39
UMURTQASIZ(INVERTEBRATA) HAYVONLAR XILLMA –XILLIGI TURLI
MUHIT SHAROITDA MOSLANISHI
Rayimjonova Shohida Odinajon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo`nalishi talabasi
Nizomova Bashorotxon Begaliyevna
Ilmiy Rahbar:
Email:@rayimjonovaumida478@.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15581902
Annotatsiya:
ushbu tezisda umurtqasiz hayvonlar xilma- xilligi, ularning bir-biridan farq
qiladigan o`ziga xos xususiyatlari, turli xil yashash sharoitiga moslashish xususiyatlari va
ularga abiyotik omillarni ta’siri yoritildi.
Аннотация
: этот тезис охватывал разнообразие неволтенов, их отличительные
особенности, различные условия жизни и последствия факторов, связанных с ними.
Annotation:
This thesis has covered the diversity of non-voltains, their distinctive
features, different living conditions, and the effects of abidty factors against them.
Kalit so`zlar:
umurqasizlar (Invertebrata), parazitlar, ko`p hujayralilar, bir hujayralilar,
yashash muhiti, to`qima, organ, organism.
Ключевые слова:
одноразовые паразиты, большие клетки, отдельные клетки,
среда обитания, тексты, тела, организм.
Keywords:
Unity-parasites, large cells, single cells, habitats, textuals, bodies, organism.
Umurtqasiz hayvonlar umurtqa pog‘onasi bo‘lmasligi bilan bir qatorda yumshoq tanaga
ega, chunki ularda qo‘llab-quvvatlash uchun ichki skelet mavjud emas. Umurtqasiz hayvonlar
xillma –xilligi ularni bir hujayrali va ko`p hujayralilarga ajratish orqali ko`rishimiz mumkin.Bir
hujayratilar mustaqil hayot kechiradigan organizmlar bo‘lib, ular modda almashinish,
harakatlanish, ta‘sirlanish, ko‘payish va tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan boshqa barcha
xususiyatlarga ega. Bunday funksiyalarni hujayradagi maxsus organoidlar bajaradi. Lekin bir
hujayralilarning organoidlari hujayraning bir qismi bo‘lishi bilan ko‘p hujayralilar
organlaridan farq qiladi.
Ko`p hujayralilar tanasi ko`p sonli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar tuzilishi va
fuksiyasiga binoan bir- biridan farq qiladi. Masalan muskul hujayrasi qisqarish xususiyatiga
ega bo`lib, harakatlanish, nerv hujayralari ta’sirni sezish va unga javob berish vazifasini
bajaradi. Ko`p hujayralilar tana tuzilishi kelib chiqishiga ko`ra o`xshash bo`lgan hujayralari
birgalikda to`qimani, to`qimalar birgalikda organlarni hosil qiladi. Tuban ko`p hujayralilarda
organlar rivojlanmagan.
Kishilik jamiyatini ilk davirlaridayoq insonlar hayvonlar hayoti yashash tarzi, ozuqlanish
bilan qiziqqanlar. Daslab, hayvonlar haqida yozma ma’lumot miloddan avvalgi V-IV asrlarda
adabiyotlarda Yunon, Xitoy, Misr yozma manbalarida keltirilgan. Xitoylik tadqiqotchilar
dunyodagi eng qadimiy ko‘p hujayrali organizmlarni aniqlashdi. Ularning yoshi 1,56 mlrd
yilga teng deb baholangan. Tadqiqot Nature Communications jurnalida chop etildi. Toshga
aylangan qoldiqlar Xitoyning Xebey viloyatida uglerod bilan boy bo‘lgan fitoleymlarda
aniqlangan. Olimlarning ta'kidlashicha, tog‘li hududlardan birida mezoproterozoy davriga
mansub cho‘kindi jins – argillit aniqlangan. Jinsdan olingan organik fragmentlar yaxshi
saqlanib qolgan ko‘p hujayrali strukturalarni saqlaydi. Eng katta fragmentning uzunligi 30 sm
40
ni, eni 8 sm ni tashkil qilgan. Olimlarning aytishicha, ko‘p hujayrali hayotning uncha turfa
bo‘lmagani mezoproterozoy dengizlarida kuzatilgan. Olimlarning ta'kidlashicha, ularning
kashfiyotigacha ko‘p hujayrali hayotning qoldiqlari 600 mln yoshga teng deb baholagandi.
Umurqasiz hayvonlar haqida gapirganda parazid hayvonlarga alohida to`xtalib o`tish
kerak. Parazitizm (yun. parasitos — tekinxoʻr, hamtovoq, parazit va ismos —kasallik holati)
— (biologiyada) oziklanish orqali bogʻlangan va oʻzaro moddalar almashinuviga asoslangan,
genetik jihatdan turlicha boʻlgan organizmlarning tarixiy shakllangan assotsiatsiyasi.
Parazitlarda bir organizm (parazit) ikkinchi organism (xoʻjayin) dan yashash muhiti va ozik,
manbai sifatida foydalanadi: ikkala organism ham oʻzaro antagonistik munosabatda boʻladi.
Bundan tashqari, parazit—xoʻjayin munosabatlari organizmda immunobiologik reaksiyalarni
keltirib chiqaradi. Hayvonot dunyosining deyarli barcha tiplarida parazitlik bilan hayot
kechiruvchi turlar mavjud.Baʼzi bir sinflar (soʻrgʻichlilar, tasmasimonlar), hatto tiplar
(sporalilar, mikrosporidlar,tikanboshlilar) faqat parazit turlarni uz ichiga oladi.
Boʻgʻimoyoqlilar tipida parazitlarhasharotlar va oʻrgimchaksimonlar sinfi vakillari orasida
koʻp uchraydi. Umuman Yer yuzida mavjud boʻlgan hayvonlar turining 60—65 mingi (4—5%)
parazit hayot kechiradi. "P." terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida
(miloddan avvalgi 5-asr) mavjud qonunga asosan, koʻzga koʻringan davlat arboblari keksalik
yoshida davlat qaramogʻiga oʻtishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionlar arasitariya, u
yerda yashovchilar esa paraszitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit soʻzi oʻzgalar
hisobiga yashovchi maʼnosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Bu soʻz biol.,
veterinariya va tibbiyotda ham xuddi shu maʼnoda kirib kelgan boʻlib, boshqa organizm
(xoʻjayin) toʻqimalari yoki hazm qilgan oziq moddalar bilan oziqlanadigan, uning ichki
organlari yoki tana yuzasida vaqtincha yoki doimiy yashaydigan organizmni anglatadi. Rus
olimi R. S Shulsning fikricha, P.ning 1- mezoni uning yashash joyi; 2- oziklanish usuli
(metabolitik bogʻliqligi) va 3- xoʻjayin organizmiga patogen taʼsiridan iborat. I. I. Mechnikov
parazitizmni boshqa organizmlar hisobiga yashovchi va oziqlanuvchi jonivorlardebtaʼriflagan.
P. bilan bog`lik hodisalar odam va hayvonlarda ancha batafsil oʻrganilgan boʻlishiga karamay,
uning kelib chiqishi va shakllanishi masalalarining koʻp jihatlari hozirgacha maʼlum emas. Bu
avvalo hayvonlar evolyusiyasi bilan bogʻliq.
Rus olimi V. A. Dogelning fikricha, erkin yashovchi umurtqasiz hayvonlarning sistalari,
tuxumlari yoki lichinkalari tasodifan ovqat hazm qilish organlariga tushib qolib, u yerda
rivojlanishni davom ettirishi natijasida endoparazitlarga aylanib qolgan. Koʻpchilik bir
hujayralilar va nema-todalar shu yoʻl bilan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Qon parazitlari P.ga
yuksak darajada moslashgan boʻlib, dastlab ular ichakda parazitlik qilgan, keyinchalik turli
yoʻllar bilan qonga oʻtib, u yerda yashashga muvofiklashgan boʻlishi mumkin. Parazitlarning
hayot sikli va tarqalishini oʻrganish ularga qarshi kurash va, ayniqsa, kasallik-darning oldini
olishda juda muhim. Bunda parazitlar, parazit tashuvchi va oraliq xoʻjayinlar dorilar
yordamida yoʻqotiladi. Parazit (zararkunanda) oʻsimliklarga qarshi biologik kurashdan (mas,
parda qanotli hasharotlar — yaydoqchilardan) keng foydalaniladi.
Bir hujayrali yoki protozoa - tanasi morfologik jihatdan bitta hujayraga mos keladigan
hayvonlar, shu bilan birga barcha o'ziga xos funktsiyalarga ega bo'lgan mustaqil butun
organizmdir. Protozoa turlarining umumiy soni 30 mingdan oshadi. Odam va hayvonlarda
uchraydigan bir hujayralilar: bezgak, tripanosoma, ichburug’ amyobasi, leyshmaniya, quyon
koksidiyasi,
trixomonadalar,
toksoplazmalar,
sarkosporidiyalar,
piroplazmidlar,
41
miksosporidiyalar, ixtioftirius. Bu parazitlarni tarqalishini, ko’payishini oldini olish, bu
parazitlar yuqtirgan kasalliklarni oldini olish va davolash choralarini ishlab chiqish,
sanitariya-gigeyena qoidalariga rioya qilish, odamlar orasida bu parazitlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarni kamaytirish.
"Yashash joy" soʻzi taxminan 1755-yildan beri qoʻllanilib kelinmoqda (lotincha
yashash), ega boʻlmoq yoki tutmoq soʻzlaridan kelib chiqqan. Yashash joyini organizmning
tabiiy muhiti, uning yashashi va oʻsishi tabiiy boʻlgan joy turi sifatida aniqlash mumkin. U
biotopga oʻxshash maʼnoga ega; oʻsimliklar va hayvonlarning maʼlum bir jamiyati bilan bogʻliq
boʻlgan yagona ekologik sharoit maydoni hisoblanadi. irik organizmlarning tarqalishiga taʼsir
qiluvchi asosiy ekologik omillar harorat, namlik, iqlim, tuproq va yorugʻlik intensivligi,
shuningdek, organizmning uni ushlab turishi uchun zarur boʻlgan barcha talablarning
mavjudligi yoki mavjud boʻlmasligi. Umuman olganda, hayvonlar jamoalari oʻsimliklar
jamoalarining oʻziga xos turlariga tayanadi. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi
tarqalgan.Quruqlik, havo, tuproq,suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti
hisoblanadi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug’lik va
boshqalar ekologik omillar deb ataladi. Mana bir nechta asosiy yashash joylari va
hayvonlarning ularga moslashish xususiyatlari bor. Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning
tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar,
mshankalar va boshqa skeletidan iborat). KoʻpchilikUmurtqasizlar yoki ularning mahsuloti
odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va
boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas,
asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek,
Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi
kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan
birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib
kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.
Zoologiya va boshqa biologiya fanlari,shuningdek tibbiyot, verterinariya va qishloq
xo`jaligi bilan uzviy bog`langan. Zoologiyaning ko`pgina bo`limlari parazitalogiya,
gidrobiologiya, ekologiya kabi ko`pleks fanlar karkibiga kiradi. Odam va hayvonlarni
parazitlarini o`rganish tibbiyot va veterinariya parazitalogiyasi uchun juda muhum
ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni o`rganish orqali esa tuproq hosil bo`lishini,
unumdorligini bilish imkonini berdi.
Umurqasiz hayvonlar fani o`z ichga prozoologiya –bir hujayralilar hayvonlarni,
gelmitalogiya-parazit organizmlarni enimalogiya –hashorotlarni, akaralogiya kanalar
o`rganuvchibo`limlarni o`z ichga oldi. Umurqasizlar fani o`rganish orqali ularni qishloq
xo`jaligi ahamiyati va shuning bilan birga zarlarini o`rganishdan iborat. Shuning bilan birga
ularni tashqi muhitga moslanishdagi bir qancha ijobiy va salbi o`zgarishlarni
ta’sirinio`rganishdan iborat. Umurqasiz hayvonlarning muhitga moslashishi ya’ni himoya ragi,
ogohlanturuvchi rang, maskirovka, mimikriya hodisalari uchrashi qishloq xo`jaligi
zararkunandalarga qarshi kurashish imkonini berdi
Umurqasiz hayvonlar xilma –xilligini asrash va ko`paytirish maqsadida, qishloq xo`jaligi
ekinlariga ishlov berishda kimyoviy moddalar orqali kimyoviy ishlov berishni kamaytirish va
biologic ishlov berish ularga qarshi kurashishda yirtqich hashoratlar, suvda hamda
42
quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sutemizuvchilar va qushlardan foydalanish
umurqasiz hayvonlar genofdini saqlash imkonini berdi.
Har bir tirik organizm tashqi muhitsiz, muhit omilarisiz yashay olmaydi. Tashqi muhit
organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Tashqi muhitning bevosita ta’siri bu bir organiz
boshqa organizmni iste’mol qilishi yoki ikki organiz o`rtasida yashash joyi, ozuqasi, yohut jinsi
jihatidan farqlar ularni tur ichida turlar orasida va anorganik tabiat uchun tashqi kurashga
olib keldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Bogdanov S.P. O`zbekiston hayvonlari. -T: O`qituvchi, 1983.
2.
Dubovskiy G.K.Ummatov A.M. Zoologiyadan o`quv qo`llanma. T: O`qituvchi, 1991.
3.
Kuznetsov B.A.Chernov A.Z., Katanova L.N. Kurs zoologii. -M., «Agropromizdat», 1989.
4.
Muxammadiyev A.M. Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi. -T:O`qituvchi, 1976.
5.
O.Mavlonov, SH.Xurramov „Umurtqasizlar zoologiyasi” Toshkent. „Mehnat” 2010.
6.
O.Mavlonov „Zoologiya”. Toshkent-2013
7.
O‘zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.