. – O‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi, Toshkent:
O‘qituvchi nashriyoti, 2016.
5.
Nazarova M.R. – O‘simliklar sistematikasi va evolyutsiyasi, Toshkent, 2015.
6.
Shomansurov X., Jo‘rayev A. – Biologiya: O‘simliklar olami, Akademnashr, 2018.>
(Akademik litsey va kollejlarga moslashtirilgan)
7.
Botanika: O‘quv-uslubiy qo‘llanma, Toshkent davlat pedagogika universiteti nashriyoti,
2021.